«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

O‘z  fikringizni  bildiring. 
Barchaga  ma’lumki,  ichak  tayoqchasi  bakteriyasi  hayotida  bir  marta  ko‘payadi 
va  ikkitagina  avlod  qoldiradi.  Kumushsimon  terak  juda  ko‘p  meva  hosil 
qiladi.  Lekin  ichak  tayoqchasi  bakteriyasi  populatsiyasi  teraknikiga  nisbatan 
tez  ko‘paya  oladi.  Bu  hodisani  qanday  tushuntirish  mumkin?


86
15-§. TURNING POPULATSION STRUKTURASI (DAVOMI)
Biotsenozning tur tarkibi. 
Har  qaysi  biotsenoz  turlarning  xilma-xilligi 
bilan  xarakterlanadi.  Biotsenoz  turlarining  xilma-xilligi  haqida  amalda  to‘liq 
tasavvur  hosil  qilish  mumkin  emas,  chunki  mikroorganizmlarning  barcha 
turlarini  hisobga  olib  bo‘lmaydi.  Biotsenozning  tur  tarkibi  biotopda  yashovchi 
turlarning  umumiy  soni  bilan  belgilanadi.  Ignabargli  o‘rmon,  cho‘l,  baland 
tog‘  biotsenozlari  tur  tarkibiga  ko‘ra  boy  emas,    chunki  ularning  tur  boyligi 
o‘nlab yoki yuzlab turlardan tashkil topgan. Tropik o‘rmonlarda esa bir necha  
minglab  turlar  yashaydi.  Turlar  xilma-xilligi  yuqori  bo‘lgan  biotsenoz  turg‘un 
hisoblanadi.  Biotsenozning  turlar  xilma-xilligi  biotopdagi  muhit  sharoitiga 
bog‘liq  bo‘ladi.  Muhit  sharoiti  qanchalik  qulay  bo‘lsa,  biotsenozda  turlar 
xilma-xilligi  shunchalik  ortadi  yoki  aksincha.  Masalan,  tropik  o‘rmonlar  flora 
va  faunasi  nihoyatda  xilma-xil,  o‘rta  mintaqalarning  turlar  boyligi,  asosan, 
yopiq  urug‘li  va  ochiq  urug‘li  o‘simliklar,  hayvonot  olami,  kam  hollarda 
zamburug‘  turlari  bilan  belgilanadi.  Issiqlik  doimo  tanqis  bo‘lgan  tundrada 
turlar  xilma-xilligini,  asosan,  yo‘sinlar  va  lishayniklar  tashkil  etadi. 
Har  qaysi  biotsenozda  son  jihatdan  eng  ko‘p  bo‘lgan  va  biotopning  katta 
qismini  egallagan  turlar  bo‘ladi.  Bunday  turlar  dominant turlar  deyiladi. 
Ular  biotsenoz  xilini  belgilaydi.  Masalan,  qarag‘ay  –  qarag‘ayzorda,  archa  – 
archazorda  va  h.k.  Har  qanday  biotsenozda  dominant  turlardan  tashqari  kam 
sonli  boshqa  turlar  ham  uchraydi.  Biotsenozdagi  jami  individlar  umumiy 
sonining  qancha  qismini  tashkil  etishiga  ko‘ra  (dominantlik  darajasi) 
quyidagilar farqlanadi: subdominant turlar, ular ko‘p sonli, biotopda nisbatan 
ko‘p  uchraydi,  lekin  dominantlarga  nisbatan  soni  kam  bo‘ladi;  kam  sonli 
turlar,  ular  ko‘p  sonli  emas,  biotopda    ahyon-ahyonda  ayrim  joylardagina 
uchraydi;  noyob  turlar  –  soni  juda  kam,  biotopning  faqat  ayrim  bir 
qismidagina  uchraydi. 
Inson  dominant  yoki  subdominant  turlardan  xo‘jalik  faoliyati  jarayonida 
biotsenozga  zarar  yetkazmagan  holda  foydalanishi  mumkin.  Kam  sonli  va 
noyob turlar muayyan biotsenoz doirasida himoyaga olinishi zarur. Ko‘pgina 
biotsenozlarning areali doirasida noyob turlar soni juda kamayganda, odatda, 
ular  Xalqaro  yoki  milliy  Qizil  kitobga  kiritiladi. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish