«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana13.11.2019
Hajmi0,54 Mb.
#25879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
menejment asoslari

boshqa omillarning tarkib tavsifiga va menejerlarning boshqarish vazifasi har
uch darajasiga bog‘liq ravishda mohiyati o‘zgarib borishi mumkin.
Oliy
menejment
O‘rta
menejment
Quyi
menejment
Strategik qarorlar
    Farmoyish
Operativ qarorlar
Ishni bajarish
9-rasm.

54
Boshqarish obyekti va subyekti
Boshqarish jarayoni boshqariluvchi obyekt va boshqaruvchi subyekt
mavjudligini taqozo qiladi. Shunday qilib har qanday tashkilot o‘zida bosh-
qarishning ikki tizimchasining birligini ifodalaydi: boshqaruvchi va boshqariluvchi.
Har ikki ko‘rinishda boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar orasidagi
munosabat — bu odamlarning o‘zaro munosabatlarini ifodalaydi.
Shunday qilib, boshqarish obyekti deganda tashkilotning alohida tizimchalar
yoki boshqarish harakatiga yo‘naltirilgan butun tashkilot tushuniladi.
Boshqarish subyekti — boshqaruvchi harakatini amalga oshirayotgan organ
yoki shaxsni ifodalaydi. Bog‘liq ravishda tashkilotning o‘zi bir vaqtning o‘zida
boshqarish obyekti va subyekti bo‘lishi mumkin.
Misol uchun korxonada direktor boshchiligida boshqaruv apparati bosh-
qaruvchi tizim, boshqariluvchi tizimchalar esa sexlardir.
Bir vaqtning o‘zida ma’mur (korxona direktori) o‘zidan yuqori tashkilotga
nisbatan boshqariluvchi tizimga va buyruq, yo‘riqnoma, ko‘rsatma, farmoyish
beruvchi tashkilotga esa boshqaruvchi tizimcha bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati ham boshqarish
subyektini ifodalaydi. Qonunlar va sud qarorlari bilan davlat boshqarishiga ta’sir
ko‘rsatadigan obyektlar bir necha belgilari bilan klassifikatsiyalanadi:
Hal qilayotgan vazifasi darajasi bo‘yicha — respublika tarmoq, region,
firma iqtisodi.
Faoliyatni moslashish turi bo‘yicha — daromadlar, kapital qo‘yilmalar,
shaxsiy ehtiyoj, baho, turli bozorlar va h.k.
Manzilga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha — xususiy milliy kompaniyalar, turli
fondlar, ilmiy tadqiqot markazlari, o‘quv yurtlari va boshqalar.
TASHKILIY TUZILISH SHAKLI VA TASHKILOTNI
BOSHQARISH STRUKTURASI
Tashkilotning strukturasi va shakli
Tashkiliy struktura — boshqarish  tashkilotining asosiy elementlaridan biridir.
U tashkilot bo‘linmalari va xodimlar orasida maqsadlar va vazifalar taqsimoti
bilan tavsiflanadi. Mohiyati bo‘yicha boshqarish strukturasi — boshqarish
qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha mehnat taqsimotining tashkiliy
shaklidir.
Shunday qilib, boshqarishning tashkiliy tizimi deganda boshqaruvchi va
boshqariluvchi tizimlarni o‘zaro aloqalari ta’minlanayotgan va qattiq bo‘ysunish
asosida joylashgan boshqarish zvenolarining to‘plami tushuniladi.

55
Boshqarish tarkibi, munosabatlar, joylashish va tashkilotning alohida
tizimlarini o‘zaro bog‘liqligi boshqarish tashkiliy strukturasining ichki ifodasidir.
U avvalo tashkilotning alohida bo‘linmalari orasida aniq o‘zaro aloqalar, ular
orasida majburiyat va mas’uliyat taqsimoti o‘rnatishga yo‘naltirilgan.
Tashkilotning boshqarish strukturasida quyidagi elementlarni ajratish mumkin:
boshqarish zvenolari (bo‘limlar), darajalari (bosqichlar), gorizontal va vertikal
aloqalar.
Boshqarish zvenosiga struktura bo‘limlari hamda boshqarishda o‘ziga xos
vazifalar yoki ularning bir qismini boshqarayotgan mutaxassislar kiradi. Ularga
bir necha struktura bo‘linmalar faoliyatini sozlash va moslashni amalga
oshirayotgan menejerlar kiradi.
11-rasm. Tashkilot boshqarish strukturasining piramidali tipi
Boshqarish zavenosini tashkil qilishga bo‘limlarning belgilangan boshqarish
vazifasini bajarishi asos qilib olingan.
Bo‘limlar orasida tashkil topgan aloqalar gorizontal tavsifga ega.
Boshqarish darajasi deganda tashkilotning boshqarish tizimida ma’lum
darajani egallagan boshqarish zvenolarining to‘plami tushuniladi.
Boshqarish darajalari vertikal bog‘liqlikda bo‘lib iyerarxiya bo‘yicha bir-
biriga bo‘ysunadi: eng yuqori darajadagi menejerlar qaror qabul qilgandan so‘ng
aniqliklar kiritilib quyida turuvchi zvenolarga yetkaziladi. Shundan tashkilotni
boshqarishning piramidali strukturasi paydo bo‘ladi.
Tashkilot tarkibiga bir firma yoki qatnashish tizimi bo‘yicha birlashgan bir
necha kompaniyalar kiradi. (M: ma’lum darajadagi aksiyaga egalik qilish
bo‘yicha).
Bozor sharoitiga o‘tish tashkilotlarning bir necha yangi turlarini shakllanishiga
Pre-
zident
Vitse-
prezident
Xizmat direktori
Sex boshliqlari
Bosh ustalar
Brigadirlar

56
olib keldi. Eng ko‘p tarqalgan tashkiliy shakllardan biri ijara shaklidir. Ularning
paydo bo‘lishi bilan markaziy boshqarish chegaralangan tavsifga ega bo‘la boshladi.
Shuning bilan bog‘liq ravishda tashkiliy tizimning bunday tuzilmalari to‘la
xo‘jalik hisobi va o‘z-o‘zini boshqarish asosida tashkil qilinadi.
Jahon amaliyoti ko‘rsatadiki bozor iqtisodiyoti sharoitida eng hayotiy
tashkilotlardan biri zayomli (qarz) kapitalini keng jalb qilish asosida tashkil
topadigan mas’uliyati chegaralangan jamiyatdir. Ular xo‘jalik faoliyatini amalga
oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning qo‘yilmalarini birlashtirish
hisobiga yaratiladi.
Qo‘shma korxonalar mahalliy va chet el kapital qo‘yilmalari yordamida
birgalikda xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish, tashkilotni boshqarish va foydani
taqsimlash asosida yaratiladi. Qo‘shma korxonalarning yaratilishi iqtisodiyotga
jihozlar va texnologiyalarning zamonaviy turlarini; moddiy va moliya resurslarini,
hamda boshqarish tajribasini jalb qilish; bozorni sifatli tovarlar bilan to‘ldirish;
mahsulotlarning konkurensiya qobiliyatini oshirish muammolarini hal qilishga
yo‘naltirilgan.
Hissadorlik jamiyati — xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish maqsadida
tashkilotlar va fuqarolar vositalarini birlashtirishning tashkiliy shaklidir. Hissadorlik
jamiyati, tannarxining nominal qiymatiga teng bo‘lgan ma’lum miqdordagi
aksiyaga taqsimlangan ustav fondiga, o‘z mulki va majburiyati doirasida mulkiy
mas’uliyatga ega. Aksiyalarning umumiy nominal qiymati ustav fondini tashkil
qiladi.
Xolding kompaniyalari — qimmatbaho qog‘ozlar nazorat paketini egallash
uchun, asosan sanoat firmalarini ushlab turuvchi kompaniyalardir. Bunda nazorat
vazifasi ustuvorlikka ega, chunki moliya-kredit korxonalari va boshqa firmalar
qatnashadigan sanoat kompaniyalarini nazorat qilib, bu kompaniyalarning barcha
zanjirini qisman yoki butunlay nazorat qilishi mumkin. Tashkilot tashkiliy
strukturalarining turlari tashqi muhit ta’sirida asta-sekin o‘zgarib borishi mumkin.
TASHKILIY TIZIM TIPLARI
Tashkilotning turli bo‘limlari orasidagi aloqalar tavsifiga bog‘liq ravishda
tashkiliy strukturaning quyidagi tiplari mavjud: chiziqli, funksional, chiziqli-
funksional (shtabli) va matritsali.
Boshqarishning chiziqli tashkiliy strukturasi
Bu eng sodda boshqarishning tashkiliy strukturasidir. Unda har bir bo‘lim
boshida barcha boshqarish funksiyasini o‘z qo‘lida to‘plagan va unga bo‘ysunuvchi
rahbarlarga yagona rahbarlikni amalga oshiruvchi barcha vakolatlarga ega bo‘lgan
yagona rahbar turadi.

57
Chiziqli boshqarishda har bir zveno va har bir bo‘ysunuvchi bir rahbarga
ega bo‘ladi, u orqali yagona kanal bo‘yicha barcha boshqarish buyruqlari o‘tadi.
Bunday paytda boshqarish zvenolari boshqarilayotgan obyektlarning barcha
faoliyati natijasi uchun mas’uliyatni o‘zlariga oladi.
Boshqarishning chiziqli strukturasida qarorlar zanjiri bo‘yicha yuqoridan
pastga beriladi, quyi zveno rahbari yuqori zveno rahbariga bo‘ysunganligi uchun
shu mavjud tashkilotning o‘ziga xos rahbarlik iyerarxiyasi shakllanadi (masalan:
uchastka ustasi, muhandis, sex boshlig‘i, korxona direktori). Bunday paytda
yakkaboshchilik tamoyili qo‘llaniladi: uning mohiyati shundan iboratki
bo‘ysunuvchilar faqat yagona rahbar farmoyishini bajaradi. Boshqarishning yuqori
organi bevosita ijrochilar rahbarini chetlab o‘tib farmoyish bera olmaydi, chunki
u boshliq «mening» boshlig‘imning boshlig‘idir degan tamoyil o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. Chiziqli boshqarish strukturasida har bir bo‘ysunuvchi o‘z boshlig‘iga
ega bo‘lsa, har bir boshliq bir necha bo‘ysunuvchiga ega bo‘ladi. Bunday
struktura boshqarishning quyi darajasi katta bo‘lmagan tashkilotlarda qo‘llaniladi.
Chiziqli strukturada tashkilotni boshqarish tizimi ishlab chiqarishning
konsentratsiyasi, texnologik xususiyatlarini, ishlab chiqarilayotgan mahsulot
assortimentini hisobga olgan holda ishlab chiqarish belgisi bo‘yicha tashkil
etiladi. Har bir rahbar to‘la hokimiyatga ega, ammo tor, maxsus bilim talab
etmaydigan funksional muammolarni hal etishda nisbiy kichik imkoniyatlarga
ega bo‘ladi.
Boshqarishning funksional tashkiliy tuzilishi
Funksional boshqarish zaruriy qarorlar qabul qilish uchun, aniq belgilangan
ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bo‘linmalarning to‘plami tomonidan amalga
oshiriladi.
12-rasm. Boshqaruvchining chiziqli-funksional (shtabli) tashkiliy strukturaning sxemasi.
Yuridik
xizmat
Bosh boshqaruvchi
Ijtimoiy
tadqiqotlar sektori
Texnik
direktor
Zaxiralarni boshqaruvchi
direktor
Marketing
bo‘yicha direktor
b
o‘
l
i
m
l
a
r

58
Asosiy g‘oyasi shundan iboratki, aniq masalalar bo‘yicha alohida funksiyalarni
boshqarish organi alohida turdagi faoliyatni boshqarish uchun ixtisoslashadi.
Tashkilotda odatda bir yo‘nalishdagi mutaxassislar maxsus struktura
bo‘limlariga birlashadi. Masalan: marketing, rejalash bo‘limlari, buxgalteriya va
h.k. Shunday qilib tashkilot tomonidan boshqarishning umumiy vazifasi o‘rta
darajadan boshlab funksional mezonlar bo‘yicha bo‘linadi.
Funksional boshqarish chiziqli boshqarish bilan birgalikda ijrochilar uchun
ikkiyoqlama bo‘ysunishni yaratadi.
Ko‘rinib turibdiki, barcha vazifalarni bajaradigan va hal qiladigan universal
menejerlar o‘rniga o‘z sohasi bo‘yicha yuqori malakaga ega bo‘lgan va ma’lum
bir yo‘nalish bo‘yicha javob beradigan mutaxassislar shtati paydo bo‘ladi.
(Masalan: rejalashtirish va taxmin qilish). Boshqarishning bunday tizimi tashkilot
faoliyatini birmuncha oshiradi.
Boshqarishning kombinatsiyalashgan tashkiliy tuzilishi
Boshqarishning chiziqli va funksional strukturalarining kamchiliklari ma’lum
darajada kombinatsiyalashgan, ya’ni chiziqli-funksional struktura orqali bartaraf
etiladi.
Boshqarishning bunday strukturasida hokimiyatni to‘laligicha chiziqli rahbar
o‘ziga oladi. Unga funksional bo‘limlardan iborat (boshqarmalar, bo‘limlar,
byuro va h. k.) maxsus apparat aniq masalalar va mos ravishda qarorlar,
dasturlar, rejalar ishlab chiqishga yordam beradi. Bunday paytda bo‘linmaning
funksional strukturalari bosh chiziqli rahbarga bo‘ysunishda bo‘ladi.
Bo‘ysunuvchilar o‘z qarorlarini bosh rahbar orqali amalga oshiradi yoki (o‘z
vakolati doirasida) bevosita ijrochi-xizmatchi rahbarlar orqali amalga oshiradi.
Shunday qilib chiziqli-funksional struktura o‘zida tashkiliy masalalarni bajarishga
yordam beradigan chiziqli rahbarlarga bo‘ysunuvchi maxsus bo‘limlarni
mujassamlashtiradi.
Boshqarishning matritsali tashkiliy strukturasi
Boshqarishning matritsali strukturasi ikki turdagi strukturaning qo‘shilishi
orqali yaratiladi: chiziqli va dasturli-maqsadli. Dasturli-maqsadli struktura ishida
boshqarish ta’siri qarorni amalga oshirishda tashkilotning barcha zvenolari
qatnashadigan ma’lum maqsadli vazifalarni hal qilishga yo‘naltiriladi.
Berilgan so‘nggi maqsad bo‘yicha barcha ishlar to‘plamini amalga oshirish
amaldagi iyerarxiya pozitsiyasiga erishishdan emas, balki dasturda ko‘zda tutilgan
maqsadga erishish pozitsiyasidan qaraladi. Bunda asosiy e’tibor alohida
bo‘linmalar ishini takomillashtirish bilan birgalikda, maqsadli dasturni samarali
bajarilishini bajarish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida faoliyatning barcha

59
turlari integratsiyasiga qaratiladi. Shuning bilan birgalikda dastur rahbarlari
dasturni amalga oshirish va ularni sozlash, boshqarish funksiyalarini sifatli
bajarishga mas’uliyatlidirlar.
Chiziqli boshqarishga mos holda (vertikal bo‘yicha) tashkilot faoliyatining
alohida doiralari bo‘yicha boshqarish tashkil etiladi: ITTKI (NIOKR), ishlab
chiqarish, sotish, ta’minot va boshqalar.
Dasturli boshqarish dastur maqsadlariga o‘z vaqtida erishish va uning barcha
aloqalarini moslash uchun javobgar bo‘lgan maxsus tayinlangan rahbar orqali
amalga oshiriladi. Shuning bilan birgalikda oliy darajadagi rahbar joriy masalalar
bo‘yicha qaror qabul qilishdan ozod etiladi. Uning natijasida o‘rta va quyi
darajalarda operativ boshqarish va aniq operatsiya va tartibni bajarish sifatiga
javobgarlik kuchaytiriladi, ya’ni aniq belgilangan dastur bo‘yicha ishlarni tashkil
qilish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar rahbarlarining mas’uliyati oshiriladi. Matritsali
strukturada dastur rahbari unga bevosita bo‘ysunuvchi mutaxassislar bilangina
ishlamaydi, balki aniq dastur bo‘yicha bajariladigan asosiy ishlarni belgilaydi.
Chiziqli rahbarlar u yoki bu ishni kim bajarishini belgilaydi. Boshqarishni
matritsali tashkiliy tuzilishi asosan bir qator yangi murakkab buyumlar yaratishni
qisqa muddatlarda, texnologik yangiliklarni tatbiq qilishda va bozorning
tebranuvchi konyunkturasiga tezda moslashishi zaruriyati tug‘ilganda qo‘llaniladi
va rahbarlar, mutaxassislar ijodiy tashabbuslarini yuksaltirishga qaratilgan bo‘ladi.
Tashkiliy strukturani loyihalash va unga qo‘yiladigan talablar
Tashkiliy strukturani loyihalash haqidagi qaror amaldagi struktura samarasiz
bo‘lganda qabul qilinadi. Loyihalash jarayonida tashkilotning maqsadi va vazifasini
to‘liq aks ettiradigan, eng yaxshi tarzda tashqi muhit bilan o‘zaro harakat qilish
imkonini beradigan, o‘z xodimlari kuchlarini maqsadga muvofiq, mas’uliyat
bilan ishlashga yo‘naltiradigan, o‘z mijozlari ehtiyojlarini yaxshi qondiradigan,
yuqori samaraga erishish imkonini beradigan strukturani yaratish vazifasi qo‘yiladi.
Tashkiliy strukturani loyihalash uch bosqichdan iboratdir.
Birinchi bosqich — tashkiliy struktura tahlili. Harakatdagi tashkiliy struktura
tahlili qanday tashkilotga qo‘yilgan talablarni aniqlashga qaratiladi, ya’ni uning
sifatlarini baholash nuqtayi nazaridan boshqarish strukturasini ratsionalligi
aniqlanadi. Baholash mezoniga quyidagilar kiradi:
Boshqarish tamoyili — markazlashgan va markazlashmagan boshqarish
munosabatlari, ularning oqibatlari, boshqarishning har bir darajasi qanday nazorat
funksiyasini o‘z ichiga olishini belgilaydi.
Boshqarish apparati — bo‘linmalarni qayta guruhlash, ular orasidagi o‘zaro
aloqalarning o‘zgarishi, mas’uliyat va javobgarlikning taqsimlanishi, firmalar
orasidagi tavsifni o‘zgarishi, apparatda zaruriy oraliq zvenolarni yaratish.
Boshqarish funksiyasi — strategik rejalashni («biznes-rejani» sozlash), mahsulot

60
sifatini nazorat qilishni kuchaytirish, aksiyalarni sotish orqali boshqarishga
xodimlarni jalb qilish, mehnat motivlariga yondashuvni o‘zgartirish.
Xo‘jalik faoliyati — tashkilot faoliyatidagi noqulay joylarni aniqlash.
Ikkinchi bosqich — tashkiliy strukturani loyihalash. Boshqarishning tashkiliy
strukturasini loyihalashga yondashuv foydalaniladigan uslublar birligiga bog‘liq
ravishda to‘rt guruhga birlashtirish mumkin:
1. O‘xshashlik (analogiya) — o‘xshash tashkilotlardagi boshqarish strukturasi
tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi.
2. Ekspert uslubi — ekspert-mutaxassislar takliflarini o‘rganishga asoslanadi.
3. Maqsadlarni strukturalashtirish — tashkilot maqsadlari tizimini ishlab
chiqishi va uni ishlab chiqilayotgan struktura bilan qo‘shilib ketishini ko‘zda
tutadi.
4. Tashkiliy modellashtirish — tashkiliy qarorlarni ratsionallik darajasini
baholash mezonlarini aniq belgilash imkonini beradi. Loyihalash jarayonida
quyidagi vazifalar hal qilinadi; boshqarish strukturasi tipini aniqlash; ma’muriy-
boshqaruv personalining soni; tashkilot zvenolari orasidagi bo‘ysunish xarakterini
belgilash; boshqarish apparatini ta’minlash hisob-kitobi.
Ammo boshqarish tashkiliy strukturasini loyihalashda unga qo‘yiladigan
talablar va ularni shakllantirish tamoyillarini esdan chiqarmaslik zarur. Ular:
1. Optimallik.
2. Operativlik.
3. Ishonchlilik.
4. Iqtisodlilik.
5. Moslashuvchanlik (gibkost).
6. Boshqarish strukturasini qat’iyligi.
Tashkiliy strukturani takomillashtirish uni loyihalashda loyihalash tamoyillariga
amal qilinishiga bog‘liq.
1. Boshqarish zvenolarining maqsadga muvofiq soni va yuqori rahbardan
bevosita ijrochilarga axborotlar o‘tish vaqtini maksimal qisqartirish.
2. Tashkiliy strukturaning tarkibiy qismlarini aniq ajratish.
3. Boshqarish tizimida o‘zgarishlarga tez e’tibor qaratish qobiliyatini
ta’minlash.
4. Ma’lum masalalar bo‘yicha eng ko‘p axborotlarga ega bo‘lgan bo‘linmalarga
masalani hal qilish uchun vakolat berish.
5. Alohida bo‘linmalarni tashkilotning barcha boshqarish tizimiga butunlay,
tashqi muhitga qisman moslashtirish. Shunday qilib, tashkiliy strukturani
loyihalash uch bosqichdan iborat: analitik (harakatdagi amaliyotni o‘rganish va
tashkiliy strukturasini loyihalash, modellash); tashkiliy (loyihalangan tashkiliy
tuzilishini joriy qilish) va tashkiliy strukturaning samaradorligini baholash.
Tashkiliy strukturaning takomillik darajasi uning yuqori darajadagi natijalarida
ifodalanadi. Boshqarish samaradorligini baholash vazifalarni amalga oshirish

61
darajasi, qabul qilinayotgan qarorlarni optimalligi va tezligi orqali amalga
oshiriladi.
Tashkiliy strukturaning alohida belgilarini bir qator koeffitsientlardan
foydalanish orqali aniqlash mumkin:
1. Zvenologik koeffitsienti:
Kzv = Bzv : Ozv
Bunda, Bzv — barcha zvenolar soni.
Ozv — tashkiliy strukturadagi optimal zvenolar soni.
2. Hududiy konsentratsiya koeffitsienti:
K x.k. + K x.u : T
Bunda, K x.u — hududdagi shunga o‘xshash korxonalar soni.
T — hududdagi barcha tashkilotlar maydoni.
3. Boshqarishning tashkiliy strukturasini samaradorlik koeffitsienti:
Ks = On : Xb
Bunda, On — amaldagi boshqarishning tashkiliy strukturasidan olingan
oxirgi natija.
Xb — boshqarish xarajatlari.
Boshqarish samaradorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
      Is      Mb : F a.o
Bs = —— = ———————
       Mu    Ys.m : Xs
Bunda, Bs — boshqarish samaradorligi.
Is — ishlab chiqarish samaradorligi.
Mu — mehnat unumdorligi.
Mb — boshqarish xarajatlari umumiy qiymati.
F a.o — asosiy va oborot fondlarining umumiy qiymati.
Ys.m — shartli sof mahsulot hajmi.
Xs — sanoat ishlab chiqarish personali soni.
Samaradorlikni aniqlash uchun tashkiliy strukturaning integratsiyalashgan
ko‘rsatkichi eng yaxshi ko‘rsatkichdir:
                 Qb x Lxs
Ke.b.s = 1 — ——————
                   70
Fk x F kt
Bunda, Ke.b.s. — boshqarish samaradorligi koeffitsienti.
Qb — bir boshqarish xodimiga to‘g‘ri keladigan boshqarish xarajati.
Lxs — umumiy ishlayotganlarda boshqarish xodimlari sonining salmog‘i.
Fk — fondlar bilan qurollanganlik (bir ishlayotganga to‘g‘ri keladigan asosiy
va oborot mablag‘lari).

62
F kt — fondlar qaytimi (asosiy va oborot fondlari birligiga to‘g‘ri keladigan
shartli sof mahsulot).
Tashkiliy strukturani loyihalash bo‘yicha barcha ishlar uni takomillashtirish
yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, u tashkilotni boshqarish faoliyati
samarasini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
XORIJIY TASHKILOTLARNING TASHKILIY TUZILISHI
Boshqaruvning muhim funksiyasi uni tashkil qilish funksiyasidir, bunda
firmaning barcha bo‘limlari o‘rtasida doimiy va vaqtincha o‘zaro munosabatlarni
o‘rnatish, tashkiliy tartibni belgilash va firmani ishlab turishidan iborat bo‘ladi.
Tashkil qilish funksiyasi ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: ma’muriy-tashkiliy
boshqarish va operativ boshqarish. Ma’muriy-tashkiliy boshqarish firma tizimini
belgilashni, o‘zaro aloqalar o‘rnatishni, barcha bo‘limlar orasida funksiyalar
taqsimotini, huquq berish va boshqarish apparati xodimlari o‘rtasida
mas’uliyatlarni belgilashni ifodalaydi. Operativ (tezkor) boshqarish tasdiqlangan
rejaga muvofiq ravishda firmani ishlashini ta’minlaydi.
Boshqarishni tashkiliy tizimini ishlab chiqishda quyidagilar asosiy muammolar
hisoblanadi: rahbarlar asosida mas’uliyatni taqsimlash; boshqarishni aniq sxemasini
tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi; axborotlar oqimini tashkil
qilish; mos ravishda texnika vositalarini tanlash. Firmani boshqarishning tashkiliy
tuzilishi o‘zining ko‘plab turli-tumanligi, bir qancha omillar va sharoitlar bilan
belgilanadi. Ularga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: firmaning ishlab chiqarish
ko‘lami (o‘rta, katta, kichik); firmaning ishlab chiqarish yo‘nalishi (ixtisoslashuv,
bir turdagi mahsulot yoki keng nomenklaturada turli tarmoqlar uchun
mahsulotlar); chiqarilayotgan mahsulot xarakteri va uni ishlab chiqarish
texnologiyasi (ommaviy yoki seriyali ishlab chiqarish); firmaning faoliyat doirasi
(mahalliy, milliy yoki tashqi bozorga); chet eldagi faoliyati ko‘lami, (jumladan
ishlab chiqarish, sotish va boshqalar) monopolistik birlashma tavsifi (konsern,
moliya guruhi) yuqoridagi o‘lchovlarga asoslanib tashkilot tuzilishini tanlash
mumkin.
Tashkilotning matritsali tizimi
Tashkilotning matritsali tizimi chiziqli va dasturli — maqsadli tizimlarni
qo‘shilishidan hosil bo‘lib, zamonaviy samarali tashkiliy boshqarish tizimining
namunasidir. Chiziqli tizimga mos ravishda vertikal tashkilot faoliyatining alohida
doiralari bo‘yicha boshqarish tashkil qilinadi; NIOKR, ishlab chiqarish, sotish,
ta’minlash bo‘yicha.
Dasturli — maqsadli tizimga (gorizontal) mos ravishda dasturli (loyiha,
mavzu bo‘yicha) boshqarish tashkil qilinadi. Ishni matritsali tizim doirasida

63
ta’minlash uchun ishlab chiqarish tizimiga o‘zgartirish kiritish talab qilinadi,
ya’ni kompaniyada dasturning asosiy g‘oyalarini birgalikda ishlab chiqish uchun
bosh mutaxassislarni birlashtiradigan maxsus maqsadli bo‘limlar tashkil qilinadi.
Boshqarishni matritsali tizimida dastur rahbari chiziqli rahbarlarga bo‘ysunuvchi,
unga bog‘liq bo‘lmagan funksional mutaxassislar bilan ish olib boradi. U asosan
aniq dastur bo‘yicha nimani qachon qilinishini aniqlaydi. Chiziqli rahbarlar u
yoki bu ish qanday bajarilishini hal qiladi.
Mahsuliy tashkiliy tuzilish
Bunda firma tizimida mustaqil xo‘jalik bo‘limlari — konkret mahsulotni

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish