Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari. Gʻarb mutafakkirlarining pedagogik qarashlari



Download 178,66 Kb.
bet47/102
Sana01.02.2022
Hajmi178,66 Kb.
#424210
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102
Bog'liq
Pedagogika dan mustaqil ishla

17-Mavzu: Ijtimoiy pedagogika
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga 
sabab bo’lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan inson bilimi sohasi sifatida 
nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-
birini to’ldirib kelishadi va voqyelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini 
ko’rsatishadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat 
sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat 
qilishi mumkin. 
O’zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat bo’lgani 
uchun qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining Sharq mutafakkirlari va diniy 
arboblar asarlarida rivojlanishi asoslari mavjuddir. XIX asrda o’zbek 
ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi 
faoliyati ijtimoiy bilimlar uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma’lum bir 
davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to’xtatib 
qo’shildi. bu ish avvaliga inqilobgacha bo’lgan davrda pedagogikadan voz kechish, 
so’ngra ijtimoiy muammolarni ma’lum qilmaslik siyosati bilan amalga oshirilgan 
bo’lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy 
nazariy bilimlar va ijtimoiy –pedagogik faoliyatini o’rganadi, keyinchalik unga 
burjuaziya fani sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX 
asrning 90-yillarida ro’y berdi. Uning qayta “tug’ulishi” ijtimoiy pedagoglarning 
zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy pedagogika fanining 
yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va 
jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, 
byudjetdan pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy 
holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy hayotni 
demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan 
qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi 
davrning nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog’ini bu ikki soha bir-biridan 
alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo’ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida 
shakllanishiga ta’sirini ko’rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to’liq 
qamrab oluvchi ta’rif mavjud emas. 
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” 
tushunchasining o’zi inson faoliyatining obyektiv bilimlarni tizimlashtirish va 
ishlab chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning 
ilmiy mazmuniy jihatini o’rganish “ ijtimoiy pedagogika” atamasining o’ziga 
e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo’lib, ularni bitta sohaga 
birlashtirib turadi. Bu birlashuv tasodifiy emas va fanda tabaqalashuv va 
ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog’liq. Pedagogika fanida 
tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni so’nggi paytlarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir 
ixtisoslashtirilgan sohalar-maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, maxsus pedagogikasi, kasb-xunar pedagogikasi, tarix pedagogikasi mustaqil ilmiy 
sohalarga aylanib bo’lishdi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak 
bo’ladi. Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni jarayoni va hodisalarini o’rganadi dalolat beradi. Biroq ularni muayyan o’ziga xos 
yo’nalishlarda o’rganadi. Bu fanning o’ziga xos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida 
mujassamlashtiilgan. 
“ Ijtimoiy” (lotinchada socialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida 
odamlarning shakllari, ular o’zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq 
barcha narsa tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan 
avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-
tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo’shilishiga bog’liq 
xodisalarni aloxida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan 
ijtimoiy tajribani qo’lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) 
ijtimoiylashuv deyiladi. 
Shunday qilib agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning obyekt 
va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo’lsak quyidagi holat kelib chiqadi. 
Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham obyekti- bu bola, biroq 
o’rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani 
tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa 
bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu 
ikki fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay natijada ularning o’ziga xos
vazifalari tufayli uzoqlashishi ro’y berdi. Umumiy pedagogikaning spesifik 
vazifasi ta’lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogning 
asosiy kasbi hisoblanadi. 
Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni 
o’rganadi, insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini ,nimaga bir 
guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga 
harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, 
uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o’rganadi. Shu bilan birga o’z rivojlanishida 
umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo’ldi. 

Download 178,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish