7-bob. Bir urug’pallalilar va o’simliklar evalyutsiyasi
1. Maturning sistematik birliklari to’g’ri berilgan javobni belgilang.
1) loladoshlar oilasi; 2) bir urug’pallalilar sinfi; 3) piyozdoshlar oilasi; 4) ikki urug;pallalilar sinfi: 5) magnoliyatoifalilar bo’limi; 6) qarag’aytoifalilar bo’limi.
A) 1, 4, 6 В) 1, 2, 6 C) 3, 4, 5 D) 3, 2, 5
2.Ochiq urug’li o’simliklar urug’li qirqquloqlardan kelib chiqqan . Ochiq urug’lilarning bizgacha yetib kelgan vakillarini aniqlang. 1) qarag’ay; 2) psilofit; 3) archa; 4) riniya; 5) kuksoniya; 6) qoraqarag’ay; A) 1, 2, 3, 4, 5, 6; B) 1, 3, 6; C) 2, 4, 5; D) 1, 2, 6;
3.Suvda o’sishdan quruqlikda o’sishga o’tgan o’simliklarni aniqlang. 1) qarag’ay; 2) psilofit; 3) archa; 4) riniya; 5) kuksoniya; 6) qoraqarag’ay; A) 1, 2, 3, 4, 5, 6; B) 1, 3, 6; C) 2, 4, 5; D) 1, 2, 6;
4.Qadimdan oziq-ovqat sifatida foydalanib kelingan, bug’doydoshlarga mansub o’simliklarni toping. 1) javdar; 2) sholi; 3) oqjo’xori; 4) xolmon; 5) xarduma; 6) bug’doy; 7) makkajo’xori; A)2, 3, 6, 7; B)1, 4, 5; C)2, 5, 6, 7; D)1, 6, 7;
5.Xushmanzara piyoz turlarini aniqlang. 1) Pskom piyozi; 2) matur piyoz; 3) nor piyoz; 4) qo’shbarg piyoz; 5) anzur piyoz; 6) qum piyoz; 7) oshanin piyoz; 8) cho’chqaquloq piyoz; A)3, 4, 8; B)1, 2, 5, 6, 7; C)1, 2, 3, 4; D)2, 3, 8;
6.Ildizi qo’shimcha ildizlar yig’indisidan tashkil topgan o’simliklarni aniqlang. 1) xarduma; 2) bo’znoch; 3) bug’doy; 4) xolmon; 5) oqjo’xori; 6) itqovun; 7) matur; 8) ermon; A) 2, 3, 4, 7; B) 1, 7, 6, 8; C) 1, 3, 4, 5, 7; D) 2, 4, 5, 7;
7.Loladoshlar va piyozdoshlar orasidagi o’xshashlikni belgilang. 1) rezovor mevali vakillarining uchrashi; 2) oddiy gulqo’rg’onning bo’lishi; 3) ildizning popuk ildizli bo’ishi; 4) bargida oziq moddaning to’plashi; 5) poyasi kambiysiz bo’lishi A)1,2,3,4 B)2,3,5 C)1,4,5 D)2,4,3
8.Ingichka bargli va ingichka poyali o’simlikni aniqlang. A)xolmon B)javdar C)boychechak D)olg’i
9.Qaysi oilada ko’sak va rezavor mevalar uchraydi? A)bug’doydoshlar B)loladoshlar C)moychechakdoshlar D)ra’nodoshlar
10.Xolmon va xarduma o’simliklari uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) rezovor mevali vakillarining uchrashi; 2) oddiy gulqo’rg’onning bo’lishi; 3) ildizning popuk ildizli bo’ishi; 4) bargida oziq moddaning to’plashi; 5) poyasi kambiysiz bo’lishi A)1,2,3,4 B)2,3,5 C)1,4,5 D)2,4,3
11.Iste’mol qilinadigan piyoz turlarini belgilang. 1) Pskom piyozi; 2) matur piyoz; 3) nor piyoz; 4) qo’shbarg piyoz; 5) anzur piyoz; 6) qum piyoz; 7) oshanin piyoz; 8) cho’chqaquloq piyoz; A) 3, 4, 8; B) 1, 2, 5, 6, 7; C) 1, 2, 3, 4; D) 2, 3, 8;
12.(DTM 2019-yil )Gulqo’rg’oni oddiy gultojsimon (a); gulqorg’oni oddiy gulkosasimon (b) bo’lgan o’simliklarni juflang. 1)olg’i 2)xolmon 3)saksovul 4) lavlagi 5)targ’il lola 6)boychechak 7)cherkez 8)no’xot 9)burchoq A)a-1,2,5,6 ;b-3,4,7 B)a-1,3,4,7 ; b-2,5,6 C)a- 1,2,8,6 ;b-3,4,9 D)a-3,4,5,9,8 ; b-1,2,3
13.Bug’doydoshlar oilasiga mansub bo’lgan qaysi o’simliklarda 2 xil to’pgul bir tup o’simlikda uchrydi? A)g’umay B)jo’xori C)makkajo’xori D)javdar
14. O’simliklarning evalutsiyasi ketma-ketligi to’gri berilgan javobni tanlang . A) suvo’tlar->psilofitlar->qirqbo’g’im va qirqquloqlar->qarag’aytoifalar-> lolasimonlar > magnoliyasimonlar B) suvo’tlar->psilofitlar->qirqbo’g’im va qirqquloqlar-> magnoliyasimonlar -> qarag’aytoifalar > lolasimonlar C)suvo’tlar->psilofitlar->qirqbo’g’im va qirqquloqlar->qarag’aytoifalar->magnoliyasimonlar>lolasimonlar D)to’g’ri javob keltirilmagan .
15. Lolasimonlar oilalariga kiruvchi o’simlik turlarini quydagi jadvalga joylashtiring .
Bug’doydoshlar
Oilasi
|
|
Loladoshlar
Oilasi
|
|
Piyozdoshlar
Oilasi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |