95
malarining yollangan vakillari edi. Ular chetdan keltirilgan tovar-
larni sotish va arzon xomashyo sotib olish hisobiga boyib borar-
dilar.
Pulga muhtoj bo‘lgan Sin sulolasi chet el davlatlari bilan
asoratli shartnomalar tuzar va milliy manfaatlarga xilof ravishda
ularga yon berardi. 70-yillardayoq ajnabiylar Xitoyning 26 ban-
dargohiga bemalol kirardilar va o‘zlarini xo‘jayinlardek tutardilar.
Temiryo‘llar qurilishi xorijliklar tasarrufida edi. Ko‘mir shax-
talari, konlarning katta qismi ham ularning ixtiyorida bo‘lib, Xitoy
chet el davlatlarining xomashyo bazasiga aylanib qoldi. Chet elliklar
katta shaharlarda hatto o‘z mavzelarini tashkil etib, Xitoy ma’mur-
larini mensimasdan, mustaqil ish yuritardilar.
Xitoyning Yaponiya bilan 1894—1895-yillardagi urushda mag‘-
lubiyatga uchrashi chet ellik monopolistlarning Xitoyni yanada
ko‘proq talashlari, asoratga solishlariga sabab bo‘ldi. 1897—1898-
yillarda Germaniya Szyaochjouvan (Sindao) bandargohini bosib
oldi va Shandun viloyatini o‘z ta’sir doirasiga kiritdi. Fransiya
Guamchjuvan ko‘rfazini egalladi va Yunan viloyatida hukmronlik
ta’sirini o‘tkaza boshladi. Rossiya Port-Arturni (Lyuyshun), Bu-
yuk Britaniya Veyxayvey bahdargohini ijaraga oldi. Eng boy
hudud—Yanszi daryosi havzasi Buyuk Britaniyaning ta’sir doirasiga
tushib qoldi. Futsziyan viloyatida yapon bosqinchilari hukmron
bo‘lib oldilar. Xitoydagi har qanday o‘zgarishlar buyuk davlatlar
tomonidan nazorat qilinardi. Shunday qilib, Xitoy yarimmus-
tamlakaga aylandi.
XIX asrning oxirida Xitoyda ilk sanoat
korxonalari paydo bo‘la boshladi. 1881-yil-
da Shimoliy Xitoyda birinchi temiryo‘l ish-
ga tushirildi. 1897-yilda bu yerda 600 ga yaqin chet el firmalari
mavjud edi. Lekin sanoat korxonalarining o‘sishi va ko‘payishi
sust bordi.
Import eksportdan ancha ko‘p edi. Xitoy bilan Buyuk Britaniya
o‘rtasida 1876-yili tuzilgan konvensiya Xitoyni yanada asoratga soldi.
Konvensiya Buyuk Britaniyaga Xitoyning 10 dan ortiq bandargohiga
erkin kirish, qator viloyatlarda imtiyozli savdo qilish huquqini
berdi.
1884-yilda Fransiyaning Vyetnamni bosib olishi tufayli Fran-
siya—Xitoy munosabatlari yomonlashdi. Shu yili Xitoy Markaziy
Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi va u yerda
Fransiya protektoratini tan oldi. Xitoy hukumati Fransiya bilan
shoshilinch bitim tuzdi va Fransiyaga qator masalalarda yon berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: