«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


-rasm.  Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar. O‘zaro raqobat



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

17-rasm. 
Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar.
O‘zaro raqobat
  –  o‘xshash  ekologik  ehtiyojlarga  ega  turlar  orasidagi 
munosabatlardir. Bunday turlar birga yashaganda birining mavjudligi hamma 
vaqt  ikkinchisining  yashash  imkoniyatlarini  kamaytiradi.  Raqobat  bir  turga 
mansub  (tur  ichidagi  raqobat)  va  har  xil  turlarga  mansub  (turlararo  raqobat) 
individlarning oziq, yashash joyi uchun va boshqa ekologik sharoitlar uchun 
kurashda namoyon bo‘ladi. O‘zaro munosabatning bu shakli birga yashovchi 
ikki  turga  ham  salbiy  ta’sir  qiladigan  yagona  ekologik  munosabatdir. 
O‘zaro  raqobatni  quyidagi  misollarda  ko‘rish  mumkin.  Yorug‘lik,  suv  va 
tuproqdagi  mineral  moddalar  uchun  o‘simliklar  o‘rtasida;  bitta  oziq  manbayi 
bo‘lgan  o‘simliklar  uchun  o‘simlikxo‘r  hayvonlar,  kemiruvchilar,  chigirtkalar 


72
o‘rtasida;  mayda  baliqlar  bilan  oziqlanuvchi  bir  suv  havzasida  yashaydigan 
yirtqich  baliqlar  o‘rtasida;  tovushqon  va  quyonlar  bilan  oziqlanadigan  bo‘ri 
va  tulkilar  o‘rtasida,  kemiruvchilar  bilan  oziqlanuvchi  yirtqich  qushlar 
o‘rtasida  raqobat  kuzatiladi. 
Bir  turga  mansub  individlarning  oziq,  yashash  joyi  va  boshqa  ekologik 
sharoitlarga  ehtiyoji  bir  xil  bo‘lgani  sababli  tur  ichidagi  o‘zaro  raqobat 
keskin,  shiddatli  kechadi.  O‘zaro  raqobat  populatsiyaning  nimjon,  zaif 
individlarining  nobud  bo‘lishiga,  kuchli,  muhit  sharoitlariga  ko‘proq  mos-
lashgan  individlarning  yashab  qolishiga,  ya’ni  tabiiy  tanlanishga  olib  keladi. 
Har xil turga mansub organizmlarning oziq, yashash joyi va boshqa ekologik 
sharoitlar  uchun  o‘zaro  raqobati  har  ikki  tur  uchun  ham  zararlidir.  Odatda  bir 
xil  sharoitda  birga  yashaydigan  va  bir  xil  ovqat  bilan  oziqlanadigan,  ya’ni 
ekologik sharoitlarga ehtiyoji bir xil organizmlar biri boshqasini siqib chiqaradi. 
Turlararo raqobat rus biologi G. F. Gauze (1932) tomonidan yaxshi o‘rganilgan. 
U o‘z tajribasida oziqlanish xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan infuzoriyalarning ikki 
turini pichan ivitmasida avval alohida idishlarda, so‘ng bitta idishda ko‘paytirdi. 
Alohida  idishlarda  infuzoriyalar  normal  ko‘payib,  soni  optimal  darajagacha 
yetadi.  Har  ikki  turni  bir  idishda  ko‘paytirilganda  esa,  dastlab  ikki  turning  soni 
avvaliga  o‘sib  boradi,  lekin  keyinchalik  birinchi  turga  mansub  infuzoriyalar 
soni  asta-sekin  kamayib  borib,  so‘ngra  oziq  muhitidan  butunlay  yo‘qolib  ketdi. 
Bunda  ikki  turga  mansub  infuzoriyalar  bir-biriga  hech  qanday  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatmagan,  faqat  bir  turga  mansub  infuzoriyalarning  o‘sish  jadalligi  ikkinchi 
turnikidan  yuqori.  O‘zaro  raqobatli  munosabatlarda  ekologik  muhitga  ko‘proq 
moslashgan  tur  g‘olib  chiqadi.  Ushbu  tajribadan  «raqobatni  cheklovchi  prinsip» 
deb ataluvchi qonun kelib chiqadi: ikkita o‘xshash ekologik ehtiyojga ega turlar 
birgalikda  yashay  olmaydi,  bir  tur  (raqobatbardosh  tur)  ikkinchi  turni  (kam 
raqobatbardosh)  albatta  siqib  chiqaradi. 
Agar  birgalikda  yashayotgan  turlarning  ekologik  ehtiyojlari  turlicha 
bo‘lsa,  ular  o‘rtasida  raqobat  kuzatilmaydi.  Evolutsiya  jarayonida  turlar 
birgalikda  yashashga  moslashadi.  Masalan,  o‘troq  yashovchi  qushlar  qish 
oylarida o‘zlariga kerakli oziqni turli joylardan izlash orqali o‘zaro raqobatni 
bartaraf  etadi.  Ayrim  qushlar  o‘z  ozig‘ini  daraxtlardan  izlasa,  ayrimlari 
yerdan  topadi. 
Shunday qilib, turlar o‘rtasidagi raqobat «raqobatni inkor etuvchi prinsip» 
qonuniga ko‘ra bir turning ikkinchisini siqib chiqarishi orqali yoki turlarning 
birgalikda  yashashiga  imkon  beruvchi  turlicha  ekologik  ixtisoslashuv  orqali 
bartaraf  etiladi. 


73

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish