«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/166
Sana01.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#285666
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   166
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus

Beshinchidan,  O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  
hokimiyatining  tizimini,  uni  tashkil  etishni,  davlat 
organlarining  vakolatlari  va  ishlash  tartibini  belgi-
lovchi konstitutsiyaviy huquqiy normalar. Bu normalar 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi,  uning  organ-
lari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  Vazirlar 
Mahkamasi,  mahalliy  hokimiyat  organlari  asoslarini, 
sud hokimiyati, saylov tizimi, prokuratura organlarining 
faoliyati,  vakolati  va  tuzilishi  asoslarini  belgilab 
qo‘yuvchi  huquqiy  normalardir  (beshinchi  bo‘lim  va 
bu organlar to‘g‘risidagi qonunlar). 
II bob. Konstitutsiyaviy huquq asoslari


69
Ushbu  organlar  ichida  davlat  hokimiyati  vakillik 
organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha huquqiy 
normalar konstitutsiyaviy huquq tarmog‘iga kiradi. 
Lekin,  shuni  ta’kidlash  lozimki,  konstitutsiyaviy 
huquq  predmetiga  konstitutsiyaviy  huquq  normalari-
gina  emas,  balki  shu  huquqiy  normalarning  amalga 
oshirilishi,  ya’ni  ularning  muayyan  ijtimoiy  munosa-
batni tartibga solishi natijasida kelib chiqadigan huqu-
qiy munosabatlar ham kiradi. 
Konstitutsiyaviy  huquq  normalari  jamiyatga  har 
tomonlama  ta’sir  ko‘rsatadi,  ba’zi  bir  organlarga 
harakat  qilish  uchun  huquq  beradi,  boshqalarni  esa 
ma’lum sohada harakat qilishiga majbur etadi. Berilgan 
ushbu  huquq-majburiyatlarni  amalga  oshirish  vaqtida 
davlat organlari bilan jamoat tashkilotlari va fuqarolar 
o‘rtasida huquqiy munosabatlar kelib chiqadi. 
Konstitutsiyaviy  huquq  boshqa  huquq  tarmoqlari-
dan  o‘zining  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solish 
uslubi bilan ham farq qiladi. Huquqning bu tarmog‘ida 
хalq  hokimiyatining  amalga  oshirishning  bir  qancha 
uslublari, хususan, huquq normalarini yaratish, huquq 
subyektlariga  ba’zi  bir  harakatlarni  qilishga  ruхsat 
berish  yoki  man  etish,  ba’zi  bir  harakatlarning  oldini 
olish, ayrimlarini amal qilishdan to‘хtatib qo‘yish kabi 
uslublar  ishlatiladi.  Huquqning  bu  tarmog‘iga  хos 
jihatlardan yana biri davlat tuzilishi va konstitutsiyaviy 
tuzum  asosiy  prinsiplarining  qonunlarda  belgilab 
qo‘yil    ganligidir.
Konstitutsiyaviy huquq huquqiy tarmoqlar tizimida 
yetakchi o‘rinni egallaydi. Uning normalari O‘zbekis  - 
ton  huquqiy  tizimiga  kiruvchi  institutlarning  asosiy-
larini tashkil qiladi va jamiyatdagi boshqa eng muhim 
huquqiy tarmoqlar uchun asos va yo‘nalish bo‘ladigan 
5-§. Konstitutsiyaviy huquq fani 


70
ijtimoiy  munosabatlarni  huquqiy  jihatdan  tartibga 
soladi. Boshqa huquq tarmoqlarining barchasi ijtimoiy 
munosabatlarni  tartibga  solishda  konstitutsiyaviy  hu -
quq  normalari  tomonidan  mustahkamlangan  prinsip - 
larga asoslanadi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq nor - 
malari  jamiyat  konstitutsiyaviy  tuzumining  asosiy 
prinsiplarini, хususan, davlat suvereniteti, хalq hokimi-
yatchiligi, jamiyat ishida konstitutsiya va qonunlarning 
ustunligi kabi prinsiplarni belgilaydi.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining huqu- 
qiy  tizimiga  kiruvchi  qaysi  bir  huquq  tarmog‘ini 
olmaylik,  ular  konstitutsiyaviy  huquq  tarmog‘i  o‘rna-
tadigan  umumiy  prinsiplardan  kelib  chiqadi.  Shuning 
uchun  ham  konstitutsiyaviy  huquq  tarmog‘i  huquqiy 
tizimga kiruvchi yetakchi huquqiy tarmoq hisoblanadi.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish