«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi


 TAYYOR   MAHSULOTNI  BAHOLASH



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/353
Sana13.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#357513
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   353
Bog'liq
Buxgal-xisobi

9.2.  TAYYOR   MAHSULOTNI  BAHOLASH
VA  UNING  NOMENKLATURASI
Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda baholanadi va
sotiladi.
Baho – qiymatning puldagi ifodasi. Uning asosini u yoki bu
mahsulotni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)ning sotish qiymatini belgilashda
«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMAdan foydalaniladi. 4-sonli
BHMAning 7-bandiga binoan tayyor mahsulotlar eng kam bahoda
baholanishi kerak: tannarxda yoki sof sotilish qiymatida.
Hisobot davri oxirida mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tan-
narxini aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning ishlab chiqarilishi  har
kuni sodir bo‘ladi, shu sababdan mahsulotni joriy hisobda shartli
baholash kerak. Tayyor mahsulotlarning tezkor hisobi ishlab chiqarish
reja tannarxida yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda
yuritiladi.
Ushbu standartda  mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21–22-
bandlar) tartibi quyidagicha bayon qilingan:
Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda


156
foydalanadigan boshqa xomashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot
bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan past narxda arzon-
lashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo‘lgan narxdagi materialdan
tayyorlangan tayyor mahsulotning  tannarxi sotish sof qiymatidan oshib
ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday
vaziyatlarda materiallar qiymatini o‘lchashning mavjud shakllaridagi
eng yaxshisi bo‘lishi mumkin.
Sotishning sof qiymati – ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni
sotish bilan bog‘liq bo‘lgan butlash xarajatlarini chiqarib tashlagan holda
TMZni sotishning hisob-kitob narxi sanaladi.
Demak, mazkur BHMAdagi baholashga muvofiq, agar korxona
ishlab chiqargan mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki
bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa, korxona o‘zining mahsulotini
sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi hollarda
tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon baholanishi mumkin:
a) zaxiralarni sotish narxi arzonlashganda;
b) zaxiralarga zarar yetganda;
d) zaxiralar to‘la va qisman eskirganda.
Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy tannarxini hisobot davri
yakunida tartibga solish kerak. Haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida
aniqlanadi. Reja tannarx esa oldindan belgilanadi. Hisobot davri oxirida
haqiqiy tannarx reja tannarxdan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.
Tayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga olingan bo‘lsa, og‘i-
shishlar ham shu schyotlarda tejalgan bo‘lsa – qizil storno usulida,
ortiqcha xarajat bo‘lsa – oddiy siyohda aks ettiriladi.
Tayyor mahsulot harakati hisobini to‘g‘ri tashkil qilish korxona
tomonidan ishlab chiqiladigan buyum turlari nomining ro‘yxati –
nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Uni tuzish asosida
tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu korxonada ishlab chiqa-
riladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma’lum
belgilari yotadi. Nomenklatura ro‘yxatini tuzishda asos qilib quyidagi
belgilar olinadi: model, fason, artikul, marka va hokazo. Har bir mahsulot
turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat
bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro‘yxatdan) korxonaning quyidagi
xizmatlarida foydalaniladi:
– dispetcherlik xizmati turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining
bajarilishini nazorat qiladi;
– sexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortimentini qilishda, omborga
tayyor mahsulotni topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi;


157
– marketing bo‘limi – jo‘natish bo‘limi shartnomalarini bajarish
imkoniyatlarini nazorat qilish uchun;
– buxgalteriya – tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda
umumiy ma’lumotlar va hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish