BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN AMALIY MASHG‘ULOT 1- t o p s h i r i q. Xo‘jalik tegishli organlardan ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng har birining nominal
qiymati 900 so‘mdan bo‘lgan 100000 dona oddiy aksiya chiqarib xodimlari o‘rtasida
tarqatdi.
Topshiriqni bajarish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar:
Xodimlar olgan aksiyalari qiymatini quyidagi shaklda xo‘jalikka to‘ladi.
1. Xomashyo bilan 150000 so‘m.
2. Hisob-kitob schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan 49000000 so‘m.
3. Avtomashina topshirdi 8250000 so‘m.
4. Qurilish materiallari bilan 5000000 so‘m.
5. Kompyuter texnologiyasi bilan 3885000 so‘m.
6. Naqd pul bilan 500000 so‘m.
7. Idora binosini topshirish bilan 22615000 so‘m.
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
1. Ustav kapitali shakllanishi uchun mablag‘larini yetarliligini aniqlang.
2. Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkasini bering.
3. Korxonaning yakuniy moliyaviy natijasini aniqlang.