126
Huquqshunoslik
d) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki
boshqa mushkul
ahvolda jinoyat sodir etish;
e) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat ji-
hatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat
sodir etish;
f) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki
bosh qacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga
kel gan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat
so dir etishi;
g)
zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli
chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy
xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb
yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavak
-
kalchilikda zarar yetkazish;
h) voyaga yetmaganning
jinoyat sodir etishi;
i) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
j) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid
xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etishi.
Jazoni og‘irlashtirish holatlariga O‘zbekiston Res
-
pub likasi JK ning 56-moddasiga binoan quyidagi holat-
lar kiradi:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nis-
batan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga
nisbatan;
d) xizmat vazifasi yoki
fuqarolik burchini bajargan-
ligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarin -
doshlariga nisbatan;
e) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan
yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;
f) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda;
h) yosh bola yoki ruhiy
kasalligi aybdorga ayon
bo‘lgan shaxsdan foydalangan holda;
i) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiq
-
qanligi;
127
j) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki
favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar
jarayonida;
k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan
oldindan til birik-
tirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyush-
ma tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning
takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;
o) mastlik holatida giyohvand, psixotrop yoxud
kishining aql-idrokiga ta’sir
qiluvchi boshqa moddalar
ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
Jinoyat qonunlarida javobgarlikdan va jazodan ozod
qilish turlari ko‘rsatilgan. Sodir etilgan qilmish uchun
jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning imkoni
yati ma
-
salasi ikki omildan iborat bo‘ladi:
a) shaxs jinoyat belgilarini ifodalagan qilmishni
sodir etganda, shuningdek, uni jinoiy javobgarlikka
tortish uchun barcha asoslar mavjud bo‘lmaganda;
b) mazkur shaxsni jinoiy
javobgarlikdan ozod etish
uchun barcha qonuniy asos va shart-sharoitlar mavjud
bo‘lgan holatlarda.
Javobgarlikdan ozod qilish javobgarlikka tortish
muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan, qil
mish
yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi muno
-
sabati bilan, aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘n
gildan
pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan, kasalligi tu-
fayli, amnistiya akti asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: