H I J K L M N tarqalganligi aniqlanadi. Masalan, daryoning qayeirida asosan shag‘al toshlar, qumlar tarqalgan bo‘ladi, tuproq qoplami yupqa yoki yo‘q darajada, terrasa yuzlarida esa lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan, tuproq qoplami qalin, pastqam joylarda yer osti suvlari sathi baland, shuning uchun bunday yerlarda botqoqliklar ko‘proq tarqalgan bo‘ladi.
Hududning tabiiy sharoiti va resurslarini o‘rta va mayda masshtabli landshaft xaritalari yordamida ham o‘rganish mumkin. Bunday landshaft xaritalari asosida yer, o‘simlik, yaylov, o‘rmon, tuproq va hayvonot resurslari haqida ma’lumotlar olinadi.
Yangi yerlarni o‘zlashtirish va ularni sug‘orishga tayyorlash loyihalashini tuzayotganda relyef va yer osti suvlarining harakat yo‘nalishi va ularning to‘planish hududlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Masalan, XX asrning 60-yillarida Tojikistondagi Zarafshon tumanida Mirzacho‘lning janubiy qismidagi prolyuvial tekislikning yuqori qismida 15 ming gektar yer o‘zlashtirilib, sug‘orila boshlandi. Oqibatda prolyuvial tekislikning quyi qismida joylashgan O‘zbekistonning 50 ming gektar yerida yer osti suvlari sathi ko‘tarilib, tuproqlarni sho‘r bosdi. Chunki, prolyuvial tekis- likda yer osti suvlarining gorizontal (yotiq) harakati kuchli bo‘lishi tufayli Zafarobod tumanida sug‘orish boshlanishi bilan tuproqqa shimilgan suvlar prolyuvial tekislikning etak qismlari tomon hara- kat qilgan. Oqibatda yer osti suvlari sathi ko‘tarilib, Mirzacho‘l- ning avvaldan sug‘orib kelinayotgan yerlarida katta hududni sho‘r bosishiga olib kelgan.
Sug‘orish va zovur tarmoqlarini loyihalashda landshaft tahlili- ni amalga oshirish uchun quyidagilarga e’tibor beriladi: hududning relyefi chuqur tahlil qilinadi, sug‘orish tarmoqlari hududning baland joylaridan, zovur tarmoqlarini esa pastqam joylaridan o‘tkazish loyihalashtiriladi. Chunki pastqam joylarda yer osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bo‘ladi. Shuning uchun bunday joylardan kollektor-zovur tarmoqlari o‘tkazilganda yer osti suvlari tez pasayadi va sho‘rlanishning oldi olinadi.
Sanoat korxonalarini joylashtirishda juda ko‘p omillarni hisob- ga olish lozim. Sanoat korxonasi qanday mahsulot ishlab chiqara- di, atrof-muhitga qanday zararli moddalar tarqaladi va h.k. Atmosferaga ko‘proq ifloslovchi moddalarni chiqaradigan sanoat korxonalarini loyihalashtirishda relyef, doimiy shamollar yo‘nali- shi, aholi manzilgohlarining joylashishi va boshqa omillar hisobga
olinishi zarur. Atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar tez tarqalib ketishi uchun korxona balandroq joyga qurilgani ma’qul.
Sanoat korxonasi qurilishda doimiy shamollar yo‘nalishini hisobga olish muhim hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston chegarasi- dan 25 km uzoqlikda joylashgan Tojikiston hududidagi alumin zavodini qurishda shamollar yo‘nalishi hisobga olinmagan. Natija- da, bu zavoddan chiqayotgan zararli chiqindilar Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov tumanlariga shamol ta’sirida uchib kelib, ekologik vaziyatni keskinlashtirib yuborgan.
Shaharsozlik loyihalarini tuzishda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim: hududning geologik tuzilishi, gidrogeologik sharoiti va relyefi, foydali qazilmalarning joylashishi va h.k.
Shahar yoki qishloq qurilishidan avval hududning geologik tuzilishi chuqur tahlil qilinishi lozim. Shaharning asosi mustahkam bo‘lishi zarur. Agar inshootlar asosi g‘ovak, yumshoq va suvda erib ketadigan tog‘ jinslaridan iborat bo‘lsa, bino qurilganidan so‘ng ular o‘pirilishlar, cho‘kishlar natijasida ishdan chiqishi mumkin. Mabodo, shahar asosi suv tekkanda shishib ketadigan gillardan iborat bo‘lsa, binolarda yoriqlar paydo bo‘lib, yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Masalan, Zarafshon shahri qurilganda 5—10 m chuqurlikda suv tekkanda tezda shishib ketadigan gillar borligi hisobga olinmagan. Oqibatda shahar qurilib, suv olib kelinganidan so‘ng, gillar shishib, 5—9 qavatli binolarning devorlarida yoriqlar paydo bo‘lib, ularning ba’zilari yaroqsiz holga kelib qolgan. Yangiyer shahrini qurishda relyef va yer osti suvlarining yo‘nalishi hisobga olinmagan edi. Natijada, tog‘ tarafdan shahar tomonga yer osti suvlarining oqishi oqibatida yer osti suvlarining sathi ko‘tarilib, yerlar sho‘rlanib ketdi. Shu sababli, Sirdaryo viloyati- ning markazi Yangiyer shahridan Guliston shahriga ko‘chirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |