«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana22.09.2019
Hajmi0,91 Mb.
#22451
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

Ammo ushbu usulni qo‘llashda moliya-xo‘jalik faoliyatini

yuritish uchun soliq organlariga hujjatlarni taqdim etish

talab etilmaydi. Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq organ-

lariga «nollik» balanslarni, moliya-xo‘jalik faoliyatini amal-

ga oshirilmaganligi to‘g‘risidagi soxta ma’lumotlarning

berilishi ham mazkur usulga kiradi. Respublikamizda hozir-

gi vaqtda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning birinchi usuli-

ni fuqarolarga nisbatan qo‘llashning huquqiy asoslari

mavjud emas. 

2. Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq nazoratidan

chetda qolishi.

Soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida har bir soliq

to‘lovchi korxonaning joylashgan o‘rniga ko‘ra, fuqarolarni

esa yashash joylariga ko‘ra soliq organlarida hisobda tu-

rishlari shart.

Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritishni soliq organlari-

dan yashirish soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning juda keng

tarqalgan usullaridan biriga aylangan. Ayrim hollarda kor-

xonalar tomonidan umuman, joriy davrda moliyaviy-

xo‘jalik faoliyatini yuritilmaslik to‘g‘risida soxta ma’lumot-

lar beriladi. Shuning uchun hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi

ariza qabul qilinayotganda amaldagi qonunchilikka ko‘ra

xususiy tadbirkor o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni

taqdim etishi shart. Hisobga olish masalasida tashkilot

tomonidan ariza berilganda tegishli tartibda tasdiqlangan

quyidagi hujjatlarning bir nusxasi taqdim etiladi. Ro‘yxat-

dan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, ta’sis hujjatlari va

davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun zarur bo‘lgan boshqa huj-

jatlar mazkur usulni amalga oshirishda tadbirkorni ro‘yxat-

dan o‘tkazishda soxta yoki o‘g‘irlangan hujjatlar shaxsni

tasdiqlovchi hujjatlar sifatida hisobga qo‘yiladi. Shunday

qilib, soliq to‘lovchining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati boshqa

shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

299


Mazkur usulni qo‘llash, ko‘pchilik hollarda, «bir kunlik

firma»larning yuzaga kelishiga olib keladi. Ularni soliq

organlarida hisobga qo‘yish bir yoki bir necha moliyaviy-

xo‘jalik operatsiyasini bajarish maqsadida amalga oshiriladi.

Ko‘zda tutilgan operatsiyalar amalga oshirilgandan so‘ng,

mazkur firma tugatiladi. Mana shunday firmalarning yuza-

ga kelishi va faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi

manzilli qonuniy me’yorlarning mavjud emasligi davlat

budjetiga jiddiy zarar yetkazadi.

3. Soliq to‘lovchining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlari nati-

jalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirilmasligi.

Mazkur usuldan foydalanish, asosan, korxonalarning

buxgalteriya hisobida ayrim bitimlarni aks ettirilmasligida

namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalte-

riya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq korxona va

tashkilotlarning barcha operatsiyalari birlamchi buxgalteriya

hujjatlarida o‘z aksini topishi shart. Ana shu birlamchi bux-

galteriya hujjatlariga asosan buxgalteriya hisobi yuritilishi

lozim. Shuning uchun ham ayrim operatsiyalarni yashirish

maqsadida soliq to‘lovchilar birlamchi buxgalteriya hujjat-

larini yo‘q qiladilar yoki ularni rasmiylashtirmaydilar.

O‘zbekiston Respublikasi sharoitida, tovarlarni sotish nati-

jasida olingan naqd pullarni kassaga kirim qilmaslik holat-

lari mazkur usul namoyon bo‘lishining asosiy shakli

hisoblanadi. Mazkur usulni amalga oshirish aholi bilan

hisob-kitoblarni nazorat-kassa mashinalarisiz va xaridor-

larga chek berish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.

4. Soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish imkonini be-

ruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni noqonuniy o‘zgartirish yo‘li

bilan soliqqa tortish obyekti xususidagi ma’lumotlarni soxta-

lashtirish.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortish

obyektlari sifatida mulk, foyda, daromad, sotilgan tovarlar

va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati maydonga chiqadi.

Soliqqa tortish obyekti soliqqa tortishning muhim ele-

mentlaridan biri hisoblanadi va u soliq yukini shakllan-

tirishda muhim rol o‘ynaydi. Soliq to‘lovchining jismoniy

yoki yuridik shaxs ekanligi, uning moliyaviy-xo‘jalik faoli-

yatini amalga oshirishga xos bo‘lgan xususiyatlar soliqqa

tortish obyektining miqdoriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu

esa soliq to‘lovchiga noqonuniy asosda soliq yukini kamay-

tirish imkonini beradi.

300


Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq har bir soliq turi

bo‘yicha alohida soliq stavkalari belgilangan. Bularning

ustiga soliq imtiyozlari ham soliq to‘lovchilarning har bir

toifasi uchun alohida qilib belgilangan.

Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning mazkur usulidan

foydalanish o‘ziga xos tarzda amalga oshiriladiki, buning

natijasida soliqqa tortish obyektining haqiqiy miqdori uning

e’lon qilingan miqdoridan sezilarli darajada yuqori bo‘-

ladi.

5. «Soxta eksport» operatsiyalarini amalga oshirish yo‘li



bilan qo‘shilgan qiymat solig‘ini noqonuniy qoplash.

Ma’lumki, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliqqa

tortish obyekti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida

tovarlarni, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni

sotish bo‘yicha oborotlar hisoblanadi. Davlat budjetiga

to‘lanadigan soliq summasi sotilgan mahsulotlar (xizmatlar,

ishlar) uchun xaridorlardan olingan soliq summasi bilan

mol yetkazib beruvchilarga to‘langan soliq summasi

o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

O‘zbekiston soliq qonunchiligiga ko‘ra eksport qilina-

yotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar qo‘shilgan

qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan. Soliq to‘lashdan

bo‘yin tovlashning mazkur usulidan foydalanish quyidagi

yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

œ 

eksport qilinayotgan tovar haqiqatda mamlakat che-



garasidan chiqmaydi, eksportchi korxona budjetdan

qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish uchun bojxona organ-

larining soxta muhridan foydalanadi;

œ 

olib chiqib ketilayotgan tovarlar atayin yuqori baho-



larda aks ettiriladi;

œ 

qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha budjetdan qoplash



summasini undirish uchun amalda bitta eksport bitimi

bo‘yicha bir necha soliq to‘lovchilar murojaat qilishadi.

Soliqdan bo‘yin tovlash mazkur usulining namoyon

bo‘lish shakllaridan biri qo‘shma faoliyat xususidagi shart-

nomani rasmiylashtirish yo‘li bilan bitimni yashirish

hisoblanadi.

Ayrim shaxslar ikki yoki undan ortiq kishidan iborat

yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan uyushmalar tashkil

etadilar. Bundan maqsad noqonuniy asosda foyda olish

hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar

301


to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq uyushgan korxonalarning

ixtiyorida soliq to‘lagandan keyin qoladigan mablag‘lar

foyda solig‘iga qayta tortilmaydi. Ushbu usul hamkorlik

asosida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish-

da pul mablag‘lari va boshqa mulklarni soliq to‘lashdan

bo‘yin tovlash maqsadida qaytarib olmaslik sharti bilan

berishda va soliqqa tortishning imtiyozli rejimidan noqo-

nuniy ravishda foydalanishda ishlatiladi.

6. Notijorat tashkilotlari tomonidan foyda solig‘iga tortil-

maydigan asosiy faoliyat turi bahonasida tijorat faoliyatini

yuritish.

Mazkur usulning mavjudligi, faoliyati foyda olishni

ko‘zlamaydigan tashkilotlarning mavjudligi bilan izohlana-

di. Bu tashkilotlarning asosiy faoliyat turi bo‘yicha pul

mablag‘lari soliqqa tortilmaydi, ammo ularning tijorat

faoliyatidan olinadigan daromadlari foyda solig‘iga tortila-

di. Ular notijorat faoliyat shaklida tijorat faoliyatini amalga

oshiradilar. Bu usul notijorat tashkilotlari tomonidan ta’lim

xizmatlarini ko‘rsatishda, asosiy vositalarni ijaraga berishda

ko‘p qo‘llaniladi. Ular, odatda, ta’lim xizmatlari ko‘rsatish-

dan olingan pul mablag‘larini a’zolik badallari sifatida ras-

miylashtiradilar, ijaraga berilgan asosiy vositalardan kelgan

tushumlarni esa xayr-ehson badallari sifatida rasmiylashti-

radilar.


7. Aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni aksiz solig‘iga tor-

tilmaydigan tovarlar sifatida ishlab chiqarish va sotish.

O‘zbekiston Respublikasida aksiz solig‘iga tortiladigan

tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

qarori bilan belgilanadi. Faqat paxta tolasi, zargarlik buyu-

miga aksiz solig‘i stavkalari hamda aksiz solig‘ini to‘lash

tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan

belgilanadi. «Uzdeuavto» AJ avtomobillariga aksiz solig‘ini

Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birga belgi-

laydi.


Aksiz solig‘i to‘laydigan tashkilotlar tomonidan amalga

oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari birlamchi bux-

galteriya hujjatlarida aks etgan bo‘lishi kerak. Soliq to‘lash-

dan bo‘yin tovlashning mazkur usulida soliq to‘lovchilar

birlamchi buxgalteriya hujjatlaridagi ma’lumotlarni soxta-

lashtiradilar.

Mazkur usulni qo‘llashda soliq to‘lovchilar eksport ope-

ratsiyalari haqiqatda amalga oshirilmagan sharoitda aksiz

302


solig‘i bo‘yicha berilgan yengilliklardan noqonuniy tarzda

foydalanadilar.

Shunisi xarakterliki, nafaqat aksiz solig‘i, balki boshqa

soliq turlari bo‘yicha ham soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash

usullarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Jumladan,

korxonalarning foydasidan olinadigan soliqni to‘lashdan

bo‘yin tovlash usullariga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar

quyidagilardan iborat:

— ishlab chiqarish jarayonini texnik jihatdan qayta

qurollantirish, rekonstruksiya qilish, uy-joy qurilishi kabi

foyda hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlar yuzasidan

beriladigan soliq imtiyozlari summasini oshirib ko‘rsatish;

— korxonaning balansida turgan ijtimoiy-madaniy

muassasalarni saqlash yuzasidan beriladigan soliq imtiyoz-

lari summasini oshirish;

— ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini

nogironlar, ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriy-

lari tashkil etgan korxonalarga foyda solig‘idan berilgan

imtiyoz summasidan noqonuniy tarzda foydalanish;

— boshqa shu kabi xususiyatlar.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlash

usullaridan foydalanishga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar

quyidagilardan iborat:

— o‘zaro hisoblashishlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat

solig‘ini hisoblamaslik;

— soliq deklaratsiyalarida qo‘shilgan qiymat solig‘i

summalarini asossiz ravishda oshirib ko‘rsatish;

— budjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiy-

mat solig‘i summalarini noqonuniy tarzda oshirib ko‘rsa-

tish;


— qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha pul omonatlari,

joriy hisobvaraqlar, to‘lovlar, o‘tkazmalar, cheklar va

boshqa qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yi-

cha berilgan soliq imtiyozlaridan noqonuniy tarzda foy-

dalanish;

— o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik mahsulotlari-

ning sotish hajmini asossiz ravishda oshirib ko‘rsatish;

— boshqa xususiyatlar.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini

to‘lashdan bo‘yin tovlash usullaridan foydalanishga xos

bo‘lgan asosiy xususiyatlar naqd pulda olingan daromadlar

bo‘yicha quyidagilardan iborat:

303


— yirik miqdorda moddiy yordamlar olish faktini

yashirish;

— qaytarib bermaslik sharti bilan olingan ssudalar sum-

masini ko‘rsatmaslik;

— jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada daro-

madlarni to‘liq ko‘rsatmaslik;

— o‘z vaqtida deklaratsiyani soliq organlariga taqdim

etmaslik;

— boshqa xususiyatlar.

Yuqorida qayd etilgan usullardan sezilarli darajada farq

qiluvchi usullar guruhi ham mavjud bo‘lib, bu guruhdagi

usullar mijozning pul mablag‘lari xususidagi ma’lumotlarni

soxtalashtirishi natijasida paydo bo‘ladi. Mazkur guruh-

ga mansub bo‘lgan usullarga quyidagilarni kiritish mum-

kin:

a) hisob-kitoblarning ma’lum qismini naqd pullarda



amalga oshirish va naqd pulda olingan tushumlarni aylan-

ma kassaga kirim qilmaslik.

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati

to‘g‘risida»gi qonunining 7-moddasi 3-bandiga muvofiq,

soliq to‘lovchilar tomonidan qonunchilikda belgilangan

muddatlarda to‘lanmagan soliqlar soliq organlari tomo-

nidan soliq to‘lovchining hisob-raqamidagi pul mablag‘lari

hisobidan inkassa topshiriqnomasi qo‘yish yo‘li bilan undi-

rib olinadi. 

Ayrim korxonalar olayotgan tushumlarini soliq organ-

larining inkassa topshiriqnomalari asosida to‘lanishiga yo‘l

qo‘ymaslik maqsadida naqd pulda olingan tushumlarni

aylanma kassaga kirim qiladilar, lekin hisob-raqamiga kirim

qilmaydilar, kassaga kirim qilingan naqd pullar hisobdor

shaxslarga berish, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-

lashish kabi maqsadlarga xarajat qilinadi; 

b) budjetdan qarzdorlik (boqimanda) mavjud bo‘lgan

sharoitda hisob-kitoblarni uchinchi shaxs orqali amalga

oshirish.

Mazkur usuldan foydalanishdan ko‘zlangan maqsad

soliq to‘lovchining joriy hisob-raqamidagi pul mablag‘lari

hisobidan majburiy tartibda undirilishi lozim bo‘lgan soliq

to‘lovlaridan bo‘yin tovlash hisoblanadi. Bunday sharoitda

tovarlarni sotish natijasida olinadigan tushum summasini

soliq organining inkassa topshiriqnomasiga asosan olib

304


305

qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mol yetkazib beruv-

chi xaridordan to‘lov summasini uchinchi shaxsning joriy

hisob-raqamiga o‘tkazishni talab qiladi.

Mazkur usuldan foydalanish ko‘lamini tavsiflovchi ko‘r-

satkichlardan biri – boqimandalar summasi mutlaq miq-

dorining tahlil qilingan davr mobaynida sezilarli ravishda

o‘sishi hisoblanadi. 

Umuman olganda soliq majburiyatlaridan bo‘yin

tovlash usullari umumiy belgilariga ko‘ra aniq guruhlarga

bo‘linadi. Bundan tashqari, har bir soliq turi bo‘yicha

ushbu usullardan foydalanishga xos bo‘lgan xususiyatlar

mavjud bo‘lib, ular, pirovard natijada soliq to‘lashdan

bo‘yin tovlash usullari mohiyatini ochishga xizmat qiladi. 

7.3. SOLIQQA OID QONUNBUZILISHNING OLDINI

OLISH TADBIRLARINING SAMARADORLIGINI

OSHIRISH

Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash jarayonlarining amalda-

gi holatini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, respub-

likamizda bu boradagi qonunbuzarliklar, asosan, qo‘shilgan

qiymat solig‘i, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq

va aksiz solig‘ini to‘lash jarayonida uchramoqda. 2007-yil-

ning 1-yanvar holatiga, davlat budjetiga o‘z vaqtida undiril-

magan soliqlarning 38,7 foizi qo‘shilgan qiymat solig‘ining

hissasiga, 16,0 foizi yuridik shaxslardan olinadigan foyda

solig‘i hissasiga, 12,1 foizi esa aksiz solig‘ining hissasiga

to‘g‘ri keldi

1

. Agarda Rossiya Federatsiyasida o‘z vaqtida



undirilmagan soliq to‘lovlarining tarkibiga nazar solsak:

korxona foydasidan olingan soliq – 43,0%, qo‘shilgan qiy-

mat solig‘i – 28,4%, yo‘l fondiga ajratmalar – 6,7%,

fuqarolardan olingan daromad solig‘i – 3,7%, aksizlar –

1,2 foizni tashkil etgan

2

.



Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, davlatga soliqlarni to‘lash-

dan bo‘yin tovlash natijasida yetkazilgan zararlarning asosiy

qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslarning foy-

O‘zbekiston Respublikaci Davlat soliq qo‘mitasining joriy va yillik hisobot



ma’lumotlari asosida hisoblangan.

Êó÷åðîâ È. È. Íàëîãîâûå ïðåñòóïëåíèÿ. — Ì.: Þðèíôîð, 1997. — Ñ. 40.



306

dasidan olinadigan soliqlarning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu

esa, davlat budjeti daromadlarining shakllanish jarayoniga

bevosita va kuchli salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi, chunki

mazkur soliq turlari bo‘yicha tushumlar summasi davlat

budjeti daromadlarining umumiy hajmida sezilarli salmoqni

egallaydi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha

zararlar summasining katta ekanligi soliq nazoratini yetarli

darajada takomillashmaganligidan dalolat beradi. 

Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, soliq to‘lash-

dan bo‘yin tovlashning quyidagi 2 usuli juda keng tarqal-

gan:

a) tovar tannarxini asossiz ravishda oshirib ko‘rsatish;



b) sotilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan

ishlardan olingan tushum summalarini yashirish.

Mazkur usullardan birinchi navbatda korxonalar foy-

dasidan olingan soliq va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash-

da keng foydalanilmoqda. Bu esa, davlat budjetiga jiddiy

zarar yetkazadi. Chunki qo‘shilgan qiymat solig‘i va kor-

xona foydasidan olingan soliq davlat budjeti daromadlari-

ning umumiy hajmida sezilarli darajada yuqori salmoqni

egallaydi. Xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i O‘zbekiston

Respublikasida Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish-

ning barqarorlik xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy manbalar-

dan biri hisoblanadi.

Qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq ama-

liyotidagi holatlar shuni tasdiqlaydiki, masalan, Fransiyada

qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlash holat-

lari juda keng tarqalgan bo‘lib, bu pirovard natijada soliq

to‘lashdan bo‘yin tovlash miqyosini yalpi milliy mahsulot-

ning 2 foizini tashkil etadigan darajada kengayishiga olib

keldi

1

.



Shvetsiyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning darajasi

yalpi milliy mahsulotning 5 foizini tashkil etadi. Bunda

soliq yukini shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy soliqlar

bo‘lib qo‘shilgan qiymat solig‘i va korxonalar foydasidan

olinadigan soliq hisoblanadi

2

.



Sauvageot G. Precis de fiscalite. — Nathan, 1990. — C. 109.

Am P. La fiscalite en G‘race. — Hachette, 1998, — C. 186.



307

Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha majbu-

riyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlashning keng tarqalgan

usullariga quyidagilar kiradi:

1) Sotilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni schyot-faktu-

ra bilan rasmiylashtirmaslik.

Mazkur usuldan foydalanish soliq to‘lovchilarga tovar-

larni sotish bilan bog‘liq xarajatlarni korxonaning buxgal-

teriya hisobida aks ettirmaslik va buning natijasida qo‘shil-

gan qiymat solig‘ini to‘lamaslik imkonini beradi. Agar sotil-

gan tovarlar schyot-fakturadan foydalanish yo‘li bilan ras-

miylashtirilganida edi, unda qo‘shilgan qiymat solig‘i sum-

masini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirmaslik mumkin

bo‘lmay qolar edi.

2) Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha belgi-

langan soliq imtiyozlaridan noqonuniy tarzda foydalanish

hollari ko‘plab uchraydi. 

Soliq yukini kamaytirish, yuqorida ko‘rib chiqqani-

mizdek, davlat budjetining daromad qismiga kelib tushadi-

gan soliq tushumlarini o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi,

lekin soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash hollariga butunlay

barham berish imkonini bermaydi. Bunga yorqin misol

qilib, Shvetsariya soliq amaliyotini olish mumkin. Shve-

tsariyada qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalardan

olinadigan daromadlar nisbatan belgilangan soliq stavkala-

rini 35 foizgacha kamaytirilishi ushbu daromadlarni soliq

deklaratsiyalarida to‘g‘ri ko‘rsatilishiga olib kelmadi

1

.



Demak, qator rivojlangan mamlakatlarda qo‘shilgan

qiymat solig‘i bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin

tovlash soliqqa oid qonunbuzilishlarning asosiy shakli

hisoblanadi. Shu sababli, ularning qo‘shilgan qiymat soli-

g‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlash usullaridan foydalanish taj-

ribasini o‘rganish amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha

sotilgan mahsulotning tannarxini atayin oshirib ko‘rsatish,

mahsulotlarning bir qismini naqd pulga sotish va tushumni

kassaga kirim qilmaslik ushbu soliq turi bo‘yicha soliq

to‘lashdan bo‘yin tovlashning keng tarqalgan usullaridan

hisoblanadi.

Hofer A. La francale en Suisse — Editions Grounauver. Geneve, 1978. — C.



141.

308

Shunisi xarakterliki, 2004—2006-yillar mobaynida

QQS, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, mol-

mulk solig‘i, aksiz solig‘i bo‘yicha soliq to‘lashdan bo‘yin

tovlash usullarining sonini kamayish tendensiyasi yuzaga

keldi. Bu esa ijobiy holat hisoblanadi.

7.3.1-diagramma

Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning turli usullari orqali davlatga

yetkazilgan zararlar summasining salmog‘i

1

, foizda



O‘zbekiston Respublikaci Moliya vazirligining yillik hisobot ma’lu-

motlari asosida hisoblangan.

Tushumni kamaytirib ko‘rsatish

Mahsulot tannarxini oshirib ko‘rsatish

Mahsulotni tannarxdan past sotish

Kassaga naqd pul tushumlarini kirim qilmaslik

Boshlang‘ich hujjatlarni soxtalashtirish yoki yo‘q qilish

Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan turib tijorat faoliyatini yuritish

Boshqa usullar

Keltirilgan diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinadiki,

mamlakatimizning soliq amaliyotida tushumni kamaytirib

ko‘rsatish, mahsulot tannarxini asossiz ravishda oshirib

ko‘rsatish va naqd pullardagi tushumni kassaga kirim qil-

maslik usullari soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy

usullari hisoblanadi. Buning asosiy sababi shundaki, bi-

rinchidan, mahsulotlarning sezilarli qismi naqd pullarga

sotiladi, naqd pullar soliqdan qochishning qulay vositasi

Ko‘rsatkichlar

Yillar


hisoblanadi; ikkinchidan, mahsulotlarning tannarxini asos-

siz ravishda oshirib ko‘rsatish yuridik shaxslardan olinadi-

gan foyda solig‘i bazasini qisqarishiga olib keladi; uchinchi-

dan, tushumni kamaytirish egri va to‘g‘ri soliqlar sum-

masining kamayishiga olib keladi.

Soliq qonunchiligini buzish holatlarini iqtisodiyot tar-

moqlari bo‘yicha statistik holati shuni ko‘rsatadiki, savdo

sohasida, qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmog‘ida qonun-

buzarliklarning soni yuqori salmoqni egallaydi. Ayniqsa,

savdoda bu ko‘rsatkich juda yuqoridir. Bu holat, avvalo,

savdo operatsiyalari ko‘lamining kengligi va xilma-xilligi


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish