^ 2. Xiristanlik-Yevropa madaniyatining o`zagi
O`rta asr Yevropa madaniyati cherkov-diniy g`oya bilan yaqindan bog`langan edi. Cherkov ta`siri o`rta asr madaniyatining turli sohalarida, chunonchi, fanda, maktabda, adabiyotda, san`atda aks etdi.
Ilm - fan u qadar rifojlanmagan ilk o`rta asrlar davrida, taxminan XI asrning ikkinchi yarmigacha o`rta asr jamiyatiga g`oyaviy rahbarlik asosan cherkov tasarrufida bo`ldi: Kishilarning olam to`g`risidagi bilimlari mahalliy cherkov ta`limoti doirasi bilan cheklanardi. Boshqa mamlakatlar to`g`risida ma`lumotlar juda oz bo`lganligidan, Yevropaliklar ancha vaqtgacha olis yurtlar haqida har qanday uydirmalarni tiqishardi. Fan va texnika taraqqiyoti darajasi juda past bo`lganligidan, odamlar qurg`oqchilik, toshqin va kasalliklar oldida ojiz edilar.
Jismoniy ehtiyojlar va lazzatlar mutloqlashtirilgan Rim jamiyatning achchiq saboqlariga tayanib, xiristianlik insondagi ruhiyatga, uning ichki dunyosiga asosiy e`tiborni qaratdi. U insonni hamma narsadan o`zini tiyishga, ko`ngilli ravishdagi juvonmardlikka, hissiy, jismoniy tuyg`ularni sindirishga chaqiradi. Ruhiyatning jismoniy kamolatdan ustunligini e`lon qilib, xiristianlik kishining chuqur ma`naviyatini shakllantirishga, uni ahloqan yuksaltirishga katta hissa qo`shdi.
Bu davrda oliy diniy hokimiyatni oliy siyosiy hokimiyat bilan yagona qo`lda birlashtirishga urinish g`oyasi kuzatiladi. Bunga Rim papalarining (Sharqda-Arab xalifaligi) Yevropada hokimiyat jilovlarini o`z qo`llariga olishga intilishlari misol bo`la oladi. Cherkovning qudratli ta`siri o`laroq, Rim papalari xudoning erdagi noiblari hisoblanganlar. XII asrga kelib esa, milliy, siyosiy va davlat manfaatlarini himoya qilish diniy faoliyat bilan sig`isha olmaydigan o`ziga xos soha ekanligi ayon bo`la bordi.
Ma`lumki, tabiat unsurlari, atrof-muhitdagi jismlar o`rta asrlarda tirik mavjudodlar sifatida idrok etilgan. Shu boisdan turli yozuv kuchlar qurshovida bo`lgan inson ularga qarshi kurashish, o`zini himoya qilish vositalariga ega bo`lmog`i lozim edi. Natijada turli-tuman tumorlar, diniy marosimlarning xilma-xil shakllari rivojlanib boradi. Masalan, Muqaddas Suvni istimol qilish kishining gunohlarini yuvib, sog`ligini yaxshilab qolmasdan, uni yovuz kuchlar va jodulardan ham himoya qiladi, deb hisoblaganlar.
Dinning jamiyat hayotining barcha jabhalariga bo`lgan ta`siri butun o`rta asrlar davomida salmoqli o`rin tutdi. Bu ta`sir ayniqsa badiiy madaniyat va fan sohasida judda kuchli namoyon bo`ldi. Shu boisdan fanning voqelikka doimo shubha bilan qarashi, mohiyatan dalillar qidirishdan iborat bo`lganligi, hech narsani haqiqat sifatida qabul qila olmasligi uni og`ir ahvolga solib qo`ydi. Fan sohasidagi turg`unlik o`rta asrlardagi ruhiy asosning tabiiy, moddiy asosdan ustunligining o`rnatilishi qoplandi. Aynan shu davrda ijtimoiy mavqei va millatidan qat`iy nazar, har bir inson hayoti qadr-qimmatga ega, degan aqida tarqaldi. Gladiatorlar janglari va odamlarni qurbonlik qilishning taqiqlanishini ham turli dinlarda insonparvarlik g`oyalarining ustivorlikka erisha boshlaganiga misol bo`la oladi.
O`rta asr Yevropasi – bu civilizaciya gullab yashnagan, natural xo`jalik hukmronlik qilgan tarixiy davr edi. Bunday turmush tarzi inson tafakkurining tor manfaatlar doirasida qolib ketishiga ham olib keldi. Keyinroq xristian cherkovi jamiyatning barcha tomonlarini siyosiy tashkilot shakliga keltirishning namunaviy asosini yaratdi. Tobelik munosabatlariga asoslangan xristian feodal tabaqachiligi negizida cherkov ierarxiyasi yotadi (ruhoniylar- episkoplar – kardinallar –Rim papasi). Qirol- xudoning vassali, saroy ayonlari – qirolning vassali, dehqon – saroy ayonining, ayol – erkakning, uy hayvoni – ayolning, tosh va o`simliklar – uy hayvonining vassali va b. Toshdan xudogacha keng tarqalgan umumiy vassallik haqida ushbu g`oya ham cherkov mafaatiga to`g`ri kelardi.
Xristian cherkovi feodal jamiyatning talabiga javob beradigan kuchli tashkilot sifatida shakllandi. Uning eng quyi pog`onasida qishloq cherkovi ruhoniysi turardi. Tuman va viloyatlarda episkop va kardinallar cherkovni boshqarar edilar. eng yuqori pog`onada katolik cherkovi rahnamosi – Rim papasi turardi.
Din hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi g`oyalarni yaratdi: falsafada-teologiya, adabiyotda ilohiy, didaktik shakllar, musiqada cherkov gimnlari – liturgiya va messa, tasviriy san`atda xristianlik syujetlari (bu atama fikr so`qish, dogmatizm, mazmunsiz, yuzaki bilimni anglatgan) edi. Ilohiyot olam va inson haqidagiii o`z «ilmiy» manzarasini yaratdi. Koinot xususidagi ilmda Er-Olamning Ierusalim – dunyoning markazi, degan qarash hukmronlik qildi. Inson majoziy tarzda mikrokosmos, tana-er, qon-suv, nafas-havo, harorat-olov, ya`ni u boshlang`ich ibtidodan iborat, deb qaraldi.
Xristian cherkovni o`z maqsadi va mazmuni bilan hukmron tabaqa manfaatiga xizmat qilsa-da, uning maorif, madaniyat va ma`lum darajada, fanni rivojlanishiga qo`shgan hissasini alohida qayd etish lozim. Dastlabki kutubxonalar monastirlarda bo`lgan. Monax-xattotlar, ko`pincha diniy mavzuda bo`lsa-da, kitoblarning yangi nusxalarini yaratganlar. Yevropada 10 asrga qadar maktablar ham cherkovlar qoshida tashkil etilgan bo`lib, ularda o`rta asrlarning barcha buyuk allomalari ta`lim olganlar. Xristian dinining xaloskorlik kuchiga ishongan xalq ko`pincha o`z xohishi bilan, ba`zida majburan hosilining katta qismini cherkov va monastirlar hisobiga hadiya qilar edi. Bu borada cherkovning naqadar katta imkoniyatlarga ega bo`lganligini Parij yaqinidagi Sen-Jermen monastiriga tegishli dehqonlar soni 80 mingdan ortiq bo`lganligidan ham bilsa bo`ladi.
O`rta asr Yevropasida boy-badavlat, savodli- savodsiz, umuman jamiyatning barcha qatlamlari ishtirok etadigan ommaviy tadbirlardan biri diniy mavzudagi ma`ruzalar edi. Voizlar insonning hayotida, uning turmush tarzida, kasbiy faoliyatida amal qilinishi lozim bo`lgan tadbirlar to`g`risida nutq so`zlab. Ularni ezgulikka, o`zaro hurmatga chaqirganlar. Masalan, 8 asrda Germaniyada mashhur voiz Bertol`d Regensburgskiy (1210-1272 y) shunday atoqli arboblardan edi. Ma`lumotlarga ko`ra, uning nasihatlarini tinglash uchun 50 minglab xalq yig`ilgan. 1250-1272 yillar mobaynida ushbu voiz tomonidan tayyorlangan 60 taga qadar nutq ma`lumdir. B. Regensburgskiy inson xudo oldida quyidagilar uchun javob berishini uqtiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |