ISLOM SHOIR NAZAR O‘G‘LI
Iste’dodli ijodkor shoir — baxshilarimizdan biri Islom
shoir Nazar o‘g‘lidir. Baxshining doston yoki termani alohida
to‘lqinlanib aytadigan vaqtini ≪baxshi qaynadi≫ deyiladi.
Bunday paytda unga tashqarida ro‘y berayotgan har bir
voqea faqat ilhom bag‘ishlaydi. Islom shoir katta bir hovuz
bo‘yida doston aytib ana shunday to‘lqinlangan paytlaridan
birida mashhur Otaniyoz shoir u haqda shunday degan
ekan: ≪Agar shu hovuzning suvi siyoh bo‘lsa, botmon
qog‘oz bo‘lsa, necha odam yozabersa, hovuzning suvi
tamom bo‘lsa bo‘ladiki, lekin Islom shoirning ko‘nglidan
chiqqan qo‘shig‘i tugamaydi. Chunki Islom shoir qaynab
turgan buloqday qaynab toshadi≫. Bunday ajoyib maqtovlarga
faqat el nazari tushgan, zabardast baxshilar
musobaqalarida o‘ziga xos aytishuvlarning sovriniga sazovor
bo‘lgan san’antkorlargina muyassar bo‘lishgan.
Islom shoir Nazar o‘g‘li Samarqand viloyati Narpay
tumani Galaqassob qishlog‘ida dehqonchilik va cho‘ponlik
bilan shug‘ullangan oilada 1874 yilda tug‘ilgan. Islom ham
yoshligidan cho‘ponlik bilan shug‘ullandi. Chunki otasi
Nazar Rajab o‘g‘li ayolmand bo‘lib, ro‘zg‘orni tebratishga,
sakkiz jondan iborat oilani boqishga qiynalgan edi. Yosh
Islomning baxtiga bobosi Rajab shoir yaxshigina baxshi edi.
Shuning uchun Islomning suyagi do‘mbira sadolari ostida
qotdi, desak xato bo‘lmas. Baxshi keyinchalik o‘zining
yoshlik yillarini shunday eslaydi: ≪Yurganim, ko‘rganim
dasht, cho‘l, boqqanim qo‘y-qo‘zi, ulfatim jafokash
cho‘ponlar bo‘ldi. Umrim bino bo‘lib yoshligimda, yigit -
ligimda yangi kiyim kiyganimni, qornim to‘yib ovqat
yeganimni bilmayman≫.
XIX asrning oxirlari XX asr boshlari yurtimizda dostonchilik
san’ati alohida gullagan bir davr bo‘ldi. Samarqand
138
dostonchiligi an’anasi tarkibidagi Qo‘rg‘on, Bulung‘ur,
Shahrisabz maktablari vakillari bu davrda tez-tez uchrashib
turadilar. O‘ziga xos aytishuv musobaqalari an’anaga aylangandi.
Shuning uchun ham maxsus maktab darajasiga
ko‘tarilmagan hududlarda yashaydigan baxshilar ko‘pincha
mashhur maktab vakillaridan baxshilik san’atini o‘rganganlar.
Islom shoir ham Shahrisabz va Qo‘rg‘on maktabi ustoz -
larining doston aytish usullarini o‘zlashtirdi. Savodsiz
bo‘lishiga qaramay kuchli xotira quvvatiga ega bo‘lgan Islom
ajoyib ovozi borligi uchun tez orada o‘nlab doston va termalarni
yod olib, 26 yoshida mustaqil baxshi sifatida shuhrat
qozondi. Ayni chog‘da baxshilikda juda muhim hisoblangan
do‘mbira kuylarini ham mahorat bilan ijro etdi. Odatda doston
boshlashdan avval baxshi tinglovchilarga do‘mbira kuyini
chalib beradi. Bu kuy tinglovchini doston tinglashga tay -
yorlaydi. Islom shoir ijro etgan kuy sadolari olimlarning
eslashiga qaraganda musiqiyligi, mayinligi, serjiloligi bilan
ajralib turgan ekan. Ovozning shirasi bu lazzatga qo‘shimcha
fayz bo‘lib qo‘shilgan. Shuning uchun Islom shoir aytgan 28
ta dostonning hammasini hamqishloqlari, qo‘shni hududdan
kelgan ishqiboz lar maroq bilan tinglaganlar. Bunday
martabaga erishishda Ernazar baxshi va Qo‘rg‘on maktabi
vakili Ergash shoirning otasi Juman bulbul, To‘xtamish shoir
unga ustozlik qilganlar. Mustaqil baxshi bo‘lgandan keyin
ham u To‘xtamish shoir huzuriga borib o‘z san’atiga sayqal
berish harakatida bo‘lgan.
Baxshi o‘z yurtdoshlarining qalblaridagi fikr-muloha -
zalarini topa bilmasa mashhur bo‘lmaydi. Tinglovchi hech
qachon doston yoki termani shunchaki eshitish uchun doston
kechasiga kelmaydi. U hamisha baxshidan dunyodagi
voqealar, qo‘shni viloyat, tuman, qishloqlardagi yangiliklar
haqida ham ma’lumotga chanqoq bo‘ladi. Radio, televideniye
va matbuotning boshqa turlari rivoj topmagan paytlarda
xalq baxshilari ham jurnalist, ham diktor, ham
boshlovchi sifatida faoliyat ko‘rsatganlar. Bir necha ustoz
shoir-baxshilar ishtirokidagi suhbatlar o‘ziga xos ommaviy
axborot vazifasini bajargan. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil
shoir, Po‘lkan, Islom shoir kabi iqtidorli baxshilar bu matbuot
markazining ish yurituvchilari bo‘lishgan. Ular orasida
Islom shoirning munosib o‘rni bor. Chunki Islom shoir
≪Zulfizar bilan Avaz≫, ≪Gulixiromon≫, ≪Orzigul≫, ≪Kun -
tug‘mish≫, ≪Xirmondali≫, ≪Sohibqiron≫, ≪Erali va Sherali≫,
≪Tohir va Zuhra≫, ≪Nigor va Zamon≫ kabi o‘nlab dostonla -
139
rini aytish jarayonida yurtdagi yangilik va o‘zgarishlarni,
ayrim shaxslar haqidagi tanqidiy mulohazalarni ham bayon
etardi. Bizga ma’lum bo‘ldiki, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
≪Ravshan≫, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ≪Alpomish≫, Po‘lkan shoir
≪Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi≫ dostonlarini kuylashda mahorat
ko‘rsatgan ekanlar. Islom shoir Nazar o‘g‘lining bunday
go‘zal ijro etadigan dostoni sifatida ≪Orzigul≫ni ko‘rsatish
mumkin. Chunki bu dostonni baxshi boshqacha bir mehr
bilan kuylagan. Dostonda jahon adabiyotida asrlar bo‘yi
o‘nlab adiblarning asarlariga an’anaviy mavzu hisoblangan
otaning bexabar holda o‘z qiziga oshiq bo‘lish voqeasi bayon
etiladi. Orzigul sovchi yuborgan shoh o‘zining otasi ekanini
bilgani zahoti boqib olgan otasi Ernazar yordamida Xosxona
mamlakatidan bosh olib chiqib ketadi. Qarama-qarshi ruhiy
kechinmalar tasviriga boy bu dostonda Islom shoir tinglovchi
yodida qoladigan bir qator obrazlar yaratgan.
Ayniqsa, Orzigulning Ernazar bog‘bon xonadonidan chiqib
ketishi lavhasida ichki tuyg‘ular ifodasi e’tiborga loyiq:
Jasadimda jonim bo‘lgandi g‘arib,
O‘lganim yaxshidir chetlarga borib,
Ushbu savdolarga jonimni berib,
Ketarman yurtimdan, otadan kechib.
Yaxshi bilgin, ota-ona, ketarman,
O‘zga eldan borib, makon tutarman,
Qaytib1 otam bilan birga turarman,
Quloq soling Orzigulning zoriga,
Turgilik qilmadi ushbu shahriga,
Qaytib ota lozim qizning bag‘riga?!
Bu dostonda inson, ota, farzand, oila, burch kabi falsafiy
masalalar oddiy xalq nuqtai nazaridan tahlil etiladi,
salbiy xususiyatlar qoralanadi:
Islom shoir Nazar o‘g‘li 1953 yil 79 yoshida vafot etdi.
Uning hayoti va ijodi atoqli folklorshunos olimlar Hodi Zarifov,
Muzayyana Alaviya, Mansur Afzalov, Oxunjon
Sobirovlar tomonidan o‘rganilgan. Islom shoirdan yozib
olingan, nashr etilgan badiiy asarlar, uning ijodiga bag‘ishlab
yozilgan kitoblar, maqolalar soni uch yuzdan ko‘p.
Baxshidan yozib olingan dostonlarni xalqimiz hamon sevib
o‘qimoqda.
140
1 Qaytib — qanday qilib.
Do'stlaringiz bilan baham: |