59-rasm.
Hayvonot dunyosi evolutsiyasi.
S
O
D
D
A
A
H
A Y
V O
N L
R
Sutemizuvchilar
Qushlar
O‘rgimchaksimonlar
Qisqichbaqasimonlar
Hasharotlar
Sudralib yuruvchilar
Ikkiyoqlama nafas
oluvchi baliqlar
Suvda hamda quruqlikda
yashovchilar
Tog‘ayli baliqlar
Suyakli baliqlar
Lansetniklar
Tasmasimon
chuvalchanglar
So‘rg‘ichli
chuvalchanglar
Kiprikli
chuvalchanglar
Kam tukli
chuvalchanglar
Qorinoyoqli
molluskalar
Ko‘p
tukli
chuvalchanglar
Soxtaoyoqlilar
(sarkodalilar)
Sporalilar
Infuzoriyalar
Gidrasimonlar
Xivchinlilar
Korall poliplari
Ssifoid meduzalar
Ikki pallali
molluskalar
Boshoyoqli
molluskalar
Dastlabki sodda eukariot organizmlar
IGNA
TANLILAR
MOLLUSKALAR
BO‘G‘IM OYOQLILAR
XORDALILAR
TO‘GARAK
CHUV
ALCHANGLAR
HALQALI
CHUVALCHANGLAR
YASSI
CHUVALCHANGLAR
BO‘SHLIQICHLILAR
197
Hasharotlar
Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi to‘g‘risida juda ko‘p izlanishlar olib
borilgan. Rus olimi I.I.Mechnikov esa dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar
sharsimon koloniyadagi ayrim hujayralarning koloniya ichiga ko‘chib o‘tishi –
migratsiyasi natijasida paydo bo‘lganligini qayd etadi. Keyinchalik ichki
hujayralar bir qator tig‘iz joylashuvi natijasida ichki qavat hujayralari
entodermani hosil qilgan; tashqi qavat esa ektodermaga aylangan. Ektoderma
hujayralari harakatlanish, sezish va himoya qilish funksiyasini bajarishga
moslashgan. Ana shu yo‘l bilan kolonial xivchinlilardan ikki qavatli ko‘p
hujayrali hayvonlar – bulutlar va bo‘shliqichlilar kelib chiqqan. Ular
haqiqiy ko‘p hujayrali hayvonlar hisoblanadi, tanasi turli funksiyalarni
bajarishga ixtisoslashgan hujayralardan tashkil topgan. Lekin bulutlar va
bo‘shliqichlilarda to‘qima va organlar rivojlanmagan.
Yassi chuvalchanglar ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar orasida eng
sodda tuzilgan. To‘qima va organlarining rivojlanganligi ularning tuban ko‘p
hujayralilarga nisbatan yuksak tuzilganligini ko‘rsatadi. Ularda hazm qilish,
ayirish, nerv, jinsiy sistemalarning paydo bo‘lishi yirik aromorfozlardan
hisoblanadi. Yassi chuvalchanglar hazm qilish sistemasi bir uchi berk, faqat
og‘iz teshigi bilan tashqariga ochilishi bilan bo‘shliqichlilarning gastrula
bo‘shlig‘iga o‘xshab ketadi. Yassi chuvalchanglar erkin suzib yurishdan suv
tubida o‘rmalab yurishga o‘tgan qadimgi bo‘shliqichlilardan kelib chiqqanligi
taxmin qilinadi. Suv tubida o‘rmalab yurish tufayli hayvonlarning oldingi
va keyingi, qorin va orqa tomonlari paydo bo‘lgan; ularda ikki tomonlama
simmetriya yuzaga kelgan. Dastlab erkin yashovchi yassi chuvalchanglar –
kipriklilar, ulardan parazit yashovchi so‘rg‘ichlilar va tasmasimon
chuvalchanglar paydo bo‘lgan.
To‘garak chuvalchanglar tana bo‘shlig‘i, o‘rta va orqa ichagi, anal
teshigining rivojlanganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi. To‘garak
chuvalchanglarning tuban tuzilgan guruhlarida kipriklarining bo‘lishi ularni
kirpikli yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi.
Halqali chuvalchanglar ham qadimgi erkin yashovchi kiprikli yassi
chuvalchanglardan kelib chiqqan. Ko‘p tukli halqali chuvalchanglar lichinkalari
tanasida kipriklarning bo‘lishi, nerv va ayirish sistemalari tuzilishining yassi
chuvalchanglarnikiga o‘xshashligi yuqoridagi fikrning dalilidir.
Yassi chuvalchanglar suv tubida faol o‘rmalab hayot kechirishga
o‘tgan. Natijada tabiiy tanlanish ta’sirida ular tanasida faol va xilma-xil
harakatlanishga yordam beradigan halqalar va harakat organlari shakllangan.
Nerv sistemasining tuzilishi murakkab, bir juft halqum usti va halqum osti
198
nerv tugunlari, halqum atrofi nerv halqasi hamda qorin nerv zanjiridan
tashkil topgan. Tananing bosh qismida maxsus sezgi organlari paydo
bo‘lgan. Halqali chuvalchanglarning ovqat hazm qilish sistemasining yanada
takomillashuvi, qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi, ularning faol
hayot kechirishi muhim evolutsion o‘zgarishlardan biri bo‘lib, yashash
uchun kurash va tabiiy tanlanishda saqlanib qolishiga imkon yaratgan.
Suv tubidagi balchiqda va tuproqda yashashga o‘tish bilan ko‘p
tuklilarning harakat organlari reduksiyaga uchragan va ulardan kam tukli
halqalilar, qadimgi kam tuklilardan esa zuluklar paydo bo‘lgan.
Molluskalarning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi yuqorida keltirilgan
hayvonlarning birortasiga o‘xshamaydi. Lekin dengizda yashovchi ikki
pallali va qorinoyoqli molluskalar lichinkasining tuzilishi ko‘p tukli halqali
chuvalchanglarnikidan deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun molluskalar va
halqali chuvalchanglar qadimgi bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan deyish
mumkin. Molluskalar tanasi halqalarga ajralmagan. Ularning ba’zilari jabralari
yordamida suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Jabralarining yuzasi tana
yuzasidan bir necha marotaba ortiq. Bu holat organizmning kislorodga bo‘lgan
ehtiyojini yetarlicha qoplash imkonini beradi. Quruqlikda tarqalgan molluskalar
o‘pka bilan nafas oladi. Hayvonot olamida yuz bergan muhim evolutsion
o‘zgarishlardan biri nafas olish organlari – jabra va o‘pkaning paydo bo‘lishi
sanaladi. Qon aylanish sistemasida yurak paydo bo‘lgan. Nerv sistemasi
tananing har xil joyida tarqoq joylashgan nerv tugunlaridan tashkil topgan.
Tanasi himoya vazifasini bajaradigan spiralsimon chig‘anoq bilan o‘ralgan.
Bo‘g‘imoyoqlilar tipiga mansub sinflarning vakillari bir-biridan tanasining
bo‘limlarga bo‘linishi, bosh bo‘limining ixtisoslashuv darajasi, oyoqlarining
tuzilishi va lichinkalarining rivojlanishi bilan farq qiladi. Lekin tuban tuzilgan
bo‘g‘imoyoqlilar tanasining deyarli bir xildagi bo‘g‘imlardan iboratligi
oyoqlarining uchi ayri – ikki shoxga ajralganligi, dum ayrisining bo‘lishi
bilan ko‘p tukli dengiz halqalilariga o‘xshash bo‘ladi. Bo‘g‘imoyoqlilarning
kelib chiqishi halqali chuvalchanglar yupqa kutikulasining pishiq tayanch
skeletga aylanishi, yurish oyoqlarining paydo bo‘lishi, muskullarning yurish
oyoqlari asosida to‘planishi orqali borgan. Gavdaning oldingi bo‘g‘imlaridan
bosh paydo bo‘lgan, orqa qon tomiri kengayib, yurakni hosil qilgan.
Bo‘g‘imoyoqlilarning tanasi qattiq va pishiq xitin bilan qoplangan, tanasi va
oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Bo‘g‘imli oyoqlari harakatlanishdan tashqari,
sezish, oziq tutish vazifalarini bajaradi. Muskullari bajaradigan vazifasiga
ko‘ra ixtisoslashgan. Bosh qismidagi muskullar oziqni chaynash, ko‘krak
199
muskullari tanani harakatga keltirish vazifasini bajaradi. Nafas olish organlari
jabra, o‘pka yoki traxeyalardan tashkil topgan. Nerv sistemasi nerv tugunlari,
halqumni aylanib o‘tadigan nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |