Shart-sharoitlari va ijtimoiy zarurati



Download 348,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana12.01.2022
Hajmi348,08 Kb.
#336989
1   2   3   4   5
Bog'liq
YUKSAKMANAVIYAT-YENGILMASKUCHASARININGVUJUDGAKELISHSHART-SHAROITLARIVAIJTIMOIYZARURATI

 

Key words:

 

The world, the book, the high spirituality, the high spirituality is 



an invincible force, the spiritual virtue, the constituent elements of spirituality, the 

potential, the people, the spiritual potential of the people, the worldview, the spiritual 

immunity. 

 

Kirish 

Dunyoda shunday kitoblar bo’ladiki, ular avvalo insonning ongiga ta’sir etib, 

ko’p bilim, fikr va ma’lumotlar beradi, dunyoqarashini, tafakkurni kengaytirishda 

muhim  o’rin  tutadi.  Boshqa  bir  kitoblar  borki,  avvalambor  insonning  ko’ngliga, 

hissiyot olamiga ta’sir etadi, uning tuyg’ularini tarbiyalashga, qalb ko’zini ochishga 

xizmat  qiladi.  Ayni  paytda  bu  kitoblarning  barchasiga  xos  xususiyatlarni  o’zida 

mujassamlashtirgan,  har  jihatdan  noyob,  qadrli  asarlar  ham  bo’ladi.  Ular  ham 

ongimizga, ham ruhiyatimizga barobar ta’sir etadi, o’zining ma’rifiy quvvati bilan 

ham tafakkurimizni yuksaltiradi, ham qalbimizni nurafshon etadi, nafaqat bir inson, 

balki butun jamiyat hayotidagi qarashlarni o’zgartirib, go’zal va betakror ma’naviy 

fazilatlarning shakllanishiga sabab bo’ladi.  

O‘zbekiston Respubliakasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak 

ma’naviyat-yengilmas  kuch” nomli  kitobi,  hech shubhasiz,  ana  shunday  nodir  va 

ibratli kitoblardan biri hisoblanadi. Kitobning umumiy tuzilishi, ma’no-mazmuni, 

keng kitobxonlar uchun mo’ljallab yozilgan asardir. “Ayni paytda unda yoritilgan 

mavzusi, o’rtaga qo’yilgan muammo va masalalar, tadqiqot obyekti, ilmiy nazariy 

xususiyatlari nuqtai nazaridan g’oyat keng qamrovli, murakkab va serqirra, shu bilan 

birga, o’ziga xos noyob asar ekanini ko’pgina misollarda ko’rish mumkin”[1,68].   

Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning nafaqat ichki olami, balki jamiyat va davlat 

hayoti bilan bog’liq ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan tortib, uning shaxsiy turmush tarzi, 

harakat  va  intilishlarini  qamrab  oladigan  ma’naviyat  hodisasining  o’zi  shu 

paytgacha  ilmu  fanda  chuqur  va  fundamental  asosda  yoritilib,  tadqiq  etilmagan. 

Ma’lumki, Sharqda va G’arb olamida davlat yoki jamiyat, odil hukmdor, xalq va 

millat,  dunyoning  o’tkinchiligiyu  ruhning  abadiyligi  to’g’risida,  inson  haqida, 

iqtisodiyot,  falsafa,  madaniyat,  adabiyot  va  san’at  haqida  –  xullas,  odamzotning 

taqdiriga bevosita daxldor bo’lgan masalalar bo’yicha ko’plab fundamental asarlar 

yaratilgan. Lekin ma’naviyat fenomenini dunyoviy nuqtai nazardan, ilmiy va amaliy 

jihatdan  har  tomonlama  tadqiq  etadigan  mukammal  asar  bizda  shu  paytga  qadar 

yaratilmagani  –  ayni  haqiqat.  Bu  haqda  gapirganda,  buning  bir  qancha  ijtimoiy-

tarixiy, ilmiy-nazariy sabablari  borligini ta’kidlab o’tilgan.  “Yuksak ma’naviyat – 

yengilmas kuch” kitobi nega aynan shunday deb atalgan? Nima uchun zamonaviy 

qurol yarog’lar, moddiy yoki moliyaviy resurslar emas, aynan ma’naviyat yengilmas 

kuch,  deb  atalmoqda?  Yon  atrofimizga  nazar  tashlaydigan  bo’lsak  ayrim 

mamlakatlar  uglevodorod  xomashyosi  yoki  boshqa  qazilma  boyliklarni  sotish 

evaziga  orttirayotgan  mo’may  daromadi  hisobidan  jahondagi  yetakchi  davlatlar 



 

qatoriga  chiqish,  iqtisodiy  ko’rsatgichlarini  oshirishga  urinayotganini  ko’ramiz. 



Yoki  yana  bir  qator  mamlakatlar  harbiy  kuchga  zo’r  berib,  o’zining  qudratini 

namoyish etishga harakat qilmoqda. Bu kitobda esa ma’naviyatning ana shunday 

omillardan  ham  ko’ra  qudratliroq  ekani  asoslab  berilgan.    Chunki  moddiy  va 

moliyaviy  resurslar  texnik  va  texnalogik  imkoniyatlarni  kuchaytirishi  mumkin. 

Lekin ma’naviyat ana shunday texnika va texnalogiyalarning ijodkori va bunyodkori 

bo’lgan  insonga  beqiyos  kuch  beradi,  uning  nafaqat  vujudini,  balki  har  bir 

hujayrasini ezgulik himoyasida mustahkam turadigan qudratli kuchga aylantiradi. 

Albatta  hozirgi  texnalogik  taraqqiyot  zamonida  moddiy  va  moliyaviy 

resurslar ham, harbiy qudrat ham kerak, buni hech kim inkor etmaydi. Bu  borada 

O’zbekiston hech kimdan kam emas, kam bo’lmaydi ham. Lekin ana shu texnik va 

texnalogik salohiyatni xalq va Vatan manfaatiga xizmat qildirish, insoniylik yo’lida 

safarbar etish uchun avvalo nima kerak? Avvalo, intellektual salohiyat, zamonaviy 

bilim va tajriba, iroda va qat’iyat, muxtasar aytganda, ma’naviyat kerak. 

Chunki  Birinchi  prezidentimiz  I.A.Karimov    har  bir  nutqi  va  ma’ruzasi, 

maqola  va  asarida  yuksak  ma’naviyat    kelajak  poydevori  ekanligini  qayta-qayta 

ta’kidlaganlar.  “Zero,  deb  uqtiradi  Islom  Karimov,  biz  jamiyatimiz  taraqqiyotini 

faqatgina  iqtisodiy,  ijtimoiy  farovonlik  bilangina  emas,  xalqimizning  ma’naviy 

barkamolligi,  demokratik  va  insonparvarlik  tamoyillarining  kishilar  ongida 

nechog’lik chuqur ildiz otishi bilan baholaymiz”[2,2] 

Ayniqsa, kitobda ma’naviyat tushunchasiga berilgan ta’rifda bu fikrlar juda 

chuqur va batafsil o’z ifodasini topgan: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanishga, 

qalban  ulg’ayishga  chorlaydigan,  odamning  ichki  dunyosi,  irodasini  baquvvat, 

iymon-e’tiqodini  butun  qiladigan,  vijdonini  uyg’otadigan  beqiyos  kuch,  uning 

barcha qarashlarining mezonidir”[3,19]. 

Demak  ruhi  pok,  irodasi  baquvvat,  iymoni  butun,  vijdoni  uyg’oq  odamni 

yengib bo’ladimi? Ana shunday fazilatlarga ega bo’lgan butun bir xalqni-chi? Aslo 

. Shuning uchun ham muallif ma’naviyat timsolida inson, jamiyat va davlat uchun 

yengilmas  kuch  manbaini  ko’radi  va  bu  qarashni  ilmiy-falsafiy  asosda  isbotlab 

beradi. 

Tabiiyki,  butun  bir  xalq  yoki  mamlakat  ijtimoiy-ma’naviy  taraqqiyotining 

strategik yo’nalishlarini, bu boradagi dolzarb maqsad va vazifalarni belgilab, inson 

va uning ma’naviy olamiga xos belgi va xususiyatlarni yangicha qarashlar negizida 

yoritib  beradigan  bunday  kitoblar  bir-ikki  yilda  yaratilmaydi.  O’zining  ma’no-

mazmuni,  mavzusi  va  ko’tarilgan  muammolarning  qamrovi,  yo’nalishiga  ko’ra 

noyob bo’lgan bunday asarlar nafaqat muallifning, balki u mansub bo’lgan  xalq va 

millatning ko’p yillar davomidagi hayotiy, ijtimoiy-siyosiy tajribalari, jahonda sodir 

bo’layotgan voqealarning tahlili zaminida yaratilishi shubhasiz. Shu nuqtai nazardan 

muallifning    kitob  muqaddimasida  uning  dunyoga  kelishiga  sabab  bo’lgan  5  ta 

muhim omil haqidagi fikrlari e’tiborga sazovordir. 


Download 348,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish