Sharqiy Yevropa va Osiyodagi davlat


Pul birligi Rus Rubli ( RUB ) Vaqt mintaqasi



Download 291,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.04.2022
Hajmi291,92 Kb.
#557147
1   2   3   4
Bog'liq
Rossiya - Vikipediya

Pul birligi
Rus Rubli (
RUB
)
Vaqt mintaqasi
UTC
+2...+12
• Yoz (
DST
)
UTC
+2...+12
Qisqartma
RU, RUS
Telefon prefiksi
7
Internet domeni
.ru
Davlat tuzumi
Tabiat zonalari
Relyefi


oraligʻida Oʻrta Sibir yassitogʻligi, sharkda Markaziy Yakutiya payettekisligi bor. Mamlakat sharqi
va janbuida togʻliklar koʻproq. Yevropa qismida Katta Kavkaz togʻining shim. yon bagʻrida tizma
togʻlar (Rossiyadagi eng baland nuqta – Elbrus togʻi, 5642 m) joylashgan. Sibirdagi togʻ
tizmalari – Oltoy, Kuznetsk Olatovi, Gʻarbiy Sayan togʻlari, Tuva, Baykalboʻyi, Baykal ortidagi
togʻlar va Stanovoy tizmasi Rossiyaning jan. chegarasi boʻylab oʻtadi. Sibirning shim.sharqi
(Verxoyansk va Cher tizma togʻlari), Uzoq Sharq (Chukotka va Koryak togʻlari)da oʻrtacha
balandlikdagi tizmalar koʻproquchraydi. Tinch okean soxili boʻylab choʻzilgan Kamchatka va Kuril
orollaridagi togʻlarda harakatdagi vulkanlar otilib turadi.
Rossiya hududi Sharqiy Yevropa platformasining anchagina qismini, butun Sibir platformasini,
Gʻarbiy Sibir plitasini, Jan. Sibir, Verxoyansk-Chukotka burmali obl., Koryak yassitogʻligi,
Kamchatka, Kuril orollari, Primorye va Saxalin burmali obl.larini egallaydi. Qadimgi platformalar
yuqori proterozoy davrigacha boʻlgan kristalli fundament (zamin)dan iborat boʻlib, dengiz
tubidagi qad. choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan va keyinchalik burmalanib,
metamorfizmga uchragan. Kareliya burmalanish davri tugagach, Sharqiy Yevropa va Sibir
platformalari zaminining yuzasi denudatsiya natijasida tekislanib, choʻkindi jinslar ostida qolgan.
Proterozoy davri oʻrtalarigacha qad. platformalarni oʻrab turgan burmali obl.lar oʻrnida okean
boʻlib, asta-sekin geosinklinal tizimlari tarkib topa boshlagan va turli yoshdagi burmalangan
obl.lar – baykal, kaledon, gersin, kimmeriy burmalanishlari hosil boʻlgan. Kavkazda geosinklinal
rivojlanish jarayoni Alp burmalanish davrida tugagan. Kuril va Komandor orollarida, Oxota, Bering
dengizlari botiqlarida geosinklinal rivojlanish hali tugamagan.
Rossiya juda boy mineralxom ashyo zaxiralariga ega boʻlgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik
koʻmir havzasidan 5 tasi Rossiyada joylashgan. Rossiyada dunyodagi temir rudasi, berilliy
zaxirasining 30%, neftning 17–18%, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70–75%, palladiyning 50%,
nikelning 40% dan koʻprogʻi, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, Shim. Kavkaz, Oʻrta
va Jan. Ural, Sharqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk oʻlkasi shimolida misnikel, Zabaykalye va Uzok,
Sharkda ruxqoʻrgʻoshin, Ural, Oltoy, Zabaykalye va Kola yarim orolda qimmatbaho toshlar,
marmar, granit, bazalt, Saxada olmos konlari, shuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma,
simob, oltin, kumush, platina, kobalt, slyudamoskovit, asbest va sh.k. foydali qazilmalarning
katta konlari bor.
Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (chekka shim.gʻarbda dengiz ikdimi), Sibir va Uzoq Sharq
shim. da keskin kontinental, janubida musson iklim (qishi sovuq, qor kam yogʻadi, yozi moʻʼtadil
Geologik tuzilishi
Mineral resurslari


iliq). Qishda P. hududi ustida yuqori atmosfera bosimi (sharqaa Osiyo antitsikloni) hukmron
boʻladi. Yanvarning oʻrtacha trasi Yevropa qismining gʻarbida va Kavkaz shimoida 0–5°, Saxa
sharqida –40°, –50°, jumladan, Oymyakonda – 72,2° gacha. Yozda atmosfera bosimi pasayadi,
shu sababli bu mavsum nisbatan iliq, janubida issiq, iyulning oʻrtacha trasi G dan (Sibir shim.) 24–
25° gacha (Kaspiyboʻyi pasttekisligida) yetadi. Eng koʻp yogʻingarchilik Kavkaz togʻlarida (yiliga
3200 mm gacha), Uzoq Sharq janubida (1000 mm gacha) va Sharqiy Yevropa tekisligining
oʻrmon zonasida (850 mm gacha). Kaspiybuyi pasttekisligining yarim choʻl joylarida juda oz –
yiliga 170 mm ga yaqin yogʻin tushadi. Qor qoplami mamlakat janubida 60–80 kun davom etsa,
Chekka shimoida 260–280 kunga boradi.
Rossiyada uzunligi 10 km dan oshadigan 120 mingga yaqin daryo bor. Daryolarning aksariyati
Shim. Muz okeani havzasiga (Shim. Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Lena, Yana, Indigirka, Kolima va
boshqalar), Tinch okean havzasiga (Amur, Anadir, Penjina va boshqalar), Atlantika havzasiga
(Don, Kuban, Neva va boshqalar) mansub. Yevropaning eng uzun va sersuv Volga daryosi,
shuningdek, Ural va Terek Kaspiy dengiziga quyiladi. Ularning kupi suv transporta va yogʻoch
oqizishda, shahar va sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlashda, ekinzorlarni sugʻorishda katta
ahamiyatga ega. Rossiyada 2 mln.dan ortiq chuchuk va shur suvli kul bor. Eng yiriklari: Baykal
(dunyodagi chuchuk suv zaxirasining ʻ/5 qismi), Kaspiy dengizkoʻli, Ladoga, Onega, Taymir.
Rossiyada 1200 ga yaqin suv ombori bor. Yirik suv omborlari: Bratsk, Krasnoyarsk, Zeya, UstIlim,
Boguchan, Baykal (Irkutsk), Volgograd, Ribinsk va boshqa
Tuproq va oʻsimliklari tekisliklarda tabiat zonalariga karab oʻzgaradi. Shim. Muz okeani orollari va
Taymir yarim orol sohilida ibtidoiy arktika tuprogʻi tarqalgan boʻlib, asosan siyrak lishaynik, mox
va kup yillik gulli usimliklar uchraydi. Tundra zonasida nordon tundra (gleylangan) tuprogʻi
tarqalgan. Oʻsimlik turi koʻp: mox va lishayniklardan tashqari past boʻyli butalar (pakana qayin va
tol), har xil oʻt, mevali usimliklar (brusnika, golubika) uchraydi.
Oʻrmon zonasining shim. qismi (tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar –
qoraqaragʻay, oqqaragʻay, kedr va qaragʻay oʻrmonlari, Yeniseydan sharqdagi taygatoʻng
tuproklarda igna bargli tayga daraxtlari – sibir va dauriya tilogʻochlari, Uzoq Sharqda esa,
qoraqaragʻay va oqqaragʻay oʻsadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, Gʻarbiy Sibirda) botqoqlik koʻp.
Taygadan jan.rokda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash oʻrmonlar bor. Chimli podzol tuproqlarda
oqqayin va togʻterak, eman, zarang, qayragʻoch, Sharqiy Yevropa tekisligi urmon zonasining
chekka janubida eman, juka va boshqa keng bargli daraxtlar oʻsadi. Sharqiy Yevropa va Gʻarbiy
Sibirda qora va toʻq kashtan tuproq, Kaspiybuyi pasttekisligida och kashtan va qoʻngʻir, shoʻrxok
tuproqlar uchraydi.
Ichki suvlari


Arktika muz sahrosi va tundrada shim. tulkisi, lemming, shim. bugʻusi, qutb boyqushi, tundra
kakligi; oʻrmon zonasida los, qoʻngʻir ayiq, silovsin, suvsar, tulki, tiyin, burunduq, malla quyon,
Uzoq Sharq janubida ussuri yoʻlbarsi, qora ayiq, harza, yenotsimon it, toʻngʻiz, qushlardan karqur,
qur,^ qizilishton, bulduruq va boshqa yashaydi. Oʻrmonli dasht zonasida kemiruvchilar, turli
qushlar, ondatra, tulki, suvsar, moʻynabop hayvonlarning, los, shim. bugʻusining xillari koʻp.
Dengizlarda baliq (treska, seld, kambala, skumbriya, sudak, losos, osetr va boshqalar), dengiz
sut emizuvchilari (kit, morj, tyulen, dengiz mushugi) ovlanadi.
Oʻziga xos noyob tabiat hamda hayvonot dunyosini saklab qolish va urganish maqsadida turli
zonalarda 100 ta davlat tabiiy qoʻriqhonasi (maydoni 33,3 mln. gektar) va 5 ta milliy bogʻ
(maydoni 6,7 mln. gektar) tashkil etilgan. Eng yiriklari: Oltoy, Astraxon, Barguzin, Kavkaz,
PechoraIlich, Teberda va boshqa
Rossiyada 100 dan ortiq millat va elat yashaydi. Rossiyaning asosiy aholisi – ruslar jami
aholining 81,5% ni tashkil etadi. Ukrainaga yondosh viloyatlarda, Tyumen viloyati, Moskva, Shim.
Kavkaz, Ural va Sibir janubida ukrainlar, Kaliningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-
Peterburg va Kareliyada beloruslar, Krasnoyarsk oʻlkasi, Moskva va Sankt-Peterburgda litvalar
va latishlar (shuningdek, Omsk viloyatida latishlar, Kaliningrad viloyatida litvalar), Omsk,
Novosibirsk, Orenburg viloyatlari, Krasnoyarsk va Oltoy oʻlkalarida olmonlar, Moskva, Sankt-
Peterburg, Yekaterinburg, Samara, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Rostov, Saratov, Novosibirsk
shaharlarida yahudiylar, Rostov viloyati va Krasnodar oʻlkasida moldovanlar, Stavropol va
Krasnodar oʻlkasida yunonlar, Krasnodar va Stavropol oʻlkalarida va Rostov viloyatida armanlar
ham yashaydi. Shuningdek, ozarbayjonlar, uzbeklar (1994-yilda 58 ming), gurjlar, qozoqlar va
boshqa yashaydi. Rossiyaning Yevropa qismi shimoida karellar, vepslar, ijorlar, saamlar (loparlar),
komi va komipermyaklar, Oʻrta Volga boʻyida mari, udmurt va mordvalar, Volgaboʻyining boshqa
joylari va Jan. Uralda turkiy tillarda soʻzlashuvchi chuvashlar, boshqirdlar, tatarlar, shuningdek,
kalmoklar yashaydi. Osetin, qorachoy, bolqor, qoʻmiq, noʻgʻaylar Shim. Kavkazning tub joy
aholisidir. Sibir va Uzoq Sharqda turkiy gillarga mansub saxalar, oltoy, shor, haqas va tuvalar,
mongol tilida soʻzlashuvchi buryatlar, shuningdek, xanti va mansilar, nenets, chukcha va
eskimoslar istiqomat qiladi.
Davlat tili – rus tili; Rossiya tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham shu
respublikaning davlat tili hisoblanadi. Rossiya aholisining 73% shaharlarda yashaydi. Din,
dorlarning aksariyati xristianlar (asosan, pravoslavlar), qolganlari – musulmonlar, yahudolar,
Hayvonot dunyosi juda xilmaxil
Aholisi


buddaviylar va boshqa Yirik shaharlari: Moskva, SanktPeterburg, Nijniy Novgorod, Novosibirsk,
Samara, Yekaterinburg va boshqa
Rossiya hududida oʻrta paleolit davrida, milodgacha 100–35 ming i. avval Quyi Volga, Oʻrta
Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan
oʻtib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Mil. av. 3–2ming yilliklarda Shim. Kavkazda jez,
Ural, Gʻarbiy Sibir, Yuqori Volga boʻylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht,
oʻrmondasht mintaqalarida chorvachilik, dare vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Mil.
av. 1ming yillikda shahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud boʻlgan. Mil. 3-asrda
Sharqdan koʻchmanchi gotlar va 4-asrda gunnlar bostirib kelgan. 4–8-asrlarda Shim. Kavkazda
alanlar birlashgan. 552–745 yillarda Rossiya hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy
ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-asr 1-yarmida Azov boʻyida Buyuk Bulgʻoriya
davlati paydo boʻldi, ammo bulgʻorlar Xazar xoqonligidan magʻlubiyatga uchrab, Dunay, Volga va
Kama daryolari boʻyiga kelib joylashdi. 10-asrda VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo boʻldi,
Oʻrta Volga boʻyi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-asrda Sibir, Yenisey daryosining oʻrta oqimida
hozirgi haqaslarning ajdodlari hisoblangan Qirgʻizlar davlati, 8-asr – 10-asr boshlarida Uzok.
Sharkda Boxay davlati hukm surdi.
9-asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida Qadimgi Rus davlati tashkil topdi;
sharqiy slavyanlarning ikki markazi – Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub
knyazlar hokimiyatiga birlashdi. taxminan 988 yil knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi
xristianlikni Rossiyaning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va
Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va boshqa qabilalarni jipslashtirishga koʻmaklashdi.
Qadimgi rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi
Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan
keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132-yil)dan soʻng Kdd. Rus davlati
parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, VladimirSuzdal, GalichVolin, Ryazan
knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib chiqdi. 13-asrda ularga Sharqsan moʻgʻullar, Gʻarbdan
shvedlar va olmonlar hujum qildilar. 1223-yil rus knyazliklari moʻgʻullar bilan Kalka daryosi
boʻyidagi urushda magʻlubiyatga uchradi. 1236-yil moʻgʻullar VolgaKama Bulgʻoriyasini, 1237-yil
Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildi. 1240-yil esa shvedlar bostirib keldi. Aleksandr
Nevskiy rahbarligidagi rus qoʻshinlari oʻsha yili Neva urushida shvedlarni, 1242-yil Muz ustidagi
urushda olmonlarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 yil mobaynida
moʻgʻullar zulmi ostida qoldi.
14-asrning 2-yarmida Moskva knyazligining mavqei oshib, u moʻgʻullarga qarshi kurashda
rahbarlik qildi va rus yerlarini asta-sekin birlashtirish markazi boʻlib qoldi. 1380-yilgi Kulikovo
Tarixi


urushida Dmitriy Donskoy kumondonligidagi birlashgan rus qoʻshinlarining moʻgʻul koʻshinlari
ustidan qozongan gʻalabasi Shim.sharqiy rus yerlarini birlashtirish uchun zamin yaratdi. Moskva
buyuk knyazlik hokimiyati 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida rus yerlarini birlashtirishni asosan
tugalladi. 1478-yil Novgorod, 1485-yil Tver, 1510-yil Pskov, 1514-yil Smolensk, 1521-yil
Ryazan Moskva buyuk knyazligiga qoʻshib olindi. 1480-yil moʻgʻullar zulmi barham topdi.
Birinchi rus qiroli Ivan IV Vasilyevich Grozniy (1533–84; 1547-yildan qirol) davlatni
markazlashtirishga kirishdi. Kozon va Astraxon xonliklari qoʻshib olindi, shu tarika Ural orti va
Gʻarbiy Sibirni zabt etish uchun yoʻl ochildi. 17-asrda Sibirning qolgan hududlari ham birinketin
qoʻshib olindi. 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi,
"Rossiya" degan nom tarqala boshladi.
Gʻarbda Boltiqdengiziga chiqish uchun boʻlgan Livon urushiiing choʻzilib ketishi (1558–83)
natijasida mamlakat 16-asr oxiri – 17-asr boshlarida ogʻir iqtisodiy va siyosiy ahvolga tushib
qoldi. Xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. Jamiyatning turli tabaqalarida norozilik kuchaydi.
Natijada qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtdi (eng kattasi Bolotnikov koʻzgʻoloni). Boyarlar va dvoryanlar
oʻrtasida ham kurash keskinlashdi. 700 yildan ortiq xukmronlik qilgan Ryurikovichlar sulolasi
tugadi. Mamlakatning ogʻir ichki ahvolidan foydalangan polyaklar va shvedlar 1604-yilda
Rossiyaga bostirib kirdilar. Polsha qoʻshinlari Moskvani egalladi. Faqat 1612-yil K. Z. Minin va
Dmitriy Mixailovich Pojarskiy rahbarligidagi xalq lashkarlari Moskvani ozod qildi, biroq
mamlakatning gʻarbiy va shim.gʻarbiy hududi bir qismi Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻl ostida
qoldi. 1613-yildan Rossiyada Romanovlar sulolasi xukmronlik kila boshladi.
17-asrdan Rossiya oʻz tarixida yangi bosqichga oʻta boshladi. 17-asr oxiriga kelganda tashqi
siyosat masalalari va sinfiy kurash keskinlashgan paytda davlat va dvoryanlar hukmronligini
mustahkamlash uchun iqtisodiyot, davlat tuzumi, madaniyat tizimini qayta qurishga zaruriyat
tugʻildi. Bu oʻzgarishlarni Petr I hukumati amalga oshirdi. Petr I ning islohotlari tufayli (17-asr
oxiri – 18-asr 1choragi) mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashdi. Shim.
urush yillari (1700–21)da muntazam armiya va harbiy dengiz floti tuzildi. Yirik gʻalabalar qoʻlga
kiritildi. Rossiyaning Boltik dengiziga chiqishi uchun yoʻl ochildi. 1721-yil mamlakat Rossiya
imperiyasi deb eʼlon qilindi. Sanoat rivojlana boshladi, ayniqsa, Uraldagi konchilik sanoati tez
oʻsdi. Savdosotiq rivojlanib, tashqi savdo kuchaydi. Madaniyat sohasida katta oʻzgarishlar
amalga oshirildi, dunyoviy maktablar ochildi, Gʻarbiy Yevropa madaniyati bilan aloqa kengaydi,
matbaachilik rivojlandi, Fanlar Akademiyasi taʼsis etildi (1725), yangi kalendarga oʻtildi (1700).
18-asr 2-yarmida tovarpul munosabatlari rivojlandi. Yekaterina II davri (1762–96)da dvoryan yer
egaligi yanada rivojlandi. Davlat yer fondini koʻpaytirish maqsadida 1764-yil cherkovga qarashli
yerlarning bir qismi tortib olindi. Dehqonlarning ommaviy noroziligi Pugachyov qoʻzgʻoloni va
boshqa ichki mojarolar kelib chiqishiga sabab boʻldi.


Tashqi siyosat sohasida qirol hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay
savdo yoʻllariga boʻlgan intilishlarini hisobga olib, jan. chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni
davom ettirdi. Turkiya bilan boʻlgan urushlarda Rossiya gʻalabaga erishgach, Qrim xonligi (1783)
va umuman Qora dengizning shim. qirgʻogʻi Rossiya imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Chegara Dnestr
daryosi boʻylab belgilandi. 70–90-yillarda Ukrainaning oʻng qirgʻogʻi va Belorussiya batamom
Rossiyaga qoʻshib olindi.
19-asr boshlarida Aleksandr I imperator boʻlgan davr (1801–25)da bir qancha islohotlar
oʻtkazildi, davlat apparatani zamonaviylashtirishga harakat qilindi. Urushlar natijasida va
diplomatik faoliyat yoʻli bilan 1801-yil Sharqiy Gurjiston, 1809-yil Finlyandiya, 1812-yil Gʻarbiy
Gurjistonning bir qismi va Bessarabiya Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1805 va 1806–07
yillarda Rossiya Napoleon Fransiyasiga qarshi koalitsiya urushida qatnashdi. 1812-yil Napoleon
armiyasi Rossiyaga bostirib kirdi, oʻsha yil 26-avgust (7-sentabr)dagi Borodino urushida fransuz
qoʻshinlari katta talafot koʻrdi va chekindi. 1814–15 yillardagi Vena kongressi qarorlariga
binoan, Polsha qirolligi Rossiya imperiyasiga oʻtdi.
Maʼrifatchilik gʻoyalarining yoyilishi, 18-asr oxiridagi Fransuz inqilobining taʼsiri, rus armiyasining
1813–14 va 1815-yillardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va
jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida Rossiya jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy
oʻzgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo boʻldi. 1816–23 yillarda Rossiyadagi davlat va
ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini koʻzlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shim.
va Jan. jamiyat aʼzolarining qurolli isyonlari (1825-yil dekabristlar qoʻzgʻoloni) bostirildi. Kavkaz
urushining choʻzilib ketishi va unda Shim. Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik koʻrsatishi, 1853–
56 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning magʻlubiyatga uchrashi imperator Nikolay 1 hokimiyati
siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir
qancha islohotlar oʻtkazishga majbur boʻldi. Jumladan, 1861-yil dehqonlar isloqoti oʻtkazilib, 17-
asr oʻrtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860–70 yillardagi islohotlar
mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yoʻl ochdi. Ayni
vaqtda Rossiya bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo yerlarining
talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda
mustamlakachilik tartiblarini oʻrnatdi.
19-asrning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuchaydi. 70–
80-yillarda bir qancha inqilobiy tashkilotlar ("Yer va erk", "Xalq irodasi" va boshqalar) tuzilib, ular
Rossiyada samoderjaviyeni agʻdarib tashlash vazifasini maqsad qilib oldi. 1881-yilda "Xalq
irodasi" tashkiloti aʼzolari tomonidan Aleksandr II oʻldirildi.
19-asr oxiri – 20-asr boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik ishchi
partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903-yilda bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraksiyaga
boʻlindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 yillardagi rusyapon


urushidagi magʻlubiyat Rossiyadagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa 1905– 07 yillardagi
inqilobga olib keldi. Inqilob davomida Rossiya konstitutsiyali monarxiyaga oʻta boshladi; Davlat
dumasi taʼsis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17-oktabr ittifoqi, Rus
xalqi ittifoki va boshqalar) maydonga chikdi. 1914–18 yillardagi Birinchi jahon urushida Rossiya
Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917-yil Fevral inkilobiga olib kelgan yana bir
ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan boʻldi. Bu inqilob samoderjaviyeni
agʻdarib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917-yil 1-sentabrda Rossiya respublika deb eʼlon
qilindi. 1917-yil 25-oktabrda 
Oktabr inqilobi
 sodir boʻldi. 
Vladimir Lenin
boshchiligidagi
bolsheviklar hokimiyat tepasiga chikdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati
eʼlon qilindi. 1918-yil yanvarda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR)
tuzildi, shu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917 –22 yillardagi Fuqarolar
urushi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha
siyosiy partiyalar taqiklandi, jamiyat va davlatni tashkil etishning harbiykommunistik prinsiplari
("harbiy kommunizm") joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi oʻrnatildi. 1921-yil
"yangi iqtisodiy siyosat" eʼlon qilindi. 1922-yil 30-dek.da Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya
imperiyasi hududida tashkil topgan RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Zakavkazye respublikalari
(Ozarbayjon, Armaniston va Gurjiston) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi
(SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni
industriyalash, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish ogʻirligini, 20–40-yillardagi ommaviy
qatagʻonlar kulfatlarini boshdan kechirdilar, Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga, 60–70-yillardagi
Texnika inqilobiga katta hissa qoʻshdilar. 70-yillar oxiri va, ayniqsa, 80-yillarda iktisodiyotda
salbiy tamoyillar sezila boshladi. Koʻp jihatdan mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga
qaratilgan sanoat mamlakatning ommaviy ehtiyoj mollari ishlab chiqarishga boʻlgan talabini
qondira olmas edi. Mehnat unumdorligining pastligi, uni oshirishga qiziqtiruvchi omillarning
yoʻqligi, butun jamiyatda toʻrachilik avj olganligi va boshqa illatlar oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 1985-yil
"qayta qurish" siyosati eʼlon qilindi. Biroq tez orada roʻy bergan siyosiy mojarolar iqtisodiyotga
qattiq zarba berdi. 1990-yil 12-iyunda RSFSR ning davlat suvereniteti toʻgʻrisida Deklaratsiya
qabul qilindi. 1991-yil 25-dek.da RSFSR Oliy Kengashi Rossiya davlatining rasmiy nomi Rossiya
Federatsiyasi (Rossiya) deb atalishini tasdiqladi. 1991-yil martida RSFSR prezidenti lavozimi
taʼsis etildi (1991-yil iyunda 
Boris Yeltsin
RSFSR prezidenti etib saylandi). 1991-yil avgust
boʻhronidan keyin oʻsha yil dek.da RSFSR, Belorussiya va Ukraina rahbarlari Belaya veja
pushchasi bitimini imzolab, SSSR tugatilganini va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)
tuzilganini eʼlon qildilar. Rossiya SSSR ning huquqiy vorisi boʻlib qoldi. 1992-yil yanvarda
maʼmuriybuyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish maq^ sadini koʻzlovchi iqtisodiy
islohot boshlanishi eʼlon qilindi. Islohotni oʻtkazishdagi xatolar va noizchillik sababli iqtisodiyot
tarmoqlarida tanglik holatlari roʻy berdi, bu esa aholining turmush darajasi pasayishiga olib keldi.
1993-yil sentabr oktabr inqirozi davomida Prezident farmoni bilan Sovetlar tizimi tugatildi.
Oʻsha yil dek.da Federal majlisga saylov oʻtkazildi. 1996-yil B. Yelsin 2navbatga prezident etib


saylandi. 2000-yilda prezident lavozimiga saylangan V. Putin yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni
tuzatish chora-tadbirlarini koʻra boshladi. U prezident sifatidagi xorijiy safarini Oʻzbekistondan
boshlaganligi diqqatga sazovordir. Rossiya – SSSR ning huquqiy vorisi sifatida 1945-yildan 
BMT
aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 20 martda tan olgan va diplomatiya
munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari – 12-iyun – Suverenitet haqida deklaratsiya qabul
qilingan kun (1990), 7-noyab. – Kelishuv va inoqlik kuni (1996), 12-dekabr Rossiya
konstitutsiyasi kuni (1993).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. "Yagona Rossiya"
partiyasi, 2003-yil asos solingan; Liberaldemokratik partiya, 1992-yil roʻyxatga olingan;
"Yabloko" demokratik partiyasi, 2001-yil tashkil etilgan; "Oʻng kuchlar ittifoqi" partiyasi, 2001-yil
tuzilgan; Rossiya Federatsiyasi Kommunistok partiyasi, 1993-yil roʻyxatga olingan; shuningdek,
Rossiya demokratok partiyasi, "Yevraziya", "Internatsional Rossiya", Rossiya konservativ
partiyasi, Rossiya Federatsiyasi Xalq partiyasi, Rossiya xalqvatanparvarlik partiyasi, Rossiya
xalqrespublikachilar partiyasi, "Liberal Rossiya" partiyasi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi",
Rossiya Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, Rossiya sotsialdemokratik partiyasi va
boshqa partiyalar; "Urush faxriylari – tinchlik uchun", "Askar onalari", "Qadrqiymat va
mehrmuruvvat" va boshqa harakatlar faoliyat koʻrsatadi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari
federatsiyasi koʻpgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.
Rossiya – industrialagrar mamlakat. Uning hududi 12 yirik iqtisodiy rayon (Shim., Shim.Gʻarbiy,
Markaziy, Volga-Vyatka, Markaziy qoratuproq, Volgaboʻyi, Shim. Kavkaz, Ural, Gʻarbiy Sibir,
Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq va Kaliningrad viloyati)ga boʻlingan. Milliy daromadda sanoatning ulushi
44,5%, qishloq xoʻjaligi ulushi 10%, qurilish 11,5%, transport, aloqa, moddiytexnika taʼminoti,
tayyorlov va boshqa tarmoqlarning ulushi 34%. Iqtisodiyotda davlatga qarashli korxonalar bilan
bir qatorda xususiy, aralash korxonalar ham bor.
Rossiya kumir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, mineral oʻgʻit, gazlama, poʻlat,
prokat, sement ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Mamlakat eksporti
va yoqilgʻienergetika balansida neft hamda tabiiy gazning ahamiyati katta. Neftning koʻp qismi
VolgaboʻyiUral regionida, Gʻarbiy Sibir, Rossiya Yevropa qismi shim., Saxalin va boshqa joylarda
qazib olinadi. Neft xom ashyosining aksariyat qismi "LUKoyl", "Slavneft", "Rosneft",
"Bashneftexim" kompaniyalarining korxonalarida kanta ishlanadi. Rossiyada qazib olingan
neftning 99,5% "Transneft" birlashmasining magistral kuvurlari (jami uz. 48,5 ming km) orqali
Xoʻjaligi
Sanoati


tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari boʻyicha Rossiya dunyoda 1oʻrinda (32% dan koʻproq)
turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni taʼminlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi
YamalNenets muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg, Zapolyarye, shuningdek, Orenburg
konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni "Gazprom" birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral gaz
quvurlari uz. – 150 ming km. Ichki bozorga yetkazib beriladigan gazning 15% kommunalmaishiy
sohaga, shu jumladan, aholi ehtiyojiga, qolgan qismi sanoat ishlab chiqarishga ishlatiladi. Kumir
zaxiralari 22 yirik koʻmir havzasida va 115 ta alohida konda joylashgan. Kuzbass va Pechora,
KanskAchinsk, Jan. Yakutiya havzalari Rossiyaning eng yirik kumir konlaridir. Rossiyada 72
aksiyadorlik jamiyati va 6 davlat unitar korxonasi koʻmir qazib olish bilan shugʻullanadi. Ular
tarkibida 114 shaxta va 125 ochiq kon bor. 68 boyitish va 1 briket fabrikasi ishlaydi. Neft va gaz
bilan bir qatorda kumir Rossiyada elektr va issiklik energiyasi ishlab chiqarishning asosiy
manbalaridan biri; metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoklari uchun tengsiz xom ashyodir.
2001-yil Rossiyada 888 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilindi. Barcha elektr stansiyalar
Rossiya tutash elektr energetika tizimiga birlashgan. Unga qarashli magistral elektr liniyalari va
elektr podstyalarini Rossiya energetika va elektrlashtirish ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati
("EES Rossiya") boshkaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, kimyoviy tola, mineral
oʻgʻit, sulfat kislota, sintetik smola va kauchuk, avtopokrishka, lokbuyoq, agrosanoat majmuasi
va tibbiyot sanoati uchun turli moddalar ishlab chiqariladi. Uning yirik korxonalari xom ashyo
manbalariga yaqin joylar – Perm viloyati, Kola yarim orol, Tatariston, Boshqirdiston, Gʻarbiy Sibir,
Uralda qurilgan. Keyingi vaqtlarda xom ashyo manbalaridan uzoqroq bulsa ham, isteʼmolchilarga
yaqin joylarda kimyo korxonalari kurila boshladi. Bu korxonalar "Akron" (Novgorod viloyati),
"Yaroslavl shina zdi", "Stavropolpolimer", "Voskresensk mineral ugʻit" (Moskva viloyati), "Era" va
"Fosforit" (Leningrad viloyati), "Kuybishevazot" va "Volgapromxim" (Samara viloyati) aksiyadorlik
jamiyatlari hamda Angara neft kimyosi kompaniyasi va boshqalarlar tarkibiga kiradi. Metallurgiya
mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoklaridan biridir. Uning tuliq siklli korxonalari Ural
(Magnitogorsk, Chelyabinsk, Nijniy Tagil), Markaziy iqtisodiy rnlarida (Lipetsk, Tula) va Gʻarbiy
Sibirda (Novokuznetsk) joylashgan bulib, chuyan, pulat, tayyor prokat ishlab chiqaradi. Kalay,
mis, qoʻrgʻoshin, pyx, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyaning eng muhim
mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va boshqa
Mashinasozlik va metall ishlash sanoati korxonalari Rossiyaning hamma iqtisodiy rnlarida
mavjud. 20-asr oxiri – 21-asr boshlarida energetika, transport, kimyo, neft mashinasozligi,
aviatsiya va raketakosmos sanoati, radioelektronika, elektrotexnika sanoati mashinasozligi,
priborsozl i k, elektron sanoati va kemasozlik ayniqsa tez rivojlandi. Stanoksozlik va
asbobsozlik sanoati yangi turdagi serunum asbobuskunalar ishlab chiqarishni koʻpaytirdi.
Rossiyaning 72 subʼyektida mudofaa sanoati tarmoklarining 1700 korxona va tashkiloti bor.
Dunyodagi yogʻoch zaxiralarining 22% Rossiyaga toʻgʻri keladi. Rossiya oʻrmon sanoati yogʻoch
tayyorlash, yogʻochsozlik, sellyulozaqogoz, gidroliz va yogʻoch kimyosi tarmoklarini uz ichiga
oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Yenisey, Bratsk, Amur urmon sanoati majmualari barpo etilgan.


Qurilish materiallari sanoati markazlari: Ural, Volgabuyi, Shim. Kavkaz va Markaziy iqtisodiy
rnlaridir.
Yengil sanoatda toʻqimachilik yetakchi oʻrinda. Uning yirik markazlari boʻlgan Ivanovo, Moskva,
Yaroslavl, OrexovoZuyevo, Tver shaharlarida ip, zigʻir, shoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi
ishlab chiqariladi. Barcha iqtisodiy rnlarda aholining ehtiyojlariga qarab va xom ashyo manbalari
imkoniyatlariga mos ravishda oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Goʻsht, sariyogʻpishloq,
konserva, qand, yogʻ zdlari qurilgan. Shim. va Uzoq Sharqsa, Qora, Azov va Kaspiy dengizlari
atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud.
Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 197,6 mln. gektar; shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan yer,
qolgan qismi pichanzor va yaylov. Haydaladigan yerlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabuyi, Shim.
Kavkaz, Ural va Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rnlariga toʻgʻri keladi. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining
47,2% ni dehqonchilik va 52,8% ni chorvachilik beradi. Asosiy ekinlari: gʻalla, qand lavlagi,
kungaboqar, kartoshka, sabazavot, zigʻir va boshqa Volgabuyi, Shim. Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Ural va
Markaziy rnlarda bugʻdoy, Shim., Shim.Gʻarbiy va Markaziy rnlarda zigʻir, Shim. Kavkaz, Volgabuyi,
Markaziy rnlarda kungaboqar, Markaziy va Shim. Kavkazda kand lavlagi yetishtiriladi. Turli rnlarda
meva, rezavor va uzumzorlar bor. 4,29 mln. gektar yer sugʻoriladi (asosan, Shim. Kavkaz va
Volgabuyida).
Rossiyaning iqtisodiy va tabiiy sharoiti chorvachilikning barcha tarmoklarini rivojlantirish uchun
qulay. Volgabuyi, Gʻarbiy Sibir, Shim. Kavkaz, Ural, Markaziy iqtisodiy rnlarda qoramol koʻproq
boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi va choʻchqachilik, Chekka shimoida bugʻuchilik
va hayvonotchilik rivojlangan. Koʻpgina joylarda parrandachilik, asalarichilikka katta ahamiyat
beriladi. 20-asrning 90-yillaridan qishloq xoʻjaligida ham islohatlar oʻtkazila boshladi, yerga egalik
qilishning yangi shakllarini joriy etishga kirishildi.
Rossiyada zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi – 139
ming km (86 ming km magistral temir yoʻl), qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. – 754 ming
km, kema qatnaydigan ichki suv yoʻllari uz. – 84,6 ming km (Belomor–Boltik, kanali, Moskva
nomli kanal, Volga–Don kanali, Volga– Boltiqsuv yoʻli va boshqalar), magistral neft va gaz
quvurlari uz. – 213 ming km. Transport yoʻlilarning eng serqatnov va kup yuk tashiladigan
magistrallari elektrlashtirilgan. Mamlakat yuk aylanmasining 70% temir yoʻl transportiga toʻgʻri
keladi. Ichki yuklarning bir qismi avtomobil va dare transportida, tashqi savdo yuklarining
aksariyati dengiz transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi – 8,3 mln. tonna dedveyt.
Eng yirik dengiz portlari: Sankt-Peterburg, Vanino, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk,
Arxangelsk, Vladivostok. Yirik avtomobil yoʻllari kesishgan shaharlar: Moskva, SanktPeterburg,
Transporti


Novosibirsk, Xabarovsk, Adler, Mineralniye Vodi. Havo transportining ahamiyati katta. Barcha
iqtisodiy rnlar, yirik shaharlar oʻrtasida, yaqin va olis xorij mamlakatlari bilan aviatsiya qatnovi
yulga qoʻyilgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Irkusk, Vladivostokda
yirik xalqaro aeroportlar bor. Moskva, SanktPeterburg, Novosibrsk, Nijniy Novgorod, Samara,
Yekaterinburg shaharlarida metropoliten kurilgan.
Rossiya – dunyodaqudratli eksport va import imkoniyatlariga ega boʻlgan davlatlardan biri. U
chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toshlar, neft, tabiiy gaz,
kumir, kimyoviy moddalar, yogoch, kauchuk, xom teri, toʻqimachilik mahsulotlari va boshqa
eksport qiladi. Chetdan elektronika, roʻzgʻor texnikasi, xalq isteʼmol mollari, qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari va xom ashyosi sotib oladi. MDH, Boltiq boʻyi mamlakatlari, 
Italiya

AQSH

Buyuk
Britaniya

Olmoniya

Polsha

Niderlandiya

Turkiya

Xitoy
 va boshqa davlatlar bilan savdo qiladi.
Pul birligi – 
rubl
.
Aholining sogʻligʻini saqlash tizimi 20-asrning oxirlarida isloh qilina boshladi. Davlat poliklinikalari
va kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham ochildi, muqobil tibbiy xizmat
shakllari rivojlana boshladi. 90-yillarning oʻrtalarida Rossiyada 12 mingga yaqin kasalxona
muassasasi boʻlib, ularda 4 mln.ga yaqin xodim, shu jumladan barcha ixtisosdagi 650 ming vrach
ishladi. Har 10 ming aholiga kasalxonalarda 135 oʻrin toʻgʻri keldi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy
faoliyatni Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi muvofiqlashtirib turadi. Rossiyada 7 mingga
yaqin sanatoriy va boshqa dam olish muassasalari bor. Vrachlar har bir iqtisodiy rndagi tibbiyot
oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.
Rossiyada taʼlimning barcha turlarini takomillashtirishning maqsad va vazifalari 2000-yilda kabul
etilgan Rossiya Federatsiyasi Milliy taʼlim doktrinasi va 2010-yilgacha boʻlgan davrda taʼlimni
modernizatsiyalash konsepsiyasida belgilangan. Kelgusida ham umumiy taʼlim maktabi yosh
avlodga taʼlim va tarbiya berishning asosiy boʻgʻini boʻlib qoladi. 2000-yil mamlakatda 68804
maktab boʻlib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming oʻqituvchi 20879 ming
oʻquvchiga taʼlim beradi. Rossiyada hunartexnika taʼlimi beradigan texnika kollejlari, tijorat bilim
yurtlari, markazlar, biznesmaktablar va b bor. 2000-yilda 2589 davlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida
2312 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Oliy oʻquv yurtlari tarkibiga unt, oʻquv akademiyalari, oliy bilim
Tashqi savdosi
Tibbiy xizmati
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari


yurtlari, konservatoriya va intlar kiradi. 2000/2001 oʻquv yili Rossiyadagi 965 oliy oʻquv yurtida
4742 ming talaba oʻqidi, shu jumladan, 358 nodavlat oliy oʻquv yurtida 471 ming talaba taʼlim
oldi. Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Yekaterinburg untlari eng qad. va yirik untlar
hisoblanadi. Rossiya Fanlar akademiyasi mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlar ishlariga rahbarlik qiladi,
uning intlari ilmfanning eng muhim sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bundan tashkari,
Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi, Rossiya taʼlim akademiyasi, qishloq xoʻjalik Fanlar
Akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi (1992) ham faoliyat yuritadi.
Rossiyada 130 mingdan koʻproq kutubxona bor. Eng yiriklari: Rossiya davlat kutubxonasi (42
mln. asar), Rossiya milliy kutubxonasi (33 mln. asar), M.I.Rudomino nomidagi umumrossiya davlat
chet el adabiyoti kutubxonasi (4,4 mln. asar), Davlat ommaviy tarix kutubxonasi (3,2 mln. asar),
Davlat ijtimoiy-siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar) va boshqa 2000-yil mamlakatda 1664 muzey
ishladi. Mashhurlari: Ermitaj, Petergof, Kunstkamera, 
Moskva Kremli
, Davlat tarix muzeyi,
Tretyakov galereyasi, "Spassk Lutovinovo", "Tarxanlar" va boshqa
Rossiyada 5758 nomda gazeta nashr etiladi; shundan 333 tasi umumrossiya gazetalari boʻlsa,
qolganlari milliy respublikalar, muxtor viloyatlar, oʻlka va viloyatlar, okrug, shaqar, tumanlar
miqyosida chiqadigan va tarmoq gazetalari va boshqa Eng yiriklari: "Izvestiya" ("Axborot", 1917-
yildan), "Pravda" ("Haqiqat", 1912-yildan), "Trud" ("Mehnat", 1921-yildan), "Komsomolskaya
pravda" ("Komsomol haqiqati", 1925-yildan), "Nezavisimaya gazeta" ("Mustaqil gazeta", 1990-
yildan), "Obshaya gazeta" ("Umumiy gazeta", 1997-yildan), "Novie izvestiya" ("Yangi xabarlar",
1997-yildan), "Selskaya jizn" ("Qishloq hayoti", 1918-yildan), "Ekonomicheskaya gazeta"
("Iqtisodiy gazeta", 1918-yildan), "Uchitelskaya gazeta" ("Oʻqituvchilar gazetasi", 1924-yildan),
"Literaturnaya gazeta" ("Adabiyot gazetasi", 1925-yildan). 2781 nomda jur. chiqariladi; eng yirik
adabiy jurnallar: "Noviy mir" ("Yangi dunyo", 1925-yildan), "Znamya" ("Bayroq", 1931-yildan),
"Oktabr" (1924-yildan), "Inostrannaya literatura" ("Xorijiy adabiyot", 1955-yildan), "Novoye
vremya" ("Yangi davr", 1943-yildan; 1899–1943-yillarda "Ogonyok"), "Rabotnitsa" ("Ishchi ayol",
1923-yildan), "Krestyanka" ("Dehqon ayol", 1922-yildan) va boshqa
Rossiya davlat teleradio sektori PO kanal va 120 ga yaqin radiostyadan iborat (2001). Tijorat
telekanallari va radiostyalari ham bor. RATATASS axborot agentligi, Rossiya "Novosti" axborot
agentligi, "Interfaks" axborot agentligi faoliyat yuritadi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Adabiyoti


Xalq qoʻshiqlari asosidagi ogʻzaki ijod 11 – 17-asrlarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Dastavval
dehqonlar mehnatini va ularning krepostnoylikka qarshi kayfiyatini aks ettiruvchi asarlar, 18-
asrdan ishchilar hayotini ifodalovchi qoʻshiqlar yaratildi. Dostonlarda vatan dushmanlariga karshi
kurashgan Ilya Muromets, Dobrinya Nikitich, Vasiliy Buslayev kabilarning qahramonligi madh
etildi.
Qadimgi rus adabiyotining (10-asr oxiri – 17-asrlar) dastlabki yozma yodgorliklari Kiyev Rusida
yaratildi. Rus xalqining birligi masalalari bu davr adabiyotining asosiy mavzui edi. "Igor polki
urushnomasi" 12-asr oxiridagi salmokli adabiy yodgorlikdir. 14–15-asrlarda koʻpgina
afsonaviytarixiy qissalar yaratildi ("Novgorodlik va suzdalliklar urushi haqida afsona",
Novgorodlik Ionn xaqidagi afsonalar turkumi, "Smolensklik Merkuriy qissasi", "Temur haqida
qissa" va boshqalar). 15–16-asrlar adabiyotida siyosiy afsona va publitsistika rivojlandi. 17-
asrda adabiyot turmush bilan yaqinlashdi, nasriy asarlarda insonning ahvolruhiyatini taxlil qilishga
asosiy eʼtibor berila boshladi. Rus adabiyoti siyosiy turmush va ijtimoiy kurashning ayrim
sohalarini aks ettirish orkali dunyoviy mavzularni yoritishga oʻtdi. 18-asrda qissa, sevgi lirikasi,
ijtimoiy-siyosiy sheʼriyat va hajvchilik rivoj topdi (V. Trediakovskiy, M.Lomonosov, A. Sumarokov
ijodi). D.Fonvizin, I.Krilov haqqoniy pyesalari, Ya.Knyajnin, G. Derjavin sheʼrlari, N. Karamzin va A.
Radishchev nasri shuhrat qozondi. 19-asr boshlarida V.Jukovskiy romantizm ruhida ijod kila
boshladi. Romantizmning isyonkorlik yoʻnalishi yosh A.S.Pushkin hamda dekabristshoirlar
K.Rileyev, V.Kyuxelbeker, A.BestujevMarlinskiy, A. Odoyevskiy va boshqa ijodida namoyon boʻddi.
A. Pushkin yangi rus adabiyotiga asos soldi. M. Lermontov uning anʼanalarini davom ettirdi. N.
Gogol asarlari rus adabiyotida tanqidiy realizm uzilkesil qaror topganligini tasdikladi. 19-asrning
40-yillarida V.Belinskiy ilmiyadabiy tanqidchilik asoslarini yaratdi. A.Gersen, N. Chernishevskiy, N.
Dobrolyubov, D. Pisarev publitsistikasi jamiyat illatlarini fosh etdi. 19-asrning 2-yarmida tanqidiy
realizm barqurdi (F.M.Dostoyevskiy, A.F.Pisemskiy, I.S. Turgenev, I.A.Goncharov, A.P.Chexov va
boshqa ijodi). L. Tolstoy "Urush va tinchlik" romanida keng qamrovli tarixiy voqealar va insoniy
taqdirlar xilmaxilligining badiiy tasviri namunasini yaratdi. A.P.Chexov ijodi ijtimoiy oʻzgarishlarni
aks ettirdi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida A.M.Gorkiy, I.A.Bunin, V.V.Veresayev adabiyotga kirib
keldi. Soʻng simvolistlar, akmeistlar, futuristlar paydo boʻldi. V.Ya.Bryusov, A.A.Blok,
N.V.Gumilyov, A.A. Axmatova, O.E.Mandelshtam, S.A.Yesenin, B.L.Pasternak va boshqa ijodi
adabiyotni gʻoyat jonlantirib yubordi. V.V.Mayakovskiy notiklik sheʼriyatini yuqori pogʻonaga
koʻtardi. 20-asrning 1-yarmida M.M.Zoshchenko xikoyalari, A.P.Platonov, K.A.Fedin, V.A.Kaverin,
M.A.Sholoxov, M.A.Bulgakov, A. Tolstoy romanlari nasr janrini rivojlantirdi. Ikkinchi jahon urushi va
undan keyingi davrda koʻpchilik adiblar (I.G.Erenburg, A.T.Tvardovskiy, Ye.A.Yevtushenko)
insoniyat boshiga tushgan kulfatlarni tasvirlovchi va tinchlik hamda insonparvarlikka chaqiruvchi
asarlar yaratishdi. M.A. Sholoxov, M.Kalinin, G.Baklanov, Yu.Bondarev, B. Vasilyev asarlarida urush
manzaralari keng koʻlamda aks ettirildi. 50-yillarning oʻrtalarida shaxsga sigʻinish qoralanishi
tufayli boshlangan "iliqlik" davrida V.D.Odinsevning "Nonning oʻzi rizqroʻz emas" romani, V.V.
Ovechkinning "Rayonning oddiy kunlari" qissasi, A.Ya.Yashinning "Pishanglar" hikoyasi, P.F.


Nilinning "Shafqatsizlik" va "Sinov muddati" qissalari, S.Antonov va V.F.Tendryakovning nasriy
asarlarida mafkuraviy aqidalar rad qilindi, toʻrachilik tanqid ostiga olindi, qishloqdagi qoloqliklar
fosh etildi. Ammo siyosiy "iliqlik" haqiqiy ijodiy erkinlikka olib kelmadi. 60-yillar oʻrtalarida
adabiyot ustidan siyosiy nazorat kuchaydi. Koʻpgina qalam sohiblari (A.Soljenitsin, V.Voynovich,
B.Pasternak, S.Sokolov va boshqalar)ning siyosiy qatagʻonlar davri dahshatlarini insonlar taqdiri
misolida tasvirlagan va jamiyat illatlarini hajv qilgan asarlari Rossiyada nashr etilishiga ijozat
berilmadi. Ularning airimlari chet ellarda bosilgan boʻlsa, "qayta qurish" davrida Rossiyada ham
dunyo yuzini koʻrdi. "Qayta qurish" davrida "fosh qiluvchi" asarlar koʻplab dunyoga keldi, ayniqsa,
publitsistika rivoj topdi. Rasmiy sotsialistik mafkura qobigʻiga sigʻmaydigan asarlar
(Bulgakovning "It yurak" qissasi, Pasternakning "Doktor Jivago" romani, Soljenitsin, V. V.
Nabokov va boshqa adiblarning asarlary) ham nashr etildi.
Qadimgi rus sanʼati sharqiy slavyan kabilalari badiiy madaniyati yutuqlari asosida, qoʻshni
davlatlar, ayniqsa, Vizantiya madaniyati taʼsirida shakllangan. Kiyevdagi ayoSofiya ibodatxonasi
(1030–40) saqlangan. 13 gumbazli bu ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori
(1045–50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036-yilga oid qoʻlyozmada Chernigovdagi Spas
Preobrajeniye sobori tilga olingan. 12–13-asrlarda rus madaniyati ravnak, topdi, yirik bino
(ibodatxona, monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi, ikona sanʼati, kitob
miniatyurasi yuqori darajaga koʻtarildi. 19-asrda Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin
oqtoshdan (1367) qurildi. 15-asr 2-yarmida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi tufayli
Moskva yirik madaniy markazga aylandi. 16-asrda bu yerda tosh ibodatxonalarning oʻziga xos
shakli – chodirsimon tomli minoralar (Kolomenskoye qishlogʻidagi Vozneseniye cherkovi,
Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi va boshqalar) barpo etildi. Nijniy Novgorod, Tula,
Kolomna, Zaraysk, Smolensk, Serpuxovda kremllar kurildi. Turar joylarning aksariyati yogochdan
ishlandi. 14-asr oxiri – 15-asr boshlarida rus rassomligi yangi pogʻonaga koʻtarildi, Moskvada
Feofan Grek, Andrey Rublyov kabi atokli rassomlar ijod qildi. 15-asr oxiri va 16-asr boshida
Dionisiy ibodatxona devoriga ishlagan avliyolar rasmlari bilan shuxrat qozondi. 17-asr tasviriy
sanʼati dunyoviy mazmun bilan boyidi. Shim. Kavkazda toshdan xristian ibodatxonalari, keyinroq
masjidlar koʻplab kurildi, metallni badiiy ishlash sanʼati yuksak darajaga kutarildi.
18-asr – 19-asrning 1-yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli u yerdan koʻpgina
rassomlar Rossiyaga keldi; rus rassomlari Gʻarbda taʼlim oldi. 1757-yil Peterburgda Yevropa
toifasidagi badiiy akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka eʼtibor kuchaydi, rus meʼmorligi
Gʻarbiy Yevropa uslubida rivojlandi, barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. Rossiya shaharlarini
kayta qurishning 400 ga yaqin loyihasi ishlab chiqildi. 
Matvey Kazakov
, Andrey Nikiforovich
Voronixin, Andreyan Zaharov, Karl Rossi kabi atokli meʼmorlar yetishib chikdi. Bu davr tasviriy
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati


sanʼatida portret janri yuksaldi. 18-asrning 2-yarmida D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiy,
F.I.Shubinlarning ijodi rus tasviriy sanʼatida salmoqli oʻrin oldi. O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin,
K.P.Bryullov kabi rassomlar zamondoshlar ahvolruhiyatini zoʻr mahorat bilan ifodaladi. 19-asr
oʻrtalarida maishiy janr yuksala bordi. Meʼmorlik bilan hamohang tarzda amaliy sanʼat ham
rivojlandi. Yogʻoch oʻymakorligi, keramika, kashtachilik sohasida nafis buyumlar tayyorlash urf
boʻldi. 19-asrning 2-yarmida yangi binokorlik materiallari (metall konstruksiyalar)dan foydalanib
sanoat va transport inshootlari barpo etila boshladi, bank, kasalxona, mehmonxona, koʻp qavatli
turar joylar qurilishi avj oldi. 20-asr boshlarida tasviriy sanʼat rivoj topdi: 
Ilya Repin

Ivan
Kramskoy
, Nikolay Yaroshenko, Sergey V. Ivanov kabi rassomlar jozibador asarlar yaratdilar.
1917-yil oktabr toʻntarishi sanʼat ahlini ikkiga boʻlib yubordi. Kazimir Malevich, Yevgeniy Lansere
oʻzlarini "inqilob kuychisi" deb atadilar. Aleksandr Benua, Konstantin Somov kabi mashxur
rassomlar esa chet ellarga bosh olib ketdilar. Sovet davrida milliy bisotni saklash haqidagi
dekretlarga qaramay, faqat inqilobga xizmat qiladigan sanʼat asarlarigina saqlab qolindi,
boshqalari vahshiyona yoʻq qilib tashlandi. Inkilob hamda fuqaro urushi voqealari va
qahramonlarini tasvirlovchi racm va haykallar yaratish ragʻbatlantirildi. Meʼmorlar baxaybat
shahar va inshootlar loyixalarini chiza boshladilar. 40-yillarning 2-yarmi va 50-yillarda Ikkinchi
jahon urushida vayron boʻlgan shaharlarni qayta tiklash va yangi sanoat markazlarini barpo
etishga kirishildi. Stalingrad (Volgograd), Smolensk, Kursk, Novgorod kabi shaharlar yangidan
qurildi. Moskvada baland binolar (Moskva universiteti, meʼmorlar L.V.Rudnev, S.Ye.Chernishev,
P.V.Abrosimov, A.F. Xryakov; mehmonxonalar), Kishloq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi kabi
mahobatli inshootlar, meʼmoriy majmualar, koʻp qavatli turar joylar barpo etiddi. Zamonaviy
loyihalar asosida industrial qurilish usullaridan, yigʻma temirbeton va boshqa yangi qurilish
materiallaridan foydalanishga oʻtiddi.
Rassomlikning barcha janrlari rivojlandi. Maishiy janrda A.A. Milnikov, Fyodor Reshetnikov, Arkadiy
Plastov, portret janrida Martiros Saryan, Viktor Oreshnikov, karikaturada Boris Prorokov,
Kukrinkslar, Vitaliy Goryayev, estampda Georgiy Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroshlikda
Nikolay Tomskiy, L.Ye.Kerbel, Ye.V.Vuchetich, M.K.Anikushin, teatr va kino rassomligida V. Rindin,
N.Zolotaryov, E.Stenberg, rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar
yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy xayotga qiziqish kuchaydi. Xalq hunarmandchiligining
yogʻochsozlik, kulolchilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak oʻymakorligi, toshtaroshlik, kashtachilik,
gilamdoʻzlik kabi turlari rivojlandi.
Qadimgi rus musiqasi oʻz mazmuni, janri, shakl va ifoda vositalariga koʻra xilmaxil boʻlib, mehnat,
marosim, qahramonlik, hazil va sevgi qoʻshiklaridan iborat. Xalq xorida geterofoniyata
asoslangan koʻp ovozli musiqa shakli rivojlandi. Asosiy musiqa asboblari – gusli, domra,
Musiqasi


keyinchalik balalayka, gitara, garmon, bayan va boshqa Skomoroxlar sanʼati xalq ijodiga yaqin
boʻlgan. 10-asr oxirida xristianlik qabul qilingach, cherkov xonandaligi rivojlandi, musiqa yozuvi
oʻzlashtirildi. 17–18-asrlarda cherkov xonandaligida koʻp ovozlilik paydo boʻlishi bilan birga koʻp
ovozli dunyoviy qoʻshiklar ham tarqaldi, jamiyat hayotida musiqaning roli oshdi, zamonaviy
professional musiqa janrlari yaratildi. Peterburg va Moskvada opera teatrlari paydo boʻldi. Ye.
Fomin, V. Pashkevich, I. Xandoshkin, D. Bortnyanskiy kabi kompozitorlar yetishib chiqdi.
19-asrning 2choragida Mixail Ivanovich Glinka rus musiqasini jahon madaniyati yutuqlari
darajasiga koʻtardi. Uning anʼanalarini A. Dargomijskiy davom ettirdi. 1859-yil A. Rubinshteyn
tashabbusi bilan Peterburgda Rossiya musiqa jamiyati tuzildi. Peterburg (1862) va Moskva
(1866) konservatoriyalari tashkil topdi. Kompozitorlarning "Qudratli tuda" ijodiy guruhi
(M.Balakirev, 
Aleksandr Borodin

Modest Musorgskiy

Nikolay Rimskiy-Korsakov
va
boshqalar)ning faoliyatida davr nafasi aks etdi. 
Pyotr Chaykovskiyning
simfonik va kamer
asarlari, opera va baletlari 19-asr jahon musiqasi rivojida muhim bosqich boʻldi. 
Sergey
Raxmaninov
, Aleksandr Skryabin ijodi 20-asr boshlariga toʻgʻri keldi. Ular ketidan yetishib
chiqqan. 
Sergey Prokofyev

Dmitriy Shostakovich
, Nikolay Myaskovskiy, 
Aram Xachaturyan
,
Tixon Xrennikov va boshqalar turli musiqiy janrlarda salmokli asarlar yaratdi. 20-asr boshlarida
ijrochixonandalar 
Fyodor Shalyapin
, Leonid Sobinov, Antonina Nejdanova, pianinochilar F.
Safonov, Konstantin Igumnov, Genrikh Neygauz, skripkachi Leopold Auer, 20-asrning 2-yarmida
dirijyorlar – Ariy Pazovskiy, Nikolai Golovanov, Yevgeniy Mravinskiy, Yevgeniy Svetlanov,
Gennadiy Rojdestvenskiy, Samuil Samosud, pianinochilar – 
Emil Gilels
, S. Rixter, skripkachi –
David Oystrax

Leonid Kogan
, Viktor Viktorovich Tretyakov, Vladimir Teodorovich Spivakov,
violonchelchilar – Daniil Borisovich Shafran, Y. Rostropovich, Natalya Gutman, xonandalar – N.A.
Stepanova, Yelena Vasiliyevna Obrazsova, Ivan Semyonovich Kozlovskiy, Sergey Yakovlevich
Lemeshev, Vladimir Andreyevich Atlantov va boshqa mashhur boʻldilar. 20-asrning oxirgi oʻn
yilliklarida Rossiya Shchedrin, Andrey Pavlovich Petrov, Boris Tishchenko, Edison Vasilievich
Denisov, Sofiya Asgatovna Gubaydulina, Alfred Garriyevich Shnitke kabi kompozitorlar opera,
simfoniya va vokalsimfonik janrlarda ijod qildilar. 
Georgiy Sviridov
rus mumtoz musiqasi
anʼanalarini davom ettirdi. Estrada musiqasi rivoj topdi. Mualliflik qoʻshigi deb atalgan yoʻnalish
(Bulat Shalvovich Okudzhava, Aleksandr Arkadievich, 
Vladimir Visotskiy
, Yuriy Vizbor) shuhrat
qozondi. Eng mashhur estrada, jaz va rok qoʻshiqchilar orasida Iosif Davidovich Kobzon,
Lyudmila Zikina
, Aleksandr Borisovich Gradskiy, 
Alla Pugachyova
, Filipp Bedrosovich Kirkorov,
Yuri Mixailovich Antonov, Lev Leshchenko, 
Viktor Tsoy

Larisa Dolina

Valery Leontyev
va
boshqa bor. Ikkinchi jahon urushi yillari Leningrad konservatoriyasi Toshkentga evakuatsiya
qilindi. Bu yerda uning ijrochilari hamda mahalliy ijrochilar tomonidan Dmitriy Shostakovichning
"Leningradnoma" simfoniyasi ilk bor (1942-yil 22-iyun) ijro etiddi. Moskva konservatoriyasi va
uning huzurida faoliyat koʻrsatgan Moskva oʻzbek opera studiyasi oʻzbek milliy opera sanʼati
kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga katta hissa qoʻshgan.


Turli davrlarda Leonid Vitalyevich Sobinov, Antonina Nejdanova kabi opera solistlari, Lev
Nikolayevich Oborin, Grigory Romanovich Ginzburg, 
Mstislav Rostropovich
, Garri Grodberg, Daniil
Shafran, Yuriy Abramovich Bashmet, Leonid Kogan singari sozandalar, Dmitriy Shostakovich,
Aram Xachaturyan
, Tixon Xrennikov kabi kompozitorlar, Zara Doluxanova, Irina Konstantinovna
Arxipova, Tamara Andreyevna Milashkina, Iosif Davidovich Kobzon, Alla Borisovna Pugachyova
singari xonandalar, Vladimir Spivakov rahbarligidagi "Moskva virtuozlari" kamer orkestri, Yevgeniy
Svetlanov rahbarligidagi Rossiya simfonik orkestri, "Katta teatr" xonanda va raqqosalari va
boshqa Oʻzbekistonda gastrolda bulishgan.
Teatr sanʼati unsurlari mehnat jarayoni va diniy marosimlar, xalq oʻyinlari, bayramlar bilan bogʻliq
holda yuzaga kelgan. Teatr madaniyatining dastlabki namoyandalari skomoroxlardir (ular birinchi
bor 1048-yil yilnomalarda tilga olingan). 1648-yil ularning tomoshalarini cherkov taqiqlab qoʻydi
(spektakllarda cherkov va hokimiyatni hajv qiluvchi koʻrinishlar boʻlgan). Skomoroxlarning
anʼanalarini qoʻgʻirchoq teatri davom etgirdi.
16-asr 2-yarmida maktab teatriga asos solindi, cherkov, saroy teatrlari vujudga keldi. Rossiyada
yevropacha shakldagi drama teatri 17-asr oxirida paydo boʻddi. 1703-yil qirol Petr I ning
buyrugʻi bilan Moskva Qizil maydonida teatr binosi qurildi, unda tomoshalar koʻrsatildi. 18-asr
boshlarida havaskorlik teatrlari, Moskva universiteti huzurida teatr tashkil etiddi. A. Sumarokov
rus professional dramaturgiyasiga asos srddi, uning nazariyotchisi va amaliyotchisi boʻldi. 1776-
yil Peterburgda birinchi doimiy teatr ishlay boshladi, shu teatr "asosida 1780-yil Petr teatri,
1776-yil Moskva Bolshoy teatri (Katta teatr), 1824-yil Maliy teatr (Kichik teatr) tashkil topdi.
1832-yil Peterburgda Aleksandr (hozirgi Pushkin nomidagi) teatr binosi kurildi. 18-asr oxiri – 19-
asr boshlarida krepostnoy teatrlari keng yoyildi.
1812-yil Vatan urushidan keyin rus sahnasida William Shakespeare, 
Friedrich Shiller

Denis
Fonvizin
, Vasiliy Kapnist, 
Ivan Krilov
, Vladislav Ozerov asarlari koʻrsatildi. Koʻngilochar tarjima
asarlarini 
Aleksandr Griboyedov

Nikolay Gogol

Aleksandr Pushkin

Aleksandr Ostrovskiy
pyesalari siqib chiqardi. Glikeriya Fedotova, Aleksandr Yujin, Vladimir Davidov kabi aktyorlar
sahna madaniyatini yuqrri koʻtardilar. 1898-yil 
Konstantin Stanislavskiy
 bilan 
Vladimir
Nemirovich-Danchenko
 tomonidan Moskva Badiiy teatri tashkil etildi. 20-asr boshlarida
Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli
yoʻnalishdagi teatrlar ish boshladi. 20-yillar oxiri – 30-yillar boshlarida ishchi yoshlar teatrlari
ommalashdi. Koʻpchiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat boʻlgan bu teatrlar
keyinchalik professional teatrlarga negiz boʻldi. Ayniqsa, 30-yillar sahnasida inqilobiytarixiy
pyesalar ustunlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida koʻpgina teatrlar sharqqa koʻchirildi, front
teatrlari va artistlar brigadalari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda teatr sanʼatining rivoji
Teatri


notekis va ziddiyatli boʻldi. Bu sohaga hokimiyatning aralashuvi koʻpgina teatr jamoalari, ayrim
sanʼat arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli taʼsir qildi.
50-yillar oxiri – 80-yillarda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangicha talqin
qiluvchi spektakllar paydo boʻddi. 
Fyodor Dostoyevskiy

Lev Tolstoy

Anton Chexov

Jan
Molyer
 pyesalari bilan bir qatorda Boris Vasilyev, Fyodor Abramov, Vasiliy Shukshin, Vladimir
Voynovich kissalari sahnalashtirildi. 80-yillarda teatrlarning faoliyat sharoiti tubdan oʻzgardi,
senzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan "qabul kilinishi" barham topdi.
Yuriy Lyubimov, Georgiy Tovstonogov, Leonid Xeyfets, Ruben Simonov, Pavel Xomskiy, Yuriy
Yeryomin kabi rejissorlar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zoʻr mahorat bilan
sahnalashtirdilar, aktyorlardan – Yuliya Borisova, Kirill Lavrov, Innokentiy Smoktunovskiy, Mixail
Ulyanov va boshqa teatr taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdilar. Rossiyada opera va balet sanʼati,
shuningdek, qoʻgʻirchoq teatri, sirk sanʼati ham rivojlangan. Yuqorida sanab oʻtilgan teatrlardan
tashqari Moskvada Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V.
Komissarjevskaya nomidagi teatr, 
Arkadiy Raykin
 nomidagi satira teatri, Moskvada 
Sergey
Obrazsov
 nomidagi qoʻgʻirchoq teatri, "Kreml baleti" teatri va boshqa teatrlar mashxur. Teatr
uchun kadrlar Rossiya teatr sanʼati akademiyasi, Boris Shchukin nomidagi, Mixail Shchepkin
nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, sirk va estrada sanʼati bilim yurti va
boshqa oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.
1908-yildan Sankt-Peterburgda Aleksandr Drankovning, Moskvada Aleksandr Xanjonkov va
Iosif Yermolyevning kino firmalari tashkil etildi. Ilk kinochilar xalq qoʻshikdari, mumtoz adabiyot
asarlari asosida filmlar yaratishdi ("Stenka Razin va knyaz qizi", rejissor Vladimir F. Romashkov,
1908; "Sevastopol mudofaasi", rejissor Vasiliy Mixailovich Goncharov va Aleksandr
Alekseyevich Xanjonkov, 1911). 1910-yillarda "Dvoryanlar uyasi" (rejissor V.RossiyaGardin),
"Qargʻa motkasi" (rejissor 
Yakov Protazanov
) filmlari suratga olindi. 20–30-yillarda rejissorlardan
Sergey Eyzenshteyn
, Aleksandr Ivanovskiy, G. Roshal, Vsevolod Pudovkin, Dziga Vertov tarixiy
va hajviy filmlarni tomoshabinlarga taqsim etdi. "Hayotga yoʻllanma" nomli birinchi ovozli badiiy
film (rejissor N. Ekk) 1931-yil yaratildi. Shundan keyin "Aleksandr Nevskiy" (rejissor
Eyzenshteyn), Petr 1 (rejissor Vladimir Petrov) kabi tarixiy, "Quvnoq yigitlar", "Volga Volga"
(rejissor Grigoriy Aleksandrov), "Traktorchilar" (rejissor I. Piryev) kabi hajviy filmlar ekranga
chiqarildi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillar kinematografiyasining koʻpchilik asarlari
vatanparvarlik, fantexnika inqilobi, jumladan, kosmosni zabt etish mavzulariga bagʻishlandi ("U
vatanni himoya qiladi", rejissor Fridrix Ermler; "Turnalar uchmokda", rejissor Mixail Kalatozov;
"Inson takdiri", rejissor Sergey Bondarchuk; "Olovning boʻysundirilishi", rejissor Daniil
Xrabrovitskiy va boshqalar). Mumtoz adabiyot asarlarini ekranlashtirish doim katta oʻrin olib
Kinosi


keldi. Jumladan, 
Fyodor Dostoyevskiyning
"Jinoyat va jazo" (1970, rejissor L.A.Kulijanov),
Maksim Gorkiyning "Yegor Bulichev va boshqalar" (1973, rejissor Yuriy Solovyev) va "Vassa"
(1983, rejissor Gleb Panfilov), 
Mixail Bulgakovning
"Qochish" (1971, rejissor A.Alov, V. Naumov),
Chexovning "Dasht" (1977, rejissor S. Bondarchuk), I. Goncharovning "I.I.Oblomov hayotining bir
necha kuni" (1980, rejissor Nikia Mixalqov), 
Aleksey Tolstoyning
"Petrning yoshligi" (1981,
rejissor Sergey Gerasimov) asarlari suratga olindi. Rejissor V. Menshovning "Moskva koʻz
yoshlarga ishonmaydi" va A. Mittaning "Ekipaj" filmlari Rossiya kinematografiyasida ijtimoiy va
maʼnaviy yoʻnalishga eʼtibor kuchayganidan darak berdi. 60–80-yillarda G.Chuxray, 
Vasily
Shukshin
, Gleb Panfilov, N. Mixalqov, E. Ryazanov kabi rejissorlar barakali ijod qildilar. 90-yillarda
voyaga yetgan rejissorlar avlodi keksa kino arboblari bilan ijodiy bahs yuritib, mafkura
sohasidagina emas, badiiy vositalar, ifoda usullari borasida ham yangi yoʻllarni izlay boshladi.
Rossiyada hujjatli, ilmiyommabop va multiplikatsiya kinosi ham rivojlangan.
Rossiyada "
Mosfilm
", "Lenfilm", "Maksim Gorkiy nomidagi kinostudiya", "Soyuzmultfilm"
studiyasi, turli viloyatlarda badiiy va hujjatli filmlar studiyalari bor. Rejissor, operator va boshqa
kadrlar Moskvadagi Davlat kinematografiya intida, ssenariychi va rejissorlar 2 yillik oliy kurslarda
tayyorlanadi. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg, Rostov Don, Qozon, Voronej, Zagorskda
kinotexnikumlar bor.
Asosiy maqola: 
Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari
Oʻzbekiston – Rossiya aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron 
Amir Temur
zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik
munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi. Mac, 1464-yil Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga
yubordi. 1490-yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr
oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala
tomon birbiriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari
bilan aloqalardan manfaatdor edi.
16-asrning 2-yarmi, 17–18-asrlarda ikki oʻrtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan.
Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar
savdosotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan Urta Osiyo
Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai boʻlib qoldi. Oʻrta
Osiyodan paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yoʻlga qoʻyiddi.
1917-yil oktabr toʻntarishidan keyin Oʻzbekiston – Rossiya alokalari Sovet xukumati siyosati
doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va
kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshiriddi.
Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari


20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatila boshladi.
Oʻzbekiston Prezidenti 
Islom Karimovning
 1998, 2001 va 2004-yillarda Rossiyaga qilgan
tashriflari, Rossiya Prezidenti 
Vladimir Putinning
 2000 va 2003-yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan
vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va
madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998–2007-yillarga moʻljallangan iqtisodiy
hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. Rossiya
Federatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha
hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama
iqtisodiy aloqalarning ustun yoʻnalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shartsharoitlarini vujudga
keltirishga, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni xususiylashtirish jarayenlarida ishtirok etishiga,
Oʻzbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi. 2003-yil
Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AKSH dollariga
yetdi. UzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqa
yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall,
plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati
mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli
Oʻzbekiston Respublikasi da 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya
sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta
ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash
sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot",
"Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va boshqa oʻz vakolatxonalariga ega.
Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma
korxona bor. Rossiya sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib
qolgan. Oʻzbek gazini Rossiya orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish, shuningdek, yangi neft va gaz
manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga
qoʻyilgan. Rossiyaning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy
xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda "Oʻzbekneftgaz" bilan
"LUKoyl" oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan
hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz
rivojlanmokda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston,
Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan
Oʻzbekiston Respublikasi ga delegatsiyalar kelib turadi, ular Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik
yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya
ishlab chiqarish birlashmasi, "UzDEUavto", "Oʻzavtoyoʻl" bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga
kiradi.
Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida
Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani
amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat Fanlar


Akademiyasilari va ularning intlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001-yil fevralda Toshkentda
ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi ("Roszarubejsentr")ning
vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi kjlatilgan.
"Roszarubejsentr" bilan Oʻzbekiston BA oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir,
kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va sanʼat, xususan, tasviriy va
amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003-yil Moskvada J.
Umarbekov va boshqa oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi. 1997-yildan boshlab
Oʻzbekiston BA Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro
koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. Oʻzbekistondagi Rus madaniyat markazi va "Uzbekistan–
Rossiya" doʻstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam
beradi.
[1]
Asosiy maqola: 
Rossiya tuzilishi
Rossiyaning davlat tuzulishni 1993-yil qabul qilingan Konstitutsiyaga asosan belgilanadi.
Davlat boshligʻi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti – hamda oliy harbiy qomondon hisoblanadi – 4
yilga saylov asosida saylanadi.
Rossiyaning qonun chiqaruvchi organi 2 palatadan iborat boʻlib Federatsiya Kengashi va Davlat
Dumasidan iborat. Prezident davlat dumasini ishdan chetlash huquqiga ega.
Davlat dumasini yarimi bir mandatli okruglar tizimi boʻyicha saylanadi, ikkinchi yarimi esa, partiya
roʻyxatlari boʻyicha (2006-yil 7-dekabrdan boshlab partiya roʻyxatlari boʻyicha)
Asosiy maqola: 
Rossiyaning hududiy bo'linishi
Rossiya viloyatlari:
Arxangelsk viloyati
Amur viloyati
Astraxan viloyati
Bryansk viloyati
Belgorod viloyati
Mamlakat tuzilishi
Hududiy boʻlinishi


Chelyabinsk viloyati
Chita viloyati
Magadan viloyati
Moskva viloyati
Murmansk viloyati
Kaliningrad viloyati
Yaroslavl viloyati
Ulyanovsk viloyati
Orenburg viloyati
Rossiya oʻlkalari:
 Krasnodar oʻlkasi
 Krasnoyarsk oʻlkasi
Xabarovsk oʻlkasi
Rossiya shaharlari:
Moskva
Sankt-Peterburg
Yekaterinburg
Krasnodar
Samara
Ulyanovsk
Qozon
Petrozavodsk
Vladivostok
Rostov-na-Donu
Grozniy
Arxangelsk
Belgorod



Download 291,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish