O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
“SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI, SIYOSATI VA TURIZM” FAKULTETI
“STATISTIKA” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Dinamika qatorlari va ularni taxlil etish usullari
Bajardi: XMI 4-kurs xitoy-ingiliz guruhi
talabasi M.Jo’rayeva
Rahbar: A.Qodirjonov
Toshkent – 2022 yil
Dinamika qatorlari va ularni taxlil etish usullari
Reja:
Dinamika qatorlari tushunchasi
Taxlil etishning ilmiy-amaliy ahamiyati
Tahlil etish turlari va amalga oshirish usullari
Ijtimoiy hayotda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar muntazam rivojlanishda va harakatda bo‘ladi. Davrlar mobaynidagi ularning harakati yoki o‘zgarishi statistika tomonidan o‘rganiladi. Statistikada dinamika qatorlari deb vaqtlar bo‘yicha tartib bilan keltirilgan statistik ko‘rsatkichlarning raqamlar (sonlar) bilan ifodalangan darajalari tushuniladi. Boshqacha aytganda, dinamika qatorlari bu hodisalarni vaqtlar sari o‘zgarishini tavsiflovchi statistik ma’lumotlardir. Bunday qatorlarni shakllantirishdan maqsad, jamiyat hayotida tarkib topayotgan siyosiy va madaniy sohalar bo‘yicha hodisalar taraqqiyotini aniqlash va o‘rganishdir. Har bir dinamika qatori ikki unsur (element)ni o‘z ichiga oladi. Birinchi qator davri, muddatlarini aks ettirsa, ikkinchisi shu davrga yoki muddatga daxldor bo‘lgan ko‘rsatkichlar (ma’lumotlar)ni aks ettiradi. Bu ko‘rsatkichlar yana davrning darajalari deb ham yuritiladi. Davr darajalarining dastlabkisini boshlang‘ich daraja deyilsa, so‘nggisi — oxirgi darajada deyiladi.
Dinamika qatorlarini mukammal o‘rganish uchun statistika o‘z oldiga bir qator vazifalarni qo‘yadi. Jumladan, hodisalarning davr bilan davr 110 o‘rtasidagi rivojlanish jadalligini tavsiflash, tadqiq etilayotgan davr o‘rtacha jadallik (intensivlik) darajasini topish, hodisalarning rivojlanishidagi asosiy yo‘nalish (mayl)larini aniqlash, taraqqiyotning kelajak davrlar uchun bashoratlar hamda mavsumiy tebranishlarni o‘rganishlardir. Qator darajalarining o‘zgarishidagi jadalliklarning davrlar sari o‘zgarib borishini o‘rganish uchun quyidagi dinamika ko‘rsatkichlari aniqlanadi:
Absolut (mutlaq) ko‘payish yoki ortish.
O‘sish koeffitsiyentlari.
O‘sish sur’atlari.
Ko‘payish sur’atlari.
Bir foiz ko‘payishning absolut mohiyati.
Ko‘rsatkichlarni hisoblashda quyidagi ifodalar qabul qilingan:
yj — har qanday (dastlabki davrdan tashqari) davr darajasi. Uni ko‘pincha joriy davrning darajasi deyiladi
yj-1 — joriy davrgacha bo‘lgan davr darajasi.
y0 — taqqoslash uchun asos, doimiy baza sifatida qabul qilingan daraja.
DA — absolut ko‘payish (yoki ortish).
Ky — o‘sish koeffitsiyenti.
C — o‘sish sur’ati (%).
CK — ko‘payish sur’ati (%).
Jumladan, absolut (mutlaq) ko‘payish (DA ) ikki taqqoslanayotgan darajalar o‘rtasidagi farq yoki tafovutga tengdir. Bu ko‘rsatkich ikki xil usulda, ya’ni zanjirli (ketma-ket) hamda bazisli (faqat bir davrga nisbatan) aniqlanganligi bois uning formulalari:
a) zanjirli usulda: DA =yj -yj-1;
b) bazisli usulda: DA =y1 -y0
ko‘rinishda yoziladi. O‘sish koeffitsiyenti ikki davr darajasining bir-birlariga nisbati orqali aniqlanadi.
Uning formulalari:
a) zanjirli usulda: ;
b) bazisli usulda: 1 0 y y y K = ko‘rinishda yoziladi. O‘sish sur’ati esa o‘sish koeffitsiyentini 100 ga ko‘paytirilgan, ya’ni foizlardagi ifodasidir.
Ko‘payish sur’ati (CK ) esa absolut ko‘payishni taqqoslanayotgan davr darajasiga nisbati orqali topiladi. Uning formulalari:
a) zanjirli usulda: 1 100; A j K y C − ⋅ D =
b) bazisli usulda: 0 100 A K y C ⋅ D = .
Bir foiz ko‘payishning absolut mohiyati absolut ko‘payishning tegishli davrdan ko‘payish sur’atiga nisbati orqali aniqlanib, uni hisoblash usuli faqatgina zanjirli bo‘ladi.
Ushbu keltirilgan formulalarni eslab yoki ko‘z oldiga keltirishni osonlashtirish uchun ularni jadvalga joylashtiramiz.
Dinamika qatorining tahlil etuvchi ko‘rsatkichlarini amalda qanday hisoblashni ushbu misol yordamida ko‘rib o‘tamiz. Sutchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida har bir bosh sigirdan sog‘ib olingan sutning miqdori yillar bo‘yicha quyidagicha keltirilgan (litr hisobida):
Har bir sigir hisobiga sut yetishtirishning jadalligi darajasi jadvalda yaqqol ko‘zga tashlanadi. 112 Ushbu o‘rganilayotgan hodisaning davrlar sari o‘zgarishiga to‘la baho berishda qatorning o‘rtacha ko‘rsatkichlari yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qatorning o‘rtacha yillik darajasini yuqorida aytib o‘tilganidek, intervalli qatorlar uchun o‘rtacha arifmetik usulda, ya’ni y n y ∑ = orqali, momentli qatorlarning o‘rtacha darajalarini esa o‘rtacha xronologik usulda aniqlanishi keltirilgan. Bulardan tashqari dinamika qatorining o‘rtacha absolut ko‘payishi, o‘rtacha yillik o‘sish koeffitsiyenti va o‘sish sur’ati hamda o‘rtacha yillik ko‘payish sur’atlari ham aniqlanadi. Ularning formulalarini ham jadvalda keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |