Sharq falsafasi va hozirgi o’zbek falsafasi Reja



Download 53,14 Kb.
bet1/4
Sana11.12.2022
Hajmi53,14 Kb.
#883528
  1   2   3   4
Bog'liq
Sharq falsafasi va hozirgi o’zbek falsafasi


Sharq falsafasi va hozirgi o’zbek falsafasi


Reja:

  1. Dunyo va hozirgi davr falsafasi

  2. Falsafaning hozirgi davr rivojidagi global va mintaqaviy xususiyatlari

  3. Sharq falsafasi haqida umumiy tushunchalar

3. Hozirgi O‘zbekiston: falsafaning yangi vazifalari.


1. Dunyo va hozirgi davr falsafasi. Falsafaning umumiy va alohida rivojlanish qonuniyatlari
Biz, falsafa ijtimoiy ong va tarixiy davrning o‘zini tushunish shakli ekanigi to‘g‘risida gapirib o‘tdik. Bu biron bir falsafiy tizimni tarixiy kontekstga murojaat qilmay turib, biroq o‘zidan o‘zi va uni yaratuvchisining shaxsiy hayoti orqali tushunib bo‘masligini anglatadi. Tarix boyligi bo‘lgan har bir falsafa ikki: umumbashariy, universal va alohida, mahalliy (lokal) komponentlardan iborat. Boshqacha aytganda, falsafiy tizimlar o‘z davrining, ma'lum tarixiy vaziyat va madaniyatning mahsuli hisoblanadi. «Falsafaning ma'lum obrazi, - deb yozgan edi Xegel, - u qaysi xalq orasida mavjud bo‘lsa, ularning ma'lum obrazi bilan, ularning davlat tuzilishi va boshqaruv shakli bilan, ularning ma'naviyati, ijtimoiy hayoti, mahorati, odati va yashash qulayliklari bilan, ularning urinishlari va san'at hamda fan sohasidagi ishlari bilan, ularning dini, harbiy qismati va tashqi munosabatlari bilan, ushbu ma'lum prinsip o‘z kuchini namoyon qilgan davlatning halokati bilan, oliy prinsip tug‘iladigan va rivojlana­digan yangi davlatning vujudga kelishi hamda ilgari qadam bosishi bilan hamohangdir»1
Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, ilmiy bilimlar orasida muhim o’rin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o’rganib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi.
Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari va tasavvurlari majmui-dan iborat.
Odatda, falsafani o’rganishga kirishuvchi har bir kishida, qanday bo’lmasin, falsafa to’g’risida o’ziga xos biron bir tasavvur mavjud bo’ladi. Bu tasavvurni u o’z hayoti davomida: oilada, maktabda, kundalik turmushda, o’z atrofidagi kishilar, narsalar, buyumlar bilan bo’lgan munosa-batlari asosida, u yoki bu manbani o’qishi, boshqa kishi-lardan eshitishi, kinofilmlarni ko’rishi orqali hosil qilgan bo’ladi. Kishi bunda o’zining hayoti, yashashi, hayotdagi o’rni, kundalik ishlari haqida, hayotdagi quvonch va sevinch-lar, g’am-tashvishlar, baxt va baxtsizlik haqida, kishilarning dunyoga kelishi, yashashi va olamdan o’tishi haqida ma‘lum ta-savvurga ega bo’lib boradi. Shu asosda u dunyo haqida, undagi predmet va hodisalar haqida, o’zining ularga va ularning o’ziga munosabatlari haqida o’z ongida muayyan tasavvurlar va tushunchalarni hosil qila boradi. Bu tasavvur va tushunchalar uning o’zi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, o’zining kim-ligi, uning dunyoga va o’z atrofidagi kishilarga munosabat-larini ifodalaydi. Bular dunyo to’g’risidagi oddiy ong, oddiy qarashlardir. Aslida mana shu oddiy qarashlardayoq falsafa-ning ilk kurtaklari mavjud bo’ladi.
Xo’sh falsafa nima? «Falsafa» atamasi nimani ifo-dalaydi? «Falsafa» atamasi asli qadimgi yunon tilidan olingan («filio»-sevaman, «sofos»-donishmandlik, degan so’zlar) bo’lib, uning lug’aviy ma‘nosi, «donishmandlikni se-vish» yoki «donishmandlik haqidagi ta‘limot» deganidir. Lekin falsafa fanida «falsafa» atamasi butunlay bosh-qacha mazmunga egadir. U falsafa fanida bir butun dunyo, borliq, materiya, tabiat va jamiyat, inson, insonning ularga va o’ziga munosabatlarini, insonning dunyoni nazariy o’zlashtirishini ifodalaydi. Falsafa fani esa ana shu dunyo, borliq, materiya, tabiat va jamiyatga insonning munosabatini, uning jamiyatdagi o’rni va rolini, inson bilishi-ning eng umumiy qonunlarini o’rganadi.
Kishilar qadim zamonlardan boshlab dunyo, borliq, materiya nima, ular qanday tuzilgan? Dunyoning asosida nima yotadi? Insonning o’zi nima? Inson dunyoda qanday o’rin tutadi? Inson ongi va tafakkuri nima, u dunyoga qanday qaraydi? Inson dunyoni bila oladimi? Dunyodagi moddiy va ma‘naviy narsalar bir-birlariga qanday munosabatda? Dunyodagi harakat, o’zgarish, rivojlanish nima? Ular qanday sodir bo’ladi? Haqiqat va xato nima, ularni bir-biridan qanday ajratish mumkin? Vijdon, imon, nomus, mas‘uliyat, burch, yaxshilik va yomonlik, oliyjanoblik va tubanlik nima? Inson shaxsi nima va uni nima belgilaydi? Inson hayoti-ning mazmuni nima, degan masalalar bilan qiziqib, ularga javob izlab va javob berib keladi. Bunday muammolar hatto bugungi kunlarimizgacha davom etib kelmoqda.
Insoniyat bu muammolarni hal qila borish bilan birga, bugungi kunda ular yoniga-dunyoning umumiy manzarasi qanday? Insoniyat Yerdagi mavjud tsivilizatsiyani jahonga xavf solib turgan termoyadro halokatidan saqlab qolishi mumkinmi? Insoniyat jamiyatning hozirgi bosqichiga xos bo’lgan qiyinchiliklar, ziddiyatlardan qanday qutula oladi? Insonning xatosi bilan kelib chiqqan ekologik, energetik talofatlarni qanday bartaraf qilish mumkin? Bunday muammolar har doim insonning o’zi yashab turgan dunyoni to’g’ri bilishini, uning dunyodagi o’z o’rnini to’g’ri belgi-lashini, o’z-o’zini to’g’ri anglashi vazifasini qo’yib kelgan. Bu vazifalarni hal qila borish, ularni tushunishga urinish asta-sekin kishilarni falsafiy fikrlashga jalb qilib, ularda falsafiy masalalar bilan shug’ullanishga ehtiyoj tug’dirgan. Kishilarning dunyoni va unga bo’lgan o’z munosabatlarini o’rganishi ularning o’z turmush tajribalari aso-sida ongli va ongsiz ravishda yuzaga kelgan tasavvurlari va qarashlari o’z miyalarida qayta ishlanib, chuqur o’ylagan, nazariy o’zlashtirilgan, ularning e‘tiqodlariga aylangan o’ziga xos dunyoqarashning paydo bo’lishiga olib kelgan.
Dunyoqarash, bu avvalo, insonning zaruriy ravishda dunyoni anglashi, tushunishi, bilishi natijasida yuzaga keladigan qarashlar sistemasidir. Dunyoqarash dunyoning inson ongida o’ziga xos in‘ikosi bo’lib, u insonning dunyoni va o’z-o’zini anglashining alohida shaklidir. Dunyoqarash inson-ning uni qurshab turgan dunyoga bo’lgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan ko’nikmalari, bilim-laridir. Dunyoqarash, shu bilan birga, insonning dunyoni ma‘lum darajada tushu-nishi, anglashi, bilishi, baholashi va shular asosida dunyoni amaliy o’zlashtirishi hamdir. U insonning dunyoni bir butun yoki turli-tuman holda ko’rishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi, insonning dunyodagi o’z o’rni va rolini belgilashi hamdir.
Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Bu jihatdan har bir davrning, har bir avlodning, har bir kishining, har bir jamoaning, har bir sinfning o’ziga xos dunyoqarashi bo’ladi. Shunga ko’ra dunyoqarash o’ziga xos alo-hida, maxsus va umumiy xususiyatlarga ega. Dunyoqarashning ijtimoiy o’z-o’zini anglash sifati-dagi o’ziga xos xususiyati shundaki, u hayotiy mu-him hodisa va voqealarga kishi va kishilarning, ularning o’z hayotiy maqsad va manfaatlari asosida shaxsiy mavqelaridan kelib chiqqan holdagi munosa-batlarining ifodalanishidir. Shunga ko’ra dunyoqarash insonning dunyoni oddiy umumlashtirib aks ettirishi bo’lmay, balki u dunyoni insonning amaliy qayta o’zlashtirishining natijasi sifatidagi bilimlaridir. Dunyoqarashning o’ziga xos xususiyatlaridan biri haqiqat, ya‘ni olamning haqiqiy manzarasini, holatini bilishdan iborat.
Dunyoqarash bir butun uyushma bo’lib, o’zida uch asosiy holatni: bilish - baholash - hatti-harakatni birlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham dunyoqarash individual, jamoaga xos, ommaga xos bo’ladi. Dunyoqarashning 3-ta eng muhim tomoni mavjud. Ular qo’yidagilardan iborat:
Dunyoni his qilish;
Dunyoni tasavvur qilish;
Dunyoni tushunish.
Kishilarning aqliy va hissiy tajribalari dunyoqa-rashning turli shakllarida turli tarzda o’z ifodasini topadi. Uning hissiy-ruhiy tomonini dunyoni his etish deb atasak, kishining olam haqidagi tasavvurlarini dunyoni id-rok qilish deymiz. Dunyoqarashning intellektual tomonini dunyoni tushunish tashkil etadi.
Dunyoqarashning 2 ta eng muhim qutbi mavjud:
1. Aqliy (aql),
2. Hissiyot (hissiy).
Turli dunyoqarashlarning «aqliylik koeffitsienti» tur-licha bo’ladi. Shuning-dek, ularning his-tuyg’ularga asoslanganligi darajasi ham farq qiladi. Biroq bundan qat‘iy nazar, har qanday dunyoqarash ikkala qutbni ham o’z ichiga oladi. hatto eng yetuk dunyoqarash ham faqat aqliylik kompo-nentidan iborat emas va aksincha hatto eng rivojlanmagan dunyoqarash ham faqat his-tuyg’ulardan iborat emas, chunki dunyoqarash birgina aql mahsuli emas, u inson his-tuyg’ulariga asoslanadi va aksincha.
Dunyoqarashning 2 ta darajada namoyon bo’ladi:
1. Kundalik ong;
2. Nazariy ong.
Dunyoqarash integral tuzilma bo’lib, uning barcha eleme-ntlari o’zaro aloqadordir. Dunyoqarash strukturasida eng asosiy o’rinni umumlashtirilgan bi-limlar egallaydi. Ushbu bilimlar hajmi qanchalik katta bo’lsa, inson dunyoqarashi ham shunchalik keng bo’ladi.
Umuman, dunyoqarash-bu kishilarning faqat dunyo to’g’risidagi hozirgi aniq tasavvurlari va tushunchalari hamda bi-limlarining yig’indisidan iborat bo’lmay, balki u butun insoniyat hayoti sharoitining anglab olinishini ham, butun qadriyatlar sistemasini ham, o’tmish obrazlari, hozirgi realliklarni, kelajakning mo’ljallarini ham o’z ichiga oladi. Dunyoqarash, shu bilan birga, o’zida kishi-larning u yoki bu turmush tarzini mo’ljallashi yoki rad qilishi, ularning axloqiy yurish-turish me‘yorlaridan tortib, bir butun madaniyatgacha bo’lgan hamma ma‘naviyliklarni mujassam-lashtirgan bo’ladi. Dunyoqarashda butun insoniyat hayotiga oid ma‘naviylik bilan bahramandlik, kishilarning insoniyat hayotining mazmunini anglash tajribasi, o’z taraqqiyotida nimalarnidir butunlay uloqtirib tashlash, nimalarnidir juda avaylab asrash kabi xususiyatlar ham bo’ladi.
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonning amaliy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Bu o’z navbatida dunyoqarashning ham rivojlanishini taqozo qiladi. Insonning dunyoni amaliy o’zlashtirishining o’zgarib bo-rishi bilan uning ongidagi in‘ikos bo’lgan dunyoqarash ham o’zgarib, rivojlanib, yangi-yangi tarixiy shakllari paydo bo’lib boradi.
SHunday qilib dunyoqarash-bilim va baho; aql va his-tuyg’u, dunyoni tushunish va uni his qilish, aql-farosat bilan isbotlash va ishonch, e‘tiqod va e‘tiqodsizlik, shaxsiy va ijtimoiy, individual va ommaviy, an‘anaviy va noan‘a-naviy (ijodiy) fikrlashning murakkab qarama-qarshi to-monlarining yig’indisidir.
Falsafiy tizimlarni makon va zamon o‘lchovida ko‘rib chiqib, ularning mintaqaviy va vaqtli, davriy xususiyatlarini ajratish mumkin. Faylasufona fikr yuritishning turli usullari va ularga tegishli falsafiy tizimlarda nafaqat tarixiy davr va global jarayonlar, ya'ni ijtimoiy mehnat taqsimoti, agrar-an'anaviy hayot tarzi, sanoatlashish, jahon urushlari, ekologik bo‘hron yoki informatsion jarayonlarning kuchayishi kabilarni, balki mazkur mintaqada yashayotgan xalqlarning madaniyat, mentalitet va hayot tarzi bilan bog‘liq mintaqaviy xususiyatlarining ham izi bo‘ladi. Falsafiy dunyoqarash va atrof muhitga munosabat, qadriy yo‘nalishlar hamma yerda mutlaqo bir xil bo‘lishi mumkin emas. Butun insoniyat tarixi mobaynida G‘arb va Sharq falsafiy tizimlari o‘zining mavjud xususiyatlari va tafovutlari bilan farqlanadi. Ushbu dixotomiya doirasida biz u yoki bu sivilizatsiya xususiyatlariga bog‘liq milliy-mintaqaviy (hind, xitoy, arab, lotin amerikasi, afrika, rus va boshqa) falsafa to‘g‘risida gap yuritamiz.




  1. Download 53,14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish