Sharq mutafakkirlarining axloqiy qarashlari



Download 25,89 Kb.
bet2/5
Sana18.07.2022
Hajmi25,89 Kb.
#821618
1   2   3   4   5
Bog'liq
sharq mutafakkirlarining axloqiy qarashlari

Maxmud Qoshg’ariy.

XI asrda yashagan buуuk olim Maxmud Qoshgariyning «Devonu lug’atit turk» (turkiy so’zlar devoni) asari O’rta Osiyo xalqlarining zakovati, donoligi, go’zal hayotdan zavqlana olishini sodda, ta'sirchan she'riy misralarda badiiy ifodalangan. Asarda keltirilgan she'riy parchalar, madhiyalar, marsiya va dostonlarda qabilaviy hayot, ov ovlash, kundalik ovlash, kundalik turmush, mehnat, hayot zavqi o’z ifodasini topgan. Qolaversa, o’tmish avlodlarimizning go’zallik, yaxshilik, mardlik, qahramonlik, do’stlikni sharaflashlari, dushmanga yovuzlikka nisbatan qаhг va g’azablari, nafrat bilan yaqindan tanishar ekanmiz, dilimizda ajib his tuyg’ular tug’yon uradi.


Bu asarning qimmati shundaki, odamlarga yaxshilik qilish, oliyjanob xulq va fazilatlarni egallash, bechora, g’arib mehmonga shafqat, qo`ni-qo’shnilarga muruvvat, do’stlikka rioya qilish, omonatni o’z vaqtida qaytarish, kengash bilan ish tutish, ilm-xikmat o’rganish, donishmandlarni hurmat qilish, shirin so’z va muomalada yoqimli bo’lishga da'vat «Devonu lug’atit turk» asarlarida уаqqol ko’zga tashlanadi
Abu Nasr Farobiy

Sharq falsafiy fikrlarining yirik namoyondalaridan biridir. Uning asarlari: «Fozil shahar aholisining qarashlari» hikmat ma'nolari («Fusus al hakam»). «Ixso al ulum» (ijtimoiy hodisalarga bag’ishlangan) «Baxt saodatga erishuv haqida» «Kitob al musiqiy» (musiqa haqida so’z) «Kalom al musiqiy» (musiqa haqida so’z) «Kitob f-n ixso - il » (ritmlar turkumlari haqida kitob) larini yozgan.


U asrlarida zulm va istibdodga, avlod, jaholat va nodonlikka qarshi chiqdi, odam shaxsining eng yaxshi olijanob xususiyatlari haqida kuyladi, kishilar hayotida adolat o’rnatilishini orzu qildi. Farobiy o’zining asarlarida ideal shaharlaridagi adolatli hayot haqidagi xayoliy tasavvurni boyitdi. Markaziy Osiyo feodalizmi sharoitida birinchi bo`lib tasvirlab bergan edi. Farobiy muzika, poeziyani faqat mutaxassis nuqtai nazardan emas, balki noziktab', san'atning ulkan jozibador kuchini his eta oluvchi kishi sifatida ham o’rgandi. «Bilim kishiga baxt va shodlik keltiradi», deydi mutaffakir, inson bilim orqali o’zida go’zallik va mukammallikni kashf etadi.
Farobiyning fikricha, muzikaning kishilar tuyg’usiga ta'siri, ayniqsa buyukdir. «Bu ilm shu ma'noda foydaliki, bu o’z muvozanatini yo’qotgan odamlar xulqini tartibga soladi, mukammallikka yetmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo’ladigan odamlar xulqining muvozanatini saqlab turadi» deydi.
Olim hatto musiqaning shifobaxsh kuchiga ham ishongan: «Bu ilm kishi salomatligi uchun ham foydalidir» deydi. U yana aytadiki, haqiqiy bilim go’zaldir, deydi.
Farobiy kelajakka va albatta kelajak go’zal jamiyat haqida o’ylaydi. Bu jamiyatda kishilar chinakam baxtli, adolatli va jasur bo’ladilar. Uning g’oyalari tabiiyki, ruhoniylar tomonidan keskin hujumga uchradi. X asrda sharqda «Ixfon as safo» nomli yashirin tashikilot ish ko’rgan. Bu jamiyatning a'zolari falsafiy va ilmiy bilimlarni tarqatish bilan shug’ullanganlar va shu orqali o’zlari yashagan jamiyatning illatlariga qarshi kurashganlar. Ushbu davrning progressiv kishilari ilmning turli sohalariga, jumladan matematika, tabiatshunoslk, falsafa va boshqa fanlarga doir qarorlarini bildirganlar. Shu o’rinda ularning san'at va estetik fanlarga oid fikrlarga to’xtalib o’tishni lozim ko’ramiz.
«Sof birodarlar» maktubi (tashkilotining 55 ta maktubi bizgacha yetib kelgan), unda shunday bir rivoyat keltiriladi. Kunlardan bir kun, e'tiborli bir kishi o’z huzuriga musiqachilarni chaqiradi. Ularning mahoratiga qагаb o’tiradi. Shu payt yig’inga juldur kiyimli bir kishi kirib keladi. Uy sohibi uni izzat - ikrom bilan to’rga o’tqazadi. Bundan o’tirganlar ranjishadi. Shunda uy egasi kelgan kishidan biror kuyni chalib berishni iltimos qiladi. Notanish kishi xo’p deb enidan yog’och asbobni olib, uni bir-biriga ulab, shunday kuy chala boshlaydiki, o’tirganlar nihoyatda shod va xursand bo’ladilar. Keyin yana bir kuу chaladi. U shunday ta'sirchan mungli ediki, o’tiganlar qayg’uga tushadilar, qalblari alamga to’ladi. So’ng yana bir kuу chaladiki, o’tirganlarning hammasi uxlab qoladi. Shundan keyin chiqib ketadi. Mana san'atning kuchi, musiqaning kishi tuyg’usiga ta'siri! Ular bu rivoyatni keltirib, san'atkorning kishilar oldidagi mas'uliyati naqadar buyukligini ta'kidlaganlar. Sof- birodarlar har tomonlama go’zal kishini komil inson deb hisoblaganlar.
Farobiy «Baxt - saodatga erishuv» haqidagi risolasida, inson go’zalligini samarali idrok etishi uchun unda nozik tabiat va аqliу mukammallik zamini bo’lishi kегаk, hissiy va аqliу qobiliyatga ega bo’lgan insongina dunyoning barcha sirlarini bila olishi mumkin, deb ta'kidlaydi.
Farobiy insonning o’z - o’zini tarbiyalashda, uni estetik rivojlanishida nazm va musiqa san'atining o’rnini ta'kidlaydi.
Farobiy «Baxt - saodatga erishuv» haqidagi risolasida san’atning ulkan ta'sir kuchi haqida fikr mulohazalar bayon qilganlar. San'at uning fikricha, insonda go’zal estetik fazilatni tarbiyalashda qodir kuchga egadir.



Download 25,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish