Sharqshunoslik



Download 72,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.01.2022
Hajmi72,66 Kb.
#408510
  1   2
Bog'liq
Sharqshunoslik - Vikipediya



Sharqshunoslik

Sharqshunoslik - Sharq (Osiyo va Shim. Afrikadagi davlatlar) tarixi, iqtisodi, tili, adabiyoti,

etnografiyasi, sanʼati, dini, falsafasi, moddiy va maʼnaviy madaniyatini kompleks oʻrganuvchi

fan. shahrining misrshunoslik, assiriologiya (ossuriyashunoslik), semitologiya, arabshunoslik,

eronshunoslik, turkshunoslik, xitoyshunoslik, mongolshunoslik, hindshunoslik,

yaponshunoslik kabi sohalari mavjud. Fanning rivojlanishi bilan shahrining yana yangi

regional shoxobchalari (shumerologiya, urartologiya, kumranistika, koreistika va boshqalar)

paydo boʻla boshladi. Afrikashunoslik shahridan ajralib chiqdi. shahrining kompleks fan

sifatida rivojlanishi davom etmoqda. Sharq mamlakatlari va ularning tarixi mahalliy olimlar

tomonidan qadimdan oʻrganila boshlangan. Qadimiy va oʻrta asr Sharq olimlari yaratgan

asarlar Sh. uchun qimmatli manbalardir.

Yevropada Sharq toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar yunon mualliflari asarlarida uchraydi.

Yunonlar dastlab Eronni, keyinchalik oʻz yurtlaridan sharqsa boʻlgan hududlarni Sharq deb

hisoblaganlar. Yevropada Osiyo va Shim. Afrika bilan savdo hamda siyosiy aloqalar oʻrnatila

boshlanishi bilan Sharqqa boʻlgan qiziqish quchaydi. 12asr dan boshlab, Veniamin Tudelskiy

(12-asr) va Marko Polo (13-asr) kabi yevropalik savdogar va diplomatlarning Yaqin va Oʻrta

Sharqqa qilgan sayohatlari haqidagi esdaliklar koʻpaya boshladi. Xalqaro aloqalarning

kengayishi shahrining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 15—16-asrlarda Yaqin Sharq

davlatlari va Xitoy tarixiga oid asarlar paydo boʻldi. Parij, Oksford untlarining Sharq tillari

kafedralarida qadimiy yahudiy va arab tillari oʻqitila boshladi.

15-asrda Rossiyada Afanasiy Nikitinning Hindiston toʻgʻrisida, 17-asrda M. Petlin, rus elchilari

F.I. Baykov va N.G.Siafariyning Xitoyga oid safarnomalari chop etildi.

17-asrdan Yevropada Sharq tillaridan fors, turk, xitoy tillari oʻrganila boshladi. Ayrim Sharq

tillarining lugʻatlari, Sharq mualliflari (asosan, Saʼdiy) asarlarining matn va tarjimalari nashr

etildi. 17-asr oxirida Leyden, Parij, Oksford untlarining kutubxonalarida Sharq qoʻlyozmalari

toʻplandi. 1667-yil Parijda d’Erbeloning "Sharq kutubxonasi" nomli toʻplami nashr etildi.



Rossiyada 18-asr boshlarida (Pyotr I ning 1700 va 1702-yillardagi farmonlariga koʻra) Sharq

tillarini oʻqitish joriy qilindi.

18-asrning 2-yarmidan shahrini ilmiy asosda oʻrganish boshlandi. Mustamlakaga aylantirilgan

Sharq mamlakatlaridan Gʻarbga katta moddiy boyliklar bilan bir qatorda koʻplab yozma

yodgorliklar ham olib ketildi, Yevropaning Leyden, London, Parij, keyinchalik Peterburg kabi

shaharlarida boy qoʻlyozma fondlari tashkil etildi. Ularda tarix, fan va madaniyat tarixi,

dinshunoslik, huquq, falsafa, til va adabiyotga oid qoʻlyozma asarlar yigʻilgan boʻlib, ularni

tarjima va tadqiq etish ilmiy shahrining shakllanishiga zamin boʻldi. Koʻp vaqggacha ilmiy

shahrining asosiy va yagona sohasi Sharq filologiyasi edi. Yozma manbalarni ilmiy tavsiflash,

kataloglashtirish, ularni tanqidiy matnlarini tuzish, manbaning kelib chiqishini aniqlash,

garjima qilish va ilmiy izohlash shu sohaning asosiy vazifalari hisoblangan. Keyinchalik

qoʻlyozma manbalar yoniga epigrafik materiallar (qabr toshlari, metall idishlar va boshqalar

buyumlardagi bitiklar) qoʻshilishi natijasida sharq epigrafikasi rivojlana boshladi.

Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati — uning kompleksliligidir. Zero unda tilshunoslik,

adabiyotshunoslik, tarix, falsafa, din tarixi elementlari mujassamlashgan boʻlib, yozma

manbalar ustida ishlash oʻrganilayotgan mamlakat tili, tarixi va madaniyatini bilish barobarida

shu manba mansub boʻlgan soha boʻyicha ham maxsus bilimlarni talab etadi. Fargʻoniy,

Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi allomalarning aniq va tabiiy fanlarga oid boʻlgan

asarlarining rus va oʻzbek tiliga izohli tarjimalari bunga yorqin misoldir. Shu maʼnoda sharq

filologiyasi hozirgi kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda, chunki hali oʻrganilmagan

yozma manbalar juda koʻp va ularni tadqiq etish kompleks bilimlarni talab qiladi.

Qad. fors tilidan "Avesto" fransuz tiliga tarjima qilindi (1771). Mix xatlar, Misr iyerogliflarini

oʻqishga muvaffaq boʻlindi. Kalkutta (1784), Parij (1822), London (1823), Leypsig (1845)

shahrilarida bir necha Osiyo jamiyatlari, Sharq tillarini oʻrganuvchi maxsus oliy oʻquv yurtlari —

Venada Sharq tillari akademiyasi (1754), Parijda Jonli sharq tillari maktabi (1795) ochildi.

Sharq tarixi va uning madaniyati (asosan, qadimiy va oʻrta asr tarixiga oid)ga bagʻishlangan

yirik tadqiqotlar paydo boʻldi.

Rossiyada G.S. Lebedev Yevropada birinchi boʻlib sanskrit grammatikasini tuzdi (1801). 19-

asr sharqshunoslaridan eng mashhuri N.Ya. Bichurin boʻlgan. Untlarda Sharq tillari oʻqitishni

M.V.Lomonosov taklif qilgan edi. 1807-yildan Qozon unti, 1819-yildan Peterburg untida

sharqshunoslar tayyorlana boshladi. 1818-yil Peterburgda Osiyo muzeyi ochildi.

19-asrning 2-yarmida Yevropadagi yirik kutubxonalarda saklanayotgan Sharq qoʻlyozmalari va

kitoblarining kataloglari, Sharq tillari lugʻatlari tuzildi. "Islom ensiklopediyasi" (4 tilda) nashr

etildi. 1873-yildan har 3 — 4 yilda sharqshunoslarning xalqaro kongresslari chaqiriladigan

boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya va boshqalar



Sharq davlatlarida yirik tarixchi va filologlar yetishib chiqdi. Ular manbalarni tanqidiy

qoʻllanmalar asosida tadqiq qilishga kirishdilar.

Rus sharqshunoslari shahrining yangi shoxobchalari, xususan, turkshunoslik,

kavkazshunoslik va boshqalar boʻyicha qimmatli asarlar yozdilar. Turkshunoslik boʻyicha I. N.

Berezin, M.K. Kozimbek, V.V. Radlov va boshqalar turkiy xalqlar tili, folklori va adabiyotiga oid

yirik asarlar yaratdilar. Moʻgʻul, eron, kurd, osetin tillariga oid ilmiy asarlar nashr etildi. O.I.

Senkovskiy, X.D. Fren, V.R. Rozen, G.S. Sablukov, A.V. Boldirev Oʻrta Osiyo, Sibir, Mongoliya,

Xitoyning moddiy va diniy madaniyatiga oid manba va yodgorliklarni tadqiq qilib, nashr

ettirishdi. Sharqiy Turkiston (Kuchon, Turfon)da topilgan budda, xristian va moniy adabiyotlari

juda koʻp maʼlumotlarga ega. V.V. Velyaminov-Zernov, N.V. Xanikov, V.V. Grigoryev, N.I.

Veselovskiy, V.V. Bartold va boshqalar tadqiqotchilar Oʻrta Osiyo tarixi va geogr. siga oid

asarlar yaratdilar. B.A. Turayev qadimiy Sharq tarixi boʻyicha rus maktabining asoschisidir.

Qozon, Peterburg va Moskva untlari, Moskvadagi Lazarev Sharq tillari instituti, Odessadagi

Rishelye litseyi, Vladivostokdagi Sharq instituti va boshqalar bir necha oʻquv yurtlarida

sharqshunoslar tayyorlandi. Sharqshunoslarning tadqiqotlari, asarlari "Aziatskiy vestnik"

(1825—27), "Zapiski Vostochnogo otdeleniya Russkogo arxeologicheskogo obshestva" (1887

— 1921), "Mir islama" (1912—13) jur. larida chop etilgan.

20-asr boshlarida yirik rus sharqshunoslari yangi ochilgan Sh. markazlarida ish olib bordilar.

N.Ya. Marr, S.F. Oldenburg , F.I. Sherbatskoy, B.Ya. Vladimirsov, V. V. Bartold, I. Yu.

Krachkovskiy, V.V. Struve va boshqalar qimmatli asarlar yaratdilar. 1930-yil Osiyo muzeyi va

boshqalar Sh. tashkilotlari asosida SSSR FA Sharqshunoslik instituti tuzildi. SSSR FA va

respublikalar FA lari tizimlarida Sh. muammolarini oʻrganuvchi yangi markazlar (SSSR FA

Tinch Okeani instituti, OʻzSSR FA, OzSSR FA, GruzSSR FA, TojSSR FA Sharqshunoslik ilmiy

tekshirish institutlari, respublika FAlarning tarix, adabiyot va til intlari, shuningdek, boshqa

respublikalar akademiyalari Sh. boʻlimlari) tuzildi.

Leningrad, Toshkent, Dushanba, Boku, Yerevan, Tbilisi, Qozon va boshqalar shaharlarda Sharq

qoʻlyozmalarining boy fondlari toʻplandi. 20-asrning 40-yillarida Moskva unti Tarix va filologiya

ftida Sharq boʻlimi, Leningrad, Oʻrta Osiyo (Toshkent), Ozarbayjon (Boku) va Tbilisi untlarida

Sharq ftlari ochildi.

1957-yil Moskvada "Sharq adabiyoti" (1964-yildan "Nauka") nashriyoti tuzildi. "Sovetskoye

vostokovedeniye" (1955; 1959—61 yillarda) "Problemn vostokovedeniya", 1961-yildan "Narodi

Azii i Afriki" va "Sovremennga Vostok" (1957; 1961-yildan "Aziya — Afrika segodnya") jur.lariga

asos solindi. 1957-yil Toshkentda Butunittifoq sharqshunoslarining 1-konferensiyasi boʻlib

oʻtdi. 50—60-yillarda koʻp jildli "Vsemirnaya istoriya" ("Jahon tarixi")ning Sharq tarixi boʻlimlari,

Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Sharqiy Osiyo, arab mamlakatlarining yangi va eng yangi

tarixi, oliy oʻquv yurtlari uchun darsliklar, mustamlaka tizimining krizisi va inqirozi,




muammolari hamda Sharqdagi mustaqil davlatlarning iqtisodiy rivojlanish muammolariga oid

yirik, umumlashgan asarlar nashr etildi. Sharq mamlakatlari tarixi boʻyicha I.M. Reysner, B.N.

Zaxoder, YEA. Belyayev, V.B. Lutskiy, A.L. Galperin, AA. Semenov, Yu.V. Gankovskiy, L.I.

Duman, I.M. Dyakonov, I.P. Petrushevskiy, O. Bolshakov va boshqalar yirik asarlar yozganlar.

Sharq adabiyotshunosligi rivojlandi. "Literatura Vostoka" ("Sharq adabiyoti") seriyasi vujudga

keldi. "Istoriya mirovoy literaturm"ning Sharqqa oid qismlari yozildi; "Pamyatniki literaturm

narodov Vostoka" (matn va tarjimalar) nashr etilmoqda.

20-asrning 2-yarmida qadimiy qoʻlyozma yodgorliklarni tadqiq qilishda ham katga

muvaffaqiyatlarga erishildi. Bir necha dialektlar tadqiq qilindi va turk, kavkaz, moʻgʻul, fors,

somiy va boshqalar tillar boʻyicha ilmiy grammatikalar, lugʻatlar va ularga oid asarlar yaratildi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin Sharq davlatlarida boʻlgan tarixiy oʻzgarishlar chet el Sh.

tadqiqotlarining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Mustamlaka qilingan davlatlardagi siyosiy va

iqtisodiy jarayonlar Sharq davlatlaridagi gumanitar fanlarning rivojlanishiga, shahrida

tadqiqotlar mavzuining dolzarblashuviga olib keddi. Sharq davlatlarida olib borilayotgan

arxeologik qazish ishlari shahrining rivojlanishiga ayniqsa muhim hissa qoʻshmoqda.

Qad. Sharq tillari — shumer, xett, urartu, ugarit, xatt, elam, toxar tillarida matnlarni oʻrganish

keng yoʻlga qoʻyildi. Axomaniy matnlari, pahlaviy, sugʻd, xoʻtan, qumron, toxar tillarida yozilgan

matnlar toʻplami chop etildi. Oʻrta asr tarixi, adabiyoti, fani va madaniyatiga oid yodgorliklarni

toʻplash, oʻrganish va nashr etishda katta ishlar qilingan boʻlib, bu jarayonlarni yevropalik

sharqshunos olimlar boshlab bergan edi. Yevropa Sh.iga xos boʻlgan mukammal va puxta

ilmiy tekshirish anʼanalari hozirda ham davom etib kelmoqda. MXR va KXDR olimlari oʻrta

asrning istoriografiyasiga oid eng muhim qoʻlyozmalarni, 50-yillarda XXR tarixchilari Xitoyning

yangi va eng yangi tarixiga oid hujjatlar toʻplamini nashr etdilar. Yapon tarixchilari — S. Xattori,

G. Xachi va boshqalar Yaponiya tarixini tadqiq qildilar.

Urushdan oddin va urushdan keyingi oʻn yilliklarda Sharqning jonli tillarini tadqiq etish

quchaydi. Dialektologiya, tillarning tasnifi va rivojlanishiga oid asarlar yaratildi.

Oʻzbekistonda shahrining rivojlanishi, asosan, uch Sh. markazi — Oʻzbekiston FA Abu Rayhon

Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Toshkent Sharqshunoslik instituti va Toshkent

Islom universiteti faoliyati bilan bogʻliq. FA Sh. institutining ilmiy yoʻnalishi institut fondida

toʻplangan oʻn minglab qoʻlyozma asarlarni chuqur oʻrganish, kataloglar hamda Oʻrta Osiyo va

qoʻshni Sharq xalqlarining fani va madaniyati tarixiga oid nodir yozma manbalarni nashrga

tayyorlab, ularda mavjud boʻlgan tarixiy maʼlumotlar asosida i.t. ishlari yaratish, Sharq

xalqlarining oʻtmishda jahon madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan salmoqli hissalarini yaqqol

qoʻrsatishdir. Toshkent Sharqshunoslik intida sharqshunos kadrlar tayyorlash bilan birga

Sharq xalqlari adabiyoti, tilshunoslik, iqtisod va siyosatshunoslikka oid ilmiy tekshirish ishlari



ham olib boriladi. Toshkent Islom untida islom dini tarixi, iqtisodi, huquqshunosligi, arab tili va

boshqalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi va mazqur sohada ilmiy tekshirish olib

boriladi. Islom dini va u bilan bogʻliq masalalar shahrining muhim yoʻnalishi hisoblanadi.

Oʻzbekiston shahrining shakllanishi va uning jahonga tanilishiga A.K. Arends, A. Ahmedov,

S.Azimjonova, B. Ahmedov, B. Bobojonov, P.G. Bulgakov, N. Ibrohimov, A. Irisov, U.I. Karimov,

S. Mirzayev, A. Moʻminov, M.A. Salye, A.A. Semyonov, M.M. Xayrullayev, A. Xoʻjayev, Sh.

Shomuhamedov, A. Oʻrinboyev, A. Qayumov, A Hayitmetov, A. Rustamov, A Muhammadjonov,

M.B. Baratov, I. Abdullayev, P. Qodirov kabi olimlarning xizmati katta boʻldi. Hozir

Oʻzbekistonda Sh. boʻyicha "Sharqshunoslik" almanaxi (1991-yildan), "Sharq mashʼali", "Mayak

Vostoka" va "Imom Buxoriy saboklari" kabi jur. lar chop etilmoqda.

Sharqshunoslarning oxirgi xalqaro kongressi (ICANAS-37) 2004-yil Moskva shahrida boʻlib

oʻtdi.


Hozir dunyoning turli mamlakatlarida 1000 dan ortiq ilmiy tekshirish markazlari, oʻquv

assotsiatsiyalari, universitet va boshqalar oliy oʻquv yurtlari sharq fakultetlari bilan birga Sh.

boʻyicha tadqiqotlar olib borib, sharqshunos kadrlarni tayyorlamoqda. Ularning koʻpchiligi

oʻzining davriy nashrlariga ega.

Bartold V.V., Istoriya izucheniya Vostoka v Yevrope i Rossii, L., 1925; Oʻrinboyev A.,

Ahmedov A., Mannonov B., Sharqshunoslikning dolzarb muammolari, T., 1995;

Abdusamatov M., Oʻzbekiston sharqshunoslari, T., 1996.

Bahrom Abduhalimov, Surayyo Karimova.




Download 72,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish