2.WINDOWS operatsion tizimi uchun zarur bo’lgan resurslar
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
3.WINDOWS operatsion tizimining imkoniyatalri
WINDOWS operatsion tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:
ko’p vazifalilik ya’ni WINDOWS muhitiga o’tgandan keyin bir vaqtning o’zida bir necha dasturlarda ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Masalan hujjatlar tahrirlash, rasmlar chizish, hujjatlarni bosmaga berish, musiqa eshitish va hokozo.
Ma’lumotlar buferidan (cho’ntagidan) foydalanish imkoniyati, ya’ni bemalol grafik muharriridagi yoki electron jadvaldagi ma’lumotlarni boshqa dasturlarga qo’yish yoki aksincha.
Windows muhitida ishlaydigan barcha dasturlarning shriftlari, drayverlarining printerdan foydalanish va boshqarish tugmalarining bir xilligi foydalanuvchiga bitta dasturda ishlaganda ikkinchisiga ishlashga oson ko’nikish hosil qilish imkonini beradi.
WINDOWS operatsion tizimida kompyuter tarmoqlaridan foydalanish juda qulay, masalan lokal kompyuter tarmog’ida ishlash uchun tarmoqli muhit (сетевое окружение) yorlig’ini ishlatish yetarli.
Foydalanuvchi interfeysining yagonaligi, ya’ni WINDOWS muhitida oddiydan tortib murakkabgacha dasturlarning barchasida muloqat oynalarining, menyularining, vositalar panelining va boshqalarning yagona ko’rinishga ega ekanligi va hokozo imkoniyatlar aytish mumkin.
Universal grafika-WINDOWS dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotiga bog’liqsizligini ta’minlaydi.
Ma’lumotlar almashuvi- Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega.
Windows muhitida electron pochta va faksdan foydalanish mumkin va hokozo.
3. Bir vaqtning o'zida Microsoft korporatsiyasi Windows-ning birinchi versiyasini ishlab chiqishda DOS tizimlarida foydalaniladigan ishlarni tashkil etishdan bosh tortdi. Windowsning o'zi derazalarning nomi grafik vakillik va dasturlar, parametrlar va sozlamalar va sozlamalari o'rtasida tez almashish bilan ko'p ekranli rejimda foydalanish imkonini berdi. Biroq, derazalarda ham emas.
Bugun siz turli xil tasniflarni topishingiz mumkin, ammo operatsion tizim ob'ektlarining keng ma'lumotlari quyidagilar sifatida tasvirlangan:
grafik interfeysi ("ish stoli", Windows, panellar, menyular, yorliqlar va piktogrammalar, kalitlar, tugmachalar, interfaol qobiqlar);
faylni tashkil etish fayllari va kataloglari);
dasturlar va hujjatlar (bajariladigan elementlar, dasturlar yoki ularning kombinatsiyasi, dasturlarida yaratilgan fayllar).
Do'stlaringiz bilan baham: |