«Tib qonunlari» beshta kitobdan iborat. Birinchi kitobda odam tanasi organlarining tuzilishi va funksiyalari, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash usullari bayon etiladi. Ikkinchi kitobda o‘simlik, ma’dan va hayvonlardan olinadigan dorilar va har bir dorining qaysi kasallikka davo ekanligi ko‘rsatiladi. Uchinchi kitob insonning har bir organida bo‘ladigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash usullariga bag‘ishlangan. To‘rtinchi kitobda jarrohlik, ya’ni suyaklarning chiqishi, sinishini davolash haqida so‘z yuritiladi. Beshinchi kitobda murakkab dorilar, ularni tayyorlash to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. - «Tib qonunlari» beshta kitobdan iborat. Birinchi kitobda odam tanasi organlarining tuzilishi va funksiyalari, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash usullari bayon etiladi. Ikkinchi kitobda o‘simlik, ma’dan va hayvonlardan olinadigan dorilar va har bir dorining qaysi kasallikka davo ekanligi ko‘rsatiladi. Uchinchi kitob insonning har bir organida bo‘ladigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash usullariga bag‘ishlangan. To‘rtinchi kitobda jarrohlik, ya’ni suyaklarning chiqishi, sinishini davolash haqida so‘z yuritiladi. Beshinchi kitobda murakkab dorilar, ularni tayyorlash to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
- Ibn Sinoning 83-rasm. Abu Ali ibn Sino 160 «Tib qonunlari» asari 500 yil mobaynida Yevropa universitetlarida asosiy tabobat qo‘llanmasi sifatida o‘qitilib kelindi. Olim odamdagi ba’zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko‘zga ko‘rinmas organizmlar orqali paydo bo‘ladi, deb qayd qiladi. Binobarin, mikroskop kashf qilinmasdan, mikrobiologiya fani hali shakllanmasdan 600–700 yil oldin Ibn Sino yuqumli kasalliklar suv va havo orqali tarqalishini e’tirof etdi.
- Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) buyuk davlat arbobi, shoir bo‘lib qolmasdan, tabiatshunos olim hamdir .
- Bobur tomonidan yozilgan «Boburnoma»da Markaziv Osiyo, Afg‘o niston, Hindiston kabi mamlakatlarning tarixi, geografi yasi, xalqlarning turmush kechirish tarzi, madaniyati bilan birga, o‘simlik va hayvonot olami to‘g‘risida qiziqarli ma’lumot berilgan.
U o‘zi ko‘r gan, kuzatganlariga asoslangan holda hayvon va o‘simliklarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki farqlari haqida ma’lumotlarni bayon etgan. Bobur hayvonlarni to‘rt quruhga ajratgan: quruqlik hayvonlari, parrandalar, suv yaqinida yashaydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratgan. - U o‘zi ko‘r gan, kuzatganlariga asoslangan holda hayvon va o‘simliklarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki farqlari haqida ma’lumotlarni bayon etgan. Bobur hayvonlarni to‘rt quruhga ajratgan: quruqlik hayvonlari, parrandalar, suv yaqinida yashaydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |