«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Ekologik nisha haqida tushuncha
.  Muhitning  ekologik  omillari  bilan 
murakkab  munosabatlar  tizimida  har  bir  tur  o‘zining  muayyan  ekologik 
o‘rniga  –  ekologik  nishasiga  ega.  Turning  biotizim  sifatida  mavjudligini 
belgilab  beruvchi  barcha  abiotik  va  biotik  omillarning  yig‘indisi  ekologik 
nisha  deyiladi.  Ekologik  nisha  organizmning  hayot  tarzi,  yashash  shart-
sharoitlari, oziqlanishi kabilarni o‘z ichiga oladi. Ekologik nisha tushunchasini 
yashash  joyi  tushunchasi  bilan  adashtirmaslik  lozim.  Ekologik  nishadan  farq 
qilib,  yashash  joyi  organizm  egallagan  hududni  anglatadi.  Masalan,  dasht 
hayvonlari  hisoblanadigan  qoramol  va  kenguruning  yashash  joylari  boshqa 
bo‘lgani  bilan  bitta  ekologik  nishani  egallaydi. 
Olmaxon va bug‘u bir hududda – o‘rmonda yashaydi, lekin turli ekologik 
nishalarni  egallaydi.  Afrika  savannalarida  bir  necha  tuyoqli  o‘txo‘r  hayvon 
turlari  yashaydi.  Ularning  yashash  joyi  umumiy,  lekin  ular  shu  joydagi 
mavjud  oziq  resurslaridan  turlicha  foydalanadi. 
Jirafalar  daraxtlarning  barglari  va  shox-shabbasi  bilan  oziqlansa,  zebralar 
o‘tlarning yuqori qismini iste’mol qiladi, gnu antilopalari o‘simlik poyalarining 


44
o‘rta  qismlari  va  urug‘larini  yeydi.  G‘izollar  o‘tlarning  eng  pastki  qismlari 
bilan,  boshqa  bir  tur  antilopalar  butalarning  yosh  barglari  bilan  oziqlanadi. 
Shunday  qilib,  bir  joyda  yashovchi  har  xil  turga  mansub  tuyoqli  hayvonlar 
turli  yarusda  o‘sadigan  o‘simliklarning  organlari  bilan  oziqlanib,  boshqa- 
boshqa  ekologik  nishalarni  egallaydi  (11-rasm).  Bir  daraxtda  yashashiga 
qaramay,  olmaxon  daraxtning  urug‘lari  bilan,  qizilishton  esa  daraxt 
po‘stlog‘i  ostidagi  hasharotlar  bilan  oziqlanadi.  Birgalikda  yashayotgan 
turlarning  ekologik  nishalari  bir-birini  qoplamaydi,  aks  holda  bir  tur 
ikkinchi  turni  siqib  chiqaradi.  Masalan,  kulrang  kalamush  va  qora  kalamush 
populatsiyalari  birgalikda  yashaganda  kulrang  kalamush  populatsiyasi  qora 
kalamush  populatsiyasini  siqib  chiqaradi.  Demak,  bir  biotsenozda  hech 
qachon ikki tur bitta ekologik nishani egallamaydi. Undan tashqari, bir turga 
mansub  organizmlar  shaxsiy  rivojlanishning  turli  davrlarida  har  xil  ekologik 
nishani  egallashi  mumkin.  Masalan,  hasharotlarning  to‘liq  o‘zgarishi  bilan 
rivojlanishini  eslang. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish