236
Firma
– inglizcha (firm , firm’s Ftrade name) so‘zlaridan olingan bo‘lib,
tijorat maqsadlarini ko‘zlovchi korxona, kompaniya va boshqa
xo‘jalik tashkiloti degan ma’noni anglatadi.
FIFO
– sarf qilingan materiallar qiymatini hisobdan chiqarishning usullaridan
biri bo‘lib, kamayib borayotgan inflyatsiya sharoitida vaqt bo‘yicha
birinchi sotib olingan materiallar qiymati bo‘yicha hisobni olib
borishni bildiradi.
Foyda
– 1) biror kimsa yoki narsa uchun bo‘ladigan naf, manfaat;
2) daromadning xarajatga nisbatan farqidan tashkil topgan summa,
mablag‘ , daromad; 3) qarzga berilgan puldan foydalanilganligi uchun
qarzdordan qarz beruvchi (kreditor) oladigan qo‘shimcha pul, haq.
Do'stlaringiz bilan baham: