Shartli belgilar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/184
Sana11.03.2021
Hajmi1,39 Mb.
#61421
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   184
Bog'liq
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo'rayev)

Rabindranat Tagor.
Demokratik
adabiyot


152
va adolatsizlikka qarshi norozilik, bosqinchilikka nafrat, kurash-
chan xalqqa xayrxohlik bildiradi va haqoratlangan mehnatkash
insonning fojiali hayoti va kurashini tasvirlaydi.
Fransuz yozuvchisi Jyul Vern ilmiy-fantastik romanchilikning
yirik vakili. Yozuvchi „Havo sharida besh hafta“, „Yer markaziga
sayohat“, „Kapitan Grant bolalari“, „O‘n besh yoshli kapitan“
asarlarining qahramonlari — jasoratli, dovyurak, kurashchan
kishilardir.
Rus yozuvchisi L.N. Òolstoy umrining so‘nggi yillarida podsho
Rossiyasining davlat, cherkov, iqtisodiy va ijtimoiy tartibotlarini,
axloqsiz negizlarini tanqid qilishni davom ettirdi. A.P. Chexov
„Uch opa-singil“, „Olchazor bog‘“ pyesalarida juda katta kuch
bilan ijtimoiy masalalarni umumlashtirishga harakat qildi.
Bu davrda yaponiyalik mashhur yozuvchi Roka Òokutomining
„Kurosivo“, „Yashamagan yaxshi“, Naoe Kinositoning „Olovli
ustun“ romanlari feodal qoldiqlarga qarshi, milliy qadriyatlarni
asrashga, xorijning ma’naviy ta’siriga qarshi qaratilgan edi.
Xitoy shoiri Xua Szunsyan o‘z she’rlarida xalqni bosqinchilarga
qarshi kurashga chaqirdi. Òanqidiy romanlar kuchaydi. Li Baotszya
„Bizning chinovniklar“, U Voyao „Yigirma yil ichida“, Lyu E.
„Lao San sayohati“, Szen Pu „Qahrli dengizdagi gullar“ romanlari
bilan mashhur bo‘ldi. Bu asarlarda mamlakat hayotidagi turli
yovuzliklar, qarama-qarshiliklar, bosqinchilarning qilmishlari badiiy
ifoda qilingan edi.
Naturalizm adabiyotni badiiy yangilashda
inqilob yasadi. O‘sha davr hayotini o‘tkir
badiiy bo‘yoqlarda tasvirlagan bir guruh san’atkorlar o‘zlarini
naturalistlar deb atadilar. Ularning yirik namoyandalaridan biri
fransuz yozuvchisi Emil Zolya Fransiyadagi barcha sinflar va ijtimoiy
guruhlarning mavqeyini, turmush tarzini va psixologiyasini ko‘r-
satishni oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Emil Zolyaning 20 jildlik „Ru-
gon-Makkarlar“ asari Ikkinchi  imperiya davridagi bir oilaning
hayoti va ijtimoiy tarixiga bag‘ishlanadi. „Jerminal“ va „Òor-mor“
romanlari uning ijodining cho‘qqisi hisoblanadi.
Italiyada naturalizm namoyandalaridan Luiji Kapuana va Jo-
vanni Vegalarni ko‘rsatish mumkin. Ular o‘z asarlarida Janubiy
Italiyadagi qashshoqlikni, unga qarshi kurashuvchilarni badiiy
mahorat bilan aks ettirdilar. Amerika naturalistlaridan Stiven Kreyn
Naturalizm


153





„Jasoratning qonli belgisi“, Frenk Norris „Girdob“ asarlarida juda
katta ijtimoiy masalalarni ko‘tarib chiqdilar.
Dekadentlik dastlab fransuz adabiyotida yaqqol namoyon bo‘l-
gan. „La’nati shoirlar“ deb nom olgan P. Verlen,  A. Relebo,
S. Mallorme kabi shoirlar yetakchilik qilgan simvolizm oqimiga
dekadentlik nihoyatda kuchli ta’sir etgan.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish