«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/39
Sana22.09.2019
Hajmi0,91 Mb.
#22451
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

lantirish usuliga ko‘ra (majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz

tushumlarini shakllantiradigan to‘lovlarni undirishning

konkret asoslariga ko‘ra (davlat mulkini sotishdan olingan

daromadlar) tasniflanadi.

Soliqlar va soliqsiz to‘lovlarning ko‘pgina o‘xshash to-

monlari bilan birga qator farqli tomonlari ham mavjud.

Pul mablag‘larining muayyan qismi davlat xazinasiga

soliqsiz to‘lovlar tarzida kelib tushadi. Ular soliqlar va

boshqa majburiy to‘lovlar singari davlatning qonun chi-

qaruvchi idorasi tomonidan belgilanadi.

Shu bilan birga soliqlar va soliqsiz to‘lovlar o‘rtasida

muayyan farqlar mavjud. Jumladan, bu farqlarni quyidagi-

lardan iborat deb belgilash mumkin:

259


œ

soliqsiz to‘lovlar soliqlardan farq qilib, ikki tomonla-

ma huquq va burchlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Masalan, faoliyatning muayyan turi bilan shug‘ullanish

huquqini beradigan litsenziyalarni olish maqsadida belgi-

langan to‘lovlarning amalga oshirilishi boshqa shartlar

bajarilgani taqdirda vakolatli ruxsatnomani berishi lozim

bo‘ladi;


œ

soliqlardan farq qilib, soliqsiz to‘lovlar ko‘pchilik hol-

larda majburiy ravishda to‘lanmaydi. Soliq esa uni to‘lash

obyekti mavjud bo‘lganida to‘lanadi;

œ

soliqlardan farq qilib, soliqsiz to‘lovlar muayyan



maqsadga mo‘ljallanadi hamda ana shu maqsadda undan

foydalanish lozim.

Soliqsiz to‘lovlar respublika budjeti va mahalliy budjet-

lar daromadlarida jamlanadi. Ushbu mahalliy soliq va

yig‘imlarning to‘lovchilar doirasi, soliq solish obyektlari,

soliq va yig‘imlar yuzasidan yengillik va imtiyozlar, soliq va

yig‘imni hisoblab chiqish va to‘lash tartiblari mahalliy

hokimiyat idoralarining bevosita o‘zlari tomonidan belgi-

lanadi.

Soliqsiz to‘lovlar hududiy belgisiga ko‘ra: umumdavlat



miqyosidagi va mahalliy to‘lovlarga; shakllanish usuliga

ko‘ra: majburiy va ixtiyoriy; jamlanish usuliga ko‘ra: davlat

budjetida yoki budjetdan tashqari jamlanadigan turlarga

bo‘linadi.

Soliqsiz to‘lovlar undirish asoslariga ko‘ra quyidagi

turlarga bo‘linadi:

œ

tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar. 



Bu to‘lovlarning tabiiy resurslardan tejab-tergab, sama-

rali foydalanishda ahamiyati kattadir;

œ

davlat idoralari tomonidan yuridik va jismoniy shaxs-



larga huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan turli xizmatlar

ko‘rsatishdan olinadigan to‘lovlar. Ular jumlasiga:

œ

tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyat tufayli bojxona ido-



ralariga to‘lanadigan to‘lovlar;

œ

sud va boshqa huquq-tartibot idoralariga murojaat



qilinganda to‘lanadigan davlat boji;

œ

davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, litsenziya (ruxsatnoma)



olish va tovarlar uchun sertifikatlar olishdagi to‘lovlar;

œ

bozorlar, yarmarkalar va boshqa savdo shoxobchala-



ridan olinadigan bir martalik patta to‘lovlari;

260


261

œ

qimmatli qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish, lotereya



o‘yinlarini o‘tkazish uchun to‘lovlar;

œ

davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan



daromadlar;

œ

jarima tarzidagi to‘lovlar (jarimalar, penyalar va bosh-



qalar).

Davlat budjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlat-

ga tegishli bo‘lgan mulklarni sotish va xususiylashtirish

natijasida olingan daromadlarni, davlatning tashqi-iqtisodiy

faoliyatidan olingan daromadlarni va xorijiy davlatlardan

qaytarib bermaslik sharti bilan olinadigan pul mablag‘larini

kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Umuman olganda, soliqsiz daromadlarning zarurligi

quyidagi omillar bilan belgilanadi:

1. Davlatga tegishli mulklardan foydalanish sama-

radorligining pasayishi natijasida davlat sektoriga tegishli

korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida

ularni xususiylashtirishning zarurligi.

Davlat sektoriga mansub bo‘lgan korxonalarning faoli-

yati ko‘pchilik hollarda xususiy sektor korxonalariga nis-

batan samarasiz bo‘ladi. Shvetsiya, Fransiya va Buyuk

Britaniya davlatlarining amaliyotida bunday holatlar bir

necha marotaba kuzatilgan. Masalan, XX asrning 90-yillari

oxirida Buyuk Britaniyada davlat sektoriga mansub bo‘lgan

korxonalarning sezilarli qismi moliyaviy yilni zarar bilan

yakunladi. 1998-yilda eng yirik davlat korxonalaridan biri

«British telekom» xususiylashtirildi. Uning aksiyalarining

bozor bahosi 6,9 mlrd. funt sterlingni tashkil etar edi.

XX asr 90-yillarining ikkinchi yarmida Fransiyada

davlat mulkini xususiylashtirish natijasida 7,0 mln. kishi

aksiyadorlarga aylandi. Umuman olganda, ijtimoiy-iqti-

sodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda

davlat sektorining defitsiti 1999-yilda yalpi milliy mahsu-

lotning 4,5 foizini tashkil qildi.

1

Davlat korxonalarini xususiylashtirish ular faoliyatining



moliyaviy barqarorligini oshishiga, iste’mol bozorini tovar-

lar bilan to‘ldirilishini ta’minlashga, ishsizlik muammosini

hal qilishga hamda o‘rta va uzoq muddatli davriy oraliqlar-

Mariette D. Bercy report azero sur le dossier du Gredit Donciur. // Tribu-



ne. — P., 1998. — Sept., p. 9.

262

da soliq tushumlarini ko‘paytirishga sezilarli darajada hissa

qo‘shadi.

2. Davlat budjeti daromadlarining miqdorini oshirish

zaruriyatining yuzaga kelishi.

Davlat budjeti xarajatlarini sezilarli darajada o‘sishi,

davlatning iqtisodiy xarajatlarini oshirish zaruriyatini paydo

bo‘lishi hukumatga soliqsiz daromadlarni oshirish tadbirla-

rini ishlab chiqarish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ana shu

maqsadda davlatga tegishli mulklarni sotish, davlatga

tegishli xorijiy valutalar va nodir metallarni xorijiy moliya

bozorlarida joylashtirish yo‘li bilan daromadlar olish va

xorijiy tashkilotlarning moliyaviy yordamlarini jalb qilish

zaruriyatini yuzaga keltiradi. Masalan: O‘zbekiston Res-

publikasida hukumatga tegishli oltin-valuta zaxiralarining

ma’lum qismi xalqaro moliya bozorlarida muddatli depozit

shaklida joylashtiriladi va undan foiz ko‘rinishda daromad

olinadi. Bundan tashqari, soliqsiz daromadlardan davlat

budjeti defitsitini kamaytirish maqsadida ham faol tarzda

foydalanish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabridagi 567-sonli

«O‘zbekiston Respublikasining 2004-yilgi davlat budjeti

parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2004-yilda

davlat budjeti defitsitini faqat qadrsizlanmaydigan (noin-

flyatsion) manbalar, shu jumladan, davlat mulkini xususiy-

lashtirishdan olinadigan tushumlar hisobidan moliyalash-

tirishni ta’minlash ko‘zda tutilgan edi.

1

Rivojlangan xorijiy davlatlar ichida Yaponiya soliqsiz



daromadlarning davlat budjeti daromadlarining hajmidagi

salmog‘ining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu ko‘r-

satkich Yaponiyada 15 foizni tashkil etadi. Yaponiya ma-

halliy budjetlari daromadlarining 25 foizgacha bo‘lgan

qismi soliqsiz daromadlardan tashkil topadi. Yaponiya bud-

jet qonunchiligiga muvofiq soliqsiz daromadlar tarkibiga

quyidagi daromadlar kiritiladi:

— ijara to‘lovlari;

— davlatga tegishli yer maydonlari va boshqa qo‘z-

g‘almas mulklarni sotishdan olingan daromadlar;

— jarimalar;

— obligatsiyalarni sotishdan olingan tushumlar;

Soliqlar va bojxona xabarlari. ¹ 4 (496), 2004-y, 23-yanvar.



263

— yutuqli lotereyalarni sotishdan olingan tushumlar;

— o‘tgan yillarda ishlatilmay qolgan budjet mablag‘-

lari.


1

Davlat budjetining soliqsiz daromadlari daromad man-

balari sifatida nobarqaror va doimiy xususiyatga ega bo‘lgan

daromadlar hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchi-

dan, davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni mohiyatiga

ko‘ra nobarqaror jarayon bo‘lib, xususiylashtirishdan oli-

nadigan daromadlarni nobarqaror bo‘lishiga olib keladi;

ikkinchidan, davlatga tegishli oltin-valuta zaxiralarini bozor

stavkalarida joylashtirish natijasida olinadigan daromadlar

joylashtiriladigan moliyaviy aktivlarning miqdoriga va bozor

stavkalarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lganligi sababli ular-

dan olinadigan daromadlarning summasi doimiy ravishda

tebranib turadi; uchinchidan, xorijiy tashkilotlardan va

davlatlardan olinadigan moliyaviy yordamlarning miqdori

ularni beruvchilar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Bu esa ularning miqdorini oldindan belgilash imkonini

bermaydi.

Íàëîãîâûå ñèñòåìû çàðóáåæíûõ ñòðàí. Ó÷. ïîä ðåäàêöèåé Â. Ã. Êíÿçå-



âà, ïðîô. Ä. Á. ×åðíèêà. — Ì.: «Çàêîí è ïðàâî», 1997. — Ñ. 97.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yillik hisobot ma’lumotlari asosi-



da hisoblangan.

100,0


100,0

100,0


100,0

100,0


100,0

X

12,6



17,0

8,8


8,6

4,6


4,5

-8,1


5.1.1-jadval 

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlarining tarkibida 

soliqsiz daromadlarning ulushi

2

(foizda)



Ko‘rsatkichlar

Yillar


2008-yilda

2002-yilga

nisbatan

o‘zgarishi,

punktda

2002


2003

2004


2005

2006


2008 

prog.


Davlat bud-

jeti daromad-

lari – jami

shu jumladan:

— soliqsiz

daromadlar-

ning jami

budjet


daromadlari

hajmidagi

salmog‘i


264

Davlat budjetining soliqsiz daromadlari fiskallik va iqti-

sodiy funksiyalarni bajaradi. Ular daromad manbayi sifati-

da nobarqaror bo‘lib, davlat budjeti daromadlarining umu-

miy hajmida nisbatan kichik salmoqni egallaydi (5.1.1-jad-

valga qarang).

Jadval ma’lumotlarida soliqsiz daromadlarning davlat

budjeti daromadlarining umumiy hajmidagi salmog‘ining

tahlil qilingan davr mobaynida nobarqarorligi kuzatilgan.

Bu esa, soliqsiz daromadlarning mohiyatiga ko‘ra nobar-

qaror daromad manbayi ekanligi bilan izohlanadi.

2002—2008-yillar mobaynida mazkur ko‘rsatkichning

nobarqarorligi kuzatilgan holda uning 2002-yilga nisbatan

8,1 punktga pasayishi yuz bergan. Bu esa, soliqsiz daro-

madlarning soliqli daromadlarga nisbatan davlat budjeti

daromadlarining tarkibidagi o‘rni va ahamiyatining pasayib

borayotganligidan dalolat beradi.

Rivojlangan xorijiy davlatlar budjet amaliyotida ham

soliqsiz daromadlarning ahamiyati juda past. Masalan,

AQSHda soliqsiz daromadlarning Federal budjet daromad-

lari hajmidagi salmog‘i 4 foizdan oshmaydi.

1

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar



1. Soliqsiz daromadlarning zarurligi nimada?

2. Soliqsiz daromadlarga qanday daromadlar kiradi?

3. Budjetning soliqsiz daromadlari oldindan rejalashtiriladimi?

4. Soliqsiz daromadlar qanday tartibda turkumlanadi?

5. Mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan yoki xo‘jalik

faoliyatidan olingan daromadlarga nimalar kiradi?

6. Mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkni sotishdan olingan

daromadlarga nimalar kiradi?

7. Soliqlar va soliqsiz to‘lovlarning o‘xshash va farqli tomonlari

qanday?


8. Soliqsiz to‘lovlar qaysi budjetga tushadi?

9. Soliqsiz to‘lovlar undirish asoslariga ko‘ra qanday turlarga

bo‘linadi?

10. Soliqsiz daromadlarning zarurligi qaysi omillar bilan belgi-

lanadi?



Ôèíàíñû. Ó÷. ïîä. ðåäàêöèåé Ë. À. Äðîáîçèíîé. — Ì., ÞÍÈÒÈ,



2003. — Ñ. 125.

265

5.2. SOLIQSIZ DAROMADLARNING DAVLAT BUDJETI

DAROMADLARINING HAJMIDAGI O‘RNI VA

DINAMIKASI

Rivojlanayotgan mamlakatlarda

davlat budjetining soliqsiz daro-

madlarini sezilarli qismi xorijiy

mamlakatlardan olingan moliyaviy yordamlardan iborat

ekanligi ushbu mamlakatlarda davlat budjeti daromadlarini

shakllantirishda sezilarli muammolarning mavjudligi bilan

izohlanadi.

Xorijiy moliyaviy yordamlarning aksariyat qismi xalqaro

moliya-kredit tashkilotlari tomonidan beriladi. Bunda

asosiy o‘rinlarni xalqaro valuta fondi (XVF) va Jahon tik-

lanish va taraqqiyot banki (JTTB) egallaydi. XVF rivoj-

lanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam berishda

asosiy e’tiborini mamlakatning to‘lov balansining holatiga

qaratadi. XVF tomonidan ajratiladigan moliyaviy yor-

damlar to‘lov balansi doimiy ravishda defitsitga ega bo‘lgan

mamlakatlarga birinchi navbatda beriladi. 

JTTB rivojlanayotgan davlatlarga moliyaviy yordam

berishda asosiy e’tiborini mamlakat aholisining qashshoqlik

darajasiga qaratadi. Hozirgi kunda Afrikaning Saxara dav-

latidan janubdagi mamlakatlar sayyoramizning eng qash-

shoq mamlakatlari hisoblanadi. Bu yerda mehnatga yaroqli

aholining bir kunlik ish haqi 1 AQSH dollaridan pastdir.

Shu sababli mazkur mamlakatlar bankning moliyaviy yor-

damlarini birinchi navbatda oladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgan

dastlabki paytlardan boshlab, xorijdan mablag‘lar jalb qilish

masalasiga alohida e’tibor berdi.

2006-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra xorijiy mamlakat-

lardan va xalqaro moliya-kredit tashkilotlardan jalb qilingan

mablag‘larning umumiy summasi 1980,5 mln. AQSH dol-

larini tashkil qildi. Shuning 93,6 foizi kredit majburiyatla-

rining hissasiga to‘g‘ri keladi. Jalb qilingan mablag‘larning

qolgan qismi turli shakllarda olingan moliyaviy yordamlar

hissasiga to‘g‘ri keladi.

1

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, mo-



liyaviy yordamlarning miqdori nisbatan kichik bo‘lib, ular

Xorijiy mamlakatlardan

olingan moliyaviy

yordamlar

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma’lumotlari. 2006.



266

davlat budjeti daromadlari nuqtayi nazaridan sezilarli dara-

jadagi amaliy ahamiyatga ega emas.

Budjetning soliqsiz daromadlari

tarkibidagi asosiy daromad tur-

laridan biri – davlatga tegishli

bo‘lgan mulklarni xususiylashti-

rishdan keladigan daromadlar hisoblanadi.

Rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan, MDHga

a’zo mamlakatlarda davlat mulkini xususiylashtirishdan va

sotishdan olingan daromad soliqsiz daromadlar tarkibida

sezilarli salmoqni egallaydi. Mazkur mamlakatlarda ko‘p

ukladli iqtisodiyotni shakllantirish zaruriyati davlat mulkini

xususiylashtirishni dolzarb masalasiga aylantirdi. Xususan,

Rossiya Federatsiyasida 2006-yilda davlat mulkini xususiy-

lashtirish va sotishdan olingan budjet daromadlarining

umumiy summasi 25061,2 mln. rublni tashkil qildi. Bu

summaga munitsipial mulkchilik tasarrufida bo‘lgan davlat

mulkini sotish summasini qo‘shsak, u holda davlat mulki-

dan olgan budjet daromadlarining umumiy summasi

52057,3 mln. rublni tashkil qiladi. Bu summani budjet

daromadlari nuqtayi nazaridan baholash uchun uning soliq-

siz daromadlarining umumiy hajmidagi salmog‘ini o‘rga-

nish kifoya qiladi. Agar 2000-yilda davlat mulkini sotish va

xususiylashtirishdan olingan budjet daromadlari soliqsiz

daromadlarning umumiy hajmidagi salmog‘i 14,0 foizni

tashkil qilgan bo‘lsa, 2005-yilda bu ko‘rsatkich 50,5 foizni

tashkil qildi. 2006-yilga kelib esa mazkur ko‘rsatkich 45,2

foizni tashkil qildi.

1

Keltirilgan ma’lumotlarning tahlilidan ko‘rinadiki, bi-



rinchidan, davlat mulkini sotish va xususiylashtirishdan

olingan daromadlar Rossiya Federatsiyasi davlat budje-

tining soliqsiz daromadlari tarkibida asosiy o‘rinni egallay-

di; ikkinchidan, soliqsiz daromadlarga xos bo‘lgan nobar-

qarorlik ushbu daromad turiga ham xos ekanligi yaqqol

kuzatiladi.

Davlatga tegishli mulklarni sotishda va davlat korxo-

nalarini xususiylashtirishda ushbu korxonalarning davlatga

tegishli bo‘lgan oddiy aksiyalarini sotish muhim o‘rin egal-

laydi. Aksiyalarni sotishda ularning bozor bahosi katta aha-

Davlat mulkini xususiy-

lashtirishdan olingan

daromadlar

Áóðêîâ Ñ. Íåíàëîãîâûå äîõîäû îò ãîññîáñòâåííîñòè è áþäæåòíûé ïî-



òåíöèàë ñòðàíû. // Ðîcñèéñêèé ýêîíîìè÷åñêèé æóðíàë. ¹ 9, 2006. — Ñ. 25.

miyatga ega. Agar oddiy aksiyalarning bozor bahosi yuqori

bo‘lsa, u holda aksiyalarni sotishdan olingan budjet daro-

madlarining miqdori nisbatan katta bo‘ladi. O‘z navbatida,

oddiy aksiyalarning bozor bahosi emitent sof foydasining

miqdoriga bog‘liq: sof foydaning miqdori qanchalik katta

bo‘lsa, ularga to‘lanadigan dividendning miqdori ham

shunchalik yuqori bo‘ladi.

2003—2004-yillarda davlat mulkini xususiylashtirish

dasturiga muvofiq, mazkur davr mobaynida respublikamiz-

da ustav kapitalida davlatning ulushi 25 foizdan 51 foiz-

gacha bo‘lgan 673 ta korxonadagi davlatning ulushi birja va

birjadan tashqari bozorlarda sotilishi mo‘ljallangan. Bu

korxonalarning ichida iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lgan bir

qator yirik korxonalar – «Agama» sanoat korxonasi,

«Jizzaxplastmass» HJ, «Elektrokimyozavodi» HJ, «O‘zbek-

selmash» HJ, «Toshqishloqmash» HJ kabi korxonalar mav-

jud. Ularning ustav kapitalidagi davlatga tegishli aksiyalar-

ning sotilishi davlat budjetining soliqsiz daromadlari haj-

mining oshishiga olib keladi.

2003—2004-yillarda davlat mulkini xususiylashtirish

dasturiga muvofiq, ustav kapitalida davlatning ulushi 51

foiz va undan yuqori bo‘lgan 644 ta korxonaning ustav ka-

pitalida davlatning ulushini qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Shunisi xarakterliki, ko‘pchilik korxonalarning ustav kapi-

talidagi davlatning ulushini 40 foizdan ortiq qismini sotish

ko‘zda tutilgan. Masalan, «Navoimontajavtomatika» DAK-

ning ustav kapitalidagi davlat ulushining 49,0 foizini,

«Andijon bioxim zavodi» HJning ustav kapitalidagi davlat

ulushining 45,0 foizini, «O‘zkimyosanoat» DAKning ustav

kapitalidagi davlat ulushining 49,0 foizini, «Olmaliq tog‘-

metallurgiya kombinati» HJning ustavkapitalidagi davlat

ulushining 46,5 foizini sotish mo‘ljallangan. Mazkur kor-

xonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushining muvaf-

faqiyatli tarzda sotilishi O‘zbekiston Respublikasi davlat

budjetining soliqsiz daromadlari hajmini sezilarli darajada

o‘sishiga olib keladi.

Davlat mulki bilan bog‘liq daromadlarning ikkinchi turi

davlatga tegishli bo‘lgan mulklarni ijaraga berishdan oli-

nadigan daromadlar hisoblanadi. Ijara to‘lovlari shaklidagi

mazkur daromadning miqdori ijaraga beriladigan mulklar-

ning umumiy maydoniga va ijara stavkalariga bog‘liqdir.

Rossiya Federatsiyasida 2001-yilning 1-iyun holatiga,

267


Federal budjetga hisoblangan ijara to‘lovlarining atigi 318,0

ming rubli Federal budjetga kelib tushdi. Holbuki, mazkur

daromad turi bo‘yicha Federal budjetga kamida 5300 mln.

rubl kelib tushishi lozim edi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar

natijasi shuni ko‘rsatadiki, birinchidan, juda katta umumiy

maydonga ega bo‘lgan davlat mulklari bo‘yicha (82,7 kv.

metr) yangi ijara shartnomalari tuzilmagan; ikkinchidan,

to‘lov intizomining yaxshi emasligi sababli 794,9 mln. rubl

miqdoridagi ijara to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarz-

dorlik mavjud; uchinchidan, ijara stavkalari va umuman

ijara to‘lovlari bo‘yicha asossiz imtiyozlar mavjud.

Davlat mulki bilan bog‘liq budjet daromadlarining

uchinchi turi davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar

hisoblanadi. Davlat mulkini sotishda kompaniyaning kapi-

talizatsiya darajasi muhim o‘rin tutadi. Kapitalizatsiya dara-

jasi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlat mulkini sotishdan olin-

gan daromadlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi. Masalan,

bir qator Rossiya Federatsiyasining davlat korxonalarida

2002—2007-yillarda kapitalizatsiya darajasining keskin

pasayishi kuzatilgan. Xususan, «Slavneft» korxonasida

2006-yilda kapitalizatsiya darajasi mavjud 1070,2 mln.

AQSH dollaridan 752,2 mln. AQSH dollariga tushib qol-

gan. Ya’ni, korxonaning kapitalizatsiya darajasi 318,0 mln.

AQSH dollariga pasaygan. Bu esa, korxonaning bozor

bahosini 2006-yilda 25 foizga pasayishiga olib keldi. Ros-

siya Federatsiyasi hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan tek-

shirishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, «Slavneft» shuba kor-

xonalarining aktivlarini boshqa kompaniyalarga o‘tkazib

yuborilganligi natijasida korxonaning kapitalizatsiya darajasi

keskin pasayib ketgan. «Slavneft» korxonasining boshqa

kompaniyalarning balansiga o‘tkazib yuborilgan sof aktiv-

larining miqdori 9213,0 mln. rublni tashkil qildi.

Davlat mulki bilan bog‘liq daromadlarning to‘rtinchi

turi davlatning davlat korxonalarining ustav kapitaliga

qo‘ygan investitsiyalaridan oladigan daromadlari hisoblana-

di. Davlat korxonalarining moliyaviy holati qanchalik bar-

qaror bo‘lsa, ular tomonidan oddiy aksiyalarga to‘lanadigan

dividendlarning darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Rossiya

hukumatiga yirik miqdorda dividendlar to‘lovchi korxo-

nalar bo‘lib RAO «Gazprom», NKA «LUKoyl», NKA

«Rostneft», NKA «Slavneft», AKA «Transneft», AKA

«Transnefteprodukt», RAO «YEES Rossii», OAO «Texsna-

268


269

beksport», AK «Alrosa» va OAO «TVEL» kompaniyalari

hisoblanadi. Ular 2002-yilda davlat tomonidan olingan jami

dividendlarning 68,0 foizini to‘lagan bo‘lsa, 2007-yilga

kelib bu ko‘rsatkich 88,0 foizni tashkil qildi.

Mazkur kompaniyalar moliyaviy holatining barqarorligi

ularning sof foydasi miqdorini katta bo‘lishiga olib keldi.

Natijada, davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalarga to‘g‘ri keladi-

gan sof foyda miqdorining minimal summasi 98712,0 mln.

rublni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi budjet amaliyotida davlat

mulkini xususiylashtirish bilan bog‘liq daromadlarning

amaldagi holatini tahlili (5.2.1-jadval) 2003-yilni hisobga


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish