Shartli belgilar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/184
Sana11.03.2021
Hajmi1,39 Mb.
#61421
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   184
Bog'liq
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo'rayev)

Radiotelefon
A.S. Popov.


139
XIX asrning oxirlaridan e’tiboran, dunyoni
qayta taqsimlash uchun kurash boshlani-
shi munosabati bilan harbiy soha va iqtisod o‘rtasida bog‘lanish
chuqurlashdi. Mashinalashtirilgan industriya bir qancha juda mu-
him harbiy-texnika yangiliklarini amalga oshirish imkonini berdi.
Bu davrga kelib barcha mamlakatlarda dala armiyasi va dala ar-
tilleriyasi soni to‘xtovsiz  o‘sa boshladi, bu hol piyoda va artilleriya
qo‘shinlari uchun qurol-yarog‘ ishlab chiqarishning son va sifat
jihatidan tez o‘sishiga sabab bo‘ldi.
O‘sha davrda magazinli (o‘qdonli) tezotar miltiq ixtiro qilindi.
Ammo tutunli porox ishlatilishi bu miltiqning jangovar sifatlarini
kamaytirar edi. Magazinli miltiqdan tez-tez otish vaqtida tutun
tarqalishiga ulgura olmay, otuvchilarga nishon yaxshi ko‘rinmas
edi. Shunday qilib, harbiy ish amaliyoti tutunsiz porox kashf
etish vazifasini qo‘ydi.
1884-yilda fransuz olimi Vyelye piroksilinli tutunsiz porox
tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi. Rossiyada D.I. Mendeleyev fran-
suzlardan mustaqil ravishda tutunsiz poroxning sirini topdi. Ko‘pgina
mamlakatlarda tutunsiz porox ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Miltiqning takomillashtirilishi va poroxning yaxshilanishi bilan
birga, yaxshi qurollangan, ko‘p sonli qo‘shinlarning siquviga
qarshilik ko‘rsatuvchi jangovar armiyalar vujudga keldi.
Fransiyada tezotar ko‘chma to‘plarning, shuningdek, par-
chalaydigan portlovchi moddalarning paydo bo‘lishi armiyaning
jangovar sifatini ko‘tardi.
Yangi portlovchi modda tayyorlash sohasida shvetsiyalik
muhandis  A. Nobel olamshumul kashfiyot qildi. 1888-yilda Nobel
dinamit yaratdi va ko‘p o‘tmay juda boyib ketdi.
Birinchi jahon urushi arafasiga kelib o‘qotar qurollar va
artilleriya yanada takomillashdi. Stanokli pulemyot bilan bir qatorda
urush davomida ancha yengil qo‘l pulemyotlari ham yaratildi. O‘ta
uzoqqa otadigan to‘plar paydo bo‘ldi. Ichki-yonuv dvigateli
o‘rnatilgan, zanjirli, zirhli artilleriya bilan qurollangan tank Somma
daryosi yonida 1916-yil 15-sentabrda jang sharoitida birinchi marta
inglizlar tomonidan ishlatildi. Tank dahshatli jang quroliga aylandi.
XX asr boshlarida soatiga 220 km gacha tezlik bilan uchadigan,
uchish balandligi 7000 metrgacha, uchish uzoqligi esa 900 km
gacha bo‘lgan samolyotlar qurildi.
Shunday qilib, bu davr ilmiy-texnikaning jadal taraqqiyoti
bilan xarakterlanadi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish