Sharq yoki Gʼarb yozuvchilarining badiiy asarlari tahlili va taqdimoti



Download 197,89 Kb.
bet4/7
Sana15.01.2022
Hajmi197,89 Kb.
#366720
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-mavzu HOMIDOVA SABRINA 120 GURUH

Martin Iden» va «Sarob» romanlari o‘rtasida bir qator mushtaraklik ko‘zga tashlanadi. Bu, eng avvalo, qahramonlarni tanlash va voqealar rivojida ko‘rinadi. Har ikkala romanning bosh qahramoni – ijodkor shaxslar. Ularning har ikkalasi ham kambag‘al oiladan chiqqan.

Asar voqealari boshlanganda Martin ham, Saidiy ham ota-onalaridan ajralib, yetim bo‘lib qolgan edilar; har ikkala qahramonning bu olamdagi eng yaqin kishilari – opalari edi. Saidiyning bir, Martinning ikki opasi bor edi. Tabiiy qon-qardoshlik bog‘lab turgan bu opalar o‘z jigariga ona singari har qancha mehribon bo‘lmasin, ular Martin va Saidiyning yuksak orzu-niyatlarini anglay olmaydilar. Ruf otasi, onasi, akalaridan iborat to‘laqonli badavlat oilaning erka farzandi bo‘lgani singari, Munisxon ham onasi va akasining mehr-muhabbati panohida to‘q, betashvish hayot kechiradi.


Har ikkala romanda ham pochcha obrazi bor. Martinning pochchasi Bernard Xigginbotam va Saidiyning pochchasi Muhammadrajab savdogarlik bilan shug‘ullanadi. Ularning ikkalasi ham o‘z rafiqalarini ayovsiz xo‘rlaydi, bu mushfiq ayollarni inson o‘rnida ko‘rmaydi, uka tufayli oilada g‘idi-bidi bo‘lib turadi. Gertrudaning taqdiri Martinning yurak-bag‘rini ezgani singari, Saidiy ham opasiga qarab qattiq iztirob chekadi. Martin ham, Saidiy ham ma’lum muddatga qo‘li kaltalik sabab pochchalarinikida turishga majbur bo‘ladilar. Har ikkisining orasi pochchasi bilan boshqalar tushunmaydigan orzu-niyatlar tufayli – Martinda adib bo‘lish orzusi, Saidiyda esa o‘qishga kirish niyati tufayli buziladi.

Har ikkala asar qahramonlarining hayotidagi juda muhim o‘zgarish – ular ilohiy muhabbat bilan sevgan qizni uchratishlari voqeasi bilan boshlanadi. Ruf ham, Munisxon ham yuqori tabaqa vakili bo‘lib, Martin uchun ham, Saidiy uchun ham qo‘l yetmas yuksaklikda yashaydilar. Voqealar har ikki romanda bir-biriga mushtarak ravishda rivojlanib boradi. Yuqori tabaqaga mansub bo‘lgan boy-badavlat qizga erishish maqsadi Martin va Saidiyni birdek iztirobga solib, ulardagi ichki kuchni uyg‘otib yuboradi. Har ikkala yigit o‘z sevgilisiga munosib bo‘lish, unga erishish uchun jamiki imkoniyatni ishga soladilar. Martin va Ruf o‘rtasidagi muhabbatni Rufning yaqinlari qabul qila olmaganlari singari, Munisxonning akasi Muxtorxon ham ikki yosh o‘rtasidagi munosabatga yuzaki qaraydi, bilib turib o‘zini bilmaslikka soladi.

Download 197,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish