2.7. BUDJETGA TO‘LOVJAR BO‘YICHA GARZLARNI HISOBGA OLISH Budjet bilan hisob-kitoblar budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq
turlari bo‘yicha yuritiladi. To‘lovlarning turlari va hajmi O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. To‘lov turlari
quyidagilarga ajratiladi.
1. Korxona foydasidan to‘lanadigan foyda (daromad) solig‘i.
2. Ishchi va xizmatchilarning ish haqidan ushlab qolinadigan daro-
mad solig‘i.
3. Realizatsiyaga olib boriladigan QQS, aksiz solig‘i.
4. Moliyaviy natijalarga olib boriladigan jarima, iqtisodiy sank-
siyalar va boshqalar.
Har bir to‘lov turi uchun to‘lov muddati va soliq inspeksiyasiga
hisobot topshirish muddati belgilangan.
Budjet bilan hisob-kitoblar passiv 6410-«Budjet to‘lovlari yuzasidan
qarzlar» schyotida hisobga olinadi. Sintetik va analitik hisobi to‘lov
turlari bo‘yicha 8-jurnal orderda yuritiladi.
Budjet to‘lovlari hisobiga quyidagicha schyotlar aloqasi belgilanadi.