«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/39
Sana22.09.2019
Hajmi0,91 Mb.
#22451
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

uchun belgilangan muddatda taqdim etadilar. 

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni yuridik

shaxslar quyidagi tartibda to‘laydilar:

a) mikrofirma va kichik korxonalar – yilning har cho-

ragida, hisobot davridan keyingi oyning 25 kunidan kechik-

tirmay;

Soliqni hisoblab



chiqarish va budjetga

to‘lash tartibi



b) mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydi-

gan boshqa soliq to‘lovchi yuridik shaxslar – har oyda,

hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay.

Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish bilan

shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar yiliga bir marotaba,

keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay davlat soliq xiz-

mati organlarining xabarnomasi bo‘yicha hisob-kitobni

ularga taqdim etadilar va yer qa’ridan foydalanganlik uchun

soliqni to‘laydilar.

Yuridik shaxslarning yer qa’ridan

foydalanganlik uchun soliq bo‘-

yicha hisob-kitoblari buxgal-

teriya hisobi budjetga to‘lovlar (turlari) bo‘yicha qarzlarni

hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi.

Hisoblab yozilgan soliq summasi buxgalteriyada quyi-

dagicha aks ettiriladi:

— davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘ining

debeti;


— budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish

hisobvarag‘ining krediti.

Budjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks

ettiriladi:

— budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish

hisobvarag‘ining debeti;

— pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘ining

krediti.


Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari

to‘langan holda, boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarz

bo‘lmagan taqdirda, ushbu summalar soliq to‘lovchiga

uning yozma arizasiga ko‘ra o‘ttiz kun ichida qaytariladi

yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga qayd etiladi.

Mavzuga doir masalalar

1-masala. Neft qazib oluvchi korxona hisobot davrida

1600 tonna neft qazib olgan. Korxona qayta ishlash uchun

1600 ming so‘mga (QQS va aksiz solig‘isiz) realizatsiya qil-

gan. Korxonaning hisobot davrida to‘lashi lozim bo‘lgan

yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasini

aniqlang.

Yechilishi:

1. Neft mahsulotlarini qayta ishlashdan olingan haqi-

qatda sotilish qiymatidan 20,0% da to‘lanishi belgilangan;

220


Soliqni buxgalteriyada

hisobga olish tartibi



2. Neft mahsulotlarining qayta ishlashdan olingan mah-

sulotning haqiqatda sotilish qiymati va belgilangan soliq

stavkasidan kelib chiqib yer qa’ridan foydalanganlik uchun

soliq summasini hisoblaymiz:

1600 x 20% = 320,0 ming so‘m. 

2-masala. Ko‘mir qazib oluvchi korxona hisobot davri-

da 1900 tonna ko‘mir qazib olgan va uning 45 foizini 8400

ming so‘mga realizatsiya qilgan. Korxonaning to‘lashi

lozim bo‘lgan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq sum-

masini hisoblang.

3-masala. Korxona hisobot davrida 2500 tonna temir

rudasini qazib olib, uning bir qismini 1300 ming so‘mga

QQS bilan realizatsiya qilgan. Korxonaning to‘lashi lozim

bo‘lgan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasini

hisoblang.

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar

1. Yer qa’ridan foydalanganda soliqqa tortishning zarurligi nima-

da?


2. Bonuslar nima?

3. Rentals nima?

4. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumi asosan qaysi

yerosti qazilma boyliklari hissasiga to‘g‘ri keladi?

5. Respublikamizda eng yirik soliq to‘lovchilar jumlasiga qaysi

korxonalar kiradi?

6. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumining asosiy

qismi respublikamizning qaysi hududlari hissasiga to‘g‘ri keladi? 

7. Yer qa’ridan foydalanganda soliqqa tortish obyekti va bazasi

qanday aniqlanadi?

8. Qaysi mezonlar asosida soliq stavkalari tabaqalashtiriladi?

9. Hozirgi vaqtda yer osti qazilma boyliklarining nechta turiga

nisbatan soliq stavkalari belgilangan?

10. Soliq kodeksida yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan

imtiyozlar ko‘zda tutilganmi?

11. Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish bilan shug‘ul-

lanuvchi jismoniy shaxslar qanday tartibda soliq majburiyatlarini

amalga oshiradilar?

III bob bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1.1., 1.2., 1.7., 1.10., 1.11., 1.12., 1.13., 1.14., 1.15., 1.17.,

1.18., 1.19., 1.20., 1.21., 1.22., 1.24., 2.1, 2.2., 2.8., 3.1., 3.3.,

3.4., 3.12., 3.14., 3.16., 3.18., 3.24., 3.26., 3.41., 4.15., 4.21., 5.5.,

5.6., 6.3., 6.13., 6.15.

221


IV  B O B. JISMONIY SHAXSLARNI

SOLIQQA TORTISH

4.1. JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN 

MOL-MULK SOLIG‘I

Soliq kodeksiga ko‘ra soliq soli-

nadigan mol-mulkga ega bo‘lgan

jismoniy shaxslar, chet el fuqaro-

lari, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil

etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxs-

larning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilari bo‘lib

hisoblanishadi.

Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hudu-

dida joylashgan uy-joylari, kvartiralari, chorbog‘ va bog‘

uylari, garajlar va boshqa imoratlari, binolar va inshootlari

qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini inventarizatsiya qi-

lish qiymati soliq solish bazasi bo‘lib hisoblanadi. Agar jis-

moniy shaxslarning mol-mulkini bahosi tegishli vakolatli

idoralar tomonidan aniqlanmagan bo‘lsa, bunday holatda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan mol-

mulkning shartli qiymati belgilanadi hamda o‘rnatilgan

stavkalar asosida soliqqa tortiladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mul-

kiga soliq stavkalari O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti qarori

bilan belgilanadi, ularni soliq to‘lovchilarga Moliya vazirli-

gi, Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomo-

nidan belgilangan tartibda bildiriladi. Soliq stavkalari har

yili keyingi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va

davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidaga qarori asosida qayta

ko‘rib chiqilishi mumkin.

2009-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar mol-mulk soli-

g‘ining stavkalari 4.1.1-jadvalda belgilangan.

Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‘yicha te-

gishli organlar tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiy-

mati bo‘lmasa soliq undirish uchun Toshkent shahri va

222


Soliq to‘lovchilar, 

soliq obyekti va bazasi

Soliq stavkalari va

soliq imtiyozlari



223

viloyat markazlarida – 2100,0 ming so‘m, boshqa shahar-

lar va qishloq joylarda – 920,0 ming so‘m miqdoridagi

mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi. Jismoniy

shaxslarning mol-mulklari texnik inventarizatsiyalash byu-

rosi (TIB) xodimlari tomonidan baholanadi.

Mulkida soliq solinadigan mol-mulk bo‘yicha pensio-

nerlar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan

eng kam miqdor umumiy maydonining 60 kv. metri hajmi-

da belgilanadi.

Soliq qonunchiligiga ko‘ra quyidagi jismoniy shaxslar-

ning mulkida bo‘lgan imoratlari, binolari va inshootlariga

soliq solinmaydi:

a) O‘zbekiston Qahramoni, Sobiq Ittifoq Qahramoni,

Mehnat qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala

darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning;

b) ikkinchi jahon urushi yillaridagi urush qatnashchilari

va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar

va davlat xavfsizligi organlari tarkibida xizmat qilgan shaxs-

larning, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar,

shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlarni egallagan

shaxslar, Leningrad shahri qamalida bo‘lganlarning va kon-

sentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari, xizmatni

Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib

borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shin-

larning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy

xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan

harbiy xizmatga majburlarning;

d) o‘n nafar va undan ortiq farzandi bor ayollarning;

e) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda

Turar joylar, kvartiralar, dala hovli

va bog‘ uychalari, garajlar va boshqa

imoratlar, xonalar va inshootlar

ularning qiymatidan kelib chiqib

4.1.1-jadval

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i 

STAVKALARI

1

Mol-mulkning inventarizatsiya



qiymatiga nisbatan soliq stavkasi

Soliqqa tortish obyekti

0,5



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son-



li qarori.

ishtirok etganlik uchun imtiyozlar olayotgan fuqarolarning

(shu jumladan, u yerga vaqtincha yoki xizmat safariga

yuborilgan fuqarolarning);

f) soliq solinmaydigan maydon o‘lchami doirasida pen-

sionerlarning, shuningdek, I va II guruh nogironlarining;

g) muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila

a’zolarining — xizmatni o‘tash davrida;

h) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador,

kontuziya bo‘lganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoki

frontda bo‘lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok

bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa tur-

mush qurmagan rafiqalarining (erlarining);

Yuqorida nazarda tutilgan imtiyozlar mol-mulk egasi-

ning tanlashiga binoan, imtiyoz olish huquqini beruvchi

zaruriy hujjatlar soliq organlariga taqdim etilganda, mol-

mulkning faqat bir obyektiga taalluqli bo‘ladi. Bunda mol-

mulk imtiyoz oluvchining mulki bo‘lgan hollardagina

taqdim etiladi.

Yil davomida to‘lovchilarda mol-mulk solig‘i bo‘yicha

imtiyozga ega bo‘lish huquqi paydo bo‘lgan taqdirda ular

ko‘rsatilgan to‘lovlardan ana shu huquq paydo bo‘lgan

oydan boshlab ozod etiladilar.

Yil o‘rtasida mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqi-

ni yo‘qotganda soliq solish ushbu huquq yo‘qolgan oydan

keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslarning mol-

mulkiga solinadigan soliq davlat

soliq xizmati organlari tomo-

nidan hisoblab chiqariladi.

Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqiga ega

bo‘lgan shaxslar zarur hujjatlarni davlat soliq xizmati organ-

lariga taqdim etadilar.

Imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i

ularning har yil 1-yanvardagi holati yuzasidan texnik inven-

tarizatsiyalashning hududiy kadastr byurolari taqdim etadi-

gan inventarizatsiya qiymatiga doir ma’lumotlar asosida

hisoblab chiqariladi, bunday ma’lumotlar bo‘lmagan taq-

dirda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan

belgilangan mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.

Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy

mulki bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-

mulk solig‘i har bir mulkdor tomonidan ushbu imoratlar,

224

Soliqni hisoblab chiqarish



va budjetga to‘lash

tartibi


binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda

to‘lanadi. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha

soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan keyingi yilning

boshidan e’tiboran to‘lanadi.

Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulkdan soliq merosxo‘r-

lardan meros ochilgan paytdan boshlab undiriladi. Mol-

mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo‘lgan hollarda mol-

mulk solig‘i undirish ular yo‘q qilingan yoki butunlay vay-

ron bo‘lgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi.

Mol-mulkka mulk huquqi taqvimiy yil davomida bir

mulkdordan boshqasiga o‘tganda soliqni birinchi mulkdor

o‘sha yilning 1-yanvaridan bu mol-mulkka mulk huquqini

yo‘qotgan oyning boshigacha to‘laydi, yangi mulkdor esa

mulk huquqini qo‘lga kiritgan oydan e’tiboran to‘laydi.

Taqvimiy yil davomida imtiyozga ega bo‘lish huquqi

paydo bo‘lgan taqdirda mol-mulk solig‘i ana shunday

huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran qayta hisoblab chiqi-

ladi.


Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarno-

malari to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlari tomo-

nidan har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi. Hisob-

langan yillik soliq miqdori teng ulushlarda ikki muddat-

da — 15-iyun va 15-dekabrdan kechiktirmay mahalliy bud-

jetga to‘lanadi.

Agar soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha summalar

to‘langan bo‘lsa, soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzlar mavjud

bo‘lmasa, ushbu summalar uning yozma arizasiga ko‘ra

o‘ttiz kun ichida soliq to‘lovchiga qaytariladi yoki bo‘lg‘usi

to‘lovlar hisobiga qayd etiladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

to‘lovchilari hisobi davlat soliq xizmati organlari tomonidan

har bir yilning 1-yanvaridagi holat bo‘yicha shahar va

tumanlar bo‘yicha, texnik inventarizatsiyalash hududiy ka-

dastr byurosida mavjud bo‘lgan imoratlar egalari to‘g‘risida-

gi ma’lumotlarga binoan o‘tkaziladi.

Mavzuga doir masalalar

1-masala. Fuqaro Safarov Sherzod Toshkent shahar

Yunusobod tumani S-2, 24-uydan xarid qilgan 4 xonali

kvartirasining texnik inventarizatsiyalash byurosi tomo-

nidan narxlangan bahosi 1850 ming so‘mni tashkil etadi.

Mol-mulk solig‘i summasini hisoblang?

225


8—4777

226

2-masala. Fuqaro Safarov Shohruh 2008-yil sentabr

oyida Toshkent shahar, Chilonzor tumanidan 4,0 sotix

maydonga ega bo‘lgan turar joy sotib oldi. Sotib olingan

turar joyning texnik inventarizatsiyalash byurosi xodimlari

tomonidan narxlangan qiymati 2450 ming so‘mni tashkil

etadi.

Mol-mulk solig‘i summasini hisoblang va fuqaro Safarov



Shoxrux 2008-yil uchun qancha miqdorda soliq to‘lashi lozim

bo‘ladi?


3-masala. Fuqaro Safarov Sanjar 2008-yilda o‘z shaxsiy

avtomashinasi uchun garaj sotib oldi. Garajning narxlangan

qiymati 1480 ming so‘mni tashkil etdi. 

Fuqaro Safarov Sanjar qancha miqdorda mol-mulk soli-

g‘ini to‘lashi lozim?

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar

1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘ining

to‘lovchilari kimlar?

2. Jismoniy shaxslarning qanday mol-mulklari soliq solish

obyekti va bazasi hisoblanadi?

3. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari

kimning qarori bilan belgilanadi?

4. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i stavkasi 2008-yilda necha

foiz qilib belgilangan?

5. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‘yicha inventariza-

tsiya qiymati bo‘lmasa soliq undirish qanday tartibda amalga oshiri-

ladi?

6. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i summasi qaysi davlat



organi tomonidan hisoblab chiqariladi?

7. To‘lov xabarnomasi qaysi muddatgacha uchastka soliq

inspektorlari tomonidan soliq to‘lovchilarga yetkaziladi?

8. Mol-mulk solig‘idan kimlar ozod etiladi?

9. Pensionerlarning necha kvadrat metr mol-mulki qiymati

soliqqa tortilmaydi? 

10. Yillik hisoblangan mol-mulk solig‘i qaysi muddatda budjetga

to‘lanadi?



4.2. JISMONIY SHAXSLARDAN

OLINADIGAN YER SOLIG‘I

Soliq kodeksiga ko‘ra o‘z mulki-

da, egaligida, foydalanishida

yoki ijara huquqi asosida yer

uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek,

yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzil-

gan dehqon xo‘jaliklari yer solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib

hisoblanishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qora-

qalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy dav-

lat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer

uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga

tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy

shaxslarga yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan

imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarni

taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi.

Jismoniy shaxslarning quyidagi yer uchastkalari soliq

solinadigan obyekt hisoblanadi:

œ 

dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiri-



ladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

œ 

yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib



qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchast-

kalari;


œ 

jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini

yuritish uchun berilgan yer uchastkalari;

œ 

xizmat yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq berilgan



chek yerlar;

œ 

meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi



natijasida uy-joy, dala hovli bilan birgalikda egalik qilish

huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;

œ 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib



olingan yer uchastkalari;

œ 

tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foy-



dalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Soliq kodeksiga ko‘ra ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan

huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi

organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumot-

nomalari soliq solinadigan baza bo‘lib hisoblanadi.

Jismoniy shaxslardan undiriladi-

gan yer solig‘i stavkalari O‘zbe-

227


Yer solig‘ini to‘lovchilar,

soliq obyekti va bazasi

Yer solig‘i stavkalari va

soliqdan imtiyozlar



kiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi va

soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda

xabar qilinadi.

Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jis-

moniy shaxslardan yer solig‘i uch baravar miqdorida

undiriladi. 

Jismoniy shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer

solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan), davlat hokimiyati organ-

lari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha yer

uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy shaxslar uchun 1,5

koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi. Davlat hokimiyati

organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha foy-

dalaniladigan yerlar uchun yuqorida ko‘rsatilgan koeffi-

tsientni qo‘llagan holda yer solig‘i to‘lanmagan taqdirda

soliq to‘lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq

moliyaviy jazo choralari qo‘llanadi.

Davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan yer

uchastkalari maydoni yer berish to‘g‘risida davlat hokimi-

yati organlarining qarori, yerga egalik qilish yoki undan

foydalanish huquqi uchun davlat dalolatnomasi, yerni ijara-

ga olish shartnomasi, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni

ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma va yer

uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan boshqa hujjat-

larga ko‘ra belgilanadi. 

Yer uchastkasiga nisbatan mulk, egalik qilish yoki

undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud

bo‘lmasa, soliq butun maydon uchun yuqorida ko‘rsatilgan

oshirish koeffitsientlarini qo‘llagan holda to‘lanadi.

Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan

yer uchastkalaridan soliq korxonalar, muassasalar va tash-

kilotlar uchun tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.

Jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini hisoblab chiqarish

do‘konlar, oshxonalar, ustaxonalar va tadbirkorlik faoliyati-

da foydalaniladigan boshqa obyektlar uchun foydalaniladi-

gan yer uchastkalari uchun amalga oshiriladi.

Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagi jismoniy shaxslar yer

solig‘idan ozod qilinadilar:

œ 

yaylov chorvachiligining cho‘ponlari, yilqiboqarlari,



mexanizatorlari, veterinar vrachlari va texniklari, boshqa

mutaxassislari va ishchilari;

228


œ 

O‘zbekiston Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni,

Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar,

uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlar, ikkin-

chi jahon urushi yillaridagi urush nogironlari va qatnash-

chilari;


œ 

xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar

harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha

bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida

o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inla-

riga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;

œ 

haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy



xizmatchilarning oilalari — xizmat muddatiga;

œ 

I va II guruh nogironlari;



œ 

yolg‘iz pensionerlar. Soliq solish maqsadlari uchun

yolg‘iz pensionerlar deganda bir o‘zlari yoki voyaga yetma-

gan bolalari yoki nogiron bolasi bilan birgalikda alohida

uyda, kvartira yoki yotoqxonada yashaydigan pensionerlar

tushuniladi;

œ 

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Soliq solish



maqsadlarida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar

deganda ota-onadan biri yoki ikkalasi vafot etgan hamda

oilada 16 yoshga yetmagan 5 va undan ortiq bola bo‘lgan

oilalar tushuniladi;

œ 

Chernobil AESdagi falokat oqibatlarini tugatishda



ishtirok etgan shaxslar;

œ 

ko‘chirib keltirilgan fuqarolar kelib joylashgan yer



uchastkalari bo‘yicha — yer uchastkalari berilgan vaqtdan

e’tiboran besh yilga;

œ 

shaxsiy pensiya tayinlangan shaxslar;



Yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozlar yer uchastkalari yakka

tartibda uy-joy qurilishi va shaxsiy yordamchi xo‘jalik

(dehqon xo‘jaligi) yuritish uchun qonun hujjatlarida nazar-

da tutilgan me’yorlar doirasida taqdim etilgan jismoniy

shaxslargagina tatbiq etiladi.

Yer solig‘i to‘lanmaydigan yer uchastkalarining may-

donlari yer uchastkasiga huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarga

binoan qabul qilinadi.

Imtiyoz huquqi yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan

shaxslar yashaydigan va birgalikda xo‘jalik yuritadigan

butun oilaga tatbiq etiladi.

229


Jismoniy shaxslar uchun yer

solig‘ini davlat soliq organlari-

ning xodimlari hisoblab chiqaradi. Davlat soliq xizmati

organlari yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari yoki yer-

dan foydalanuvchilar yoki ijarachilar bo‘lgan jismoniy


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish