«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana22.09.2019
Hajmi0,91 Mb.
#22451
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

aniqlanadi?

8. Yalpi tushum tarkibidan nimalar chegiriladi?

9. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq

to‘lovi stavkalari 2008-yilda qanday belgilangan? 

10. Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida tabaqalashtirilgan? 

11. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yagona soliq

to‘lovi qaysi muddatlarda to‘lanadi?

3.2.3. Yagona yer solig‘i

1999-yilda qishloq xo‘jalik kor-

xonalarini soliqqa tortish tizimi-

da tub o‘zgarishlar yuz berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-ok-

tabrdagi «Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar

uchun yagona yer solig‘ini joriy etish to‘g‘risida»gi PF-

2086-sonli farmoniga muvofiq 1999-yilning 1-yanvaridan

boshlab qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun

yagona yer solig‘i joriy etildi.

Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun

yagona yer solig‘ini joriy etilishi, o‘z navbatida ularni

quyidagi soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan ozod qildi:

— foyda solig‘i;

— qo‘shilgan qiymat solig‘i;

— ekologiya solig‘i;

— suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

— yer solig‘i;

— yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

— mol-mulk solig‘i;

— obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan-

tirish solig‘i;

109


Yagona yer solig‘ining

joriy etilishi va ahamiyati



— boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar.

Yagona yer solig‘i to‘lovchilari hisoblangan qishloq

xo‘jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona

to‘lovlari, davlat boji, litsenziya yig‘imlari, budjetdan tash-

qari fondlarga ajratmalar, shuningdek, aksizosti mahsulot-

larga aksiz solig‘ini to‘lashning amaldagi tartibi saqlab

qolindi.

Yagona yer solig‘ini joriy qilishdan maqsad qishloq

xo‘jalik yerlaridan foydalanish samaradoriligini oshirish,

qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarini mehnatining

pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchay-

tirish, qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa tortish tizimini

soddalashtirish va bir xillashtirishdan iboratdir.

Mazkur soliqning amalga kiritilishi qishloq xo‘jaligi

tovar ishlab chiqaruvchilarni tasarrufidagi yerlaridan yana-

da oqilona foydalanishga da’vat etadi, chunki har bir gek-

tar yer maydoni uchun undan daromad olish yoki daromad

olmaslik holatidan qat’i nazar belgilangan miqdordagi soliq

summasini to‘lash lozim bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun

yagona yer solig‘ining joriy etilishi soliqqa tortish tizimida

uning amal qilishi jarayonini yanada takomillashtirishdan

dalolat beradi. Soliqqa tortishning ushbu tizimi xo‘jaliklar

hisobchilarining soliqlarni hisoblash va to‘lash borasidagi

ishlarini keskin kamaytirdi. Ilgari qishloq xo‘jalik korxo-

nalari o‘nlab turdagi soliqlar va yig‘imlarni to‘lashardi. Agar

ayrim soliq turlarining har oyda va har yilning har choragi-

da to‘lanishini hisobga oladigan bo‘lsak, unda ayrim

xo‘jaliklar davlat soliq organlariga soliqlar bo‘yicha 30 dan

ortiq hisob-kitoblarni taqdim etishi, bir yilda ana shuncha

to‘lov topshiriqnomalarini to‘ldirishi kerak bo‘lar edi.

Endilikda esa xo‘jaliklar bir yilda bir marta bir turdagi soliq

summasini hisoblab chiqishadi.

Qishloq xo‘jaligi tovari ishlab

chiqaruvchi korxonalar hamda

qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi

ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining

tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining

o‘quv-tajriba xo‘jaliklari yagona yer solig‘ining to‘lovchilari

bo‘lib hisoblanishadi.

Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagi shartlarga javob bera-

digan yuridik shaxslar – soliq solish maqsadida qish-

110

Yagona yer solig‘i



to‘lovchilari, soliq

obyekti va soliq bazasi



loq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar tarkibiga kira-

di: 


— yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘ja-

ligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur

mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foy-

dalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini

yetishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar;

— qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat

hokimiyati organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan tar-

tibda berilgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxs-

lar;

— qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi



yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi rea-

lizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq

xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi

mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida

kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.

O‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari hamda yuridik shaxs

tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon

xo‘jaliklari yagona yer solig‘ini to‘lovchilari hisoblanish-

maydi.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‘zlari ish-



lab chiqargan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqa-

rish va qayta ishlash bo‘yicha mazkur faoliyat turidan

yagona yer solig‘ini to‘laydilar va ular boshqa soliqqa tor-

tish tizimini tanlash huquqiga ega emaslar. 

Yagona yer solig‘ini to‘lovchi hisoblangan qishloq xo‘ja-

ligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona bojlari, dav-

lat bojlari, litsenziya yig‘imlari, davlat maqsadli jamg‘ar-

malariga ajratmalarni to‘lashning amaldagi tartibi saqla-

nadi.

Agar yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar



ishlab chiqaruvchilari o‘zlari ishlab chiqargan qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash

bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ul-

lansalar, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat

turlari bo‘yicha shu toifadagi to‘lovchilar uchun amaldagi

qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashga

majburdirlar. Bunda, agar qishloq xo‘jaligi tovar ishlab

chiqaruvchilari mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga

kirsa, faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha (savdo va umu-

miy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan soliqlar va

111


yig‘imlar to‘lanadigan savdo va umumiy ovqatlanishdan

tashqari) ular faoliyatning mazkur turi uchun nazarda tutil-

gan yagona soliq to‘lov yoki umumbelgilangan tartibda

soliqlar to‘laydilar.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan

yerlar ijaraga (shu jumladan, ichki xo‘jalik pudratiga) beril-

ganda ijaraga beruvchida ijaraga berilgan yerlar bo‘yicha

yagona yer solig‘ini to‘lash majburiyati saqlanib qoladi. 

Qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilish, foy-

dalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi maydoni

yagona yer solig‘i solish obyekti hisoblanadi.

Soliq solinadigan yer uchastkalarining normativ qiymati

soliq solinadigan baza hisoblanadi. Agar normativ qiymat

belgilanmagan bo‘lsa, unda soliq solinadigan baza bo‘lib

qishloq xo‘jaligi tovari ishlab chiqaruvchilarning soliq soli-

nadigan yer uchastkalari maydoni hisoblanadi.

Soliq solinadigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, yer

uchastkalarining joylashishi, tuproq boniteti va yer mulki-

ning boshqa tavsiflari yer kadastri ma’lumotlari bo‘yicha

qabul qilinadi.

Soliq qonunchiligiga ko‘ra soliq

solinmaydigan yer uchastkalariga

quyidagi yerlar kiradi:

a) qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi

yerlari;

b) ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; 

d) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari,

suv havzalari, sportning texnik turlari obyektlari va boshqa

jismoniy tarbiya — sog‘lomlashtirish komplekslari, onalar

va bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirish joylari, sana-

toriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o‘quv-mashq

bazalari egallagan yerlar;

e) yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini

yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug‘oriladigan yerlar —

loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar bosh-

langanidan e’tiboran ko‘pi bilan besh yilga. Agar loyihada

yerlarni o‘zlashtirish va meliorativ ishlarni amalga oshirish

muddatlari ko‘rsatilmagan yoki yer uchastkasi boshqa mud-

datlarda topshirilgan bo‘lsa, yer uchastkasi uchun soliq

meliorativ ishlar va yangi yerlarni o‘zlashtirish ishlari baja-

rilgan yillar uchun to‘lanmaydi, lekin u 5 yildan oshmasli-

gi kerak;

112

Soliqdan imtiyozlar



f) ta’lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash obyektlari band

etgan yerlar;

g) yangi tut ko‘chatlari ekilgan yerlar, qator oralaridan

qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan

qat’i nazar, uch yil muddatga. Shu munosabat bilan bahor-

da ekilgan tut ko‘chatlari ekilgan yilni hisoblaganda uch

yilga soliq to‘lashdan ozod etiladi, kuzda ekilgan ko‘chatlar

esa ularni ekishdan keyingi yildan boshlab uch yilga soliq

to‘lashdan ozod etiladi;

h) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga

molik va o‘rmon fondidagi yerlari, qishloq xo‘jaligi va o‘r-

mon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda

o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-

tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy va o‘quv maqsadlari

uchun foydalaniladigan yerlari;

i) yangi barpo etilgan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab

chiqaruvchilari, shu jumladan, fermer xo‘jaliklari, davlat

ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil muddatga;

j) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga

muvofiq soliq solinmaydigan boshqa yerlar.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga soliqdan

imtiyoz belgilanganda ular soliqni ushbu huquq paydo

bo‘lgan oydan boshlab to‘lashni to‘xtatadilar. Soliq im-

tiyozlari bekor qilingan taqdirda ular yer solig‘ini ushbu

huquq bekor qilingan oydan keyingisidan boshlab to‘lashni

boshlaydilar.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab

chiqaruvchilari yagona yer solig‘i

summasini belgilangan shakl

bo‘yicha soliq solinadigan baza-

ga qarab yer uchastkalarining normativ qiymati hamda yer

uchastkalarining maydonidan (yer uchastkasi joylashgan yer

va yer uchastkasining bal bonitetini nazarda tutadigan tuza-

tish koeffitsienti e’tiborga olingan holda belgilangan stavka-

dan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yagona yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joy-

lashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq

davrining 1-mayigacha taqdim etiladi.

Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona

yer solig‘i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan bosh-

lab to‘lanadi. Yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda, yago-

113


Soliqni hisoblash, hisob-

kitoblarni taqdim etish

va to‘lash tartibi


na yer solig‘ini to‘lash yer uchastkasi olib qo‘yilgan oydan

boshlab to‘xtatiladi.

Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida

o‘zgargan, shuningdek, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz-

larga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda,

soliq to‘lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot

yilining 1-dekabrigacha yagona yer solig‘ining aniqlik kiri-

tilgan hisob-kitobini taqdim etishlari lozim bo‘ladi. 

Yagona yer solig‘ini budjetga to‘lash quyidagi muddat-

larda amalga oshiriladi:

— hisobot yilining 1-iyuligacha – yillik soliq sum-

masining 20 foizi;

— hisobot yilining 1-sentabrigacha – yillik soliq sum-

masining 30 foizi;

— hisobot yilining 1-dekabrigacha – soliqning qolgan

summasi.


Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari buxgal-

teriya hisobida yagona yer solig‘i bo‘yicha budjet bilan

hisob-kitobni budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga

olish hisobvarag‘ida yuritadilar.

Globallashuv sharoitida jahon

tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agrar

tarmoqning jadal o‘sishi mam-

lakatda iqtisodiyotning yuksalishi

uchun asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Rivoj-

langan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqa-

ruvchilarining soliqqa tortish tizimi yanada soddalashtiri-

lishga qarab ketmoqda. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida

soliqlar tabaqalashtirilgan bo‘lib, o‘rnatilgan soliqlar soliq

obyektidan yoki daromad olish darajasidan kelib chiqib

budjetga to‘lanadi. Agrar sektorga ma’lum bir imtiyozlar

hamda maxsus soliq rejimi qo‘llaniladi va ular albatta ish-

lab chiqarish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu xusu-

siyatlarga fasllar almashinuvi, tabiiy ob-havo sharoitlarini

misol qilish mumkin. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘ja-

ligi tovar ishlab chiqaruvchilari to‘laydigan soliqlar tarkibi-

ga nazar tashlanganda, ularning turli mamlakatlar miqyosi-

da soliq turlariga qarab soliqlarni tabaqalashganini ko‘rish

mumkin (3.2.3.1-jadval).

Germaniya, Fransiya, Italiyada qishloq xo‘jalik subyekt-

lari hisoblangan fermerlik kooperativlariga korporativ

soliqni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar keng tarqalgan. Rivoj-

114

Qishloq xo‘jalik korxo-



nalarini soliqqa tortishda

xorijiy davlatlar tajribasi



langan davlatlarda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruv-

chilari to‘laydigan yer solig‘i boshqa yuridik shaxslarga nis-

batan ancha past miqdorda belgilangan.

Gollandiyada bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqari-

shida mehnatga qobiliyatli aholining 4 foizigina ishlaydi.

Bu davlatning hududi va aholisi O‘zbekiston bilan solishtir-

ganda bir necha barobarga kam. Tabiiy sharoiti esa qishloq

xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi uchun anchagina

noqulay. Shunga qaramasdan ushbu mamlakat qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyoda

uchinchi o‘rinda turadi. Eksportning yillik hajmi taxminan

35 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.

Jahonda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘ja-

liklari AQSH davlatida mukammal shakllangan deb atash

mumkin. Buning asosiy sabablari, fermer xo‘jaliklariga

yordam dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlashda federal

hukumat yetakchilikni o‘zida saqlab turganligi bilan izoh-

lanadi.


Buyuk Britaniya soliq tizimida fermer xo‘jaliklarini

soliqqa tortish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu mam-

115

* — daromad solig‘iga kiritilgan.



** — yer solig‘iga kiritilgan.

3.2.3.1-jadval

Ayrim rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jalik subyektlari 

to‘laydigan asosiy soliq turlari

Soliq turlari

Daromad solig‘i

Korporativ soliq

Mol-mulk solig‘i

Yer solig‘i

Mahalliy soliqlar

(yer solig‘idan

tashqari)

QQS

Sotuvga soliq



Ijtimoiy to‘lovlar

AQSH


+

+

-**



+

+

-



+

+

Fransiya



+

+

+



+

+

+



-

+

Italiya



+

+

-



-*

+

+



-

+

Buyuk



Britaniya

+

+



+

-

+



+

-

+



Germa-

niya


+

+

-**



+

+

+



-

+


lakatda fermerlar to‘laydigan asosiy soliq turi daromad

solig‘i hisoblanib, u moliya yilida xo‘jalikda hosil qilingan

daromad yoki foydadan belgilangan shkala bo‘yicha undiri-

ladi. Daromad solig‘ini undirish maqsadida fermer xo‘jalik-

lariga beshta soliq shkalasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda yer,

mol-mulklarni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq

solish, o‘rmon xo‘jaliklaridan olinadigan foydaga soliq so-

lish, asosiy faoliyatdan tashqari olingan daromad manbala-

riga soliq solish, ishchi xodimlar va yollanma mehnat qiluv-

chilarning daromadlariga soliq solish jarayonlari aks ettiri-

ladi. Fermer xo‘jaliklari uchun moliya yili 1-apreldan bosh-

lanib keyingi kalendar yilining 31-martida tugaydi. Foyda

solig‘i moliya yil yakuni bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va

hisoblangan soliq summasining 50 foizini 1-yanvarda va

qolgan qismini 1-iyunda budjetga to‘lab beradi. Ya’ni bu

yerda soliqni budjetga undirishda qishloq xo‘jaligining mav-

sumiyligi hisobga olingan.

Mavzuga doir masalalar

1-masala. Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida joy-

lashgan fermer xo‘jaligi 2007-yilda 55,0 ga sug‘oriladigan

yer maydoniga ega. Shundan 35,0 ga ning bal boniteti 6 ka-

li (51–60 ball), 20,0 ga esa 7 kal (61–70 ball) hisoblanadi.

Fermer xo‘jaligining hisobot yilida to‘lashi lozim bo‘lgan

yagona yer solig‘i summasi va uni to‘lash muddatlarini aniq-

lang.

Yechilishi:



1. Yerlarning har bir turi bo‘yicha yagona yer solig‘i

summasi quyidagicha aniqlanadi:

Syayes = Meu x Ssb x Kt,

bu yerda: 

Syayes – yagona yer solig‘i summasi, so‘mlarda;

Meu – yer uchastkasi maydoni, gektarda

Ssb – soliqning bazaviy stavkasi, 1 gektar uchun

so‘mda;


Kt – tuzatish koeffitsienti.

— kali uchun Syayes = 55 x 1188 x 6,54 = 427323,6

so‘m;

— 7 kali uchun Syayes = 20 x 1188 x 9 = 213840 so‘m.



Jami yagona yer solig‘ining summasi 427323,6 +

213840 = 641163,6 so‘m. 

116


2. Yagona yer solig‘i summasi bir yilda ikki marotaba

to‘lanadi:

œ 

1-iyulgacha soliq yillik summasining kamida 20 foizi



miqdorida, ya’ni:

641163,6 x 20 % = 128232,7 so‘m.

œ 

1-sentabrgacha yillik soliq summasining kamida 30%



miqdorida, ya’ni: 

641163,6 x 30% = 192349,08

œ 

1-dekabrgacha soliqning qolgan summasi, ya’ni:



641163,6 – 128232,7 – 192349,08 = 320581,82 so‘m.

2-masala. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanidagi

shirkat xo‘jaligining 2007-yildagi yer maydoni quyidagicha:

1. Sug‘oriladigan yerlar: 

5 kali – (41—50 ball)   — 40 ga

7 kali – (61—70 ball) — 80 ga

8 kali – (71—80 ball) — 120 ga

2. Lalmi yerlar — 485 ga.

3. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer-

lar — 125 ga.

Jami: 850 ga.

Ushbu ma’lumotlarga asosan shirkat xo‘jaligi to‘lashi

lozim bo‘lgan yagona yer solig‘ini hisoblang.

3-masala. 2007-yilda fermer xo‘jaligi foydalanish uchun

100 gektar yer uchastkasi Surxondaryo viloyati, Denov

tumanining sug‘oriladigan yerlarida joylashgan bo‘lib, sifati

jihatidan ball-boniteti 61—70 ga to‘g‘ri keladi.

Soliqning bazaviy stavkasi bir gektar uchun 1476,2

so‘m, 61—70 ball-bonitet uchun koeffitsient 9,00 ga teng.

Aniqlang:

Fermer xo‘jalikning faoliyati natijasiga bog‘liq bo‘lmagan

holda fermer xo‘jaligi qancha yagona yer solig‘i to‘lashi

lozim?

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar



1. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer

solig‘i qachon joriy etilgan. Uning ahamiyati qanday?

2. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer

solig‘ini to‘lashga o‘tishlari bilan ular qanday soliqlar va yig‘imlarni

to‘lashdan ozod etildi?

3. Qanday yuridik shaxslar yagona yer solig‘ining to‘lovchilari

hisoblanadi?

117


4. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari asosiy faoliyatdan

tashqari boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanganda ham yagona yer

solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadimi? 

5. Yagona yer solig‘ining obyekti va bazasi qanday aniqlanadi?

6. Yagona yer solig‘ining stavkalari qaysi mezonlar asosida taba-

qalashtiriladi?

7. Soliq solinmaydigan yer uchastkalariga qanday yerlar kiradi? 

8. Yagona yer solig‘ini to‘lashdan kimlar ozod etiladi?

9. Yagona yer solig‘ini hisoblash tartibini aniqlang.

10. Soliq bo‘yicha hisob-kitoblar qaysi muddatda soliq idorala-

riga topshiriladi?

11. Hisoblangan soliq summalari qaysi muddatda budjetga o‘t-

kaziladi?

12. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini soliqqa tortishda rivojlangan

davlatlar tajribasi qanday?

3.2.4. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha

qat’iy belgilangan soliq

Yuridik shaxsni tashkil etmasdan

tadbirkorlik faoliyati bilan shu-

g‘ullanuvchi jismoniy shaxslar

qat’i belgilangan soliq to‘lov-

chilar hisoblanadilar.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qat’i belgi-

langan soliqni to‘lovchi jismoniy shaxslar soliq qonun-

chiligiga ko‘ra ijtimoiy sug‘urta badallarini, eksport-import

operatsiyalarini bajarganda yagona bojxona to‘lovi, savdo

qilish huquqi uchun yig‘imni, agarda tadbirkorlik faoliyati-

ni amalga oshirishda suv resurslaridan foydalanilsa, unda

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni, bozorlarda

faoliyatini amalga oshirishda savdo joyi uchun to‘lov

(patta)ni, davlat bojlarini to‘laydilar.

Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati

bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun qat’i belgi-

langan soliq stavkalarining aniq miqdorlarini Qoraqalpo-

g‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Tosh-

kent shahar hokimiyatlari tadbirkorlik faoliyatining turi va

faoliyat joyiga (viloyatlardagi shaharlar, tumanlar, shu jum-

ladan, qishloq joylarga) bog‘liq ravishda belgilaydi.

Bunda faoliyatning turli xillari uchun tabaqalashtirilgan

yondashuvni ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Res-

118

Tadbirkorlik faoliyati



bilan shug‘ullanuvchi

jismoniy shaxslarni

soliqqa tortish tartibi


publikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar

hokimiyatlari tomonidan mahalliy sharoitlar va boshqa

mezonlarni hisobga olgan holda qat’i belgilangan miqdor-

larda daromad solig‘i stavkalari belgilanishi mumkin.

Qat’i belgilangan soliqning bazaviy stavkalari va yuridik

shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan

shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan

qat’i belgilangan soliq summasining hisob-kitobi uchun

tuzatuvchi koeffitsientlar O‘zbekiston Respublikasi Vazir-


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish