Sharsimon bakteriyalar


Aktinomitsetlar va ularga yaqin organizmlar



Download 29,16 Kb.
bet2/4
Sana13.06.2022
Hajmi29,16 Kb.
#661034
1   2   3   4
Bog'liq
4 -labaratoriya

Aktinomitsetlar va ularga yaqin organizmlar

Bu guruhga korineform bakteriyalar, mikobakteriyalar, aktinomitsetlar va boshqa mikroorganizmlar kiradi.
Korineform bakteriyalar qiyshaygan yoki kuchsiz shoxlangan, sharsimon shaklga o`ta oladigan mikroorganizmlarni yig`ma guruhidan iboratdir. Korineform bakteriyalar, odatda harakatsiz bo`ladi. Bu guruhga Arthrobacter (arthros - bo`g`im) avlodi bakteriyalari kiradi. Artrobakteriyalar tuproq biotalarining katta qismini tashkil qiladi, hamda o`simliklarda, suv tozalash inshootlarining faol balchiqlarida yashaydi.
Artrobakteriyalarni yosh hujayralari tayoqchasimon bo`lib, bo`linganda keskin o`tkir burchak hosil qilib bukiladi va "qisqichlarsimon" komplekslar hosil qiladi. Vaqt o`tishi bilan hujayralar qisqaradi, shar shaklini oladi. Yangi oziqa muhitida kokklar yana tayoqchasimon shaklli hujayralarga aylanadi. Ba'zi turlari shoxlanishga moyil bo`lib, mitseliy hosil bo`lishini boshlang`ich davrini eslatadi.
Mikobakteriyalar haqiqiy mitseliy hosil qilmaydigan bir hujayrali organizmlardir. Yosh hujayralari shoxlangan yoki burchaksimon bo`lib vaqt o`tishi bilan kokksimon yoki tuxumsimon hosilalarga bo`linadi. Mikobakteriyalar faol harakat namoyon qilmaydilar. Koloniyalari pastasimon, yumshoq, ko`pincha qizil, olovrang, sariq, yashil, qo`ng`ir va qora rangga bo`yalgan bo`ladi. Mikobakteriyalar orasida odamlarda (sil, moxxov kasalliklarini yuqtiruvchi) va o`simliklarda (pomidor rakini yuqtiruvchi) kasallik yuqtiruvchi vakillari mavjuddir.
Aktinomitsetlar - (lotincha actis - nur, myces - zamburug`) nurli zamburug`lar ko`pgina vakillarini o`z ichiga oladi. Bular bir hujayrali bo`lib, hujayralari shoxlanib mitseliy hosil qiladi. Shuning uchun ham tashqi ko`rinishidan zamburug`lar bilan o`xshash bo`ladi. Mitseliy iplarining, giflarning diametri 0,5-0,8 mkm.
Aktinomitsetlarning mitseliylari differentsiallashgandir: bir qismi substratda joylashgan bo`lib, unga substrat mitseliysi deyiladi, boshqa qismi substrat ustida joylashgan bo`lib - havo mitseliylari deyiladi. Mitseliy shoxlariga gifalar deyiladi. Bu organizmlar har xil usulda ko`payadilar, xususan, sporalar yordamida. Aytish kerakki, har xil vakillarda spora hosil qilish har xil darajada shakllangan. Masalan, Nocardia avlodiga kiruvchi proaktinomitsetlarda havo mitseliysi umuman yo`q yoki kuchsiz rivojlangan. Yosh davrida ular mitseliy hosil qiladi, keyinchalik tezgina tayoqchasimon fragmentlarga bo`linadi, ular esa qisqarib tayoqcha yoki kokklarga aylanadi. Monosporali aktinomitsetlar vakillaridan Mikromonospora da mitseliy fragmentlarga bo`linmaydi, yakka sporalar substrat mitseliysida hosil bo`ladi.
Streptomyces avlodiga kiruvchi chin aktinomitsetlar polisporali organizmlardir. Ular yuzlab sporalarni spora bandlarida hosil qiladilar. Sporabandlari to`g`ri, spiralsimon, mutovkasimon bo`ladi.
Aktinomitsetlarda sporalar ikki tipda hosil bo`lishi kuzatiladi: fragmentatsiya va segmentatsiya.

Download 29,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish