Reja: - Sharq va G’arb falsafasiga kirish
- Sharq va G’arb falsafaning koordinatsiya qiluvchi funktsiyasi
SHARQ VA G’ARB FALSAFASI - Biz yashayotgan davr tom mazmuni bilan o’ziga xos tarixiy mazmun bilan qondirilgan davrdir. Tarixda hamisha bo’lib turgan kuchli ijtimoiy ziddiyatlardan tashqari bugungi kunda fundamental xarakterga ega bo’lgan jarayon – tafakkur hamda dunyoqarash tarkibining ildizlarida tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda.
Planetaning barcha xalqlari va millatlari turmushiga oid bo’lgan madaniyat va ma’naviyat bir butunlik tomon intilmoqda. Ayni vaqtda ularning har birida o’z “men”ligi tobora chuqur mazmunga ega bo’lmoqda. Bunday murakkab jarayonda jahon xalqlarining taqdirlari hal bo’lmoqda. Shuning uchun ham ushbu jarayon jiddiy falsafiy tahlilni talab qiladi. Bunday tahlilning debochasi Sharq va G’arb falsafasi, ular o’rtasidagi uyg’unlik hamda ularning har birining o’ziga xosligi, ularning har birining kichik yoki katta siyosatga ta’siri, kishilik taqdirini oldindan ko’ra bilishga bo’lgan ko’magi hisoblanadi. - Planetaning barcha xalqlari va millatlari turmushiga oid bo’lgan madaniyat va ma’naviyat bir butunlik tomon intilmoqda. Ayni vaqtda ularning har birida o’z “men”ligi tobora chuqur mazmunga ega bo’lmoqda. Bunday murakkab jarayonda jahon xalqlarining taqdirlari hal bo’lmoqda. Shuning uchun ham ushbu jarayon jiddiy falsafiy tahlilni talab qiladi. Bunday tahlilning debochasi Sharq va G’arb falsafasi, ular o’rtasidagi uyg’unlik hamda ularning har birining o’ziga xosligi, ularning har birining kichik yoki katta siyosatga ta’siri, kishilik taqdirini oldindan ko’ra bilishga bo’lgan ko’magi hisoblanadi.
Falsafa ilmi milliy, ayni vaqtda umuminsoniy qadriyatdir. Mazkur qadriyat inson o’zini o’zi inson sifatida tanigan kunidan boshlab takomillashib, rivojlanib, chuqurlashib, murakkablashib, ilmiylashib va tobora insoniylashib borayotgan fandir. - Falsafa ilmi milliy, ayni vaqtda umuminsoniy qadriyatdir. Mazkur qadriyat inson o’zini o’zi inson sifatida tanigan kunidan boshlab takomillashib, rivojlanib, chuqurlashib, murakkablashib, ilmiylashib va tobora insoniylashib borayotgan fandir.
- Falsafaning mohiyati - bu “olam-odam” tizimidagi umumiy muammolar ustida fikr-mulohaza yuritishdan iboratdir.
- Falsafa ichki jihatdan ixtisoslashmagan, kundalik hayotda mavjud bo’lgan bilimlar bilan bog’liqdir. Bunday aloqa eng avvalo falsafaning tilida namoyon bo’ladi. Falsafaning tili shaxsning hayotiy tajribasini qayd etadigan so’zlarga boy bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |