54. Stansiyalar yo’llarining rivojlanishi va texnik ta’minoti poezdlar harakatining
belgilangan miqdorlari, poezdlarni qabul qilish va jo’natish, yuk va bagajlarni ortish, tushirish,
tarkib va vagonlarni ishlovdan chiqarish jarayonlarining vaqt me’yorlarini bajarilishini, texnik
vositalardan samarali foydalanish, poezdlar harakati xavfsizligi va mehnatning xavfsiz
sharoitlarini ta’minlashi lozim.
Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan binolar, platformalar va boshqa inshoot
va qurilmalar me’moriy-badiiy ko’rinishga ega bo’lishi lozim, yo’lovchilarni tashish bilan
bog’liq jarayonlarni qulay va xavfsiz bajarilishini ta’minlashi kerak. Zarur hollarda yo’lovchi
platformalariga o’tish uchun piyodalar tonneli yoki ko’priklar bo’lishi kerak.
Stansiyalardagi piyodalarning o’tish joylari bir sathda bo’lgan hollarda, ular piyodalar
yurishi uchun to’shamalar, ko’rsatkichlar va ogohlantiruvchi yozuvlar, zarur hollarda esa
avtomatik signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim.
Yo’lovchi stansiyalari, joylarni band etish va chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi,
chipta bosib chiqaradigan mashina va avtomatlar tizimi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish yuk saqlash
kameralari, poezdlar jo’nashining avtomatik ko’rsatkichlari, ma’lumot berish qurilmalari bilan
jihozlanadi.
Peregonlardagi yo’lovchi to’xtash punktlari usti yopiq yoki pavilonli yo’lovchi
platformalariga, xizmat ko’rsatiladigan yo’lovchilar soniga muvofiq chipta sotadigan kassalarga
ega bo’lishi kerak.
Yuk va sovutgich qurilmalari yuklarning saqlanishini va yuk jarayonlarini qulay
bajarilishini ta’minlashi lozim.
55. Faoliyati poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan xodimlar (stansiya navbatchilari,
manyovr dispetcherlari, signallashtirish va aloqa distansiyalari xodimlari va boshqalar) uchun
mo’ljallangan xizmat binolari va xonalarida mehnat qilish uchun zarur sharoitlar bo’lishi kerak.
Stansiya navbatchilarining xizmat xonalarida boshqarish va nazorat asboblari, jumladan,
stansiya navbatchisining faoliyatiga bevosita aloqador bo’lgan avtomatlashtirilgan ish o’rni
uskunalarini hamda yoritishni markazlashgan boshqarish va seksiya ajratgichlarini masofada
turib boshqarish pultlarini o’rnatishga ruxsat beriladi. Boshqa uskuna va jihozlarni o’rnatilishiga
alohida istisno hollarida DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i ruxsati bilan yo’l qo’yiladi.
(55 band ikkinchi xatboshii "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar
1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).
Yo’lovchi va yuklarni jo’natuvchi hamda qabul qiluvchilarga xizmat ko’rsatuvchi
xodimlarning xonalariga o’tish, jarayonlarning tez bajarilishi uchun qulay bo’lishi lozim.
15
Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan xonalarni boshqa maqsadlarda band etish
taqiqlanadi.
56. Yo’lovchi va yuk poezdlari aralash harakatlanuvchi liniyalarda joylashgan yo’lovchi
va yuk platformalari to’g’ri uchastkalarda yo’lning o’qiga nisbatan balandlik va masofa bo’yicha
quyidagi me’yorlarga mos kelishi lozim:
1100 mm – baland platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan;
200 mm – past platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan;
1920 mm – baland platformalar uchun yo’l o’qidan;
1745 mm – past platformalar uchun yo’l o’qidan.
Yo’lning egri uchastkalarida bu masofalar Qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini
qo’llash bo’yicha yo’riqnomada belgilangan me’yorlar bo’yicha aniqlanadi.
Foydalanish jarayonida o’lchamlarning quyidagi chegaralarda o’zgartirilishiga ruxsat
etiladi: balandlik bo’yicha 200 mm gacha ortishi va 50 mm gacha kamayishi; yo’l o’qigacha
bo’lgan masofada 30 mm gacha ortishi yoki 25 mm gacha kamayishi.
Yo’lovchi va yuk platformalari balandligining belgilangan o’lchamlardan oshib ketishi va
yo’l o’qigacha bo’lgan masofaning belgilangan miqdordan kamayishiga ular joylashgan
yo’llarning vazifasi, harakatlanayotgan tarkibning turi va harakat tezligiga bog’liq ravishda
Qurilmalar yaqinlashuvi o’lchamlarini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan ruxsat etiladi.
Stansiya va peregonlardagi yangi va qayta qurilayotgan baland platformalar, yo’lni
mashinalashtirilgan ta’mir etish va platformani mexanizatsiyalashtirilgan tartibda tozalash,
stansiyalarda esa, bundan tashqari, vagon va lokomotivlar harakat qismlarini ikki tomonlama
ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash imkonini beruvchi konstruksiyaga ega bo’lishi kerak.
Yo’l va platformalarni ta’mirlash paytida relsning tepa sathidan yo’lovchi va yuk
platformalarining tepa qismigacha bo’lgan hamda yo’l o’qidan platforma chetigacha bo’lgan
masofalarni o’zgartirish taqiqlanadi.
57. Strelka va signallar bevosita boshqarilishi amalga oshiriladigan stansiya postlari, ular
boshqaradigan tegishli strelka va yo’llar yaxshi ko’rinadigan qilib joylashtirilishi lozim.
Bunda stansiyalardagi mahalliy sharoitlarga bog’liq ravishda elektr markazlashtirish
postlari (tepacha postlaridan tashqari) uchun istisnolarga yo’l qo’yilishi mumkin.
58. Stansiyalarning markazlashtirish postlari va strelka postlarining xonalari DATK
boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatilgan me’yorlar bo’yicha zarur signalizatsiya asboblari,
jihozlar va boshqa asbob-uskuna va ashyolarga ega bo’lishi lozim. Strelkali postlar, bundan
tashqari, telefon aloqasining tashqi chaqiruv qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
59. Saralash tepachalari, tepacha lokomotivlarining mashinistlariga, tarkib tuzadigan
brigadalar va boshqa xodimlarga zarur ko’rsatmalarni berish uchun signalizatsiya, radio aloqa va
ikki tomonlama aloqa qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Ish hajmiga bog’liq ravishda saralash tepachalari vagonlarni tarqatishning
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish qurilmalari, tepacha strelkalarini avtomatlashtirish,
tepacha lokomotiv signalizatsiyalarini avtomatlashtirish hamda zarur hujjatlarni uzatish va
yuborish qurilmalari bilan jihozlanadi. Tepacha markazlashtirilishiga qo’shilgan barcha
strelkalar, mexanizatsiyalashtirilgan tozalash va qorni eritish uskunalari bilan jihozlanadi.
Avtomatlashtirilgan va mexanizatsiyalashgan tepachalari mavjud stansiyalarda tepacha
uskunalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ustaxonalari hamda
mexanizatsiyalashgan maydonchalarning bo’lishi shart.
60. Barcha saralash stansiyalari, shuningdek, yo’lovchi, uchastka va yuk stansiyalari ish
hajmiga bog’liq ravishda, manyovr harakatlari to’g’risida ko’rsatmalarni uzatish hamda manyovr
dispetcherlari, stansiya navbatchilari, poezd tuzuvchilar, lokomotiv mashinistlari, stansiya
texnologik markazlari, texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari, tijorat ko’rigi punktlari, yuk
xududlari va konteyner maydonchalari xodimlari, yo’l va qor tozalash mashinalariga xizmat
ko’rsatuvchi xodimlarning manyovr ishlarini tashkil etish, texnikaviy xizmat ko’rsatish va
poezddagi vagonlarni ta’mirlash masalalari bo’yicha o’zaro gaplashishlari uchun stansiya
16
ichidagi dispetcherlik aloqasi, stansiya radio aloqasining manyovr va boshqa turlari hamda ikki
tomonlama park aloqasi qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi lozim.
Saralash, uchastka va yuk stansiyalari ish hajmiga bog’liq ravishda, bundan tashqari,
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari, DATK axborot hisoblash tarmog’i bilan aloqa
qurilmalari, tashish hujjatlarini qabul qilish va eltish hamda ko’rikdan o’tkazilayotgan va
ta’mirlanayotgan tarkiblarni markazlashtirilgan to’sish qurilmalari, stansiyalardagi vokzallar esa
yo’lovchilarga ma’lumot berish uchun aloqa qurilmalari bilan jihozlanadi.
61. Stansiyalarda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish inshootlari, poezdlarni qabul qilish va
jo’natish, yuk ortish-tushirish va manyovr ishlarini bajarish, anjomlash, harakat tarkibiga
texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash yo’llari va parklari, yuk hududlari, konteyner
maydonchalari, saralash maydonchalari, saralash platformalari, vagon tarozilari, shuningdek,
xodimlar poezdlarni kutib oladigan joylarda strelka bo’g’izlari, omborlar, kesishmalar, zarur
hollarda esa boshqa yo’l va punktlar yoritilishi shart.
Yoritish DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan me’yor talablariga javob berib,
poezdlar harakati va manyovr harakatlarining xavfsizligini, vagonlarga chiqarish va tushirish
paytida yo’lovchilarning xavfsizligini, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning uzluksiz va xavfsiz
faoliyatini va yuklarni muhofaza qilinishini ta’minlashi lozim.
Ish hajmi kam bo’lgan oraliq stansiyalarda yuk va manyovr ishlari olib borilmayotgan
paytda stansiyaning yuk ortish-tushirish va boshqa yo’llaridagi tashqi yoritishni seksiyali
o’chirish qurilmalari mavjud bo’lishi kerak.
Yo’lovchi to’xtash punktlarida yo’lovchilarni vagonlarga chiqarish va vagonlardan
tushirish hamda yo’lovchilar uchun ajratilgan xonalar yoritilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |