Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet5/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Doston mazmuni
Qora Xitoy xoni Esekxon Nug‘ayxon askarlarini yer bilan yakson qilib, yerlarni bosib oldilar. Kug‘ayxon yorug‘ dunyoni tark etdi. Turk qavmidan ahillik yuz o‘tirdi. Kug‘ayxondan qolgan to‘rt o‘g‘il O‘rozli, Usan, Boy, Jaqip boshi oqqan tomonga yo‘l oladilar.
Biri Oltoyga, biri Uralga, yana biri Qashqarga, biri Tebitga haydaldi. Qirq uyli qirg‘iz bilan Jaqip Oltoyga keldi. Oqbolta bilan tanishdi. Jaqip qalmoqlar bilan qo‘shnichilikni yaxshi yo‘lga qo‘ydi. Ko‘plab boyliklar orttirdi. Afsus u tirnoqqa zor edi. Jaqip tush ko‘rdi. Tushida ulkan qushni tutib olgani, qushga ilondan uzun bog‘langaning xotiniga aytdi. Bu ajoyib tush uchun to‘y qildi. To‘yning dovrug‘i Esenxonga ham yetib bordi va u g‘azablandi. Bu o‘jar xalqni qandoq bo‘lmasin yer yuzidan supirib tashlamoq kerak deb saroyga folbin va bashoratchilarni to‘pladi. Ular yulduzlar harakatiga qarab Esenxonga shunday dedilar:- Taqsir bunga tugal javobni Bejindagi Qoraxonning o‘rdasida ochiq osmon ostida shakllanayotgan sandikdagi kitobda yozib qo‘yilgan. O‘shanga vakil yuborib, o‘qitib ko‘raylik. Josuslar kitobdagi yozuvni o‘qib, Esenxonga yetqazdilar.
«Shimoldagi Burutlardan Manas ismli bir pahlavon bola tug‘iladi. Uning ortida qora ko‘k yoli dollining ustida laganday qizil xoli bo‘ladi. Manas qalmoq bilan xitoylarga ko‘p yurish g‘avg‘olar soladi. Osmon bilan yer o‘rtasidagi ko‘rkam shahar Bijinni ostin-ustin qiladi. Oleyeyxon bo‘ladi. Xitoylarning botiri yakson bo‘ladi. «bu xabarni eshitgan Esenxon Burutlarning homilador ayollarini bironta ham qoldirmay qornini yorib tashlashni buyuradi. Ancha yillar ovuldan bolalar yig‘isi eshitilmay qoldi. Oradan uch yil o‘tgach, Cheyirdining oy kuni yaqinlashib qoldi. Nihoyat o‘g‘il ko‘rdi. Cheyirdining ko‘zi yoriyotgan vaqtda bir hodisa yuz berdi. Bu voqeani na Jaqipga, na yaqinlariga aytdi. Bir darvesh oqsoqol tuynuqdan tushib, o‘g‘ilingni oti Manas avliyo, ulg‘aysa qiron chiqadi. Shuning uchun bitta po‘lat o‘qni bag‘ishladim, yoqasiga tikib qo‘y, 12 ga oshganda qurolsoz ustaga kamonning nayzasini yasatib, bola kamolga yetganida osmondan tushar olti kuch, - deb avliyo ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Jaqib bu xursandchiliqdan keyin, elga osh berib o‘ziga tegishli kishilarga bosh-oyoq sarpolar qildi. Bolani choponining bag‘riga o‘rab ism qo‘yib, berishlarini so‘radi. Hamma jim. Shu payt hammaning e’tiborini tortib bir darvesh paydo bo‘ldi. Bolakay uch yoshga to‘lganda «Jinni» nomini oldi. Ho‘kizni shoxini sindirib, daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashladi. Son bilan 7 yoshda bir qo‘zining go‘shtidan to‘ymadi. 8 yoshida savdogarlarning buyumlarini tortib olib bolalarga bo‘lib beradigan qiliq chiqardi. Manasni har jihatdan tarbiyalash uchun do‘sti O‘shqirga eltib berdi. O‘shqir unga qo‘y boqishni o‘rgatdi.
Suyagi meniki, go‘shti sizniki. Ur,suk,avaylama, erkalatma uni odam qilib ber. Olti oydan keyin xomsemiz Manas chaqqon bo‘z o‘g‘longa aylandk.
Yoz kunlarining birida qo‘ylarga bo‘ri oraladi va qo‘zilarni bo‘g‘iz-lay boshladi. Manas bo‘riga tashlandi. Tayoq zarbidan bo‘ri orqaga chekindi. Bo‘ri qo‘zini tishlagan holda qocha boshladi. Va bir g‘orga kirdi. Bo‘rini orqasidan g‘orga kirgan Manas chordana qurib o‘tirgan 40 kishiga ko‘zi tushdi. Bir tomonda qanotli otlar, depsinib turibdilar. O‘rtada O‘shqirning oq qo‘zisi ma’rab turibdi.
- Og‘alar, qo‘zi ko‘targan bo‘rini ko‘rmadinglarmi?
- Ko‘rdik. O‘sha bo‘ri biz bo‘lamiz. Biz sening do‘stlaringmiz. Qachon qiyin ahvolda qolsang biz yordamga yetib boramiz. Qirq chilton bilan Manas bag‘rini-bag‘riga bosib axd qilishdi.
O‘rxun–Yenasoy obidalari 5-7 asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Mo‘g‘ulistondagi O‘rxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Mo‘g‘ulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda 15 asrda ham O‘rxun yozuvidan foydalanilgan. O‘zbekiston hududida (Farg‘ona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy–run yozuvi yodgorliklari topilgan.
Yirik O‘rxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, To‘nyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732 y. Turk xoqonligi(551–745)ning lashkarboshisi sharafiga o‘rnatilgan. Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulug‘ bitikdan (muallifi Yo‘llig tigin) iborat. Vatan manfaati yo‘lida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta bo‘lishi uchun kurash bitikoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi.Asarda Tabg‘ach, Tibet, Sug‘d, Turgash, Qirg‘iz kabi joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi.
Bitiktoshlar 19 asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan o‘qilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Ba’zi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh, Polsha, Vengriya, Finlyandiya va Turkiyada ham o‘rganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari ma’lum. O‘zbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop qildirgan.
Savol va topshiriqlar:
1. Jahon adabiyoti fanining maqsad, vazifasi haqida gapiring.
2. Jahon adabiyoti fanining mundarijasi haqida.
3. Jahon adabiyotining taraqqiyot bosqichlarini ta’riflang.
4. Jahon adabiyotining xududiy bo‘linishi nimalarga asoslanadi?
5. G‘azal, doston-Sharq lirikasining janri sifatida
6. “Alpomish” dostonining Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan variantini o‘qing.
7. Dostonning bugungi kunda xalq qadriyatlari qatorida e’tiborga loyiq ekanini izohlang.
8. “Alpomish” dostonidagi mifik dunyoqarash belgilarini alohida-alohida ko‘rsating. Ular haqida bilganlaringizni so‘zlang.
9. Dostonning o‘rganilishida olimlar fikrlarini ayting. Ularni baholashga urining.
10. Dostondan parcha yodlang.



Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish