156
foydalanadigan boshqa xomashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot
bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan
past narxda arzon-
lashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo‘lgan narxdagi materialdan
tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib
ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday
vaziyatlarda materiallar qiymatini o‘lchashning mavjud shakllaridagi
eng yaxshisi bo‘lishi mumkin.
Sotishning sof qiymati – ishlab chiqarishni
tugallash va mahsulotni
sotish bilan bog‘liq bo‘lgan butlash xarajatlarini chiqarib tashlagan holda
TMZni sotishning hisob-kitob narxi sanaladi.
Demak, mazkur BHMAdagi baholashga muvofiq, agar korxona
ishlab chiqargan mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki
bozordagi
joriy narxlaridan oshib ketsa, korxona o‘zining mahsulotini
sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi hollarda
tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon baholanishi mumkin:
a) zaxiralarni sotish narxi arzonlashganda;
b) zaxiralarga zarar yetganda;
d) zaxiralar to‘la va qisman eskirganda.
Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy
tannarxini hisobot davri
yakunida tartibga solish kerak. Haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida
aniqlanadi. Reja tannarx esa oldindan belgilanadi. Hisobot davri oxirida
haqiqiy tannarx reja tannarxdan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.
Tayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga olingan bo‘lsa, og‘i-
shishlar ham shu schyotlarda tejalgan bo‘lsa – qizil storno usulida,
ortiqcha xarajat bo‘lsa – oddiy siyohda aks ettiriladi.
Tayyor mahsulot harakati hisobini to‘g‘ri tashkil qilish korxona
tomonidan ishlab chiqiladigan buyum turlari nomining ro‘yxati –
nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Uni tuzish asosida
tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu korxonada ishlab chiqa-
riladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma’lum
belgilari yotadi. Nomenklatura ro‘yxatini tuzishda asos qilib quyidagi
belgilar olinadi: model, fason, artikul, marka va hokazo. Har bir mahsulot
turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va
u har xil sonlardan iborat
bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro‘yxatdan) korxonaning quyidagi
xizmatlarida foydalaniladi:
– dispetcherlik xizmati turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining
bajarilishini nazorat qiladi;
– sexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortimentini qilishda,
omborga
tayyor mahsulotni topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi;
157
– marketing bo‘limi – jo‘natish bo‘limi shartnomalarini bajarish
imkoniyatlarini nazorat qilish uchun;
– buxgalteriya – tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda
umumiy ma’lumotlar va hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: