«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi



Download 434,34 Kb.
bet33/73
Sana12.01.2017
Hajmi434,34 Kb.
#353
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
Marsiyalar

Ma’lumki, hayot faqat bayramlardan, xursandchilikdan,

sayillardan, to‘y-tomoshalardan iborat emas. Inson hayotida

ko‘ngilsiz voqealar ham ro‘y berib turadi. Ular qatoridan

eng musibatli o‘rin tutgani o‘limdir. Mahmud Koshg‘ariy -

ning ≪Devonu lug‘otit turk≫ asarida Afrosiyob — Alp

Ertunganing xotirasiga bag‘ishlangan marsiyalarning borli -

gini aytib o‘tgan edik. Insonning o‘limiga bag‘ishlangan

she’riy asarlar ≪marsiya≫ deb ataladi. Ular ham lirik asarlar

hisoblanadi, chunki bu qo‘shiqlarda vafot etgan odamning

xotirasini ifodalab ichki his-tuyg‘ularni bayon etish yetakchi

o‘rinni egallaydi.

Marsiyalarning asosiy vazifasi hayotdan ko‘z yumgan

shaxsning butun fazilatlarini esga olib, ro‘y bergan musibatga

munosabat bildirishdir. Shuning uchun ota, ona, aka,

uka, bola kabi qarindosh-urug‘lik munosabatlari marsiyalarda

alohida tilga olinadi. Hayotdan ko‘z yumgan

shaxs marsiya aytuvchi tomonidan ≪suyangan tog‘≪, ≪ishongan

bog‘≫, ≪osmondagi yulduz≫, ≪hayotdagi yorug‘ kunduz≫

kabi go‘zal so‘zlar bilan bezatiladi. Marsiya matnlarida

o‘kinch, hasrat ifodasi alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa,

farzandning ota-onasiga ko‘ngildagidek xizmat qila olmagani

haqidagi o‘kinch, aka va ukani turmush taqozosi bilan

qadriga yetmagani haqidagi hasrat bayoni marsiyaning

mazmunini tashkil etadi. Masalan:

Aytmay desam bo‘lmaydi,

Dog‘ingiz o‘ti qo‘ymaydi,

Ishongan bog‘im, voy otam,

Suyangan tog‘im, voy otam.

Yoki:


Hovlimdagi giyoh bo‘ling, voy onam,

Har kun sizni iskayin, voy onam,

Yana qaytib bino bo‘ling, voy onam,

Doim sizni eslayin, voy onam.

Matndan aniq sezilib turibdiki, marsiya aytuvchi shaxs

butun ijodiy mahorati imkoniyatidan mukammal foydalangan

holda qalbidagi dard, hasratga har bir tinglovchini

befarq qoldirmaslikka harakat qiladi. Yurtimizning ayrim

hududlarida maxsus marsiya aytuvchi ayollarning borligi

fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Shunday qilib, mavsum-marosim qo‘shiqlari haqida

quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

94

Mavsum va marosim qo‘shiqlari o‘zbek xalq og‘zaki



poetik ijodining eng qadimiy namunalaridir.

Xalq maishiy hayotidagi har bir bayram, har bir

marosim, ma’lum davrdagi mavsumlar alohida-alohida,

aniq mavzuni ifodolovchi mazmunga ega.

Mavsum-marosim qo‘shiqlari ba’zan ommaviy tarzda

ijro etishga mo‘ljallangan bo‘lishi bilan birga maxsus tay -

yorgarlik ko‘rgan ijrochilar ijodini ham inkor etmaydi.

Xalqimizning o‘tmish madaniy merosiga, qadriyatlarga

bo‘lgan munosabat mavsum-marosim qo‘shiq larida alohida

ko‘zga tashlanadi.

Mavsum-marosim qo‘shiqlari badiiy mukammallik

jihatidan so‘z san’ati namunalari talabiga to‘liq javob beradigan

she’rlardan iboratdir.


Download 434,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish