96
rivojlanayotgan bakteriyalar bilan oziqlansa, ularni esa mayda qisqichbaqasimonlar
yeydi. Mayda qisqichbaqasimonlar, o‘z navbatida, baliqlarga, ular esa yirtqich
baliqlarga yem bo‘lishi mumkin. Suv havzalari oziq zanjiriga misol: fitoplankton
(suvo‘tlari)
zooplankton (dafniya, sikloplar)
baliq chavoqlari (qizilko‘z
baliq)
yirtqich baliq (cho‘rtan, olabug‘a). Oziq zanjirining oxirida o‘lik organik
moddalarni anorganik moddalarga aylantirib beradigan redutsentlar joylashadi.
Tabiiy jamoalar turlar tarkibi jihatdan tubdan farq qilsa-da, trofik
strukturasi bo‘yicha o‘xshash bo‘ladi: ular asosiy ekologik komponent –
produtsentlar (avtotroflar), turli tartib konsumentlari va redutsentlar
(geterotroflar)dan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: