12.3. BUDJET MUASSASALARI BUDJETINING TASNIFI VA SMETA XARAJATLARI Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda
turuvchi budjet mablag‘larini boshqaruvchilar o‘zlarining Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlar bo‘yicha talab
qilib olgunga qadar depozit schyotlariga mablag‘ tushgan vaqtda budjet
mablag‘larini xarajat qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smetalarga va moliyaviy intizomiga
qat’iy rioya qilingan holda budjet mablag‘larini xarajat qilishlari mumkin.
Budjet tashkilotlarining xarajatlari kassa xarajatlari va haqiqiy
xarajatlarga bo‘linadi.