Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet52/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktabrda Tojikiston Respublikasining Shahriston tumanidagi Kengko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1988). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). O‘rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1951). Dastlabki hikoyasi — «Studentlar» (1951). «Qadrim» (1961), «Erk» (1968), «Meros» (1974), «Akramning sarguzashtlari» (1974), «Yayra institutga kirmoqchi» (1979), shuningdek, ma’naviy-axloqiy masalalarga bag‘ishlangan «Najot» («Baxillar va botirlar», 1980) qissalari nashr etilgan. «Uch ildiz» (1958), «Qora ko‘zlar» (1966), «Olmos kamar» (1976), «Yulduzli tunlar» (1979, ushbu asarning davomi «Avlodlar dovoni», 1989), «Ona lochin nidosi» (2000) kabi romanlar muallifi. O‘zbek tili va adabiyotining ilmiy-nazariy masalalariga oid risolalar («Til va dil», 1972 va boshqa) hamda 2 jildli «Adabiyot nazariyasi» uchun «Adabiy asarning tili» va «Adabiy jarayon» boblarini yozgan. «Qadrim» qissasi asosida «Sening izlaring» badiiy filmi, «Yulduzli tunlar» romani va «Jon shirin» hikoyasi asosida ko‘p seriyali videofilmlar suratga olingan.Pirimqul Qodirov 2010 yil 21 dekabr kuni Toshkent shahrida vafot etdi.Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981), «El-yurt hurmati» (1998), «Buyuk xizmatlari uchun» (2006) ordenlari va «Shuhrat» medali (1994) bilan mukofotlangan.
Yozuvchi O‘tkir Hoshimov1941 yil Toshkent viloyatining Zangiota (hozirgi Chilonzor) tumanidagi Do‘mbiravot mavzeida tug‘ildi. O‘. Hoshimov mehnat faoliyatini erta boshladi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika kulliyotida o‘qish bilan baravar gazeta tahririyatida ishladi. 1959 yildan 1963 yilgacha “Temiryo‘lchi”, “Qizil O‘zbekiston”, “Transportniy rabochiy” gazetalarida xat tashuvchi, mussaxhih, tarjimon bo‘lib ishladi. So‘ng “Toshkent haqiqati” gazetasida adabiy xodim (1963–1966), “Toshkent oqshomi” gazetasida bo‘lim mudiri (1966–1982), G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir o‘rinbosari (1982–1985) bo‘ldi. 1985–1995 yillarda “Sharq yulduzi” jurnaliga bosh muharrirlik qildi. 1995 yildan 2005 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qo‘mitasi raisi lavozimida ishladi. 2005 yildan “Teatr“ jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishladi.
O‘zbekiston Xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov mustaqil Vatanimizning adabiyoti va ma’naviy xazinasiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkordir. Qariyb ellik yil davomida turli tillarda ikki yarim millionga yaqin nusxada chop etilgan yetmishdan ortiq kitobi adibni xalqimizning ardoqli farzandiga aylantirdi.
Shu paytgacha yozuvchining “Po‘lat chavandoz” (1962), “Gunafsha” (1965), “Odamlar nima derkin…” (1966), “Bir tomchi shudring” (1970), “Bahor qaytmaydi” (1970), “Den motыlka”, (1971), “Qalbingga quloq sol” (1973), “Uzun kechalar” (1975), “Nimadir bo‘ldi” (1975), “Yer farzandimiz”, “Nur borki, soya bor” (1977), “Quyosh tarozisi” (1980), “Mashina sotaman”(1981), “Dunyoning ishlari” (1982), “Yalpiz somsa”(1983), “Oq kamalak”(1984”, “Sirli yulduz” (1985), “Ikki eshik orasi” (1986), “Xazina”, “Ikki karra ikki besh”(1987), “Notanish orol” (1990), “Iztirob” (1991), “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” (2008) va boshqa kitoblari nashr etilgan.
Shuningdek, Stefan sveyg, E. Xeminguey, K. Simonov, K. Paustovskiy, J. London O. Berggols, V. Shukshin, M. Karim va boshqa adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. “Xazon bo‘lgan bahor”, “Birovning tashvishi (Inson sadoqati)”, “To‘ylar muborak”, “Baland dorga osilma”, “Qatag‘on” sahna asarlari muallifi.
Ilk kitobi 1962 yilda “Po‘lat chavandoz” ocherklar to‘plamidir. Birinchi yirik nasriy asari “Cho‘l havosi”, “Odamlar nima derkin” (1965),”Shamol esaveradi” (1966), “Qalbingga quloq sol” (1973) qissalari e’lon qilingan. “Bahor qaytmaydi” (1970), “Dunyoning ishlari”(1982) qissalari yozuvchiga shuhrat keltirgan.
Yozuvchining “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Urushning so‘nggi qurboni”, “O‘zbek ishi” kabi novellalari o‘zbek hikoyachiligida muhim hodisa bo‘ldi. Ilk romani “Nur borki, soya bor” (1976) da yozuvchi o‘ziga zamondosh-tengdosh jurnalist Sherzodning kechinmalari orqali hayajonli ma’naviy – axloqiy masalalar bilan birga o‘tkir ijtimoiy muammolarni ko‘targan.”Ikki eshik orasi “(1986), “Tushda kechgan umrlar” (1994 ) romanlarida O‘. Hoshimov zamondosh – asrdosh odamlar taqdirini 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari 2-jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bog‘liq holda tahlil va talqin etish yo‘lidan borgan.
O‘. Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. “Hazon bo‘lgan bahor”, “Inson sadoqati” (1975), “Vijdon dorisi”, “To‘ylar muborak” (1979), “Qatag‘on” kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”(2001) kitobi ijtimoiy – ma’naviy hayotda muayyan iz qoldirgan. Asarlari jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
1995–2004 yillari 1-, 2-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlis Matbuot va axborot qo‘mitasi raisi bo‘lgan. 1986 yili Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti loyiq topilib, 1996 yili “Mehnat shuhrati”, 2001 yili “Buyuk xizmatlari uchun ordenlari bilan mukofotlangan.


Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish