Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlari dini va mifologiyasi



Download 20,42 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi20,42 Kb.
#258577
  1   2
Bog'liq
Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlari dini va mifologiyasi


Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlari dini va mifologiyasi.

Qadimgi Hindiston diniy tizimining paydo bo‘lishida turli elatlar ishtirok etgan. Diniy tizim mahalliy va ko‘chib kelgan xalqlar dinlarining sintezi natijasida yuzaga kelgan.Miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalarida Hindistonning shimoliy va markaziy qismlarini taxminan Pomir tog‘lari vohalarida yashagan ko‘chmanchi Oriy (asilzoda) qabilalari bosib olganlar. Ularning bu yerlarga kelishi sinflar va davlatning paydo bo‘lishi davriga to‘g‘ri kelgan. Ko‘chmanchi qabilalar odatdagidek mahalliy aholiga singib ketmagan. Oriylar o‘z urf-odatlari, an’analari va udumlarini saqlab qolishi

bilan birga mahalliy xalq madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Oriylarning mahalliy madaniyatga ta’siri diniy e’tiqodda ayniqsa salmoqli bo‘lgan. Ularning diniy aqidalari xudolarga qurbonlik qilish (xudoga eng katta qurbonlik odam hisoblangan, undan keyin qayd etish tartibiga ko‘ra ot, ho‘kiz, qo‘y va echki turgan) hamda boshqa marosimlari muqaddas bitiklarda tasvirlangan. Miloddan avvalgi II ming yillik oxirlari – I ming yillikning boshlarida mazkur bitiklar asosida muqaddas matnlar to‘plami – vedalar (sanskrit tilida – bilim degan ma’noni anglatadi) yaratilgan. Vedalar matni qadimgi xudolar to‘g‘risidagi hikoyalar, xudolarga qurbonliklar qilish tartibi va bu marosimlarni bajarishda aytiladigan qo‘shiqlar, xudolar sharafiga aytiladigan madhiyalar va afsunlardan tuzilgan.

Vedalar 4 ta to‘plamga bo‘linadi va quyidagilarda iborat:

1) Rigveda – xudolarga bag‘ishlangan madhiyalar. Xudolarning sarguzashtlari, o‘zaro aloqalari va asosiy vazifalari she’riy uslubida tasvirlangan;

2) Samveda – asosan Rigveda mavzularini takrorlovchi she’riy to‘plam;

3) Yadjuraveda – qurbonliklar qilish qoidalaridan iborat;

4) Atxarvaveda – yovuz ruhlarga qarshi qo‘llaniladigan jodu va afsunlardan tuzilgan.

Miloddan avvalgi II ming yillik oxirlari – I ming yillikning boshlarida Qadimgi Hindistonda vujudga kelgan din muqaddas bitik – vedalar sharafiga shu nom bilan atalgan. Veda dini asrlar davomida takomillashib

borgan. U ko‘pxudolikka asoslangan. Daus osmon xudosi hisoblangan va yer ilohi Pitxivi borliqni yaratgan, xudolar va odamlarning ajdodi bo‘lgan.

Ulardan Indra (issiqlik, yorug‘lik, yomg‘ir va to‘fon xudosi, olamning hukmdori), Agni (olov xudosi, oila homiysi, baxt va sog‘lom farzand ato etuvchi, xudolar va odamlar o‘rtasidagi vositachi xudo) tug‘ilgan.

Oriylarda keng tarqalgan xudolar qatorida yana Suriya (quyosh xudosi),Mitra (yorug‘lik xudosi), Varuna (tun xudosi, abadiy tartibni ta’minlovchi,aybdorlarga jazo, aybiga iqror bo‘lib tavba qilganlarni kechiruvchi xudo)ni qayd etish mumkin. Ular orasida odamlarning kundalik yumushini hal qilinishida bevosita ishtirok etuvchilari alohida ulug‘langan. Hindistonda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, mehnat taqsimoti, tabaqa (varna)lar va qadimgi davlatlarning vujudga kelishi sababli diniy e’tiqodda o‘zgarishlar bo‘lgan. Veda dini braxmanizm bilan almashtirilgan.Braxmanizm jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini, braxmanlarning imtiyozlari va davlatni muqaddaslashtirgan. Yangi dinning diqqatga sazovor jihatlaridan biri shuki, unda diniy aqidalar braxmanlar matnlari muqaddas bitigida bayon qilingan. Braxman matnlari yaratilganidan keyin ham vedalar saqlanib qolgan va ular vedalarni sharhlovchi muqaddas bitik vazifasini bajargan. Braxman matnlarida braxmanlarning eng yuqori tabaqa ekanligi bayon qilingan, kasta tuzumi muqaddaslashtirilgan va ularning alohida yashash qoidalari belgilangan. Har bir dindor muayyan kasta a’zosi bo‘lganligi uchun uning qoidalari asosida yashagan. Braxmanizm ta’limotiga ko‘ra moddiy borliq undan tashqarida mavjud bo‘lgan yagona boqiy ruhning emanatsiyasi (lotincha emanatio –oqib chiqish, o‘tish degan ma’nolarni anglatadi, iloh ijodiy energiyasining oqib chiqishi) natijasida vujudga kelgan. Tirik jonzodlardagi ruh uning bir zarrasidir. Ruh boqiy. Uning qayta tug‘ilishi to‘xtatilmasa, tanadan-tanaga cheksiz ravishda ko‘chaveradi. Ruhning ko‘chishini sansara (sanskrit tilida – shakllanish, ko‘chish, vujudga kelish degan ma’nolarni anglatadi) aqidasi tartibga soladi. Sansara barcha tirik mavjudotlarning o‘tkinchiligi,o‘zgaruvchanligi, ruhning tanadan-tanaga ko‘chishining yagona zanjiri to‘g‘risidagi ta’limotdir.

Ruhning ko‘chish tartibi, ya’ni ruhning qaysi mavjudotning tanasiga ko‘chishi uning hayot yo‘li yoki karmasiga (sanskrit tilida – harakat,burch, faoliyat degan ma’nolarni anglatadi) bog‘liq. Karma – ilohiy kuch bo‘lib, odamning sodir etgan xatti-harakati, xulq-atvori, intilishlari va maqsadlarini umumlashtiradi va ruhning qaysi jonzodga ko‘chishini belgilaydi. Braxmanizmda karmaning asosini kasta qoidalari tashkil etadi. Kastada belgilangan qoidalarni buzish og‘ir gunoh sanaladi va bu ruhning ko‘chishi masalasini hal etishi mumkin. Karma aqidalari dxarma (sanskrit tilida – qonun, burch, qoida, fazilat kabi ma’nolarni anglatadi) ta’limotida bayon qilingan. Dxarma –fuqaroviy, axloqiy va madaniy qoidalar tizimi bo‘lib, uning xudo tomonidan yaratilganligi qayd etiladi. Dxarma qoidalari hind xalqi turmush tarziga aylangan.

Xulosa qilib aytish mumkinki, braxmanizm hind jamiyatida ijtimoiy taraqqiyotning mulkiy tengsizlik, xususiy mulk va davlat vujudga kelishi bosqichida hukmron tabaqaning manfaatlariga xizmat qiluvchi diniy ta’limot tarzida paydo bo‘lgan va rivojlangan. Braxmanizm aqidalari oldingi tarixiy davrlarda mavjud bo‘lgan diniy qarashlarning mantiqiy davomi sifatida keyingi bosqichlarda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.



Download 20,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish