SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI 2-KURS MAGISTRANTI S0atov sanjarNING 2022-YIL MART-APREL OYLARIDA O’TKAZILGAN AMALIYOT YAKUNI BO’YICHA TAQDIMOTI
Samarqand-2022
O‘zbekiston hukumatining 1982 yil 26 maydagi qaroriga binoan, Akmal Ikromov nomidagi O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi muzeyi bazasida Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Muzey-qo‘riqxonaning qo‘riqlanadigan hududlari sifatida tarixiy, tarixiy-topografik va me’moriy jihatdan ko‘chalar hamda kvartallarga ajratilgan. Unga ko‘ra, Samarqand shahridagi bir nechta ko‘chalar, me’moriy yodgorliklar, madrasa-masjidlar, ko‘plab tarixiy ahamiyatga ega majmualar kiritilgan. - O‘zbekiston hukumatining 1982 yil 26 maydagi qaroriga binoan, Akmal Ikromov nomidagi O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi muzeyi bazasida Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Muzey-qo‘riqxonaning qo‘riqlanadigan hududlari sifatida tarixiy, tarixiy-topografik va me’moriy jihatdan ko‘chalar hamda kvartallarga ajratilgan. Unga ko‘ra, Samarqand shahridagi bir nechta ko‘chalar, me’moriy yodgorliklar, madrasa-masjidlar, ko‘plab tarixiy ahamiyatga ega majmualar kiritilgan.
Samarqand davlat muzey-qo’riqxonasi tarkibiga kiruvchi muzey va qadamjoylar - 1982-yil Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi va uning boʻlimlari, shuningdek Samarqand shahri va Samarqand viloyatidagi meʼmoriy yodgorliklar negizida tashkil qilingan. Muzey-qoʻriqxona tarkibiga 9 ta muzey — Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi (bosh muzey), Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Samarqand sh. tarixi - Afrosiyob muzeyi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi muzeyi majmuasi, Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi, Kattaqoʻrgʻon sh. tarixi oʻlkashunoslik muzeyi, Ishtixon tuman tarixi muzeyi, Paxtachi tuman tarix muzeyi, Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorlik muzeyi va 3 ta meʼmoriy obidalar — Amir Temur maqbarasi, Bibixonim jomeʼ masjidi, Nodir Devonbegi madrasasi kiradi.
Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi Umumiy muhofaza etiladigan hududlar jami 798 gektarni tashkil etib, shundan, Afrosiyob shaharchasi 218 gektar, O‘rta asrdagi Samarqand shahri (eski shahar) 320 gektar va “Yangi shahar” 260 gektarni tashkil etgan. Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tashkil topishidan bir yil o‘tib, ya’ni 1983 yilda 1642 ta moddiy-madaniy yodgorliklar davlat muhofazasiga olingan. Ulardan 214 tasi me’moriy yodgorliklar, 335 tasi monumental san’at yodgorliklari va 1093 tasi arxeologik yodgorliklar hisoblanadi. - Umumiy muhofaza etiladigan hududlar jami 798 gektarni tashkil etib, shundan, Afrosiyob shaharchasi 218 gektar, O‘rta asrdagi Samarqand shahri (eski shahar) 320 gektar va “Yangi shahar” 260 gektarni tashkil etgan. Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tashkil topishidan bir yil o‘tib, ya’ni 1983 yilda 1642 ta moddiy-madaniy yodgorliklar davlat muhofazasiga olingan. Ulardan 214 tasi me’moriy yodgorliklar, 335 tasi monumental san’at yodgorliklari va 1093 tasi arxeologik yodgorliklar hisoblanadi.
1964 yilda tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek memorial muzeyi”, 1965 yilda Sadriddin Ayniy uy-muzeyi, 1970 yilda Samarqand shahri tarixi-Afrosiyob muzeyi, o‘tgan asrning 70-yillarida tashkil etilgan Ishtixon, Paxtachi tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahar tarixi muzeylari Samarqand davlat muzey-qo‘riqxona tasarrufiga olingan. - 1964 yilda tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek memorial muzeyi”, 1965 yilda Sadriddin Ayniy uy-muzeyi, 1970 yilda Samarqand shahri tarixi-Afrosiyob muzeyi, o‘tgan asrning 70-yillarida tashkil etilgan Ishtixon, Paxtachi tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahar tarixi muzeylari Samarqand davlat muzey-qo‘riqxona tasarrufiga olingan.
Mirzo Ulug’bek observatoriyasi
Sadriddin Ayniy uy-muzeyi O’lkashunoslik muzeyi Amir Temur maqbarasi Bibixonim jomeʼ masjidi Nodir Devonbegi madrasasi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi E’tiboringiz uchun Raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |