Sharq adabiyotida Shoiri Abu Maoniy (Ma’nolar otasi) deb nom qozongan Mirzo



Download 65,88 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi65,88 Kb.
#827198
  1   2
Bog'liq
BEDIL


BEDIL
(1644 - 1721)

Sharq adabiyotida Shoiri Abu Maoniy (Ma’nolar otasi) deb nom qozongan Mirzo
Abdulqodir Bedil 1644 yilda Hindistonning Patna viloyatiga qarashli Azimobod shahrida tug‘ildi. Bobosi shahrisabzlik, barlos urug‘idan bo‘lgan.
Avlod-ajdodlari O’rta Osiyolik bo’lgan Mirza Bedil melodiy 1644 yili (1054 yili hijriy)da Hindistonning Bengaliya shtatining Azimobod shahrida barlos urug’iga tegishli harbiy xizmatchi oilasida tavallud topgan.Mirzo Abdulqodir Bedil — qiyosi yo‘q shoir, mutafakkir va jamiyatshunos olim, o‘ziga xos faylasufona qarashlar sohibi bo‘lgan insondir. Asli Shahrisabzning barlos urug‘idan bo‘lgan shoirning ota-bobolari Hindistonga ko‘chib borib, o‘sha yerda turg‘un yashab qolishgan. Hindistonning Azimobod shahri yaqinidagi Patnada 1644 yilda harbiy xizmatchi oilasida tavallud topgan Bedil 1720 yilning 5 dekabrida Dehlida vafot etadi.

Otasidan yetim qolgan Abdulqodir onasining qo‘lida tarbiyalanadi. Uning bilim olishga bo‘lgan chanqoqligini sezgan amakisi Mirzo Qalandar bilan tog‘asi Mirzo Zarifning yaqindan yordami tufayli savodini oshiradi, arab tili grammatikasini, hind va urdu tillarini, so‘fiyona qarashlarni o‘zlashtiradi. Uning tinimsiz intilishlari va izlanishlari hatto o‘n yoshida yozgan ilk ruboiylarida yaqqol sezilib, atrofidagilarni hayratga soladi. Oltmish yoshga borganida yozgan «Chor unsur» asarida o‘zining hayotiga, tarjimai holiga va dunyoqarashiga oid fikrlarini bayon qilgan.

Yigirma yoshida birinchi marta she’rlarini jamlagan Bedil umri davomida ko‘p yo‘llarni bosib o‘tdi. Xalq hayotini yaqindan o‘rgandi, zamon evrilishlari va munofiqliklarini ko‘rdi, bularni o‘z ijodida aks ettirishga, insonlarni doimo yuksaklikda, ittifoqlik va mehr-muruvvatlilikda bo‘lishga chaqirdi, bu tuyg‘ularni goh oshkor, goh kinoyali, goh tashbehlar vositasida qalblarga yetkazishga harakat qildi...

Nihoyatda sermahsul, tinmas va izlanuvchan shoir bo‘lgan Bedil katta meros qoldirdi. Uning «Kulliyot»iga kiritilgan asarlarining o‘zi 130 ming misra she’r va 50 bosma toboqdan ortiq nasrni tashkil etadi. «Tilsimi hayrat», «Tarkibot va tarjeot», «Muhiti a’zam», «Turi ma’rifat», «Ishorat va hikoyat», «Ruqa’ot», «Chor unsur», «Irfon», «Nukot», «G’azaliyot», «Ruboiyot» kabi bir qancha asarlari mavjud.

Eng dolzarb janr hisoblangan ruboiylar yozishda ham Mirzo Bedil katta mehnat qildi. Uning 3861 ruboiy yozib qoldir-ganini aytadilar.

Fors-tojik mumtoz she’riyatida Bedilning o‘zigagina xos bo‘lgan, zarrada olam ma’nosini berishga intilgan va bunga ko‘pincha erishgan shoirning ko‘pgina asarlari har o‘qilganida yangi qirralarini ko‘rsataveradi, yangidan kashf etilaveradi. Xalqimizning bu buyuk vatandoshimizga bo‘lgan mehrini unga berilgan «Abulmaoniy» — «Ma’nolar otasi» degan faxrli laqabining o‘zi ham ko‘rsatib turibdi.


Bu davr Markaziy Osiyoda feodal urushlar avj olgan bo’lsa, Hindistonda esa Bobur asos solgan boburiylar sulolasi xalokatga yuz tutgan davrida va o’arbiy Ovrupo davlatlarining mustamlakachilik yurishlari kuchaygani bilan xarakterli bo’lgan.


Yosh faylasuf- shoir otasi vafotidan so’ng onasi va tog’asining ko’magida o’z bilimini mustaqil egallashga kirishdi. Ayniqsa, uning bilim olishi va tarbiyasi bilan tog’alari - Mirza qalandar va Mirza Zariflar yaqindan shug’ullanishgan. Tog’asi Mirza qalandar harbiy xizmatchi bo’lgan bo’lsa, Mirza Zarif fiqh ilmidan xabardor bo’lgan.
Mirza Bedil bolalik chog’ida faqir kishilar bilan yaqindan aloqada bo’lgan. Ular darveshona hayot kechirib, o’zlarini jo’shqin hayot quchog’idan chetga olib, uzlatga da’vat etishgan. Lekin Bedil ularning uzlatga da’vat etuvchi g’oyalarga qarshi jo’shqin hayotga da’vat etib kelgan. O’zining moddiy hayotini bir muncha yaxshilash maqsadda Aurangzebning o’g’li Muhammad A’zamshohga navkarlik xizmatiga kiradi. Keyinchalik adabiyot san’atga xavasi zo’r bo’lgan Bedil navkarlikni tark etib o’zini butunlay adabiyot, san’at va falsafaga bag’ishlaydi. qunt va chidam bilan o’tmish mutafakkirlarning bebaho, o’lmas meroslarini mutolaa qilishga kirishadi. Tez orada Bedil o’z davrining etuk olimi bo’lib tanildi. Bunday mavqe’ga erishishda shak-shubhasiz Sa’diy, Hofiz, Jomiy va Navoyilarning ta’siri ulkan bo’lgan. Sa’diy ijodi ta’sirida u «Bedil» (Dilsiz) ya’ni butun qalbini she’riyatga bag’ishlagan taxallusiga ega bo’ladi. Bu haqda taniqli o’zbek olimi akademik Ibrohim Mo’minov o’zining Bedilga bag’ishlab yozgan risolasida shunday yozgan edi: «Garchand Mirza Bedil buyuk qalb egasi, o’tkir zehnli shaxs bo’lgan bo’lsa ham lekin Bedil degan nomni olishining sababi butun qalbini o’zi sevgan kasbga ya’ni fanga, adabiyotga bag’ishlagan sababli bo’lsa kerak»1, - deb yozadi.
Mirza Bedil nafaqat nasr va nazm bilan shug’ullanibgina qolmay, balki falsafa tarixini katta qiziqish bilan o’rgana boshladi. U Arastu ijodiga katta qiziqish bilan qaradi. Mazkur asrda Bedil Arastuga bir necha sahifa bag’ishlagan. Bedil boshqa sharq mutafakkirlari singari Arastuni donishmandlikning birinchi ustozi deb bildi. Bedil o’z vataniga nisbatan Arastu nomidan adolat, haqiqat, ilm va ma’rifat, haqiqat va samimiylikni ulug’laydi. Shuningdek mazkur asarda Bedil Arastuning fizikasi, borliq, materiya, shakl to’g’risidagi ta’limoti to’g’risida to’xtab, «Biz Arastu erishgan yutuqlar oldida to’xtab qolmasdan uni yanada olg’a surishimiz lozim»2, - deydi. U shuningdek «Irfon» (bilim) asarida Aflotunni ham tilga oladi.
Mirza Bedil o’ta mehnatchang shaxs bo’lgan. Uning ijodi nihoyat sermahsul bo’lgan. U 120 ming misradan iborat nazm va 20-25 bosma taboq nasrda asarlar yozib qoldirgan. Jumladan Mirza Bedilning «Irfon» asari hajm jihatdan ulkan mazmunan chuqurdir. Bedil o’zining mazkur asarida sotsiologiya, falsafa, ilohiyot, tarix, tabiatshunoslik va adabiyotning turli masalalarini tahlil qilgan. Mirza Bedil «Irfon» asarida o’zining materiya, mayda zarrachalar, tabiat, o’simlik va hayvonot dunyosining yuzaga kelishi to’g’risidagi falsafiy fikrlarini so’fiy atamalar orqali ifoda qildi.
Faylasuf borliqni –xasti, no borliqni-nesti, (intihoni - fano, abadiylikni - baqo, mavjudlikni – vujudiyyu, hech narsani- adam) kabi atamalar orqali ifoda etib, ushbu kategoriyalarni o’zicha hal qiladi.
Materiya shakllar dunyosida yashiringan bo’lsa, shakl mmateriyada esa imkoniyatdadir. Agar materiya shaklsiz bo’lsa, unda shakl qaerdan paydo bo’ladi. Agar shakl toqatvor kiyim bo’lmasa, unda materiya nimaga o’ranadi. («Nukot» asaridan).
Olamda Bedil ruh bilan tana, modda va shakl va mazmun o’rtasidagi chambarchas bog’liqlikni ko’rgan. Mazkur asar Bedil qarashlarini yakunlovchi va umumlashtiruvchi asardir. Mutafakkir o’zining bu asarida o’z qarashlarining asoslarini qisqa, ixcham bayon qilgan. Asarning tahsinga sazovor joyi shundaki Bedil bir-biriga qarshi ikki yo’nalish haqida fikr yuritadi, ya’ni dunyoviy va ilohiy yo’nalishlar haqida fikr yuritib, birinchi yo’nalish-dunyoviy yo’nalishni hayotiy oqilona yo’nalish deb hisoblaydi. Diniy aqidalarga qarama-qarshi Bedil ta’kidlaydiki inson uzoq muddat davomida jonli va jonsiz tabiatdagi o’zgarishlarning mahsulidir. U «Chor unsur» asarida to’rt unsur: havo, suv, olov, er unsurlari haqida, shuningdek o’simliklar, hayvonlarning va insonlarning paydo bo’lishi haqida yozadi. Bedil fikricha havo abadiy, mutlaq, harakatchan, o’zgaruvchan va engildir. Havo yuqoriga, suv pastga qarab harakat qiladi. U shuningdek ruh haqida fikr yuritib, nafis bug’-buxori latif havodan paydo bo’lib, tabiiy ruh, nabobat ruhi, inson ruhi va hayvon ruhini paydo qiladi, deydi. Mutafakkir tabiatni ruhlantiradi, ruhlar esa moddiy dunyodan tashqarida bo’lmasligini ta’kidlaydi. Bedil, shuningdek, mutlaq ruh, ruhlar va jinlar haqida gapirar ekan din va ruhoniylarning jamiyatdagi roli haqida fikr yuritadi. U panteizmning vahdati-mavjud oqimi tarafdori sifatida tabiatning abadiyligining materiya va ruhning birligini tan olib, olloh olamning ichida degan qarashda bo’ladi. Bedil shuningdek bilish nazariyasi masalalariga katta e’tibor beradi. U hissiy va ratsional bilishni tahlil qilar ekan, o’z navbatida ob’ekt sezgilar, tushuncha va fikr, ong va mutloq ruh haqida fikr yuritadi. Olamni bilishda u ratsional momentga katta e’tibor beradi va «Aqilsiz inson bamisoli ko’zgudir»3 deydi. Mirza Bedil inson aqli qudratiga katta baho berib aytadiki:
«Tafakkur sirlarning ma’nosini tushuntirsa, mulohaza esa ishning kelib chiqishi va oqibatini tushuntiradi yoki agar ong biror narsani ochmasa, hech kim hech narsa ko’ra olmaydi. Ongimiz kashf etmagan narsa inson uchun sirlidir. U shuningdek hindular ilgari surgan tanassux nazariyasiga qarshi chiqadi, va so’fiy miskinlar ilgari surgan «Tavakul» ya’ni taqdiriy azalga to’liq qo’shilmaydi. Bedil taqdiriy azal nazariyasini tanqid qilib aytadiki, inson ma’lum darajada o’z xatti-harakatlarida erkindir. Shu sababdan o’z hayotini yaxshilash o’z qo’lidadir»4 deydi. Bunga erishish uchun inson ilmga intilishi, harakat qilishi va mehnat qilishi lozim.
Fan - har erda oqil ishga bosh-qosh, g’alaba - har erda harakat isbotidir. Mazkur fikrlarini davom etib, «Chor unsur» asarida shunday yozadi.
To fazlu hunar oyna pardoz nashud,
Uch iqbol dars burun kas boz nashud.5
Ma’nosi: Hunar o’rganmagan kishiga
Iqbol eshiklari ochilmas.

Bedil shuningdek hayoliy jamiyat ta’limotini ilgari surgan. U o’zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida jamiyat, inson, davlat va uning kelib chiqishi, uni boshqarish yo’llari haqida, dehqonchilik va uning foydasi haqida fikr yuritadi. Insonni ulug’laydi. Inson o’z irqi, dini va millatidan qat’i nazar ulug’dir. Bedil insondagi vatanparvarlik, insongarlichilik, mehnatsevarlik, vafodorlik, samimiylik sifalarini qadrlaydi. Ishyoqmas yalqov, takabbur, ochko’z, yolg’onchi, hiylagarlarga nafaqat ko’zi bilan qarab, ularni ayovsiz tanqid qilgan. U xalq g’amini eyyuvchi, fan va ziroatchilikning rivojlanishi haqida o’ylaydigan odil podshoh haqida fikr yuritadi. Lekin fuqarolarning holatini achinish bilan qabul qilib, ularga zulm-sitam o’tkazuvchi yovuz kuchlarni qattiq tanqid ostiga oladi.


Haqiqatni o’zinga bayroq qilib ol,
qing’ir yo’lga o’tsang uyat, sharmanda bo’lasan.
Muhammad A’zam shox Bedildan o’z sha’nini ulug’lovchi she’r bitishini buyurganda, Bedil bu fikrni rad etib, shunday yozgan edi.
Bedil moro qarzdaroi shon nest,
Mahdi miru sitoishi sulton nest.
Uchni dast kebil, ki zi mo meshunavi,
G’ayr va ishori xizmati yoron nest.6

Ma’nosi: Bedilga bemaza gapirishlik she’riyatdan emas.


Sultonu shahzodalar sharafiga madh aytmayman
She’riyatimdagi misrlarda madhlar bo’lsa gar,
Vatandoshlarim sha’niga aytilgandir.
Shu tufayli Bedil A’zamshoh xizmatidan voz kechib, Azimoboddan, Hindistonning siyosiy va madaniy markazi dehliga ko’chib keladi va umrining oxirigacha shu erda istiqomat qiladi. Dehlida u muhtojlikda yashadi. Kitoblar ko’chirib yozib (Mirzolik qilib) kun ko’radi. Dehlida u o’z usuli-maktabini tuzadi va falsafa amda adabiyotga doir bir necha ajoyib asarlar yozadi.
Bedil ijodi qarama-qarshilikdan, chigallikdan iborat bo’lgani uchun turli ijtimoiy guruhlar o’z manfaatlari yo’lida foydalanadilar.
XIX va XX asr mutafakkirlar, adibu shoirlar Ahmad Donish, Muqimiy, Furqat va boshqalar Mirza Bedilning ilg’or g’oyalari ularga oziqa bergan. Buyuk adib va faylasuf ilgari surgan ijtimoiy-falsafiy g’oyalari nafaqat o’z davrida balki o’zidan keyingi davrda ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Mirza Bedil hayotiylik davridayoq O’rta osiyo va Hindiston o’rtasidagi madaniy, ilmiy va do’stlik aloqalar rishtasiga asos solgan.


Download 65,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish