To‘qaylar
daryo bo‘ylaridagi sernam yerlarda joylashgan daraxt, buta va
o‘tlardan tashkil topgan chakalakzorlardan iborat. To‘qaylar daryo suvlari
bilan chambarchas bog‘langan. O‘zbekistondagi eng katta to‘qaylar Sirdaryo
bilan Amudaryo bo‘ylarida joylashgan. To‘qaylarda o‘tlardan qamish,
ro‘vak, shirinmiya, qo‘g‘a, yantoq keng tarqalgan; daraxt va butalardan esa
turang‘il, yulg‘un, tol, jiyda kabilarni ko‘rsatish mumkin. Shuni ham aytish
kerakki, Sirdaryo bilan Amudaryo suvlari kamayishi bilan uning bo‘yidagi
to‘qaylar ham ancha qisqarib ketgan. To‘qaylar daryo sohillarini (qirg‘oqni)
yemirilishdan saqlaydi, cho‘llarning quruq havosini ma’lum darajada
yumshatadi va uni kislorod bilan boyitadi. Bulardan tashqari, to‘qaylar turli
mo‘ynali va boshqa foydali hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish uchun ham
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |