«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

 
Tabiatni  muhofaza  qilish  –  bu  yerdagi  hayotni  saqlab  qolish,  tabiiy 
boyliklardan  oqilona  foydalanish  va  qayta  tiklash  uchun  xalqaro,  davlat  va 
mintaqaviy  tadbirlar  majmuyi  sanaladi.  Ushbu  faoliyat  insoniyatning  hozirgi 
kuni  va  kelajak  avlod  manfaatlarini  ko‘zlab  amalga  oshiriladi.  Tabiatni 
muhofaza  qilishning  asosiy  vazifasi  o‘simlik  olami  va  hayvonot  dunyosi 
turlarining  xilma-xilligini  va  genofondini  saqlab  qolish  hisoblanadi. 


176
Tabiatni  muhofaza  qilish  jarayonida  o‘simlik  va  hayvonlarga  majmua 
tarzda  ta’sir  qiluvchi  abiotik,  biotik  va  antropogen  ekologik  omillar  hisobga 
olinsa,  muhofaza  samarali  bo‘lishi  mumkin,  chunki  ular  atrof-muhitning 
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi va bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan.
Y
erda  tabiat  va  insoniyatning  barqarorligini  ta’minlash  uchun  tabiatdagi 
mavjud  bioxilma-xillikni  saqlab  qolish  zarur.
Tabiat,  shu  jumladan,  o‘simlik  olami  va  hayvonot  dunyosini  muhofaza 
qilish  bugungi  kunning  dolzarb  muammolaridan  biri.  Mazkur  muammoni 
hal  qilish  uchun  kuchlarni  birlashtirish  va  davlatlararo  darajada,  shuningdek, 
davlat  va  jamoat  tashkilotlarining  hamkorlikdagi  harakati  talab  etiladi.   
1948-yil  tashkil  etilgan  Tabiatni  muhofaza  qilish  Xalqaro  Ittifoqi  (TMQXI) 
va  1961-yil  asos  solingan  Butunjahon  yovvoyi  tabiat  jamg‘armasi  (WWF) 
ushbu  maqsadga  xizmat  qiladi.  Parijda  1970-yil  o‘tkazilgan  biosfera 
boyliklaridan  oqilona  foydalanish  va  muhofaza  qilishning  ilmiy  asoslari 
bo‘yicha  mutaxassislarning  maxsus  xalqaro  anjumanining  o‘tkazilishi 
bioxilma-xillikni  mustaqil  ilmiy  yo‘nalishga  ajratish  uchun  muhim  qadam 
bo‘ldi.  1979-yil  BMT  Bosh  Assambleyasida  «Atrof-muhit  bo‘yicha  BMT 
dasturi»  (YuNeP)  tashkil  etilgan  edi.  1992-yilda  BMTning  Yer  sayyorasi 
muammosi  bo‘yicha  Rio-de-Janeroda  o‘tkazilgan  Xalqaro  anjumanda 
«Biologik  xilma-xillikni  saqlash»  dasturi  ilgari  surilgan  va  dunyoning  179 
mamlakatining hukumat vakillari tomonidan imzolangan biologik xilma-xillik 
to‘g‘risida  Konvensiya  qabul  qilingan.  Ushbu  hujjatlarda Yer  yuzida  mavjud 
bo‘lgan  barcha  turlarning  xilma-xilligini  muhofaza  qilishning  Butunjahon 
strategiyasi  ishlab  chiqilgan. 
2001-yildan  boshlab,  har  yili  22-may  kuni  Xalqaro  bioxilma-xillik 
kuni  (International  Day  for  Biological  Diversity)  nishonlanadi.  Ushbu 
bayram  nafaqat  tarixiy  rivojlanish  natijasida  vujudga  kelgan    bioxilma-
xillikni  saqlashning  ahamiyati,  balki  uning  qisqarishi  bilan  bog‘liq  ekologik 
muammolarni  hal  etishni  talab  etadi.  BMT  Bosh  Assambleyasi  tomonidan 
2010-yil  –  Xalqaro  bioxilma-xillik  yili  deb  e’lon  qilingan.  2010-yilda 
Nagoyada  «2011–2020-yillarda  bioxilma-xillikni  saqlash  va  undan  barqaror 
foydalanish  sohasidagi  strategik  reja»  Konvensiyasining  qabul  qilinishi 
ahamiyatga  molik.  Ushbu  o‘n  yillik  reja  doirasida  barcha  mamlakatlar 
bioxilma-xillikni  saqlash  va  undan  oqilona  foydalanish  chora-tadbirlari 
qabul  qilingan. 
Tabiatdagi  tirik  organizmlar  va  ular  tarqalgan  muhit,  anorganik  tarkibiy 


177
qismlarning butun majmuyini muhofaza qilish zarur, ya’ni tabiatni muhofaza 
qilish  ishiga  uyg‘unlikda  yondashish  lozim. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish