FAN: Samarqand maorifi va universiteti tarixi Mavzu: Samarqand me`morchiligi va muzeylari. “SHARQ TARONALARI” musiqa festivalining o`tkazilishi va uning tarixiy ahamiyati Bajardi: Yusupov H. Tekshirdi:Xasanov M.
Mavzu: Samarqand me`morchiligi va muzeylari.
“SHARQ TARONALARI” musiqa festivalining o`tkazilishi va uning tarixiy ahamiyati
Reja:
1. Samarqand me`morchiligi
2. Samarqandda muzeylar faoliyati
3. ”SHARQ TARONALARI” Xalqaro musiqa festivalining o`tkazilishi va uning tarixiy ahamiyati
Registon maydoni qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon — qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi.. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
Mirzo Ulug`bek Rasadxonasi Mirzo Ulug`bek Rasadxonasi Ulugʻbek rasadxonasi - Samarqanddagi 15-asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri, koʻhna astronomik kuzatuv muassasasi. Ulugʻbek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908-yil V.L. Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir gʻisht boʻlgan aylanma devor borligi va uning markazida qoʻshaloq yoydan iborat ulkan bosh qurilmaning qoldiq qismlari aniqlangan
Go`ri Amir maqbarasi
Goʻri Amir yoki Amir Temur maqbarasi (14-asr oxiri — 1405-yil) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Xalq orasida Goʻri Amir yoki Goʻri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi.
Goʻri Amir Oʻrta Osiyo meʼmor-chiligining noyob asari sifatida eʼtirof etiladi. Maqbara qurilishi Amir Temur buyruʻgiga asosan 1403-yilda boshlanib, Mirzo Ulugʻbek davrida tugallangan, hamda temuriylar xilxonasiga aylantirilgan.
Maqbara, oʻrta asr Samarqandining janubiy-sharqiy qismida, Temurning nabirasi Muhammad Sulton tomonidan, XIV asrning oxirida bino qildirgan majmua qoshida tiklangan.
Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi
Samarqand shahrida. 1982-yildan Samarqand badiiy muzeyqoʻriqxonasi tarkibidagi bosh muzey. 1896-yilda Samarqand statistika qoʻmitasi muzeyi sifatida ochilgan; 1911-yildan Samarqand shahri muzeyi, 1921-yildan Samarqand viloyati muzeyi, 1927-yildan oʻlka muzeyi, 1930-yildan Oʻzbekiston Markaziy davlat muzeyi, 1937-yildan Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi. 1945-yildan Oʻzbek xalqi madaniyati respublika muzeyi, 1955-yildan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi respublika muzeyi; 1968-yil A.Ikromov nomi berilgan; 1969-yildan hozirgi nomda.
SAMARQANDDAGI MUZEYLAR
SADRIDDIY AYNIY YODGORLIK UY MUZEYI
Buxorodagi ilk yangi maktablarni tashkil etgan, buyuk shoir va yozuvchi, zamonaviy tojik va o’zbek adabiyoti asoschisi Sadriddin Ayniy uy-muzeyi Samarqand markazida, Registon maydoniga yaqin joyda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |