Savol va topshiriqlar
1. Azamat hech qayerda ishlamaydi. Mahalla posbonlari,
jamoatchilik unga ishlashi shart ekanligi, bo‘lmasa chora
ko‘rishlarini aytib, do‘q-po‘pisa qilishdi.
Azamat Konstitutsiya normalarini buzdimi?
Majburiy mehnat kimlarga qo‘llanadi?
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-moddasida
«Davlat tili – o‘zbek tili» ekanligi belgilangan. Davlat tili ni-
ma? Davlat tili to‘g‘risida qanday qonun hujjatlarini bilasiz?
3. «Xalq – davlat hokimiyatining birdan bir manbayi
-
dir», degan satrlar Konstitutsiyaning qaysi moddasida beril-
gan? Bu jumlaning ma’nosini misollar bilan izohlab bering.
4. A. endi 18 yoshga to‘lgan edi. O‘zbekiston Res
-
publikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga depu
tat
saylash (24-dekabr 2004-yil) vaqtida u saylovga qatnasha ol-
masligidan juda afsuslandi. Hayotida ilk bor siyosiy huquqni
amalga oshirish vaqti u ishtirok etadigan jahon chempionati
davriga to‘g‘ri kelgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |