Shartli belgilar


 Eron inqilobi qay tariqa bostirildi? Buyuk davlatlarning



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/184
Sana11.03.2021
Hajmi1,39 Mb.
#61421
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   184
Bog'liq
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo'rayev)

4. Eron inqilobi qay tariqa bostirildi?
Buyuk davlatlarning
Erondagi siyosati







109
1906-yildagi Eron konstitutsiyasida mamlakatda qabul qilina-
yotgan qonunlarning shariatga muvofiqligini 5 nafar ulamo
nazorat qilishi belgilangan edi. Bu holatni hozirgi Konsti-
tutsiyaviy sudning o‘tmishdoshi deb hisoblash mumkinmi?
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Afg‘oniston
70-yillarda Afg‘oniston Rossiya bilan
Buyuk Britaniya o‘rtasida bahsga sabab
bo‘lgan mamlakat bo‘lib qoldi. 1873-yili
Buyuk Britaniya Hindiston — Afg‘oniston chegarasida harbiy kuch
to‘play boshladi. Afg‘oniston amiri Sheralixon Rossiyadan yordam
so‘rab, elchi yubordi. Rossiya bunga javoban kichik harbiy qismini
chegaraga yaqin joylashtirdi. Kobulga esa general Stoletov bosh-
chiligida elchilik missiyasi yuborildi. Biroq, bundan ortiq hara-
katlarga jur’at eta olmadi. Bunga O‘rta Osiyoni to‘la bo‘ysundirish
hamda yaqinlashib qolgan Rossiya—Turkiya urushi muammolari
imkon bermadi.
1878-yili Sheralixon ingliz missiyasini
Kobul shahrida qabul qilishdan bosh tortdi.
Buyuk Britaniyaga bu Afg‘onistonga qarshi
bosqinchilik urushi ochishga bahona bo‘ldi. 1878-yil noyabrda
Afg‘onistonga qarshi urush harakatlari boshlandi. Vafot etgan
Sheralixon o‘rniga taxtga o‘tirgan o‘g‘li Yoqubxon 1879-yilda
Gandamak bitimini imzoladi. Unga ko‘ra, Afg‘oniston amalda
mustaqilligini yo‘qotdi. Kobulda ingliz rezidensiyasi ochildi. Uning
vazifasi afg‘on amiri xatti-harakatlari hamda Buyuk Britaniyadan
yuboriladigan qarzlar qanday sarflanayotgani ustidan nazorat
qilish edi.
Amir Yoqubxonning taslimchilik siyosati mamlakatda keskin
qarshilikka uchradi va Kobulda unga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi.
Shaharliklar ingliz rezidensiyasiga bostirib kirib, uni egalladilar.
Inglizlar Gandamak bitimidan keyin qaytarib olib ketgan qo‘shinini
yana Afg‘onistonga tashlashdi va Kobulni qayta egalladi.
Bu orada Afg‘onistonning sobiq amiri M. Afzalxonning o‘g‘li
Abdurahmon qo‘zg‘olonchi qo‘shini Kobulni o‘rab oldi. Inglizlar
tang ahvolda qoldilar. 1880-yilning boshida Abdurahmon Shimoliy
Afg‘onistonda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi.
Inglizlar Abdurahmon bilan muzokaralar boshlashga majbur
bo‘ldilar. Kobul Abdurahmonga topshirildi. Qandahor Buyuk
Britaniya ta’sir doirasida qoldi. Bularning evaziga Afg‘oniston Bu-

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish