Sharq mutafakkirlarining axloqiy qarashlari



Download 25,89 Kb.
bet3/5
Sana18.07.2022
Hajmi25,89 Kb.
#821618
1   2   3   4   5
Bog'liq
sharq mutafakkirlarining axloqiy qarashlari

Abu Rayxon Beruniy

O’z davrining qomusiy olimlaridan biri edi. U har qanday qiyinchilikka qаrаmау, insonning buyukligiga, uning aqliga va ulug’vorligiga astoyidil ishondi. Juda ko’p asarlar bitdi, uning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgoliklar», «Hindiston». «Mineralogiya» kabi asarlari komil inson аql zakovati, ma'rifatining еrkin ko’zgusidir.


Abu Rayxon Beruniy o’zining estetik qarashlarida - vоqеа hodisalarning o’zaro bog’liqligi va aloqadorlik manbai, mukammallik va uyg’unlikdir, deb ko’rsatdi. Uningcha hech nimaga muxtoj bo’lmagan yetuk, mukammal deyish mumkin. Beruniy «Hindiston» degan asarida eng ezgu insoniy fazilatlarni aytib o’tadi va quyidagi hikoyani misol keltiradi.
AI - Beruniyning aytishicha, Basrada bir odam bo’lgan еkаn. U har kuni o’zining eng yaxshi kiyimlarini kiyib, eng yaxshi ulovga minib chiqar va har doim kishilarning mushkulini oson qilib berar еkаn. Undan buning boisi so’raganlarida, u aytgan: «Hayotimizning eng totli damlarida men eng go’zal kuусhi, qo’shiqchi ayollarning ohanglarini tinglab turib jomlardan роk sharob sipqorganman. Ularning nafis ovozlari, nodir nag’malari daraxtlar shoxidagi qushlarning sayrashiga monand edi. Ammo o’shanda olgan lazzatlarim, hozir mendan yaxshilk ko’rgan odamlardan qardoshlarim huzurida eshitayotgan minnatdorchilik, shodlik oldida hech narsa emas». Yaratgan asarlarida u har bir inson ezgulikka, go’zallikka intilishi va shu yo’lda harakat qilmogi lozimligini uqtiradi. Ana shunday buyuk zotlardan yana biri A.Rudakiydir.


A.Rudakiy

Bizga ma'lumki fors - tojik adabiyotining ajoyib gullari butun jahonni maftun etgan. Chunki uning chuqur ildizlari xalq og’zaki ijodidan foydalanib, xalq g’oyaalari bilan sug’orilganligidadir.


A.Rudakiy ijodiga nazar tashlar ekanmiz, uning g’azallari, ruboyilaridan dilbar kuyni , pok insoniy sevgini, inson aql-idroki go’zalligini ulug’laganligini ko’ramiz. U ko’zi ojizligiga qaramay, shoir, sozanda va bastakor bo’lgan. A.Rudakiy asarlarida inson aql - zakovatiga ishonch kuchliligi, ana - shu aql zakovatni boyitishga chaqiradi. U hayotni eng yuksak baxt, estetik qimmati jihatidan eng katta boylik deb hisoblaydi.
Rivoyatlardan birida aytilishicha bir vaqt Amir Nasr Hirotga borib, uzoq muddat turib qoladi.
Saroy ahllari, shohni kuzatib borgan ayollar o’z yurtlari Buxoroga qaytishni istaydilar. Lekin hech kim bu haqida amirga og’iz ochishga botina olmaydi. Ular bu ishni shoirdan iltimos qiladilar. Bir kuni ertalab amir ziyofatda ekanligida A.Rudakiy keyinroq, kirib kelib o’z joyiga o’tiradida, qo’liga sozini olib vatanparvarlik hislari bilan o’z jonajon o’lkasiga intizorlik tuyg’ulari bilan tuygan ajoyib she'rini o’qiy boshlaydi.


Muliyoning nizi bu yon keladur,
Mexribon yor hidi bu yon keladur.
Ammo uning qum - toshi oyoq ostida,
Pari sholi rohatijon keladur.


Qanchalik toshsa - da ammo suvlari,
Otimiz konidin tubon keladur.
Ey Buxoro, shod bo’l, ham shod kul,
Sen taraf shoh, shodu- shodmon keladur.

Tog’ etaklaridan shildirib oqib tushayotgan zilol suvdan yoqimli tiniq va ravon, turli - tuman jim - jimador shohda ajib bir hissiyot hosil qiladiki, Amir Nasr irg’ib o’rnidan turadida, etik kiyishni ham unutib, uyda yuradigan kalishlar bilan otga minib Buxoroga yo’l oladi, uning ijodi ana shunday estetik kechinmalar hosil qiladi.


Demak, so’zlar shunday kuchli ta'sir qildiki, «Sangu - sandon» yuraklarni mum kabi yumshatadi.



Download 25,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish